Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 247.5 Kb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1747337
  1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar




Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Reja:
1. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish jinoyati uchun javobgarlik.
2. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik bilan bog‘liq jinoyatlarning tushunchasi va yuridik tahlili
3. Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili.
4.Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish jinoyatining yuridik tahlili

1.Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish jinoyati uchun javobgarlik
(O‘zR JK 193-moddasi)
Tahlil qilinayotgan moddaning bevosita ob’ekti tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘li bilan xo‘jalik va boshqa faoliyat sohasidagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Atrof muhitning salbiy o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik norma va qoidalari buzilishidan kelib chiqqan inson sog‘lig‘i va hayotiga etkazilgan zarar qo‘shimcha ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Atrof-tabiiy muhit – o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan tabiiy ob’ektlar (havo, sud, o‘simlik va hayvonot dunyosi va h. k.) yig‘indisi.
Ob’ektiv tomondan jinoyat sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan ob’ektlari yoki boshqa ob’ektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarning buzilishida; davlat komissiyalarining a’zolari tomonidan bu ob’ektlarning normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishida ifodalanadi.
Jinoyat ob’ektiv tomoning zaruriy belgisi harakat bilan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligidir.
Dispozitsiyada sanab o‘tilgan qilmishlar va kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish ekologiya xavfsizligi normalari va talablari buzilishida aks etgan qilmish hamda kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasidagi qonuniyatli zaruriy bog‘liqlik mavjudligini aniqlash qoidalari bo‘yicha begilanishi lozim.
Harakat bilan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi majburiydir va zararli oqibatlar atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzishdan kelib chiqqanligini (boshqa yoki qo‘shimcha omillar orqali kelib chiqmaganligini) bildiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan oqibatlar bilan harakat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ekspert yoki tabiiy fanlar (geologiya, gidrometereologiya, atmosfera fizikasi va boshqa) sohadagi mutaxassislar xulosasi bo‘yicha belgilanadi.
Jinoyat ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzishdan yuzaga kelgan oqibat kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. SHaxs ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzayotganligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga uning ko‘zi etadi, ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi va kelib chiqqan oqibatlarga beparvo munosabatda bo‘ladi.
Ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzishning sub’ekti o‘n sak-kiz yoshga to‘lgan, o‘zining xizmat holati bo‘yicha atrof tabiiy muhit qoida-lari va ekologik xavfsizlik normasiga rioya etilishiga mas’ul shaxslar hisoblanadi. Ularga atrof muhitga nisbatan foydalanuvchi yoki tabiiy resurslardan foydalanuvchi yoxud tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat qilish funksiyasini bajaruvchi mansabdor shaxslar kiradi.
Bundan tashqari, ob’ektlarni qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi arxitektura-loyiha boshqarmasi, ilm-fan, sanoat korxo-nalari, qurilish tashkilotlari, kommunal xizmat organlari va mahaliy hokimiyatning mansabdor shaxslari ham jinoyat sub’ekti bo‘lishi mumkin.
Asosiy o‘rinni davlat, jamoat muassasalari, tashkilotlar va korxonalar ishchilarining xizmat vakolatlari ko‘rsatilgan idoraviy normativ hujjat-lar: ustav, yo‘riqnoma va buyruqlar egallaydi Sub’ektning javobgarligi hal qilinayotganda bu normativ hujjatlardan foydalanish kerak.
Jinoyatning bevosita ob’ekti – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar – alohida huquqiy qo‘riqlash rejimiga ega er, suv, o‘rmon uchastka-lari va er ostining butligi hamda tajovuzdan saqlanishini ta’minlashga oid ijtimoiy munosabatlardir.
Tabiiy majmualar va tabiatni qo‘riqlash maqsadida, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsion va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida qo‘riqlanadigan, davlat hokimiyati idoralari qarori bilan xo‘jalik maqsadida foydalanishdan butunlay yoki qisman chiqarib olingan, umummilliy boylik ob’ektlari hisobiga kiritilgan tabiiy hududlar, ya’ni er uchastkalari, suv yuzasi va ular ustidagi havo bo‘shlig‘i jinoyat predmeti hisoblanadi.
JK 204-moddasi 1-qismining ob’ektiv tomoni alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibat-larni keltirib chiqargan buzish bilan ifodalanadi.
JK 204-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat aybdor shaxs tomonidan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini har qanday tarzda buzish ko‘p miqdorda zarar yoki boshqacha og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
JK 204-moddasi 2-qismining ob’ektiv tomoni alohida muhofaza etila-digan tabiiy hududlar ob’ektlarini qasddan nobud qilish yoki ularga shi-kast etkazish ko‘p miqdordagi zarar etkazilishi yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishida ifodalanadi. JK 204-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ob’ektlarini qasddan nobud qilish yoki ularga shikast etkazish oqibatida ko‘p miqdordagi zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat aybning egri qasd shaklida namoyon bo‘lgan-da, shaxs suv va suv havzalaridan foydalanishga oid tegishli qodalarni buzayotganligini anglaydi, og‘ir oqibatlar kelib chiqishini oldindan ko‘ra oladi va ularning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi, yoxud ehtiyotsizlik shaklida namoyon bo‘lganda, shaxs og‘ir oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra oladi va ongli ravishda ehtiyot choralarini ko‘rmasdan, bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga hech bir asossiz ishonadi, yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgan holatda, ularni oldindan ko‘ra olmaydi.
Jinoyatning maqsadi va motivi kvalifikatsiyaga ta’sir qilmaydi.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan aqli raso shaxs hisoblanadi.
Ular jumlasiga xususiy va mansabdor shaxslar, shu jumladan erlarida majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari va tabiat yodgorliklari joylashgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari, ushbu hududlarni muhofaza qilish xodimlari kiradi.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling