Zamonaviy maktab
Download 23.71 Kb.
|
2023-yil uchun Zamonaviy maktab Savolnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil yanvardan dekabrga qadar
“Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida umumta’lim muassasalarini baholash bo‘yicha SAVOLNOMA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI 2021-2022-o‘quv yilining 4-chorak (25-may) holati bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (sinflar va o‘quvchilar soni). 2021-2022-o‘quv yilida Respublika fan olimpiadasining tuman, hududiy va respublika bosqichida 1-, 2-, 3-o`rinni egallagan o‘quvchilarning g‘olib bo‘lganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom). 2021-2022-o‘quv yilida Xalqaro fan olimpiadalarida (IMO, IphO, IChO, IBO, IOI) oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga kiritgan yoki ishtirok etgan o‘quvchilarning tasdiqlovchi hujjatlari (diplom). 2021-2022-o‘quv yilida 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarining bandligi ta’minlanganligi to‘g‘risida jadval (Oliy ta’lim muassasalari va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan o‘quvchilar shuningdek, mehnat faoliyatini boshlagan o‘quvchilar ro‘yxati hamda tasdiqlovchi ma’lumotnomalari). 2022-yil yanvardan dekabrga qadar o‘quvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida noakademik sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar (sport, san’at, AKT, kitobxonlik, kasbiy yoki boshqa shu kabi musobaqa va tanlovlarda faqat g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarning faxriy yorliq va diplomlari). 2022-2023-o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejasining mavjudligi (agar mavjud bo`lsa, direktor buyrug‘i hamda pedagogik kengash qarori). 2022-2023-o‘quv yili holatiga maktabda tashkil etilgan barcha to‘garaklar ro‘yxati (dasturlash, injenerlik, robototexnika to‘garaklari mavjud bo‘lsa ushbu to‘garaklarning to‘liq hujjatlari) hamda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni bo‘yicha ma’lumot (to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni hisoblanganda bir o‘quvchi qayta takrorlanmasligi lozim). 2022-2023-o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari (inklyuziv ta’lim) bo‘lgan o‘quvchilarning hujjatlari va ro‘yxati (ko‘zi, nutqi va eshitishida hamda tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning tibbiy ma’lumotnomalari) hamda ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilganligi bo‘yicha bayonnoma. 2022-2023-yillarda maktab o‘quvchilari tomonidan jinoyatchilik yoki huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, ular bilan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (sud hukmi, maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchi jinoyat qilishidan oldin va keyin amalga oshirilgan ishlar to‘g֥‘risidagi hujjatlar). 2022-2023-o‘quv yili holatiga o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati (bir yillik o‘rtacha davomat haqida ma’lumotnoma, oylik davomatlar jadvali hamda maktab mas’ul xodimi tomonidan yuritiladigan davomat daftari) 2022-2023-o‘quv yili davomida o‘quvchilarga kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar berilganligi (davra suhbatlari, mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, o‘quvchilarni korxona, tashkilotlarga olib borish va boshqalar). 2022-2023-o‘quv yili davomida o‘quvchilarning kasbga qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilganligi bo‘yicha hujjatlar (hisobot hamda so‘rovnomalar). Maktabda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilganligi (kasbga aloqador burchaklar tashkil etish, devoriy gazetalar, bannerlar va boshqalar orqali). Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling