Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


Sharq dunyosining buyuk allomalari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.04.2020
Hajmi0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6

2.3.Sharq dunyosining buyuk allomalari 

Abu  Nasr  Muhammad  Forobiy  873  yili  Sayxun  (Sirdaryo)  qirg‘og‘idagu 

Forob-O‘tror  degan  joyda  (ba‘zi  kitoblarda  Vosinch  qishlog‘ida)  turkiy 

qabilalardan  bo‘lgan  harbiy  xizmatchi  oilasida  dunyoga  kelgan.  Boshlang‘ich 

ma‘lumotni o‘z yurtida olgach, Shosh (Toshkent), Samarqand, Buxoroda o‘qigan. 

Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan. 

Keyin  bir  qancha  muddat  Bag‘dodda  yashab,  al-Mutaddil  (870-902),  al-

Muqtafiy (902-908), al-Muqtadir (908-932) xalifaliklari davrida O‘rta asr fani va 

ilmining  turli  sohalarini  o‘rganadi,  yunon  falsafiy  maktablari  bilan  chuqur 

tanishadi.  Taxminan  941  yildan  Damashqqda  yashay  boshlagan,  Halabda  ijod 

qilgan. Jahon madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan mutafakkir Forobiy tabiiy 

va  ijtimoiy  bilimlarning  qariyb  barcha  sohalari  bilan  shug‘ullangan  va  160  dan 

ortiq  asar  yaratgan.  «Substansiya  haqida  so‘z»,  «Qonunlar  hakida  kitob»,  «Jon 

(rux)ning  mohiyati  haqida  risola»,  «Ilmlarning  kelib  chiqishi  va  tasnifi»,  «Hajm 

va miqdor haqida», «Musiqa xaqida katta kitob», «Hayvon a‘zolari haqida so‘z», 

«Fozil shahar odamlari» shular jumlasidandir. 



 

62 


Forobiy  bulardan  tashqari,  o‘zidan  oldin  o‘tgan  yunon  mutafakkirlari, 

jumladan,  Aristotel  asarlariga  yozgan  sharhlari  bilan  ham  shuhrat  qozongan  va 

«Muallimi  soniy»-  ikkinchi  muallim,  «Sharq  Arastusi»  unvonlariga  sazovor 

bo‘lgan. Gap shundaki, Forobiy o‘z salafla-rining asarlariga shunchaki munosabat 

bildirib,  tushuntirib  bermagan,  balki  ularning  ayrim  qarashlarini  inkor  etgan, 

fikrlarini to‘ldirgan. 

Abu  Nasr  bobomiz  «Fozil  shahar  ahlining  ra‘ylari»,  «Fuqarolik  siyosati», 

«Baxt-saodatga  erishuv  haqida»  kabi  risolalarida  o‘zining  ijtimoiy  qarashlarini 

bayon qilgan. Inson jamoasining o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari 

asosida  vujudga  keladigan  o‘zaro  yordam,  birlashuv  natijasida  paydo  bo‘lishini, 

bunday  jamoaning  sinalgan  shakli  shahar  ekanligini  ilmiy-nazariy  jihatdan 

asoslashga  harakat  qilgan  ulug‘  mutafakkir  butun  insonlarni  o‘zaro  hamkorlikka 

chaqiradi,  jahonda  yagona  odamlar  jamoasi  tuzilishini  orzu  qiladi.  Davlatning 

vazifasi fuqarolarni baxt-caodat manziliga eltishdan iboratdir, bu esa ilm va xush 

axloq  yordamida  vujudga  keladi,  deb  hisoblaydi.  Olim,  shuningdek,  hukumatni 

boshqarishning  saylovga,  ya‘ni  demokratiyaga  asoslangan  shakllari,  tizimlarini 

tavsiya qiladi, har jihatdan yetuk, yurti ma‘mur, eli farovon, xalqi yoppasiga ilm-

ma‘rifatli  jamiyat  to‘g‘risidagi  fikrlarni  ilgari  suradi.  Forobiyning  dunyo 

ahamiyatiga molik ayrim asarlari XII asrdayoq bir qancha Ovrupo tillariga tarjima 

qilingan. 

Qomusiy  olimning  ilm-fanning  umumiy  masalalariga,  inson  bilish 

faoliyatining  falsafiy  omillariga,  shakllari  va  bosqichlariga,  mantiq  ilmining 

tabiati  va  sirlariga,  hisob-  al-jabr,  falakiyot,  handasaga,fizika,  kimyo,  tibbiyot, 

biologiyaga,  tilshunoslik,  ijtimoiy-siyosiy  muammolar,  davlatni  boshqarish 

masalalariga,  tarbiya  va  axloq-odob,  hukukiy  bilimlarga,  murabbiylik 

ta‘limotlariga  bag‘ishlangan  va  boshqa  yo‘nalishlardagi  tadqiqotlari,  hech 



 

63 


shubhasiz mazkur sohalar rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatgan va hali-hamon ularning 

qimmati, ahamiyati yuksakdir

31



Ko‘p  tillarni,  jumladan,  g‘oyat  murakkab  arab  lisonini  milliy 



mutaxasslardan xam puxtarok biladigan, asli turkiy millatga mansub Forobiy faqat 

ilm bilan shug‘ullanib qolmay, ana shu til, shuningdek, mantiq asoslari bo‘yicha 

arabiy madrasalarda muallimlik qilib, ma‘-ruzalar o‘qigan. 

Forobiy  o‘z  bilimlari,  ilmlarini  mukammallashtirish  maqsadida  umrining 

oxirida  xam  tinib-tinchimagan,  qo‘nim  bilmagan.  Ma‘lum  muddat  Misrda 

yashagan,  keyin  yana  Damashqqa  qaytgan  va  950  yili,  yetmish  uch  yoshida  shu 

yerda vafot etgan. 

Dunyo  tan  olgan  donishmand,  shoir,  adabiyotshunos,  musiqashunos 

Forobiyning  fe‘li-a‘moli,  hayot  tarzini  ifodalaydigan  bir  alomat  misolni  hayrat 

bilan naql  qiladilar. Olim  Xalabda  yashagan davrida ilmu  fan  kishilari zahmatini 

qadrlaydigan  shahar  hokimi  Sayfutdavla  unga  davlat  hisobidan  kattagina  maosh 

tayinlagan  ekan.  Forobiy  maoshning  bir  qismini  -  kundalik  tirikchiligiga  kifoya 

qiladiganini  olib,  qolganini  qaytarar  ekan.  Shaxsning  nihoyatda  halol, 

olijanobligidan, o‘ta kamtar va xokisorligidan va ayni vaqtda behad buyukligidan 

dalolat  bo‘lgan  bu  dalil  hozirgi  zamon  nuktai  nazaridan  qaraganda  xalq 

rivoyatlariga, ertakka o‘xshaydi. 

Forobiy  inson  aqlining  bilish  qobiliyatlarini  aniqlashga  intilib,  uning 

mantiliy  tuzilishini  batafsil  tahlil  qiladi. Shuni  aytish kerakki, ruxoniylar  mantiq, 

bilan  shug‘ullanishni  keskin  man  etar,  uni  o‘rganish  dindan  chekinishga  olib 

keladi  deb  hisoblardilar.  Forobiyiing  bilish  haqidagi  ta‘limotida  aql  masalasiga 

keng o‘rin berilgan. U aqlni borliq mohiyatini bilishning muhim va asosiy vositasi 

deb  hisoblaydi.  Aql  muammosini  talqin  qilishda  ko‘plab  qiziqarli  va  to‘g‘ri 

qoidalar  va  farazlar  bilan  bir  qatorda  mistik  va  teologik  narsalar  ham  uchraydi. 

Biroq,o‘rta  asr  uchun  xarakterli  bo‘lgan  faqat  Forobiyda  emas,  balki  undan 

keyingi  mutafakkirlarda  (Ibn  Sino,  Ibn  Rushd  va  boshqalar)  ham  uchraydigan 

                                                 

31

 Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 15-bet. 



 

64 


dunyoviy  rux  va  dunyoviy  aql,  ularning  o‘lmasligi  haqidagi  ta‘limot  umuman 

mistik-idealistik  bo‘lgani  holda  teologik  kategoriyalar  shaklida  ifodalangan 

qimmatli  fikr-ratsional  mag‘izga  ham  egadir.  Dunyoviy  rux  va  dunyoviy  aql 

individual rux va aqlniig paydo bo‘lishi va rivojlanishining sababi deb qaraladi va 

oqibatda  individual  rux  va  aql  tananing  o‘lishi  va  yo‘q  bo‘lishi  bilan  yuqolib 

ketmaydi,  balki  dunyoviy  rux  va  aql  bilan  qo‘shiladi.  Insonning  ruxi  va  aqli 

abadiylikka  ketadi,  biroq  hech  qachon  qaytib  kelmaydi  va  qayta  namoyon 

bo‘lmaydi. Ular tanani tark etib, guyo bir butunlikka birlashadi va har bir rux va 

aql  hayotiyligida  orttirgan  barcha  ma‘naviy  narsalar  to‘planib  hamisha  barhayot 

dunyoviy rux va aqlni tashkil etadi.  



Forobiy  hikmatlaridan

32

 

Baxtga  erishish  maqsadida  birlashgan  kishilar  jamoasi  fazilatli  jamoadir. 

Baxtga  erishish  maksadida  o‘zaro  yordam  bergan  xalq  fazilatli  xalqdir.  Shu 

tartibda  barcha  xalqlar  baxtga  erishmoq  uchun  bir-birlariga  yordam  bersalar, 

butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi. 

Hap  bir  inson  o‘z  tabiati  bilan  shunday  tug‘ilganki,  u  yashashi,  oliy 

darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi 

bunday  narsalarni  qo‘lga  kirita  olmaydi  va  ularga  ega  bo‘lishi  uchun  insonlar 

jamoasiga ehtiyoj sezadi. 

Har  kimki  ilm-hikmatni  o‘rganaman,  desa,  uni  yoshligidan  boshlasin, 

salomatligi  yaxshi  bo‘lishiga  intilsin,  axloq-odobli  bo‘lsin,  so‘zining  uddasidan 

chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq yursin. 

 

Shu o‘rinda yana bir O‘rta Osiyolik buyuk allomaga o‘z e‘tiborimizni 



qaratsak:  Muhammad  Myso  Xorazmiy  780  yili  Xiva  shaxrida  tavallud  topgan. 

O‘sha  davrdagi  eng  mashhur  ilmiy  va  madaniy  markaz  hisoblangan  Bag‘dodda 

ko‘p  yillar  faoliyat  ko‘rsatgan.  Xalifa  Al-Ma‘mun  (813-833  yillar),  Al-Mutasim 

(833-842)  va  Al-Vosiq  (842-847)  davrlarida  Sharqning  dastlabki  akademiyasi  - 

«Bayt-ul  hikma»da  Xorazmiy  rahbarligida  arablar  va  boshqa  xalqlar  vakillari 

                                                 

32

 O‘sha joyda. 



 

65 


bilan  bir  qatorda  Axmad  Farg‘oniy,  Axmad  ibn  Abdulloh,  Marvaziy  kabi  O‘rta 

Osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. 

Xorazmiy  o‘zining  tabiiy  fanlar  sohalaridagi  ilmiy  faoliyati  bilan  ilg‘op 

ijtimoiy-falsafiy  tafakkurga  yo‘l  ochdi.  U  «algebra»  va  «arifmetika»larning 

muallifidir.  Matematikada  abstraksiya  tushunchasini  kengaytirdi,  induksiya  yo‘li 

bilan umumiy yechish usullarini hal qildi. «Algoritm» iborasi ham uning taxallusi 

bilan bog‘liq. 

Xorazmiy  nomini  tarixda  qoldirgan  asarlaridan  biri—  «Aljabr  val-

muqobala» risolasidir. 

«Kitob  surat  al-arz»  («Yerning  surati»)  nomli  geografiyaga  oid  noyob 

asarida yuzlab muhim joylar va tog‘larning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, 

dengizlar  va  ummonlar  havzasining  shakli,  ularda  joylashgan  orollarning  muhim 

belgi jihatlari bayon qilingan. 

Xorazmiy  Bag‘dod  rasadxonasida  o‘tkazgan  kuzatishlari  asosida  yangi 

«Astronomik  jadvallar»  tuzgan,  bu  asar  XII  asrda  lotin  tiliga  tarjima  qilinib,  bir 

necha asr davomida undan foydalanilgan. 

827 yili Xorazmiy rahbarligida Yer kurrasining hajmini aniqlash maqsadida 

Yer meridianining bir gradusi o‘lchab chiqilgan. 

Xorazmiyning  «Usturlob  haqida  risola»,  «Quyosh  soatlari  to‘g‘risida 

risola», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi» kabi asarlar yozgani ham ma‘lum. 

XIX asrning mashhur matematigi va tarixshunosi, fransuz olimi P. Tanneri 

shunday  deb  yozgan:  «Xorazmiy  asarlari...  g‘arbda  matematika  sohasidagi 

ko‘pgina  kashfiyotlarning  manbai  bo‘lib  xizmat  qildi.  Shuning  uchun  ham 

Xorazmiy nomi Ovrupoda abadiylashib qoldi»

33



Yuqorida aytganimizdek, Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi tufayli bu 



yerda  juda  ko‘p  mahalliy  Islom  olimlari-hadisshunos  (muhaddis),  Qur‘on 

tafsirshunoslari  (mufassir)  va  Islom  dini  qonun-qoidalari,  yo‘l-yo‘riqlari  bilan 

shug‘ullanuvchi  yuzlab  mashhur,  Islom  dunyosi  tan  olgan  olimlar  yetishib 

                                                 

33

 Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 158-bet. 



 

66 


chiqdilar.  Bular  Islom  dini  borasida  jahon  faniga  o‘zlarining  ulkan  hissalarini 

qo‘shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki xalqi shu 

dinni  qabul  qilgan  davlatlardagi  diniy  madrasa  va  institutlarda  asosiy  qo‘llanma 

sifatida  o‘qitilib  kelmoqsa.  Ular  Markaziy  Osiyo  shuhratini  musulmon  dunyosi 

miqyosiga ko‘targan mashhur olimlardir. 

Imom al-Buxoriy  

(810-870) 

Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni) 

va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII 

asr  oxiridan  boshlanib,  X  asrga  kelib  butun  Islom  olami  tan  olgan  oltita  hadislar 

to‘plami  vujudga  keddi.  Bular  asosan  Markaziy  Osiyolik  muhaddislar  Imom 

Buxoriy,  Imom  Muslim,  Imom  Ter-miziy,  Imom  Nasoiy,  Imom  Abu  Dovud  va 

Imom Mojjalar qalamiga mansubdir. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Dorimiy 

Samarqandiyni ham  qo‘shadilar.  Hadis olimlarining  rahnamosi,  alloma,  imomlar 

imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir. 

Bu ulug‘ zot hijriy 194 (milodiy  810) yili Buxoroda tug‘ilganlar.  825 yili 

otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, o‘sha yerda qolib ketganlar. U yerda 

ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambar (s.a.v.) hadislarini to‘plash, tartibga solish, 

ulardan  qaysi  biri  to‘g‘ri  qaysi  biri  payg‘ambarga  (s.a.v.)  taalluqli  emasligini 

aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib, 

bir necha yil badaviy arablar orasida yurdilar. Shu tariqa ranju mashaqqatlar bilan 

jami  600  ming  hadis  to‘plab,  bulardan  100  ming  «sahih»  va  200  ming  «g‘ayri 

sahih»  hadislarni  yod  olganlar.  600  ming  hadisdan  7265  tasini  «Jome  as-sahih»  

(«Ishonchli to‘plam») kitobiga kiritdilar. 

Imom  al-Buxoriyning  mashhur  asarlari  15  ta  bo‘lib,  ulardan  quyidagilarni 

ko‘rsatamiz: 

1. «Al-Jome as-sahih». Buyuk allomaning eng buyuk va mashhur asari. Bu 

kitob «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Bu asarga kiritilgan ishonchli 

hadislar soni takrorlanadiganlari bilan 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan hadislar 


 

67 


4000 tadir. Asar yozilganligiga 1200 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha u 

Islom  olamida  Qur‘ondan  keyin  ikkinchi  o‘rinni  tutadigan  muhim  manba 

vazifasini o‘tab kelmokda. O‘rta asrda yashagan ba‘zi adib va xattotlar uchun bu 

kitob nusxalarini ko‘chirish tirikchilik vositasi ham bo‘lib kelgan. Taniqli adib va 

ilohiyatchi  olim  an-Nuvayriy  (vafoti  1332)  undan  8  nusxa  ko‘chirib,  har  birini 

1000  dirhamdan  sotgan.  Uning  1325  yili  ko‘chirilgan  nodir  nusxasi  Istanbudda 

saqlanmokda.  «Al-Jome‘  as-sahih»ga  ko‘plab  sharhlar  bitilgan.  U  qayta-qayta 

nashr etilgan. 

Imom  al-Buxoriy  to‘plagan  hadislarda  faqat  Islom  dini  ta‘limotiga  oid 

qoidalar  aks  ettirilibgi-na  qolmay,  ular  mehr-muhabbat,  halollik-poklik,  saxiylik, 

ota-ona, 

kattalarga 

hurmat, 

yetim-yesir, 

beva-bechoralarga 

muruvvat, 

mehnatsevarlik,  vatanga  muhabbat  kabi  oliyjanob  insoniy  fazilatlar  majmuasidir. 

Hadislarda  nima  yaxshi,  nima  yomon,  nimani  qilish  kerak,  nimani  qilmaslik 

lozimligi  haqidagi  zamonamiz  ahli,  ayniqsa,  yosh  avlod  uchun  katga  tarbiyaviy 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yo‘l-yo‘riqlar,  pandu-nasihatlar  va  o‘gitlar  o‘z  aksini 

topgan. 

2.  «Al-Adab  al-mufrad»  (Adab  haqida  yagona  kitob).  Yuqorida  zikr 

qilganimiz  payg‘ambarimiz  (s.a.v.)-ning  olti  nafar  tan  olingan  hadis  olimlari 

to‘plagan  hadislarida  axloq-odob  masalasi  asosiy  o‘rinda  turadi.  Chunki 

musulmon  bo‘lish  uchun  eng  avvalo  yaxshi  xulqli,  odobli,  insofli,  pok  va  halol 

bo‘lish  shart.  Bu  borada  payg‘ambar  alayhissalom  o‘zlari:  «Men  yaxshi  va  oliy 

axloqlilarni  kamolotga  yetkazish  uchun  payg‘ambar  qilib  yuborildim»  deganlar. 

Shuning  uchun  ham  Imom  Buxoriy  o‘zining  shoh  asari  «Jome  as-sahih»da-gi 

axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi. 

Bu  olimni  qoniqtirmagandan  keyin,  butun  Islom  olamini  yaxshi  xulq  va 

odobda tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida 

bir  kitobga  to‘plab,  «al-Adab  al-mufrad»  nomli  asarini  yozdi.  Kitob  644  bobdan 

iborat  bo‘lib,  ularda  1322  hadis  jamlangan.  Bu  asarda  boshqa  muhaddislar 

kitoblarida  uchramaydigan  bir  qancha  hadislar  ham  berilgan.  Asarning  yana  bir 



 

68 


qimmatli  tomoni  shuki,  undagi  hadislarni  yozib  olgan  hadis  rivoyatchilari 

(isnodlar)  boshqa  muhaddislar  isnodlariga  nisbatan  ancha  ishonchli  kishshgar 

bo‘lgan. 

«Al-Adab  al-mufrad»  qo‘lyozmalari  Sharq  va  G‘arbning  juda  ko‘p 

kitobxonalarida  mavjud.  U  1898  yili  Hindistonda.  1930  yili  Qohirada.  1970  va 

1980  yillari  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  musulmonlari  diniy  boshqarmasi 

tashabbusi bilan ikki marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267 

bobi  taniqli  islomshunos  olim  Shamsuddin  Boboxonov  tomonidan  o‘zbek  tiliga 

ag‘darilib,  1990  yili  «O‘zbekiston»  nashriyotida  chop  etildi.  Tarjimada  ba‘zi 

hadis-larga izohlar ham berilgan. 

«Al-Adab  al-mufrad»ning  1-24  boblari  ota-onaga  xizmat  qilish,  ularning 

hurmatini  joyiga  qo‘yish,  ayniqsa,  qarigan  chog‘ida  ularni  e‘zozlab  parvarish 

qilish,  diliga  ozor  bermaslik,  ularning  haqqini  ado  etish  masalalariga 

bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz. 

Muslim  ibn  Xayyila  (raziyallohu  anhu)  aytdilar-ki, rasulullohdan  «Ey  rasululloh, 

men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?»  deb so‘radim. «Onangga»— dedilar. 

«Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar. 

To‘rtinchi  marta  so‘ra-ganimda:  «Otangga  va  yaqin  bo‘lgan  qarindoshlaringga» 

dedilar. 

Abu  Hurayra  (raziyallohu  anhu)  aytadilar:  rasululloh;  «Bolaning  otasi 

birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini 

ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar. 

Abu  Bakr  (raziyallohu  anhu)  aytadilar:  rasululloh:  «Men  sizlarga  gunohlarning 

eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh, 

aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», 

dedilar. 

Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi-

keddi  qilib  turish,  holidan  xabar  olish  va  ularga  rahm-shafqatli  bo‘lish  haqidagi 

hadislardir.  Bakr  ibn  al-Horis  Ansoriy  (raziyallohu  anhu)dan  rivoyat  qilindi.  U 


 

69 


kishi  rasulullohdan  «Yo  rasululloh,  men yaxshiligimni  kimga qilishim  kerak?»  - 

deb  so‘radilar.  Rasululloh  (s.a.v.);  «Onangga,  otangga,  opa  singillaringga,  aka-

ukalaringga  va  yaqin  kishilaringga.  Bu  ish  zaruriy  burch  va  uzilmasligi  kerak 

bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar. 

Keltirilgan  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  nomi  o‘zi  bilan  «Adab 

durdonasi»  adab  axloqning  durdonasidir.  1200  yildan  buyon  Islom  olamida 

insonlarda  yaxshi  oliyjanob  xislatlarni  tarbiyalash,  ularni  to‘g‘ri  yo‘lga  solish, 

xizmat  qilib,  odamlarni  pok  iymonli,  e‘tiqodli,  insofli  bo‘lishga  yo‘llab,  yomon 

illatlardan saqlab kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z 

qimmatini yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi. 

3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix). 

4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix). 

5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix). 

6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir). 

Ammo  bunday  bebaho  durdonalardan  Sho‘ro  davrida  xalqimiz  butunlay 

bebahra  bo‘lib  kelgani  achinarli  holdir.  Mustaqillik  tufayli  dinimiz,  iymon 

e‘tiqodimiz  qayta  tiklandi.  Imom  Buxoriyning  to‘rt  qismdan  iborat  «Jome‘  as-

sahih»  asari  o‘zbek  tiliga  to‘la  tarjima  qilinib  nashr  etildi.  U  zoti  sharif  haqida 

o‘nlab  risolalar,  yuzlab  maqolalar  chop  etildi.  Olimning  Xartangdagi  Sho‘ro 

davrida  tashlandiq  holga  aylantirilib,  jamoa  xo‘jaligi  ombori,  atrofida  qarovsiz 

chakalakzor  bo‘lgan  tabarruk  maqbara  va  masjidi  misli  ko‘rilmagan  darajada 

ta‘mirlanib,  yoniga  o‘sha  davr  uslubida  yangi  masjid,  minora  va  arklar  barpo 

etildi.  Bularning  hammasiga  Prezidentimiz  I.A.Karimov  bevosita  rahbarlik 

qildilar. Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab 

turildi. 

1974  yilda  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  musulmonlari  diniy  boshqarmasi 

tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom 

al-Buxoriy  tavalludining  1200  yilligi  nishonlangan  edi.  1998  yidda  Respublika 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225 


 

70 


yilligi  juda  keng  miqyosda  nishonlandi.  Imom  al-Buxoriy  jamg‘armasi  tashkil 

etildi. «Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi. Toshkentdagi oliy diniy 

maktabga  uning  nomi  berildi.  Faqat  mustaqillik  tufayligina  o‘zbek  xalqining 

buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom 

al-Buxoriy  butun  dunyoga  qaytadan  nom  taratib,  o‘z  shu‘lasi  bilan  Islom  ahlini 

nurafshon etmoqda. 



Muslim  ibn  al-Hajjoj  (821-875). 

Imom  AbulHusayn  Muslim  ibn 

al-Hajjoj  ibn  Muslim.  Asli  nishopurlik.  Bu  ham  «as-Sahih»  asarini  va  boshqa 

hadis haqidagi bir qancha qiymatli asarlarni yozgan. U ham hadis to‘plash uchun 

Hijoz  (Makka,  Madina  kabi  shaharlar),  Iroq,  Shom  (Suriya),  Misr,  va  boshqa 

mamlakatlarni  kezgan.  Juda  ko‘p  olimlardan  dars  olgan.  Nishopurda  Imom 

Buxoriy  bilan  uchrashgan,  undan  dars  olgan.  Muslim  Nishopurda  vafot  etgan  va 

Nasrobod degan joyga dafn etilgan. 

Muslimning asarlari ko‘p bo‘lib, ulardan eng muhimlari 11 ta: 

1. 


«Al-Jome assahih». 

2. «Al-Musnad al-kabir ala-r-rijol» (Erkaklar uchun eng katta ko‘rsatgich). 

3. «Kitob al-asmo‘ va-lkunya» (Ism va kunyalar haqida kitob) kabilar. 

Imom at-Termiziy (824-893). 

Abu Iso Muhammad ibn Iyso ibn Savra 

at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan biri, bir necha asarlar muallifi. 

Abu Isoning buvasi marvlik bo‘lgan. Keyin Termizga ko‘chib kelgan va bu 

yerda Abu Iso Termiziy tug‘ilgan. Yoshligidan ilm va hadisga qiziqib, Hijoz, Iroq, 

Xuroson  va  boshqa  joylarda  o‘qigan,  Islom  obidalari  bilan  tanishgan.  Juda  ko‘p 

hadis imomlari va bilimdonlaridan hadis tinglagan, yozib olgan va ko‘rgan. Umri 

oxirida kasalga yo‘liqib, bir necha vaqt ko‘r bo‘lib qolgan. Keyin Termizda hijriy 

hisob bilan 279 yili 70 yoshida vafot etgan. 

U  juda  ko‘p  ustozlaridan  dars  olgan.  Bulardan  eng  mashhurlari  Imom 

Buxoriy,  Muslim  ibn  Hajjoj,  Abu  Dovud,  Qutayba  ibn  Sa‘id  kabilarni  ko‘rsatish 

mumkin. 


 

71 


Undan juda ko‘p Islom olimlari dars olganlar. Ulardan Takhul ibn al Fazl, 

Muhammad  ibn  Mahmud  Anbar,  Hammod  ibn  Shokir,  Haysam  ibn  Kulayb  ash-

Shoshiy (Toshkandiy), Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy (qarshilik). 

Abu Iso Termiziy asarlari: 

«Kitob al-jome‘» (Hadislar majmuasi kitobi). 

2. «Kitob ilol» (Illatlar kitobi). 

3. «Kitobi tarix». 

4. «Kitob ash-shamoil an-nabaviyya» (Payg‘ambarlik alomatlari kitobi) va 

boshqalar. 

Bu asar «Kitob shamoil» nomi bilan ham yuritiladi. Buning 1510 va 1533 

yillari  ko‘chirilgan  ikkita  qadimiy  qo‘lyozmasi  va  XVII  asrda  ko‘chirilgan  bitta 

qo‘lyozmasi UzRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (SVR, IV № 2976, 

2979).  Bular  ichida  eng  mashhuri  «al-Jome»  asaridir.  Bu  oltita  mashhur  hadis 

to‘plamlaridan  biridir.  Bu  kitob  «Jome  Termiziy»,  «Sunani  Termiziy»  nomlari 

bilan ham yuritiladi. Unga juda ko‘p olimlar sharh yozganlar. 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling