Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 41.95 Kb.
bet1/6
Sana10.01.2022
Hajmi41.95 Kb.
#279650
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
menejment etikasi mustaqil ish yengi
AMALIY ISH-1. HAYOT FAOLIYATI, 9, Ta'lim to'g'risidagi yangi qonun loyihasi, menejment etikasi mustaqil ish yengi, Меркуриметрия, Mavzu Termogravimetrik analiz, Лекция 14 Комплексонометрическое титрование, Analitik kimyo fanidan geksatsianometrik va merkurometrik, argen, 420691, mustaqil ish, choktirishga asoslangan va suvsiz sharoitda kislotali-asos titrlash usullari, choktirishga asoslangan va suvsiz sharoitda kislotali-asos titrlash usullari, 420691, Madina

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ

ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНВЕРСИТЕТИ

ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛТЕТИ СИРТҚИ ТАЪЛИМ

МУСТАҚИЛ ИШ

«КАДРЛАР МЕНЕЖМЕНТИ»

Таълим йўналиши 2-курс (ўзбек) талабаси

Солихова Мадинабону

Tashkil etish va muvofiqlashtirish

Reja:

  1. Boshqaruv maqsadi

  2. Boshqaruv funksiyalari

  3. Rejalashtirish

  4. Tashkil qilish

  5. Motivatsiya

  6. Muvofiqlashtirish

  7. Nazorat qilish


Maqsad — bu muddao, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu.Aynan shu maqsad kishi faoliyatini o‘z orzularining ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: Bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;

Faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;

Faoliyatimizni aniq sohaga ishga yo‘naltiradi;

U yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;



Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligini boshqarish uchun juda zarurdir.Chunki, aynan shu maqsadga binoan boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi va lavozimlarni belgilash, kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi.Maqsadlar-bu aniq yakuniy holatlar bo‘lib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson) ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi.To‘g‘ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishi kerak bo'lgan bir necha asosiy talablar mavjud.Ular quyidagicha bo‘lishi kerak:-haqiqiy; - egiluvchan; - o'lchanadigan, vaqtga qaratilgan; - aniq; - bir-birlari bilan birga bo'la oladigan; - ta’sirning asosiy subyektlari uchun qulay. Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud:uzoq muddatli va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko‘proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi.Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha muddatli) maqsadlar ham belgilanadi. Qisqa muddatli yoki joriy maqsadlar deganda 1 yil ichida, yil choragi, 1 oy va undan kamroq muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo’limlari oldida 1yil mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan funksional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin. Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtayi nazaridan yondashuv, ya’ni har bir bolinm a maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar belgilanishining asoslab berilishi barcha bo‘g‘inlar va darajalarda boshqaruv ishonchliligini oshirish kafolatini beradi, butun boshqaruvning apparati harakatlarining puxta bo‘lishini belgilaydi.Istiqbol maqsadlar deganda 5 yil yoki undan ko'proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishdek u!ug‘vor maqsad quyidagi 3 ta bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi: 1997—2001-yillar — mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish; 2001—2005-yillar — milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish; 2005 va undan keyingi yillar — to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi.Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar kunda talab qilinadigan maqsadlardir.Joriy maqsadlar 2.1-jadval JVfi Korxona bo‘limlari Joriy maqsadlar

1.Ishlab chiqarish bo‘limlari Korxonada «A» nomli yangi mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 2.Texnologiya bo‘limi «A» turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiyani joriy qilishni yakunlash 3.Tadqiqot bo‘limi «A» turdagi mahsulot modelini ishlab chiqish4.Marketing bo‘limi Mahsulot sotish hajmini «X» so‘mga oshirish 5. Mehnat bo‘limi har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan «A» mahsulot turining ishlab chiqarilishini «X» donaga ko‘paytirish 6. Moliya bo‘limi Foydani «X» so‘mga oshirish Qarzdorlikni «X» so‘mgacha kamaytirish aksiyalardan olinadigan daromadni «X» so‘mga ko‘paytirish



7. Ijtimoiy bo’lim Mahalliy hokimiyatga «N» so‘mlik mablag’ ajratish

8. Ekologiya bo’limi chiqarib tashlanadigan chiqindilarni «X»m2 ga kamaytirish Fursatli maqsadlar deganda biror-bir muammoni hal etish zaruriyati tug‘ilgan hollarda paydo bo’ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jihozlarni yangilash, ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo’ladi.Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug‘ilishi mumkin.Bunday maqsadlar, odatda korxona uchun kutilmagan, favqulodda yuzaga kelgan muammoni yechish uchun o’rtaga qo’yiladi. Inovatsion maqsadlar- yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish bo’yicha qo'yiladigan uchinchi guruh maqsadi ardir.Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin. Biroq maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun uni yechish usullarini mukammal biladi, ya’ni uning bilimi va mahoratri yetali bo‘lib, uni hech qiynalmay yechadi. Boshqa rahbar esa bu maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli tarzda qabul qiladi. Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun «yillik sotiladigan mahsulotning hajmini tahlil qilish» oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bolim i xodimi uchun bu muammo bo'ladi. Boshqaruv tizimida bir necha o‘zaro bog‘langan maqsadlar mavjudligida maqsadlar tizimi (daraxti)ni qurish zaruriyati vujudga keladi. U maqsadlar ierarxiyasini, ya’ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning izchilligi darajasi bo'yicha joylashgan, bir-biriga bo'ysunuvchi maqsadlarning tartibga solingan majmuasini qurishdan iboratdir. Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi, yuqori maqsadning quyi maqsadga ega bo'lishi, maqsadlarning o‘zaro munosabatda bo'lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi.Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida «Maqsadlar shajarasi» deb atalgan maxsus usul qo‘llaniladi.«Maqsadlar shajarasi»—bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini tasawur qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to‘g‘risida axborotga ega bo'lish imkonini beradi.U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo'li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi.«Maqsadlar shajarasi» ierarxiya ko’rinishida bir necha darajalardan: — bosh maqsad; — birinchi darajali maqsadlar; — ikkinchi darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi. «Maqsadlar shajarasi»ning tahliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan bosh maqsadning qator lokal maqsadlarga bog‘liqligi misolida ko‘rishimiz mumkin.1991-yilning 31-avgustida 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat» ekanligi aniqlab berildi. Bu maqsad nihoyatda murakkab va ko‘p qirralidir.Uning amalga oshirilishi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy sohalardagi maqsadlarga erishilishiga bog‘liqdir. Shu sababli, bosh maqsadga erishishning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi va quyidagi 4 ta guruhdagi birinchi darajali maqsadlar ajratildi: 1. Ijtimoiy-siyosiy sohadagi maqsadlar.

2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi maqsadlar.

3. Ma’naviyat sohasidagi maqsadlar.

4. Xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar.

Ijtimoiy-siyosiy sohadagi maqsadlar, o‘z navbatida quyidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bolinadi: — ma’muriy buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish; — davlat qurilishining demokratik-huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish; — fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi maqsadlar ham o‘z navbatida quyidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bo’linadi:

— Iqtisodiy faoliyat erkinligiga o‘tish;

— Mulkchilikning xilma-xilligiga erishish;

— Narx erkinligini ta’minlash;

— Raqobat kurashiga o‘tish;

— Insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali taqsimotchilik tizimidan voz kechish;

— Ko’p tarmoqli iqtisodga hamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshqalar.


Download 41.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling