Zamonaviy operatsion tizimlar tasnifi


Download 1.71 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1427165
Bog'liq
ofise gulchehra


REJA:

  1. Zamonaviy operatsion tizimlar tasnifi.

  2. Windows operatsion tizimini sozlash: sichqoncha, klaviatura, til, учетная запись.

  3. Windows operatsion tizim arxitekturasi

WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.

  • Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.

  • Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.

  • WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.

  • Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.

  • Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.

  • Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.

  • Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.

UNIX- boshqa turdagi EHMlarga o’tkazilishi oson, ayni vaqtda bir qancha vazifani bajara oluvchi, ko’p foydalanuvchili operatsion tizimlar guruhidir.


Birinchi UNIX sistemasi 1960-yillarning oxirida 1970-yillarning boshida AT&T kompaniyasining Bell Labs bo’limida ishlab chiqarilgan. UNIX tizimining yuzaga kelishida MULTICS OT ining tasiri kata bo’lgan. O’sha vaqtdan buyon, xilma-xil UNIX tizimlari ishlab chiqarildi. Lekin yuridik nuqtayi nazardan ularning faqat ozgina qismi “UNIX” deb atalishga haqlidir, qolganlari esa, “UNIX-simon” termini bilan ataladi.
Ijobiy xususiyatlari:

  • Amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagiga ko’chirib o’tkaza olish;

  • Ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlaarining keng yig’masi;

  • Bir vaqtning o’zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo’lishi;

  • Yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;

  • RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg’unlashuvi;

  • Har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;

  • Rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik.

Linux-erkin UNIX-simon OTdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan.
Manba turi: ochiq manba, Free Software
Bu OT 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tehsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX OT asosida yangi OT sifaida yuzaga keldi. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida o’ziga xos o’rniga egadir. Bunig asosiy sabablaridan biri shundaki, Linux erkin tarqaladigan dasturiy ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini internet tarmog’I orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu OT ning ishlash uchun mo’ljallangan interfeyslari bo’lib, ular GUI(Graphic User Interface)- grafikali interfeys hamda CLI(Command Line Interface)-konsol, ya’ni buyruqlar qatoridan iboratdir.
Linux imblemasi:

Windows OT ni sozlash:
B uning uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi: Пуск Панель управления. Bu yerda o’zimizga keraklisini sozlaymiz: masalan, sichqoncha, klaviatura, til va hokazolar.
Sichqonchani sozlash:
Sichqonchani sozlashda uning tezligini, sichqoncha ko’rsatkichini ko’rinishini, necha marota bosilganda kompyuter qabul qilishi, chap va o’ng tugmalarini o’rnini almashtirish va yana bir qancha imkoniyatlarini o’zgartirish mumkin.

Кнопки мыши oynasiga kirib, sichqoncha tugmalarini o’rnini o’zgartirish mumkin. Misol uchun, chap qo’lda yozadiganlar o’zlariga qulay bo’lishi uchun chap va o’ng tugmalarning vazifasini bir-biri bilan almashtirishi mumkin.




Параметры указателя bo’limi orqali sichqoncha tezligini va soyasini o’zgartirish mumkin.


Указатели bo’limida sichqoncha ko’rsatkichining ko’rinishini o’zgartirish mumkin.




Оборудование bo’limi orqali sichqoncha haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.

Kerakli sozlashni amalga oshirib bo’lganimizdan so’ng, OK bo’limi tanlanadi.

Klaviaturani sozlash:


Bunda Cкорость bo’limi orqali klaviaturani tezligini o’zgartirishimiz mumkin.




Оборудование bo’limi orqali klaviatura haqida ma’lumotga ega bo’lamiz masalan, turi, holati, nomi.


Sozlab bo’linganidan keyin albatta OK tugmasini bosamiz.

Учетная запись parametri orqali kompyuter foydalanuvchilarining sonini belgilash mumkin. Misol uchun, o’quv xonalaridagi kompyuterda o’qituvchi va o’quvchi foydalanishini alohida qilib qo’yadi, masalan, admin va user.



В ремя и язык parametridan kompyuter tilini o’zgartirish mumkin. Shuningdek, til qo’shish, olib tashlash mumkin.


Til qo’shish.
Til qo’shilgandan so’ng, uni o’chirish uchun sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va Удалить tanlanadi.

W indows standart dasturlsrini ishga tushurish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi: Пуск Стандартные.


Point dasturi orqali rasm chizish mumkin, uni tahrirlab turli ko’rinishlarga o’tkazish mumkin. Menyular satri orqali qirqib olish, figura qo’shish, chizish, o’chirish, rangini o’zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin. Screen short qilingan rasmni ham jpeg formatga o’tkazib, oddiy rasm holatiga o’tkazsa bo’ladi va yana bir qancha afzalliklar beradi. Uning ko’rinishi:

Kalkulator dasturi orqali biz turli matematik amallarini bajaramiz.


Kalkulatorni turli sohaga moslab o’zgartirsa ham bo’ladi, masalan, standart, ilmiy, programistlarga. Buning uchun quyidagi joy bosiladi va kerakligi tanlanadi.



Bloknot dasturi orqali web-sahifa yaratishimiz mumkin. HTML tilida bloknotga yozib, uni internetga joylashimiz mumkin.
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling