Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 485.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.09.2020
Hajmi485.48 Kb.
#129139
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

XORIJIY TILLAR FAKULTETI 

        (5141400-ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi) 

Ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti    

kafedrasi 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

MURODOVA DILNOZA 

(404-guruh bitiruvchisi) 

 

Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi 

qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish 

muammolari 

 

Ilmiy rahbari:

 Matkarimova.A 

ANDIJON – 2014 

 

 

 


 

MUNDARIJA: 



KIRISH……………………………………3-10 

Birinchi bob. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplarnazariyasi. 

1.1. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar 

nazariyasi……………………………………………11-21 

1.2. Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplarhajmi 

masalasi………………………………………………22-27 

Ikkinchi bob. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va tarjimasi 

masalalari. 

2.1. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy 

tahlili…………………………………………………..28-31 

2.2. Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi 

masalalari………………………………………………32-37 



Uchinchi  bob.  Ingliz  tilida  qo’shma  gaplar  hajmi  mavzusini  o’zbek  maktablarida  o’qitish 

muammolari  

3.1. Ingliz tilida qo’shma gaplar hajmi mavzusini o’zbek maktablarida o’qitish bo’yicha metodik 

tavsiyalar………38-44 

3.2. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi va ularni mustahkamlash bo’yicha mashqlar 

tizimi…………………45-51 



XULOSA………………………………………………….52-54 

FOYDALANILGAN 

ADABIYOTLARRO’YHATI…………..……………………………….......55-56 

 

 

 

 

KIRISH 

 

O’zbekiston  mustaqillika  erishgandan  buyon  ko’plab  yutuqlarga  erishildi  va  davlatimiz 



har tomonlama yuksaldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’tgan yillar davomida ham iqtisodiy, 

ham  siyosiy  jihatlardan  ulkan  rivojlanishga  muvaffaq  bo’lindi.  Boshqa  sohalar  bilan  birqatorda  

ta’lim tizimini yuksaltirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirildi. Shulardan krill yozuvidan lotin 

yozuviga o’tildi va eski o’n bir yillik ta’lim tizimidan yangi to’qqiz yillik maktab va uch yillik 

o’rta  ta’lim  yo’lga  qo’yildi.Chet  tillarini  o’rganish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora 

tadbirlari to’grisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori shu paytgacha ta’lim yo’lida 

qilingan  ishlarni  davomi  sifatida  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi  desak  also  mubolag’a 

bo’lmaydi. Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, mamlakatda O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim 

to’g’risida‖gi  qonuni  hamda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirish  doirasida  chet 

tillarini  o’qitishning  kompleks  tizimi,  ya’ni  uyg’un  kamol  topgan,  o’qimishli,  zamonaviy 

fikrlovchi  yosh  avlodni  shakllantirishga,  respublikaning  jahon  hamjamiyatiga  yanada 

integratsiyalashuviga  yo’naltirilgan  tizim  yaratildi.  Mustaqillik  yillarida  51,7  ming  nafardan 

ziyod  chet  tillari  o’qituvchilari  tayyorlandi,  umumta’lim  maktablarining  5-9    sinflari  uchun 

ingliz, nemis va fransuz tillari bo’yicha multimedia darsliklari, boshlangich sinflarda ingliz tilini 

o’rganish  elektron  resurslar  tayyorlandi,  umumta’lim  maktablarida,  kasb-hunar  kollejlari  va 

akademik  litseylarda  5  mingdan  ko’proq  lingafon  kabinetlari  jihozlandi.  Shu  bilan  birga,  chet 

tillari  o’rganishni  tashkil  qilishning  amaldagi  tizimini  tahlil  etish  shuni  ko’rsatmoqdaki,  ta’lim 

standartlari, o’quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg’or axborot va media-

texnologiyalardan  foydalanish  borasidagi  talabga  to’liq  javob  bermayapti.  Ta’lim  asosan 

an’anaviy uslubda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz 

o’rganishni  tashkil  qilish,  shuningdek,  o’qituvchilar  malakasini  oshirish  hamda  zamonaviy 

o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.  Zamonaviy 

pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or 

uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda 

erkin so’zlasha oladigan mutahassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda uning 

negizida,  ularning  jahon  sivilizatsiyasi  yutuqlari  hamda  dunyo  axborot  resurslaridan  keng 

ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit 

va imkoniyatlar yaratish maqsadida:  

 Qarorga muvofiq, quyidagilar   2013/2014 o’quv yilidan boshlab Respublikaning barcha 

hududida  chet  tillarini,  asosan,  ingliz  tilini  o’rganish  umumta’lim  maktablarining  birinchi 

sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, 

alifbo,  o’qish  va  grammatikani  o’zlashtirishdan  bosqichma-bosqich  boshlanadi;  Oliy  o’quv 



 

yurtlarida ayrim maxsus  fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish 



chet  tillarda  olib  boriladi;  umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining 

o’qituvchilari va o’quvchilarini chet tillar bo’yicha darsliklar va o’quv-uslubiy komplekslar bilan 

ta’minlash,  ularni  belgilangan  muddatlarga  rioya  etilgan  holda  qayta  nashr  etish,  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  maqsadli  kitob  jamg’armasining  aylanma 

mablag’i hisobidan bepul amalga oshiriladi.  

Chet  tillarini  o’rganishni  yanada  rivojlantirish  bo’yicha  doimiy  ishlaydigan 

Muvofiqlashtiruvchi  kengash  2-ilovaga  muvofiq  tartibda  tashkil  qilindi,  O’zbekiston  Davlat 

Jahon tillar universiteti uning ishchi organi etib belgilandi. 

Muvofiqlashtiruvchi  kengash  manfaatdor  vazirliklar,  idoralar  bilan  birgalikda  hamda 

yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda:   

 2013  yilning  1-martigacha  bo’lgan  muddatda  har  bir  ta’lim  bosqichida  chet  tillarini 

bilish  darajasining  aniq  mezonlarini  nazarda  tutuvchi  yangi  ta’lim  standartlari  tasdiqlanishi 

ta’minlansin;  2013 yilning  1-mayigacha bo’lgan muddatda umumta’lim maktablarining birinchi 

sinfidan  boshlab  chet  tillar  ta’limini    uzuliksiz  joriy  etilishini,  shuningdek,  ta’limning  barcha 

bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb-

hunar  va  oliy  o’quv  yurtlarining  yangi  o’quv  rejalari  va  dasturlari  ta’minlanishi  tasdiqlansin.  

Ta’lim  standartlari,  o’quv  dasturlari  va  rejalari,  darsliklarni  ishlab  chiqish,  shuningdek,  ta’lim 

jarayonini  tashkil  etish  uchun  yetakchi  xorijiy  o’quv  markazlarini,  chet  tillar  bo’yicha  xalqaro 

ekspertlar va mutaxassislarni jalb etsin;  

ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  chet  tillarni  o’qitish  tizimini  tubdan  qayta  ko’rib 

chiqilishi va kuchaytirilishini, o’quv yakunlari bo’yicha umume’tirof etilgan testlar topshirilishi 

ta’minlanishligi aytildi.  

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  test  markazi  tarkibida  Chet  tillarni  bilish  va 

egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz hodimlarining soni 12 kishiga 

ko’paytirilsin  va  vazifani  quyidagilardan  iborat  etib  belgilaniladigan  bo’ldi:    Xalqaro  e’tirof 

etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test 

tizimini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish;  o’rganuvchilarni  chet  tilini  bilish  va  egallash  darajasini 

aniqlashni  to’lov  asosida  test  o’tkazish  va  namunasidagi  tegishli  malaka  sertifikatini  berishni 

tashkil etish, o’rganuvchilarni mustaqil ravishda chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash 

uchun  testga  tayyorlanishga  zarur  ma’lumotlarni  tayyorlash  va  internetga  joylashtirish. 

Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun 

Markazga to’lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berildi.  

Shunday tartib o’rnatilishi ko’zda tutildiki, unga muvofiq: umumta’lim maktablari, o’rta 

maxsus kasb-hunar o’quv muassasalarida chet tillar o’qituvchilariga zarur ehtiyoji bo’lgan uzoq 



 

tumanlar  va  qishloq  aholi  punktlarida  yashayotgan  aholi  ichidan  mahalliy  davlat  hokimiyati 



organlarining  tavsiyanomalari  asosida  chet  tillar  o’qituvchilari  ixtisosligiga  oliy  ta’lim 

muassasalariga  maqsadli  qabulni  amalga  oshirishga  ruhsat  etiladi;  maqsadli  qabul  asosida  oliy 

ta’lim  muassasasiga  o’qishga  qabul  qilingan  shaxslar,  o’qishni  bitirgandan  so’ng,  o’zlari 

yashaydigan  joylarda  joylashgan  va  mahalliy  davlat  hokimyati  organlari  tavsiyanomalarida 

ko’rsatilgan ta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda olingan mutaxassisliklari 

bo’yicha ishlab berishlari shart. 

O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va 

Moliya vazirligining chet tillar o’qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan 

rag’batlantiruvchi to’lovlar va q’shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga 

kiritilgan holda qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning ta’rif stavkalariga 30 

foiz  va  boshqa  ta’lim  muassasalariga  15  foiz  stavkalari  miqdoridagi  har  oydagi  qo’shimchalar 

qo’shib berishni belgilash to’g’risidagi taklifi qabul qilindi va bu aytish mumkinki tilga bo’lgan 

e’tiborning yuqori darajasidir.  

O’zbekiston  Respublikasi  xalq  ta’limi  vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti 

va  budjetdan  tashqari  jamg’armalar,  xorijiy  kreditlar  va  xalqaro  grantlar,  shuningdek,  homiylar 

va  xayriyachilar  mablag’lari  ko’zda  tutilgan  holda,  2013-2016  yillarda  ta’lim  muassasalari 

xorijiy tillar kabinetlarini  zamonaviy axborot-komunikatsiya va o’qitishning texnik vositalari va 

anjomlari  bilan  jihozlashning  jadallashtirilgan  dasturini  ishlab  chiqsin  hamda  O’zbekiston 

Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  bilan  kelishgan  holda  uni  Vazirlar 

Mahkamasiga  tasdiqlash  uchun  kiriladigan  bo’ldi  va  bular  shuni  anglatadiki,  tilga  yurtimizda 

davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. 

O’zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi,  Davlat  aloqa,  axborotlashtirish  va 

telekomunikatsiya  texnologiyalari  qo’mitasi,  O’zbekiston  matbuot  va  axborot  agentligi  hamda 

O’zbekiston  Milliy  axborot  agentligi,  bolalar  va  yoshlarning  manfaatlari  hamda  qiziqishlarini 

inobatga olgan holda, quyidagilar ta’minlansin:  

Televideniya,  shu  jumladan  mahalliy  telekanallar  orqali  bolalar  va  o’smirlarni  xorijiy 

tillarga  o’rgatish  bo’yicha  ko’rsatuvlar  tayyorlash  hamda  ularni  translyatsiya  qilish,  boshqa 

xalqlarning  tarihi  va  madaniyati,  jahon  ilmi  va  tehnikasiga  bag’ishlangan  ilmiy-ommabop, 

xorijiy - badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam 

ko’rsatib  borishni  amalga  oshirish;  ―ZiyoNet‖  tarmog’i  orqali  ta’lim  muassasalarining  xalqaro 

ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini 

multimedia  resurslari,  shaxsiy  kompyuterlar  va  mobil  uskunalar  uchun  ilovalar  bilan  boyitish, 

shuningdek, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan 



 

gazetalar  va  jurnallarni  chop  etish,  ularni  maxsus  ruknlar  hamda  ilovalarni  tashkil  qilinishi, 



aytish mumkinki, juda katta yangilik bo’ldi.   

O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,  boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgarish va qo’shimchalar 

haqida  Vazirlar  Mahkamasiga  takliflar,  shuningdek,  idoraviy  me’yoriy  hujjatlarga  tegishli 

o’zgarishlar  kiritilsin.  Chet  tillarini  nafaqat  uzluksiz  ta`limning  barcha  bosqichlarida,  bog`cha, 

maktab,  akademik  litsey,  kasb  –  hunar  kollejlari,  oliy  ta`lim  muassasalarida,  balki  xalq 

xo`jaligining  barcha  sohalarida  mehnat  qilayotgan  turli  yosh,  turli  kasb  egalari  ham  o`rganishi 

davlat ahamiyatiga molik masala darajasiga ko`tarildi. 

Shu kunning talabi dunyo hamjamiyati bilan muntazam aloqada bo`lishdir. Chunki dunyo 

fani,  texnikasi,  iqtisodiyotida  erishilayotgan  muvaffaqqiyatlar  nafaqat  bir  mamlakat  yoki  xalq, 

balki  butun  dunyo  xalqlarining  ilmiy  va  texnikaviy  mulkiga  aylanib  qolmoqda.  Bugun  ana 

shulardan  boxabar  bo`lish,  mamlakat  porloq  kelajagi,  xalq  manfaatlari,  taraqqiyoti  yo`lida 

unumli foydalanish O`zbekiston rivojiga rivoj qo`shadi, uning salohiyatini oshiradi.  

Buning  uchun,  albatta,  muloqot  zarur.  U  esa  til  vositasida  amalga  oshadi.  Bu  borada 

tarjima  ishlari  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  tildan  –  tilga  tarjima  jarayonini  amalga  oshirish 

uchun  tarjimon  mutaxassislardan  alohida  tayyorgarlikni  talab  etadi.  Avvalom  bor,  tarjimon, 

muloqot yoki tarjima bilan shug`ullanuvchi ma`lum kasb egasi asl va tarjima tillari strukturasiga 

oid zarur bilimlarga ega bo`lish zarur. Bundan tashqari tarjimon u yoki bu mamlakat, xalq tarixi, 

urf  –  odatlari,  qadriyatlari  yoki  xalq  xo`jaligining  ma`lum  sohasiga  oid  bilimlarga  ham  ega 

bo`lishi kerak deb o`ylaymiz.  

Hozirda  tarjimon  mutaxassislar  tayyorlash  asosan  O`zbekiston  Davlat  jahon  tillari 

universiteti,  O`zbekiston  Milliy  universiteti,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti  kabi 

ta`lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tarjimonlik ko`nikma va malakalari 

bo`lg`usi  chet  tillari  bo`yicha  pedagoglarda  ham  topshirishga  e`tibor  berilmoqda.  Chet  tillari 

bo`yicha  O`qituvchilar  tayyorlash  ta`lim  yo`nalishlari  o`quv  rejalariga  ―Tarjima  nazariyasi  va 

amaliyoti‖, ―Izchil va sinxron tarjima‖ fanlarining kiritilishi ham bejiz emas. 

Bitiruv malakaviy ish mavzusi: ―Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy 

tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari‖ , u ingliz va o`zbek tillarida  birdek 

tarqalgan  qo’shma    gaplar  haqida  bo’lib,  tarjima  va  o’qitish  masalalarini  tadbiq  etishga 

bag`ishlanadi.  

Bitiruv  malakaviy  ishning  dozarbligi.    Izlanishning  mavzusi  qo’shma  gaplar  hajmi 

qiyosiy  tahlili  va  ularni  tarjima  qilish  hamda  o’qitish  muammolari    bo’lib,  bu  mavzu  ikki  til 

doirasida ham keng yoritilgan. Biroq qo’shma gaplar hajmining  Ingliz va O’zbek tilida qiyoslab 



 

o’rganilmaganligi va tarjimadagi ayrim qiyinchiliklarning mavjudligi qo’shma gaplarning mana 



shu jihatlariga e’tibor berishimizni talab etadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  maqsadi  ingliz  tilida  mavjud  qo’shma  gaplarniva  ularning 

hajmini qiyosiy o’rganish, izlanish jarayonida mavjud qiyinchiliklarni, o’xshash va noo’xshash 

jihatlarini,  muammoli  joylarni  topishdan      va  ularni  o’qitish  bo’yicha  uslubiy  tavsiyalar  ishlab 

chiqishdan iborat. 

BMIning  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda  quyidagi  vazifalarni  bajarish  ko’zda 

tutiladi: 

 



ingliz va o`zbek tillarida qo’shma gaplar bo`yicha turli nazariyalarni o`rganish va tahlil etish; 

 



qo’shma gaplarga oid tasnif va tavsiflarni qiyosiy o`rganish; 

 



qo’shma  gaplarni  hosil  qilishda  ishtirok  etuvchi  vositalarning  tillararo  o`xshash  va  no`xshash 

jihatlarini aniqlash; 

  barchaqo’shma gap turlarini tillararo farqli jihatlarni til o`qitish jarayonida hisobga olish, tarjima 



va  o`qitishning  samarali  texnologiyalarini,  uslubiy  tavsiyalarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga 

tadbiq etish. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  predmeti.  Izlanishning  predmeti  ingliz  va  o’zbek  tillarida  qo’shma 

gaplar hajmining qiyosiy tahlili hisoblanadi. 

Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti. Izlanishning ob’ekti bo’lib ingliz va o’zbek tillaridagi 

qo’shma gaplar hisoblanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  metodlari.  Izlanish  davomida  transformatsion,  qiyosiy, 

oppositive, distributive, statistik kabi metodlardan foydalanildi. 

Bitiruv malakaviy ishning materiali sifatida Grammatik adabiyotlardan, darsliklardan va 

turli  qo’llanmalardandan  foydalanib,  mavzuga  doir  misollar  olindi.  Bu  misollar  keng  qamrovli 

misollar va materiallar sifatida xizmat qildi, kerakli ma’lumot bilan ta’minladi. 

Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi

Izlanish 

nazariy 


va 

umumiy 


metodologik 

asosini 


O`zbekiston 

Respubliksi 

I.A.Karimovning asarlari, ―Ta`lim to`g`risida‖ gi Qonun va  ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ 

orqali  belgilangan  vazifalar  hamda  fan  va  texnikani  rivojlantirishga  doir  me`yoriy  hujjatlar 

tashkill etadi. Shuningdek, ishda .S.Barxudarov, I.I.Meshchaninov, M.Y.Blokh, K.N.Kachalova, 

V.l.Kaushanskaya,  G’Abdurahmonov,  O`.Q.  Yusupov,  G`  M.  Hoshimov  kabi  olimlarimiz 

tomonidan bildirilgan ilmiy mushohadalar, lingvistik qarashlarga asoslanildi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  yangiligi  shu  bilan  belgilanganki,  Ingliz  va  O’zbek  tillarida 

qo’shma gaplar hajmining qiyosiy tahlili u darajada chuqur va rejimga solib o’rganilmagan. Biz 

bu ishda kerakli vositalarni bir tizimga solishga harakat qildik.   



 

Izlanishning ilmiyahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishda ingliz va o’zbek tillaridagi 



qo’shma  gap  turlarining    xususiyatlari  tipologik  jihatdan  tahlil  qilindi.  Ayni  paytda  qo’shma 

gaplarning  struktural,  semantik,  funksional  va  kommunikativ-pragmatik  jihatlari  o’rganildi. 

Shuningdek, ushbu mavzuning qiyosiy tipologik tomondan tadqiq qilinishi mazkur izlanishning 

nazariy ahamiyatini belgilaydi.  

Bitiruv malakaviy ishning amaliyahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishning ahamiyati 

shundaki,  qo’shma  gaplarni  lingvistik  metodlar  asosida  tahlil  qilish  natijalaridan  o'quvchilarga 

nazariy  va  amaliy  grammatika  fanlarini  o’qitishda,  qiyosiy  tipologiya  kabi  fanlarda,  o'quv  va 

metodik qo'llanmalar, darsliklar yaratishda samarali foydalanish mumkin. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  uchbob

xulosavafoydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  kirish  qismi  mavzuning  dolzarbligi,  amaliy  va  nazariy  ahamiyati, 

vazifalari, metodologik asosi, ishning yangiligi, ob’ekti, materiali va predmetini o’z ichiga oladi. 

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar 

nazariyasi haqida umumiy ma’lumot berildi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  ikkinchi  bobida  Ingliz  va  O’zbek  tillarida  qo’shma  gaplar 

hajmi  masalasi  hamda  o’xshash  va  noo’xshash  jihatlari,  hamda  tarjima  jarayonidagi 

qiyinchiliklar  ko’rib chiqildi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  uchinchi  bobida  qo’shma  gaplarni  o’zbek  maktablarida 

o’qitish  yuzasidan metodik tavsiyalar va mustahkamlash uchun mashqlar tizimidan na’munalar 

berildi.   

Bitiruv  malakaviy  ishining  xulosa  qismida  ishni  yozish  davomida  olingan  bilim  va 

ko’nikmalar haqida, hamda kiritilgan yangilik haqida qisqacha fikrlar bayon qilindi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  adabiyotlar  ro’yxati  ishni  yozish  davomida  foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxati bilan to’ldirildi. 

 

 



 

 

 

Birinchi bob.Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi. 

1.1  Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi 

 


 

Til  insonlar  orasidagi  aloqa  vositasi  bo’lib,  u  yordamida  kishilar  o’z  fikrini,  maqsad,    his-



hayajonlarini  ifodalaydilar,  muloqot  va  munosabatga  kirishadilar.  Fikr  turlicha  ifodalanadi: 

sodda  yoki  qo’shma  gaplar,  murakkab  qo’shma  gaplar  orqali,  darak,  so’roq,  buyruq,  undov 

gaplar vositasi bilan ikki yoki bir sostavli gaplar yordamida,to’liq yohud to’liqsiz gaplar orqali 

ifodalinishi  mumkin.  Bu  shakllarning  turi  fikrning  hususiyatiga  ma’lum  maqsadga  ko’ra 

belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo’lmasin unda kishining ma’lum maqsadi ifodalanadi. 

Bundan  xatto  undov  yoki  so’roq  gaplar  ham  mustasno  emas.Binobarin  til  ham  o’z  navbatida 

fikrga,  ongga  ta’sir  etadi,  uni  shakllantiradi,  kengaytiradi,  chuqurlashtiradi.  Fikr,  ong  va  til 

o’zaro  aloqada  shakllanadi,  namoyon  bo’ladi,  taraqqiy  etadi.  Shulardan  kelib  chiqib  til 

birliklarining asosi bo’lgan gap haqida o’z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz. 

 

Gap haqida gapirar ekanmiz, avvalo uning ta’rifiga to’xtashimiz joizdir.Gap nisbiy fikr tugashiga 



va  predikativlikning  mavjud  bo’lishi  hamda  u  Grammatik  jihatdan  ma’lum  qonun  va  qoidalar 

asosida shakllanishi, o’ziga hos ohangga ega bo’lishi shart. Gapning bu hususiyatlari ko’pchilik 

tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi, ahamiyati, o’rni 

turlichadir.  Har  bir  gap  ma’lum  maqsad  va  fikrni  yoki  his-hayajonni  ifodalaydi,  aks  holda  gap 

emas, so’z birikmasi bo’lib qoladi. 

Gap  bo’lishi  uchun,  albatta,  egasi  bilan  shaxsda,  sonda  moslashgan  fe’l  bo’lishi  shart 

emas.Ma’lum maqsad fikr ifodalangan, predikativ munosabati mavjud bo’lgan qurilmalar hatto 

ayrim so’zlar ham gap sanaladi. 



Spring!            Bahor! 

 Birds!             Qushlar! 

Gap Grammatik jihatdan tuzilishiga ko’ra o’ziga xos bir qurilmani tashkil etadi. Ingliz va o’zbek 

tillarida gaplarni quyidagi guruhlarga ajratamiz. 

Simple sentence              sodda gap 

Complex sentence            ergash gapli qo’shma gap 

Compound sentence           bog’langan qo’shma gap 

Composite sentence            qo’shma gap 


Download 485.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling