Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni masofaviy ta’lim tizimidagi o’rni


Download 9.7 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi9.7 Kb.
#830703
Bog'liq
N. Boqiboyev maqola 1
Лекция 1, 11110, MapInfo даструрининг иконкаси, 1 ТЕМА, Axborot Texnologiya fanidan 2, Korea Milliy arxivi, 1-ф, Kirish, Kirish, Kirish, Kirish, ПК №1 (1), ANNOTATSIYA, 2-laborotoriya ishi, Elektron biznes

ZAMONAVIY PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISHNI MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI O’RNI.
N. Boqiboyev, o’qituvchi. (YATT)

2022-yilgi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili deb nomlanish yuzasidan hozirgi butun dunyoni tashvishga solib turgan kasalik va undan saqlanish vaqtida maktab, litsey va oliy o’quv yurtlaridagi talabalarga masofaviy ta’lim jarayonida "Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internet tarmog’i orqali bog’lanishni yo’lga qo’yilishi, har bir oila internet tarmog’idan bugungi kunda foydalanish tobora kuchayib bormoqda. Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko’lamda rivojlantirish mamlakatimiz taraqqiy darajasini ko’rsatadigan mezonlardan biri bo’ladi. Bunday mezonlar yoshlarimizning kelajagini ta`minlovchi ta`lim sohasida ham o’z ifodasini topishi kerak. Bugungi kunda qaysiki soha egasi bo’lishidan qat’iy nazar har qanday muta-xassis shaxsiy kompyuterning dasturiy vositalari va multimedia imkoniyatlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalangan xolda turli shakldagi axborotlarni qayta ishlash va ulardan kasbiy faoliyatda foydalanish bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi, o’zining ish faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil eta olishi kerak. Ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ta`lim beruvchi xam o’zining ish jarayonida xususan, o’quv jarayonini tashkil etishda axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan usullaridan oqilona foydalana bilishi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bunga imkon beruvchi dasturiy ta`minotlar juda ko’pligi hech kimga sir emas. Masalan, videodarslar yaratuvchi hamda taqdimotlar yaratib beruvchi zamonaviy vositalardan bugun ko’pchilik samarali foydalanmoqda.


Quyida shunday dasturlardan biri Camtasia Studio dasturini videodarslar tayyorlashdagi qulayligini misol qilishimiz mumkin. Bu dastur elektron ta`lim resurslarini yaratuvchi pedagogik dasturii vositalar jumlasiga kiradi. U kompyuter xotirasiga alohida o’rnatiladi.

Dastur tarkibidagi Record the screen bo’limi ekrandagi istalgan hodisani videoga olib, video ustida tahrirlash ishlariga imkon beradi. Videoga olishi kompyuterda ishlash jarayonini o’zida saqlab qoladi, quyidagi imkoniyatlar bilan o’ziga hos ustunliklarga ega:


  • Videoga olish jarayonida tinglovchiga kerak bo’lgan ekran yuzasini ko’rsatish va ekran yuzasini masshtabini boshqarish, kadrlar bo’limida ishchi oynaga o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi,;

  • Webcam kamera orqali videyoni taqdim etuvchini ishchi oynaga taqdim etib boradi va web kamer uchun video montaj qilish jarayonida ixtiyoriy joyga jolab ketish imkonini beradi;

  • Audio orqali videyoni yozish jarayonida tashqi ovozlarni yozib boradi, turli xildagi tovushlarni ham qo’shish va ular ustida ishlash imkoniyatlari mavjud;

  • Rec yozishni ishga tushurish tugmasi hisoblanadi;


Xulosa qilib aytganda, mazkur pedagogik dasturiy vosita masofaviy o’quv jarayonida yangi foydalanuvchilarga juda ko’plab qulayliklar yaratadi, video darsni tayyorlash davomida foydalanuvchi ko’rib, eshitib va bajarilayotgan amallarni o’zi mustaqil ravishda takrorlab, kerakli natijani olish imkoniyatini beradi, bu jarayon foydalanuvchiga o’tilayotgan mashgulotlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi va tezroq o’rganishga imkon yaratadi. Yaratilgan elektron didaktik uslubiy ta`minotlardan foydalanib, o’quvchi o’rganilayotgan materiallarni osonroq o’zlashtirishi, kutiladigan samaradorlikni sezilarli darajada oshishiga sabab bo’lishi va hozirgi karantin paytida o’qituvchi va o’quvchilar ham o’zlari video darsliklar tayyorlab ulardan foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Foydalanilgan internet resurslari
1. http://www.techsmith.com/
2. http://library.ziyonet.uz/
Download 9.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling