Zamonaviy axborot texnoilogiyalari bajardi: Boboqulov M


Download 8 Kb.
Sana22.02.2020
Hajmi8 Kb.

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOILOGIYALARI

Bajardi: Boboqulov M.

Tekshirdi: Nig’monova D.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA - MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

MEXANIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Reja:

  • 1. Sistemalar turlari 2. Sistema komponentlari 3. Sistemali plata  4. Protsessor 
  • 5. Operativ hotira

Sistemalar turlari

  • PC (Personal Computer) ni turli kategoriyalar bo`yicha ajratish mumkin. Asosan PC ikkita tashkil etuvchisiga qarab klassifikatsiyalanadi - bajara oladigan programma ta`minoti turiga hamda kompyuter sistemali platasining bosh shinasiga, ya`ni protsessor shinasi turi va uning razryadliligiga qarab ajratiladi.
  • Protsessor tashqi ulovchi ma`lumotlar shinasidan kelayotgan ma`lumotlarni o`qiydi. Ma`lumotlar shinasi sistemali platada protsessor bosh shinasi bilan to`g`idan to`g`ri bog`langan. Protsessorning ma`lumotlar shinasi u bilan bo`glangan protsessor uchun lokal bo`lgani uchun ba`zida local shina deb ham nomlanadi. Bosh shina bilan bog`langa boshqa qurilmalar xuddi protsessor bilan to`g`ridan to`g`ri bog`langan ravishda ishlatilishi mumkin. Agar protsessor 32 razrayadli ma`lumotlar shinasiga ega bo`lsa, sistemali platadagi protsessorning bosh shinasi ham 32 razryadli bo`lishi kerak, ya`ni sistema protsessorga yoki protsessordan bir sikl ichida 32 bit ma`lumot uzatishi mumkin.

Protsessor

Ma`lumotlar shinsi razryadliligi

8088

8

8086

16

286

16

386SX

16

386DX

32

486 (barcha modellari)

32

Pentium

64

Pentium MMX

64

Pentium Pro

64

Pentium Celeron/II/III

64

Pentium II/II Xeon

64

Sistema komponentlari

  • Zamonaviy PC ham mukammal, ham soddadir. Yillar davomida sistemani tashkil etuvchi komponentlarning aksariyati boshqa komponentlar bilan birlashtirilib, elemetnlar soni yganligi hisobiga kompyuter soddalashdi. Zamonaviy sistemaning har bir qismi eskirib qolgan sistemalarning mos qismlardan ancha ko`proq funksiyalarni amalga osh ira olishi hisobiga kompyuter mukammallashdi.kama
  • Quyida zamonaviy PC o`z ishiga olishi lozim bo`lgan komponetlar sana b o`tilgan.
  •    sistemali plata;
  •    protsessor;
  •    hotira (operativ hotira;
  •    korpus;
  •    elektr manba bloki;
  •    egiluvchan disklar uchun disk yurituvchi;
  •    qattiq disk;
  •    CD-ROM, CD-R yoki DVD-ROM yig`uvchisi;
  •    klaviatura;
  •    sichqoncha;
  •    videoadapter;
  •    monitor (displey);
  •    tovush platasi;
  •    akustik sistemalari.

Sistemali plata 

  • Sistemali plata - sistema asosidir. Bu haqiqatdan han PC asosiy tashkil etuvchisi bo`lib, qolgan barcha qurilmalar sistemali plata bilan ulangan va u tomonidan sistemadagi barcha qurilmalarni boshqariladi. Sistemali plata odatda quyidagi komponetlarni o`z ichiga oladi:
  •    protsesoor ini;
  •    protsessorning elektr manbai kuchlanishini o`zgartiruvchi qurilmalar;
  •    sistemali plataning mikrosxemalar to`plami;
  •    ikkinchi pog`ona kesh-hotira (kesh L2);
  •    SIMM va DIMM xotira inlari;
  •    shina raz`yomlari (slotlari);
  •    ROM BIOS;
  •    sistemali soat hamda CMOS uchun lektr manbai (batareya);
  •    kiritish-chiqarish mikrosxemasi.

Protsessor 

  • Protsessor - kompyuter yuragidir. Protsessorni markaziy protsessor deb ham ataladi (CPU - Central Processing Unit). Bu sistemadagi eng muhim mikroshema bo`lib, programma ta`minoti buyruqlarini aynan protsessor tomonidan bajariladi. Zamonaviy protsessorlar o`lchami juda kichkina bo`lgan kremniy kristallida joylashgan millionlab tranzistorlarni o`z ichiga olgan. Zamonaviy kompyuterlarda protsessorning narxi, u o`rnatilgan sistemali plataning narxidan ikki va bir necha marta qimmatroqdir.

Operativ hotira

  • Sistemaning hotirasi ko`pincha operativ (tezkor) hotira (RAM - Random Access Memory) deb ataladi. Bu asosiy hotira bo`lib, unga protsessor tomonidan ma`lumotlarning qayta ishlanishi davomida barcha ma`lumotlar va programmalar yoziladi. Operativ hotirada ma`lumotlarning saqlanishi uchun to`xtovsiz elektroenergiya uzatilishi lozim. Kompyuter o`chirilganda, operativ hotira joylashgan barcha ma`lumotlar ochib ketadi, kompyuter yoqilganda ma`lumotlar qaytadan operativ hotiraga yuklanadi.

Korpus

  • Korpus - bu maxsus quti bo`lib, uning ichida sistemali plata, elektr manba, disk yurituvchilar, adapterlar platalari va boshqa ixtiyoriy sistema komponentlari joylashtiriladi. Korpuslarning bir nechta ko`rinishi mavjud: ish stolida gorizontal holatda o`rnatiladigan kichkina va yupqalardan korpuslardan to vertikal holatda o`rnatiluvchi katta korpuslargacha. Bu farqdan tashqari korpuslar ular ichiga o`rnatilishi mumkin bo`lgan sistemali platalar va elektr manbailari bilan farqlanishi mumkin. Ba`zi korpuslar komponentlarning olinishi va o`rnatilishi uchun qulay qilib yaratilgan. Katta quvvatli sistemalar uchun mo`ljallangan ba`zi korpuslarda qo`shimcha sovitish qurilmalari va havo filtrlari o`rnatilib, ular korpus ichiga chang va boshqa zararli moddalarning kirishini oldini oladi. Aksariyat korpuslarda oldindan elektr manbai o`rnatilgan bo`ladi, lekin foydalanuvchi tomonidan korpus va elektr manbai alohida sotib olinishi mumkin.

Download 8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling