Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


Download 202.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana13.01.2022
Hajmi202.62 Kb.
#330109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kar bolalar maktabida daktil nutqiga orgatish ishi mazmuni uslublari
Bog'liq
MUSTAQIL ISH], Маъруза №4, 11 sinf Informatika test 1-4 chorak, 11 sinf Informatika test 1-4 chorak, mogullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. zhaloliddin manguberdi vatan himoyachisi, mogullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. zhaloliddin manguberdi vatan himoyachisi, kar bolalar maktabida daktil nutqiga orgatish ishi mazmuni uslublari, kar bolalar maktabida daktil nutqiga orgatish ishi mazmuni uslublari, O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy , MA’naviyat asoslari” fanidan “milliy urf odatlarimiz” mavzusida , Zebra


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ  

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 

 

НИЗОМИЙ НОМИДАГИ  

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ  

 

ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ 

 

 



 

КУРС ИШИ 

 

Мавзу: Кар болалар мактабида дактил нутқига ўргатиш 

иши мазмуни, услублари 

 

 

Бажарди: Муталова  Дилдора 

Илмий рахбар:

 Доц. Мамаражабова  З.Н

 

 

Mundarija 

 

Kirish  



I Bob.Muammoni o‟rganishning ilmiy-nazariy asoslari 

1.1. Muammo bo‟yicha pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlar tahlili 

1.2. Eshitishda nuqsoni bo„lgan bolalar  nutqining psixologik-pedagogik va 

lingvistik tavsifi 

2 Bob Kar bolalar maktabida daktil nutqiga o„rgatish ishi mazmuni, uslublari 

2.1. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan o‟quvchilar  daktil nutqini  eksperemental 

o‟rganish  metodikasi 

2.2.  Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalarning    daktil  nutqini  eksperemental 

o‟rganish natijalari 

2.3.Maxsus  maktabda  eshitishida  nuqsoni  bo‟lgan  bolalarni  daktil  nutqini 

rivojlantirish texnologiyasi 



Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yhati. 




Kirish 

 

Mamlakatimiz  mustaqillikni  qo‟lga  kiritgan  davrni  sarhisob  qilsak, 



hukumatimiz  tomonidan  inson  manfaatlarini  ko‟zlash  va  himoyalash  jarayonida 

jamiyatimizning  alohida  yordamga  muhtoj  qatlamiga  jiddiy  e‟tibor  qaratib 

kelinayotganini  kuzatamiz.O‟zbekiston  Respublikasi  demokratik  huquqiy  davlat 

qurish  yo‟lidan  borar  ekan,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta‟minlab,  jamiyatni 

ma‟naviy  jihatdan  boyitib  borishni,  dunyo  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvni 

amalga oshirmoqda.  

Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalarda  eshitish  idrokining  fuknsiyasining 

yetishmovchiliklari bilan chambarchas bog‟langan nutqning o‟ziga xos buzilishlari 

aksariyat  xollarda  ko‟p  kuzatiladi.  Shuning  uchun  maktabgacha  yoshdagi 

eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar  bilan  olib  boriladigan  o‟quv-tarbiyaviy  ish 

tizimida  nutqiy  rivojlanishdagi  nuqsonlarni  korreksiyalashga  katta  ahamiyat 

beriladi. 

Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolaning  nutqni  egallashdagi    senzitiv  (jadal) 

rivojlanishi  davrida  ish  olib  borish  mazmuni  va  metodlarini,  yo‟nalishlarini 

aniqlash  alohida  ahamiyat  va  dolzarblik  kasb  etadi.  Chunki  haligacha  maktab 

yoshdagi  eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar  bog‟langan  nutqini  o‟rganishga 

qaratilgan  fundamental  izlanishlar  olib  borilmagan.  Mavjud  pedagogik,  maxsus 

psixologik va metodik adabiyotlarda ushbu toifadagi bolalar nutqi rivojlanishining 

boshlang‟ich bosqichlari haqida keltirilgan ma‟lumotlarnigina ko‟rish mumkin. 

Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar.o‟z  taasurotlarini  tinglovchilarga 

bildirishda  qiyinchiliklarga  duch  keladilar.  Ularning  hikoyalari  xamma  vaqt  ham 

tinglovchilarga tushunarli bo‟lavermaydi. Bunga sabab eshitishda nuqsoni bo‟lgan 

bolalarning keng monolog tarzida so‟zlashni juda bo‟sh egallaganliklaridir. Maktab 

yoshdagi  bolalarda  bog‟langan  nutq  juda  sekin  egallay  boshlaydilar.Me‟yorda 

rivojlanayotgan  bolalar  ko‟pincha  o‟z  taasurotlarini  boshqalarga      hikoya      qilib   

berishga   intiladilar,   ko‟rganlari   haqida ma‟noli, tushunarli va mantiqiy hikoya 

qilib  berish,  o‟z  fikrini  to‟g‟ri    tuzilgan  jumlalar  bilan  ifoda  etish  imkonini 



beradigan  og‟zaki  nutq  shaklini  egallashga  ehtiyoj  paydo  bo‟ladi.  Maktabgacha 

yoshdagi  eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar.ham  maktabgacha  yoshdan  boshlab 

maxsus  maktabda  o‟qish,  nutqiy  jihatdan  kamchiliklarini  bartaraf  qilish, 

keyinchalik  esa  ijtimoiy  hayotga  va  qo‟llaridan  keladigan  ishlab  chiqarish 

faoliyatiga tayyorlash uchun zarur bo‟ladigan bu murakkab so‟zlashish malakasini 

egallashlari  zarur.  Kuzatishlar  shuni  ko‟rsatadiki,  Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan 

bolalarda  dastlabki  so‟zlarning  kechkib  hosil  bo‟lishi    (dastlabki  so‟zlar  3-4  va 

hatto  5  yoshlarda  paydo  bo‟ladi),  so‟z  birikmalarini  egallash  davrining  sekin  va 

qiyinchilik bilan kechishi, so‟zlardan gaplarni tuzish uzoq vaqt talab etilishi, nutqiy 

ijodiyotda  mustaqillikning  yetishmasligi,  nutqiy  faollik  darajasining  pastligi, 

nutqiy  muloqot  kambag‟alligi  kuzatiladi.  Eshitishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar  bir 

nechta gaplarni o‟zaro biriktirib, fikrni mantiqiy izchillikda bayon qilishga, sabab 

va  oqibatni  ketma-ketlikda  bildirishga,  bayon  qilinayotgan  hodisadagi  muhim 

xususiyatlarni  ajratishga  qiynaladilar.  Eshitishda  bolalarni  daktil  nutqqa  o‟rgatish 

dolzarb muammao sanaladi..  


Download 202.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling