Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Download 0.85 Mb.
bet1/7
Sana19.05.2020
Hajmi0.85 Mb.
#107849
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sardor


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС

ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

«ИҚТИСОДИЁТ» КАФЕДРАСИ
«ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ» фанидан
КУРС ИШИ

Мавзу: Narx va daromadlar o‘zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.
Бажарди: Солиқлар ва суғурта иши факультети, СТ-50 гуруҳи талабаси

Жўраев Сардорбек Низомжон ўғли



Текширди: _______________________________

Курс иши тақризга топширилган сана

«____» _______2020 й.




Курс иши тақриздан қайтарилган сана

«____» _______2020 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана

«____» _______2020 й.
Баҳо «_____» _________


___________

(имзо)

___________

(имзо)

___________

(имзо)

Комиссия аъзолари:

__________________

__________________

__________________




ТОШКЕНТ – 2020

Mavzu: Narx va daromadlar o‘zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.

Reja:

Kirish ……………………………………………………….. 3



  1. Narx va daromad tushunchasi va ularning iqtisodiyotdagi vazifasi…………………………………………………. 5

  2. Daromad - istemol chizigi, narx omiliga tasir etuvchi korsatkichlar…………………………………………… 11

  3. Istemol tanlovi nazariyasi…………..………………… 18

  4. Talab va taklif elastikligi…………………………….. 22

Xulosa……………………………………………………… 32

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati …………………….. 34

Kirish.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va

bu bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi.

Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar ( un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi.

Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olishuchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 2013 –yil yakunlari va 2014 – yilga belgilangan ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida aholi daromadlari va iste’mol xarajatlariga alohida to’xtalib o’tdi. “2013 – yilda xalqimizning real daromadlari 16 % ga ortdi, o’rtacha oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20,8 % ga ko’paydi. 2013 – yilda 2000 – yilga nisbatan aholimizning iste’mol xarajatlari 9,5 barobar ortganining o’zi ko’p narsadan dalolat beradi.

So’nggi paytlarda jon boshiga to’g’ri keladigan eng muhim oziq – ovqat tovarlari bo’yicha iste’mol hajmi muttasil ortib bormoqda, ayni vaqtda nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun to’lanadigan sarf – xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko’paymoqda.”

Bundan kelib chiqqan holda daromadning o’zgarishi natijasida I’stemolchining han talabiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. U holda talab va takliflar o’zaro narxga bog’liq xolda bozorga kiradi va iste’molchilar daromadlariga va narxlarga asosan o’z extiyojlarini qondirishga harakat qilishadi.

Yuqoridan kelib chiqqan holda men o’z kurs ishimni “ Narx va daromad o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri “ mavzusini tanladim va ushbu mavzuga doir quyidagi masalalarni tahlil qilishga harakat qildm.

-----narxning mazmuni, uning turlari va vazifasi

-----iste’molchi tanlovi nazariyasi

-----daromad- iste’mol chizig’i



1. Narxning mazmuni va vazifalari

Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta’rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga uning o‘zgarishiga turli omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh toifa-dagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.

Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi.

Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi.

A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi.

A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi.

U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir.

A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.

Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.

a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.

b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir.

Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlashtiradi.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.

2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini belgilab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovargabo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.

3. Raqobat vositasi. Ma’lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyo-tining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.

4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.

5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.

6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.

7. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

3. Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati

Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.

Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.



Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.

Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Dotatsion narxlar. Davlat budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.

Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

Nufuzli narxlar. Allohining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi.

Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k.) narxi sifatida chiqadi.

Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.

Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilanganda hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagannarxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-ehson tashki-lotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar.

Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.

Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi.

Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan hududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.

Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.

Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi.

O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra standart va o‘zgaruvchan narxlar farqlanadi.

Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar standart narxlar deyiladi. Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan: Avtobusda yo‘l haqi o‘zgarmaydi, lekin avtobuslar soni qisqaradi yoki bekatlar qisqartiriladi, muzqaymoq tarkibida sariyog‘ yoki qaymoq ulushi kamaytiriladi.

O‘zgaruvchan narxlar – bozor sharoitiga qarab oshib yoki pasayib turadi. Bunda talabning o‘zgarishi hisobga olinadi. Masalan: yangi tovar rusumga kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko‘ra narxi baland bo‘ladi. U kundalik zarur tovarga aylangach narxi ham arzonlashadi. O‘zgaruvchan narxlar yana shun-da ko‘rinadiki, qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat bo‘lib, bahorga borib ular arzonlashadi. Narxlarning o‘zgarishi ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy o‘lchami narx diapazoni deyiladi.

Narx diapazoni – turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir.

Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va monopol narxlarni ajratish mumkin.

Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga bel-gilanib, u ishlab chiqarish narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.

Erkin bozor narxlari – sof raqobatli bozor sharoitida vujudga keladi.

Yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni irratsiotnal narxlar deyiladi.

Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi.



2. Daromad - istemol chizigi, narx omiliga tasir etuvchi korsatkichlar.

Daromad-iste’mol chizig‘i. Daromadning o’zgarishi byudjet chizig‘ining o’ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, chunki, narxlar nisbati o’zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig‘i o’ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o’zgarganda ham sodir bo’ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o’ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o’sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi. Real daromadning o’sishi natijasida byudjet chizig‘i holatlarga ketma-ket siljiydi. Daromadlarning o’zgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o’rnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks «daromad-iste’mol» chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi» chizig‘i deb ham ataladi.



1-chizma. «Daromad-iste’mol» chizig‘i.
Agar «daromad-iste’mol» chizig‘i koordinata boshidan burchak ostidagi to’g‘ri chiziqdan iborat bo’lsa, daromadning o’sishi, iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada o’sadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, chizig‘ining yotiqligi o’zgaradi. Rasmda tovarlar sotib olish boshida tez sur’atda o’sadi, keyinchalik tovarni sotib olish tovarga nisbatan oshib boradi. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo’lib daromad o’zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o’zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi. Gorizontal o’q bo’yicha iste’molchi daromadi ordinata o’qi bo’yicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori belgilangan. Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’yinadi ( - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga o’tganda ham standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.



2-chizma. Engel egri chiziqlari.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling