Zaif eshituvchi insonlarning turlari. Zaif eshituvchi insonlar foydalanadigan texnik vositalar va ularning turlari


Download 41 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1600166
Bog'liq
Zaif eshituvchi insonlarning turlari


Zaif eshituvchi insonlarning turlari. Zaif eshituvchi insonlar foydalanadigan texnik vositalar va ularning turlari.

Rivojlanishida muammolari bo‘lgan yoshlar orasida eshitishida muammolari bo‘lgan kar va zaif eshituvchi bolalar mavjud bo‘lib, ular maxsus o‘quv reja, o‘quv dasturlari asosida maktab ta’limini egallaydilar. Ular uchun ta’lim maxsus korreksion yo‘naltirilgan pedagogik jarayon asosida tashkil etilib, defektologik ma’lumotga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi.


Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining maqsadi o‘quvchilarning so‘zlashuv nutqini rivojlantirish zamirida ularga o‘quv rejada ko‘zda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar berish, kasbga yo‘naltirish, o‘quvchilarda ijtimoiy-hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida o‘quvchilar fan asoslarini o‘quv fanlari bo‘yicha darslarda o‘rgansalar, tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydilar. Mazkur o‘quvchilarning nutqi ustida ish boshlang‘ich sinf davrida puxta va tizimli olib borilsa, 5-6-sinflarda o‘quv fanlarini samarali egallashga tayyor bo‘ladilar. Bundan tashqari mazkur toifa bolalar labdan o‘qishni hamda yozma nutq me’yorlarini to‘liq egallasalar inklyuziv ta’lim muhitiga ham tayyor bo‘lishlari mumkin. Ayniqsa, implant o‘rnatilgan kar bolalarning sog‘lom bolalar qatorida uyg‘un ta’lim olish imkoniyati kengroqdir.
Sog‘lom bola ilk rivojlanish davrida ijtimoiy munosabatlar dunyosiga kirib boradi. Yaqin odamlar bilan muloqotda bo‘lishi orqali asta-sekin xulq-atvor me’yorlarini o‘rganadi. Lekin bu davrda uning harakatlari anglanmagan bo‘ladi. Asta-sekin bolaning ichki dunyosi shakllanadi. Bolaning kattalar bilan munosabat shakli o‘zgaradi, atrof-muhitdagi narsalar dunyosiga kirib boradi va shu asosda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi. Ana shu predmetli faoliyat asosida bola kattalar bilan muloqotga kirishadi, predmetlarning obrazi bilan bog‘liq ravishda atrof-muhitni o‘rganadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarga ushbu imkoniyatni yakka mashg‘ulot o‘qituvchilari kengroq va samaraliroq ta’minlab beradi. Chunki ular o‘quvchilarning nutqiy nafasi, ovozi, tovushlar talaffuzi ustida ishlarni tizimli olib boradilar. Har bir tovushni qo‘yish va mustahkamlash kabi vazifalarni amalga oshiradilar.
Eshituv sezgisining shikastlanganligi kar va zaif eshituvchi bolalarda nutqni eshitish, ma’no jihatini anglashni qiyinlashtiradi. Biroq ular ham jamiyatda yashaydi. Shuning uchun ularda atrofdagilar bilan muloqot qilish ehtiyoji tug‘iladi. Kar bola o‘z sog‘lom (eshituvchi) tengqurlariga nisbatan maktabgacha davrda juda tor va cheklangan muhitda muloqotda bo‘ladi. Bunga sabab kar bola so‘zlashuv nutqiga ega bo‘lmaydi. Lekin kar va zaif eshituvchi bola atrofdagilar bilan muloqotda o‘z «tili»ni yaratadi.
Bu til oila miqyosida shartli qabul qilingan imo-ishoralardan iborat bo‘lib, juda kambag‘al bo‘ladi va aynan shu bola bilan doimiy muloqotdagi kamchilikni tashkil qilgan shaxslar uchungina tushunarli bo‘ladi. Biroq oilada kar va zaif eshituvchi bolani so‘zlashuv nutqqa jalb qilishga katta e’tibor berilishi, bu bolaning atrofdagilar nutqini tushunishi uchun ijobiy va unumli ta’sirini berishi mumkin. Aksariyat kar va zaif eshituvchi bolalar 7-9 yoshlarida na og‘zaki, na yozma ravishda bironta so‘zni bilmagan va o‘z ehtiyojini atrofdagilar bilan imo-ishoralar orqali qondirish imkoniyatigagina ega bo‘lgan holda maktabga keladilar. Ularning lug‘ati 4-6 ta so‘zdangina iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi «Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida»gi nizomda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarini korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatda moslashuviga ko‘maklashish talablarlari qo‘yilgan.
Yunusobod tumanidagi 442-«Nilufar» maxsus MTMga kelib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik. Ushbu maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi eshitishida nuqsoni bo‘lgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayoni to‘rtta o‘quv yili dasturi asosida olib boriladi. Asosiy vazifa guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, maktab ta’limiga tayyorlashga qaratilgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bolalarni guruhlarga ajratishda eshitishida muammosi bo‘lgan bolaning o‘ziga xos psixofiziologik holati, moslashuv muammolari hamda aksariyat hollarda ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan kech jalb etilishi hisobga olinadi, – deydi muassasa metodisti Marhabo Yo‘ldosheva. Bolalarning holatiga qarab, ularning ayrimlariga yakka tartibda mashg‘ulot ham tashkil etiladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga quyidagi vazifalar qamrab olingan:

– ular uchun munosib shart-sharoitlarni yara­tish;


– jismonan baquvvat, aqlan, ma’naviy-axloqiy komil shaxs sifatida shakllantirish.


Ikkilamchi nuqsonlarini korreksiyalash. Ushbu vazifa o‘z ichiga to‘rtta maqsadni qamrab oladi:


bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirish;


eshitish qobiliyatini rivojlantirish;
harakat kamchiliklarini bartaraf etish;
ijtimoiy hayotga moslashgan, pedagogik-psi­xologik jihatdan maktab ta’limiga tayyorlash.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar uchun ona tili – imo-ishora tili hisoblanadi. Ammo, maktabgacha yoshdagi bolalarni teng integratsiya qilishni ta’minlash, keyinchalik hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun kichkintoylarning og‘zaki nutqini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunday bolalarning nutqini rivojlantirish murakkab jarayondir. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori – nutqini harakatga keltiruvchi analizatorlar ishtirok etadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirish yo‘llari muntazam o‘rganib borilishi shart. Ya’ni, eshitish qobiliyatini shakllantirish, psixologik, korreksion pedagogik jihatdan tayyorgarlik, lug‘at boyligini oshirish lozim.
Og‘zaki nutqni shakllantirishda ta’limiy o‘yinlar va didaktik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu orqali bolalarning lug‘at boyligi oshadi, og‘zaki nutqi shakllanadi, saqlangan eshitish qoldig‘i rivojlanadi. Surdopedagog va tarbiyachining to‘g‘ri va aniq tashkil etilgan hamkorligi guruhda ijobiy rivojlantiruvchi muhit yaratib, ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Yurtimizda innovatsion texnologiyalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasida ham innovatsion ta’lim joriy etish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirish, ular uchun turli xil dasturlar yaratish, AKTlar asosida mashg‘ulotlar o‘tish, zamon talabiga mos mashg‘ulot ishlanmalari yaratish kerak.
Dasturli o‘yinlardan birida videoproyektordan foydalaniladi. Har bir mevaning tagiga nomi yozilgan bo‘lib, u ekranning asosiy qismiga chiqadi. Tarbiyachi navbatma-navbat har bir boladan ekranda chiqqan mevaning nomini so‘raydi. Ular mikrofon yordamida ekranda ko‘rsatilgan mevaning nomini aytadi, nutqi toza va ravon bo‘lsa, ekranda yashil chiroq yonadi. Agar nutqi yaxshi chiqmasa, qizil chiroq yonadi. Yuqoridagi mevalarning nomlarini yodlab olgach, ekranda mevaning surati nomsiz ko‘rsatiladi va bolajonlar bilan takroriy mashg‘ulot o‘tkaziladi. Takroriy mashg‘ulotlar ularning so‘z boyligining oshishiga xizmat qiladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonning so‘z boyligi sust rivojlangan bo‘lsa, yuqoridagi dastur ishlanmasi juda muhim. Ushbu dasturli o‘yiniga bolajonlarning qiziqishi ortadi va o‘z nutqi, qolaversa, so‘z boyligi ustida ko‘proq ishlashga harakat qiladi.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling