Kommunikatsiya verbal (og’zaki) vositalar (nutq, matn) yordamida ham, noverbal vositalar yordamida ham ro’y berishi mumkin. Noverbal vositalar qatoriga turli belgilar, rasmlar, fotosuratlar, imo-ishoralar, jimsoniy predmetlar va hatto odamlarning ayrim harakatlari ham kiradi. Shunday qilib, kommunikatsiyalar, jumladan, bu o’zaro aloqalar amalga oshiriladigan tizim ham, o’zaro aloqalar ham, xilma-xil, bizning holatda –axborotini yaratish, uzatish va qabul qilishga imkon beradigan muloqot usullari hamdir. Shunday qilib, kommunikatsiyalar, jumladan, bu o’zaro aloqalar amalga oshiriladigan tizim ham, o’zaro aloqalar ham, xilma-xil, bizning holatda –axborotini yaratish, uzatish va qabul qilishga imkon beradigan muloqot usullari hamdir. Kommunikatsiya jarayonining oddiy chiziqli modeli quyidagi ko’rinishga ega: xabar va axborotni vujudga keltiradigan va talqin qiladigan kommunikantlar (jo’natuvchi va oluvchi) bir-biri bilan bevosita yoki bilvosita aloqa qiladi. Kommunikatsiyalar barcha kommunikatsiya vositalaridan to’liq foydalansada, baribir vizual (ko’z bilan ko’rsa bo’ladigan) vositalarni ko’proq afzal ko’radi. Kommunikatsiyalar barcha kommunikatsiya vositalaridan to’liq foydalansada, baribir vizual (ko’z bilan ko’rsa bo’ladigan) vositalarni ko’proq afzal ko’radi. Kommunikatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi: ➢ intrapersonal kommunikatsiya – bu, mohiyatan, odamning o’zi bilan o’zi suhbat qurishidir. Deyarli har bir kishi o’zining ichki ovozi, vijdoni bilan suhbat qiladi; ➢ shaxslararo kommunikatsiya – bunda ikkita kommunikant ishtirok etadi; ➢ guruh kommunikatsiyasi – guruh ichidagi, guruhlararo, shaxs va guruh o’rtasidagi kommunikatsiyalar; ➢ guruh kommunikatsiyasi – guruh ichidagi, guruhlararo, shaxs va guruh o’rtasidagi kommunikatsiyalar; ➢ ommaviy kommunikatsiya – barcha kommunikatsiya turlari piramidasining eng cho’qqisi. Shu bilan tavsiflanadiki, ko’p sonli, ko’pincha qiziqilari va kommunikativ tajribasi bo’yicha turli guruhlardan iborat bo’lgan odamlar bir vaqtning o’zida xabarni oladi yoki undan foydalanadi. Ommaviy kommunikatsiya turlaridan biri sifatida shuningdek, ko’p sonli odamlarning «fikrlar yetakchilari» bilan o’zaro aloqa qilishga imkon beradigan cheklangan makonda bir vaqtda birga bo’lishi ham ko’rsatiladi. Masalan, katta hajmdagi ochiq yoki yopiq joylarda bo’lib o’tadigan turli konsert va taqdimotlar, mitinglar, namoyishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |