Zakadr: Sirdaryo viloyatining markazidagi drama teatri


Download 14.12 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi14.12 Kb.
#1237334
Bog'liq
Gala konsert fhfhfhf


Rolik: qisqacha

Zakadr: Sirdaryo viloyatining markazidagi drama teatri maydonida tayyorgarliklar avjida. Sababi bu yerda yana sanoqli daqiqalardan so'ng Yoshlar ovozi tanlovi g'oliblari ishtirokida gala konsert o'tkazilishi kutilmoqda. Bu yil ikkinchi marotaba o’tkazilayotgan maskur tanlov Respublika yoshlar ovozi o’tgan yilga nisbatda keng qamrovda tashkil etilgan saushbu tanlovga bu yil eng quyi tizim mahalla bosqichi ham kiritilgan. Bu eng chekka hududlardagi yosh iste'dod egalarining kashf etilishiga zamin yaratadi.

Sinxron: Baxshi yigit ( bilasizmi,vodiy viloyatlarni baxshilar yurti deyishadi. Jizzaxdan baxshi chiqmaydimi,chiqadi mana men Bozatovga borib Surxon,Qarshi baxshilarini ortda qoldirib kemoqchiman

Zakadr; Baxshichilik,an'anaviy ijro,opera ,estrada yo'nalishlarida talantlarni saralab bergan viloyat bosqichida omad yoki mahorat yetishmagan, natijada faxrli o'rin, Bo'zatov yo'llanmasini qo'lga kiritolmagan yoshlar ham ayni dam gala konsert ishtirokchisi. Respublika bosqichida kim qatnashsa ham g'alaba bilan qaytishi shart. Chunki ortda viloyat sha'ni turibdi.

Sinxron: 1) qiz
2) Yigit

Zakadr: Kichkina demang bizni deb viloyat bosqichida Sharof Rashidov tumani sha'nini himoya qilgan 10 yoshli Xurshidbek boradigan navbatdagi manzil Qoraqalpog'iston. Kichik g'olib endi o'z iste'dodini Bo'zatov sahnasida namoyon etadi

Sinxron: Xurshidbek

Zakadr: Sahnada qo'shiq kuylayotgan yoshlardan ko'ra tomoshabin sifatida chetdan kuzatayotgan ota-onalar,ustozlar hamda qo'llab quvvatlovchilarda hayajon kuchliroq.

Sinxron: 1) Ona ( o'g'limni uy ishlaridan ozod qildim,ustozi bn endi qattiq tayyorlanyapti) birinchi o'rin olishing shart deb o'tiribmiz

Sinxron: 2) ota ( o'zi san'atkor oilasimiz,shu o'g'lim yosh bosayam birinchi o'rinni oldi. nasib bolsa ozim ham boraman Bo'zatovga ,harakat qilamiz ishonch bildirganlarning yuzini yorug' qilishga )

Zakadr: Tanlovning viloyat bosqichiga an'anaviy ijro yo'nalishi bo'yicha olis Baxmal tumanidan kelib faxrli ikkinchi o'rinni egallagan Qosimjon yo'l qo'ygan xatolarini tuzatib kelgusi yilda Bo'zatovga borishni maqsad qilgan

Sinxron: ko'zi ojiz yigit

Zakadr; Tanlovning o'tgan yilgi mavsumida Bo'zatov sahnasi haroratini his qilib kelgan Shohjahon bu yilgi tayyorgarlikda biroz sustkashlikka yo'l qo'ydi. Bu unga viloyat bosqichida pand berdi

Sinxron: Bu yil rostanam mendan o'tadiganlar kop ekan, hayajonlandim,omad yetmadida

Zakadr; Yildan yilga yangi iste'dodlarni kashf etayotgan ushbu tanlovga bu yil viloyat miqyosida 14 mingdan ortiq yoshlar onlayn va offlayn ariza topshirgan edi. 4 bosqichda saralanib kelgan 10 nafar yoshlargina finalga chiqishdi.

Sinxron; agentlik vakili



Zakadr; Nihoyat taqdirlanish onlari ham yetdi. Dastavval sahnaga 2 va 3- o'rin egalari taklif etilib, ularga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Birinchi o'rin sohiblariga esa sovg'alar bilan birga Bo'zatov yo'llanmasi ham berildi. Shuningdek, ularga bildirilgan ishonchni oqlash, ortga faqat yorqin natijalar bilan qaytish mas'uliyati ham yuklatildi.
Biz ham ijodiy jamoamiz bilan g'oliblarga yakuniy bosqichda omad tilaymiz.



Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling