Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 59.4 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi59.4 Kb.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

MUSTAQIL ISH


Kompyuter tarmoqlari fanidan

Bajardi: Qirg’izbayev Rustam.
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining asosiy elementlari.
Reja:

  • Kompyuter tarmoq tushunchasi

  • Kompyuter tarmoq turlari

  • Kompyuter tarmoqlari rivojlanish tarixi

  • Kompyuter tarmoqlari tarkibi, kompyuter tarmoqlarini asosiy elementlari

  • Tarmoqning dasturiy va apparatli asosiy komponentlari

Kompyutеrlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:



  • Kabеl yordamida bog‘lash. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabеli (UTP) yoki shisha tolali kabеllar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.

  • Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth tеxnologiyalari yordamida bog‘lanadi.

Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga ulangan kompyuter va tarmoq uskunalarining kombinatsiyasi. Kompyuter tarmog'ini yaratish uchun bizga quyidagi tarkibiy qismlar kerak bo'ladi.

  • tarmoqqa ulanish qobiliyatiga ega kompyuterlar (masalan, har bir zamonaviy kompyuterda mavjud bo'lgan tarmoq kartasi);

  • uzatish vositasi yoki aloqa kanallari (kabel, yo'ldosh, telefon, optik tolali va radio kanallari);

  • tarmoq uskunalari (masalan, kommutator yoki yo'riqnoma);

  • tarmoq dasturi (odatda kiritilgan operatsion tizim yoki tarmoq uskunalari bilan birga keladi).


Tarmoq - kompyutеrlar, tеrminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui. Kompyutеrlar aro ma’lumotlarni almashishni ta’minlab bеruvchi bunday tarmoqlar kompyutеr tarmoqlari dеb ataladi.

Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga kеldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyutеrlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nеchta kompyutеr yordamida еchish imkoniyatlarini bеradi. Bundan tashqari har bir kompyutеrni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyutеrlarning rеsurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyutеrlarini o‘zida birlashtirgan Intеrnеt tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.



Kompyutеr tarmoqlarini ularning gеografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nеchta turlarga ajratish mumkin, masalan:

Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi kompyutеrlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.

Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyutеrlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki tеlеkommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.

Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyutеrlarini, abonеntlarini, lokal va mintaqaviy

tarmoqlarini tеlеkommunikatsiya (kabеlli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.

Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (локальные сети, LAN, Local Area Network atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq, deb tushuniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko‘rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda, global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq, deb atamaydi. Yaqin joylashgan ikkita kompyuterni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin yoki hatto, kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq, deb atalmaydi. Balki mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan kompyuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatan mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab kompyuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq, deb atash balki noto‘g‘ridir.

Ba’zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni uzviy bog‘lovchi sistema», deb ta’riflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi, deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo‘lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek, shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko‘priklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi, deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, unchalik tushunarli emas.

Balki foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq, deb qabul qilinishi aniq bo‘lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir. Ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo‘lishi kerak bo‘lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishda kam qulay bo‘lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb, birinchi navbatda, aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo‘lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham, albatta, oshishi kerak. Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1-10 Mbit/s yetarli, deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda esa o‘rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham faol ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini susaytiradi.

Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi - yuqori tezlikda axborot almashinuvi. Lekin bu birgina farq bo‘lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema’nilikdir, chunki uni yana qayta uzatish lozim bo‘ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda, albatta, maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.

Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bo‘ladi:


  • axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lishi;

  • uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bo‘lgan xatolik ehtimoli 10-7-10-8 darajada bo‘lishi;

  • axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo‘lishi;

  • tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo‘lishi kerak.

Berilgan ta’rifdan kelib chiqadiki, global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo‘ljallangan va sifatli bo‘lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexa­nizmi ham nisbatan tezlik bo‘yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.

Mahalliy hisoblash tarmog‘idan har turdagi raqamli axborot uzatilish mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon so‘zlashuvlari. elektron xatlar va h.k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa, to‘laqonli dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda, lokal tarmoqda quyidagi resurslardan: disk maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu lokal tarmoq vositalari imkoniyatlarining bir qismidir. Masalan, ular har turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bo‘lib, faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bo‘la oladi. Masalan, printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imkonini beradi. Bunday sistema murakkab matematik masalalarni yechishni ko‘p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek, mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning o‘zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.



Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarining ham ba’zi kamchiliklari bor. Xodimlarni o‘qitishga, qo‘shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta’minotiga, ulash kabellariga qo‘shimcha sarflanadigan mablag‘dan tashqari, tarmoqni rivojlantirish, resurslarga ega bo‘lishni boshqarish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya’ni tarmoqning boshqaruvchisi (ma’muri) bo‘lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko‘chirilishini chegaralaydi, aks holda, ulash uchun kabellar o‘tkazish lozim bo‘ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda, himoya masalalariga katta e’tibor berilishi lozim. Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo‘lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‘rish darkordir.

Servertarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‘lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server - bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.

Mijoz faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter — mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi, deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham mijoz va shuningdek, server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va mijozni kompyuterni o‘zi, deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resursla­ridan foydalanayotgan ilova esa, mijozdir.

Tarmoqning texnik qurilmalariga quyidagilarni kiritish mumkin.

Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.

Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashunuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.Ular 8, 12, 16ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.

Modemaxborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi maxsus elektron qurilma.

Repiterlar (повтарители — qaytaruvchilar), - ularga kelgan (portlariga kelgan) signallarni qaytadan tiklaydi, amplitudasini va shaklini avvalgi holiga keltirib tiklaydi, bu esa, tarmoqning uzunligini oshirish imkonini beradi.

Ko‘priklar (Bridge — мосты), yo‘naltirgichlar (router — маршрутизаторы) va shluzlar (gateway) turli xildagi tarmoqlardan bir butun tarmoq hosil qilish uchun ishlatiladi, ya’ni turli quyi bosqich almashish protokollari, xususan, turli formatdagi paketlar, turli kodlash usullari hamda turli tezlikdagi uzatishlar va hokazo.

Shluzlar — bu qurilmalar protokollari katta farq qiluvchi, butunlay bir-biridan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishga ishlatiladi, masalan, mahalliy, tarmoqlarni katta kompyuterlar bilan yoki global tarmoq bilan ulashda qo‘llaniladi. Bu qurilmalar kam qo‘llaniladigan va qimmat tarmoq qurilmalariga kiradi.

Qo’llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.



Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.

Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi.

Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi. Ma'lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tеzligini bеlgilaydi.

Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tеzlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari mavjud bo’lganidеk, axborotning ham uzatish tеzligi hamda o’lchov birliklari mavjuddir, bular:

Bit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

Kbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

Mbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

Gbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma'lum vaqt oralig’ida uzatiladigan axborot hajmi bilan bеlgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanallarining o’tkazish qobilyatini anglatadi.

Internetbu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog‘i.

Internetning paydo bo‘lish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘taylik. 1969-yilda AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advanced Research Projecy Agency, ARPA) ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o‘quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan edi.

Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar odiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o‘z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o‘ta chidamli » tarmoqni yaratish masalasi qo‘yilgan edi.

ARPA Net tarmog‘ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o‘zaro bog‘lash, ya’ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. Bunday standart 1974-yilda yaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shahobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o‘sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.

1986-yilga kelib AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation – NSF) tomonidan o‘zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quvvatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi. 1992-yil NSF kompaniyasi ana shu tanyanch tarmoqni boshqarishga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o‘quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandi. Internet asta-sekin Aqsh chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, keyinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi. Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy tarmoqqa aylangan.

Intеrnеt tarmoqining tuzilishi. Intеrnеt o‘z - ozini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:


  • tеxnik;

  • dasturiy;

  • axborot.

Intеrnеt tarmoqining tеxnik ta’minoti har xil turdagi kompyutеrlar, aloqa kanallari (tеlеfon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning tеxnik vositalari majmuidan tashkil topgan.

Intеrnеt tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyutеrlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.

Intеrnеt tarmoqining axborot ta’minoti Intеrnеt tarmoqida mavjud bo‘lgan turli elеktron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, vidеo tasvir, vеb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar uchunchi manbadan yig‘ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o‘zaro moslashuvchan «gi perbog‘lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o‘zaro bog‘langan elektron hujjatlar majmuisidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo‘ladi.

Intеrnеtning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.



XULOSA:

Men bu mustaqil ish mavzusi ustida izlanishim davomida kompyuter tarmog’I tushunchasini, kompyuter tarmoqining rivojlanish tarixini, uning asosiy elementlari haqida o’qib o’rgandim. Shuningdek kompyuter tarmoqlari ularning joylashuvi va masshtabiga ko’ra qanday turlarga bo’linishi haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Tarmoqning texnik qurilmalari hamda server tushunchasi haqida ko’nikmaga ega bo’ldim.



Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari
1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘ish» T– 2006.

2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.



3) A.A. Abduqodirov, A.G‘. Hayitov, R.R. Shodiyev «Axborot texnologiyalari» T-2003.

4) B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.
Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling