Zahiriddin muhammad


Download 1.51 Mb.
Sana21.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1107926
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur


10-sinf adabiyot darsligi asosida 10-mavzu:
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD
BOBUR
(1483–1530)
301-guruh talabasi: Raimov Shoxzodning ADFM fani uchun 10-sinf adabiyotidan taqdimot ishi.
Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevr alda Andijonda tug‘ildi. Bobur Vatanimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir.
U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga keldi.
Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi.
Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahrini ishg‘ol qilish uchun bir necha marta urinib ko‘rdi. Dastlabki muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
Shunga qaramay, uni qo‘lda tutib turishning imkonini topa olmadi.
Keyinchalik u o‘z she’rlaridan birida shunday deydi:
Davron meni o‘tkardi sari somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin,

Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma,
Nelarki, boshima kelmadi davrondin.


Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi.
Biroq u o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda – Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda – Hindistonda amalga oshdi
Adibning o‘zi bu hodis adan doimo iztirobda bo‘lganligi asarlarida juda yorqin tarzda aks etgan:
Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi.
Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor.
Bobur milliy bog‘i majmu asida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan.
Shahar markazida va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shun ingdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.
Boburning Kobuldagi
maqbarasi
«Bobur va jahon madaniyati» muzeyi (Andijon)
1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va bo buriylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar, 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar yaratildi.
Jamg‘armaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (BAA), Moskva (RF), O‘sh (Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan shaharlarida bo‘limlari mavjud.
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling