Zamonaziy dasturlash tillari


Download 0.88 Mb.
Sana22.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#450142
Bog'liq
zamonaviy dasturlash tillari
Lazer - Vikipediya, 1-2-02 Yo'ldoshev Azizbek, 1.1(1), prezentatsiya- delovoi etiket, HFX.8-mavzu, HFX.8-mavzu, Elektronika va sxemotexnika, Elektronika va sxemotexnika, optikadan kurs ishi, nargiza, Sillabus cyber, Aliyarov Xurshid, NOORGANIK IONLAR VA ULARNING FUNKSIYALARI, 36-Buyuk Ipak yo'li, betlik

Zamonaziy dasturlash tillari


Reja:

1. Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: cobol ва fortran. 2. Protseduraviy dasturlash tillari tarixi. 3. Sun`iy intelekt tillari 4. Zamonaviy obyektga yo`naltirilgan va vizual dasturlash tillari.

Birinchi EHM lar uchun dasturlani dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko`rish orasida ancha vaqt o`tar edi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi.  Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o`rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Xopper (dasturchi ayol, AQSH ning dengiz ofitseri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi.

Greys Xopperdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo`lgan Short Code sistemasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Xopper birinchi bo`lib A-O kompilyatorini yaratdi.

Birinchi EHM lar uchun dasturlani dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko`rish orasida ancha vaqt o`tar edi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi.

Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o`rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Xopper (dasturchi ayol, AQSH ning dengiz ofitseri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi.

Greys Xopperdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo`lgan Short Code sistemasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Xopper birinchi bo`lib A-O kompilyatorini yaratdi.

Bu vaqtda Yevropa davlatlarida mashhur til ALGOL edi. Xuddi Fortran kabi u ham matematik topshiriqlarga yo`naltirilgan edi. Unda o`sha davrning ilg`or texnologiyasi – tarkibli dasturlash amalda qo`llangan. Ko`plab dasturlash tillari o`tgan asrning 60-70-yillarida paydo bo`ldi. Uzoq vaqt yashagan tillar sirasiga BASIC tilini kiritish mumkin. Bu dasturlash tili 1964 yilda Jon Kemeni va Tomas Kurs boshchiligida Dartmut universitetida ishlab chiqildi. Mualliflarining fikriga ko`ra bu til sodda, o`rganishga oson va murakkab bo`lmagan hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan. BASIC ko`proq mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarda keng tarqaldi. Dastlab bu til tarkib(struktura)li bo`lgani uchun sifatli dasturlashni o`rganishga qiyin bo`ldi. 1985 yilda uning True BASIC ishlab chiqildi. Bu dasturni tuzganlarni fikriga ko`ra bu til PASCAL ko`ra mukammalroqdir. 1991 yilda Visual BASIC ning birinchi versiyasi paydo bo`ldi.

Protseduraviy dasturlash tillari tarixi.

Dasturlash tillari tarixida e`tiborga sazovor voqea 1971 yilda PASCAL tilining yaratilishi bo`ldi. Uning muallifi Shvetsariyalik professor Niklaus Virtdir. Virt bu tilni fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal sharafiga qo`ydi (Blez Paskal 1642 yili hisoblash mexanizmini ixtiro qilgan). Dachtlab PASCAL o`rganish tili sifatida tuzilgan. Bu tilda dasturlashning yorqin tomonlari ochib berilgan. Amaliyotda keng qo`llanilishi shaxsiy kompbyuterlarda Turbo PASCAL versiyasidan boshlangan.  S (“Si”) dasturlash tili operatsion tizimlarni ishlab chiqish uchun yaratilgan. U UNIX operatsion tizimi bilan bir vaqtda yaratilgan. Ushbu UNIX operatsion tizimi va dasturlash tilining mualliflari amerikalik dasturchilar Dennis Richi va Kennet Tompsonlardir. Dastlab Kennet Tompson UNIX operatsion tizimini FORTRAN tilida yozgan. Keyinchalik S tili ishlab chiqilgandan so`ng, 1973 yilda operatsion tizimning yadrosi yordamchi dasturlar(utilita programmalar)i bilan S tilida qayta yozildi. Bu yuqori darajali tarkibli (strukturniy) dasturlash tilidir. Bugungi kunda bu til nafaqat operatsion tizimlar, balki translyatorlar, tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqishda qo`llaniladi.

Sun`iy intelekt tillari

O`tgan asrning 90-yillarida “Sun`iy intelekt” nomli beshinchi avlod kompyuterlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgandi. Bu ishni asosiy dasturlash tillarida amalga oshirish amri mahol edi, shu sababli loyihada sun`iy intelekt tillari sifatida LISP va PROLOG tillari tanlandi.

LISP dasturlash tili (1956-1959 yillar) asoschisi Jon Makkarti bo`lib, u sun`iy intelektning otasi hisoblanadi. Aynan u birinchi bo`lib “sun`iy intelekt” atamasini ishlatgan. LISP tilida asosiy element rekursiv ajratilgan funksiyalar tushunish bo`lgan. Istalgan algoritm bir nechta rekursiv bilan funksiyalar to`plami vositasida izohlanishi isbotlangan. Ushbu tilning asosiy g`oyalari keyinroq Seymur Peypert boshchiligida Masachusets texnologiyalar institutida 70-yillarda bolalar uchun ishlab chiqilgan LOGO tilida qo`llanildi.

PROLOG tili ham 1972 yilda Fransiyada sun`iy intelekt muammolarini yechish uchun ishlayu chiqildi. PROLOG tili har xil fikrlarni formal ko`rnishda tavsiflash, mantiqni muxokama qilish, kompyuterni berilgan savollarga javob berdirishga imkoniyatli hisoyulanadi.

Dasturlash tillarining ishlatilishi bo‘yicha ko‘rsatkichi (2013 yil) ma'lumot uchun

Zamonaviy obyektga yo`naltirilgan va vizual dasturlash tillari.

So`ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta`minoti rivojlanishi asosiy yo`nalishlaridan biri bu obyektga yo`naltirilgan dasturlash sohasi bo`ldi. Obektga yo`naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga yo`naltirilgan dasturlash (OYD) tizimlari ham ammviylashdi.

Birinchi OYD elementi Simula-67 (1967 y., Norvegiya) tili bo`ldi. Turbo PASCAL da 5,5 versiyasidan boshlab OYD vositalari paydo bo`ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni yakuni sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo`ldi. Ushbu sistema yordamida tez va oson murakkab bo`lgan grafik interfeysni dasturlash imkoniyati mavjud. 1991 yilda Visual BASIC ning I versiyasidan boshlab bu til to`laligicha obyektga yo`naltirildi (1997 yil).

Dasturlash tillarining ishlatilishi bo‘yicha ko‘rsatkichi (2002 – 2014 yy) ma'lumot uchun

1985 yilda Bell Labs (AQSH) layuoratoriyasi S++ dasturlash tili yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til OYD tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir.

OYD tillaridan yana biri 1995 yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o`rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad qilingan.

JAVA tili maksimal darajada S++ tiliga o`xshash bo`lishi uchun yaratilgan yaratilgan JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So`ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++davomchisi sifatida S# (Ci sharp) tili yaratildi.

Web dasturlash tillarining ishlatilishi bo‘yicha ko‘rsatkichi (2014 yil) ma'lumot uchun

Hozirgi kunda juda ko'plab algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Pascal tili universal tillardan biri bo'lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyati ko'pligi va kengroqligi bilan farq qiladi. So'nggi yillarda Pascal tili juda takomillashib, tobora ommaviylashib bormoqda. Pascal tili Shvetsariyalik olim N.Virt tomonidan yaratilib, keyinchalik Borland korporatsiyasi tomonidan rivojlantirildi. Pascal tilida programma tuzish uchun Turbo Pascal va Delphi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining barcha talablarini o'z ichiga olgan va unda dastur tuzish uchu hamma qulayliklar yaratilgan.

Delphi dasturlash vositasi Turbo Pascal tilining rivoji bo'lgan Object Pascal tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko'plab yangiliklar kiritilgan, uning imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash mumkin.

Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o'z alfavitiga va belgilariga ega. U 26 ta lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo'lgan arab raqamlarini va quyidagi belgilarni ishlatadi: bo'shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*) va bo'lish (/); mantiqiy amallarni bajarish uchun <, >, <=, >=, <>, = belgilarini ishlatadi. Bulardan tashqari vergul, nuqta, kichik qavs, katta va o'rta qavslar.

Delphi -Windows operatsion tizimida dastur yaratishga mo'ljallangan dasturlash muhitidir. Delphi da dastur tuzish zamonaviy visual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo'lib, unda dasturlashning ob'ektga yo'naltirilgan g'oyasi mujassamlashtirilgan.

Delphi bir necha muhim ahamiyatga ega bo'lgan texnologiyalar kombinatsiyasini o'zida mujassam etgan:

yuqori darajali mashinali kodda tuzilgan kompilyator;

ob'ektga yo'naltirilgan komponentalar modellari;

dastur ilovalarini visual tuzish;

ma'lumotlar ba'zasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.

Delphi — Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo'lgan vosita bo'lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi.

Delphida dastur zamonaviy visual loyihalash texnologiyasi asosida obektga yo'naltirilgandasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo'lgan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi.

Ma'lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi buishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchini ishini 50-80 % ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimidasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.

Delphi o'zida bir qancha zamonaviy ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini, dasturlash texnologiyalarini ham ma'lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.

Delphida konsol ilovalarini har xil usullarda yaratish mumkin. Ulardan eng oson usuli quyidagicha:

1. Delphi muhiti ishga tushiriladi.

Пуск=>Программы=>Borland Delphi 7=> Delphi 7

2.Bosh menyudanFile punktini ochib, u yerdanNew, keyin esa Other buyruqlari beriladi. File=> New=> Other

3. Forma va loyihalarni saqlash uchun ochilgan maxsus oynadan (bu oynaga arxiv Delphi oynasi deyiladi) “Console Application” piktogrammasi tanlanadi va Ok tugmasi bosiladi.

4. Natijada ekranda loyiha oynasi ochiladi (.dpr kengaytmali nom bilan).

Begin – end ichiga olingan

{ TODO -oUser -cConsole Main: Insert code here }

Izoh o‘rniga loyiha faylining dastur matni kiritiladi.

Tuzilgan dasturni ishga tushirishdan oldin uni saqlash kerak. Uni saqlashfile=>Save Allbuyrug‘ini berish lozim. Har bir loyiha alohida yangi papkaga saqlashni tafsiya qilinadi. Loyiha faylini saqlashda unga nom berilmasa ProjectN.dpr nomli fayl nomini tafsiya qiladi.Loyihani saqlab bo‘lgandan so‘ng, uni bajarishga beramiz. Buning uchun bosh menyudan quyidagi buyruqni berish lozim:Run=>Run yokiF9 funksional tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Dastur normal ishga tushgandan so‘ng ekranda DOSning standart oynasi namoyon bo‘ladi.



E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling