Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Download 61.53 Kb.
bet1/7
Sana04.11.2021
Hajmi61.53 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС

ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

«ИҚТИСОДИЁТ» КАФЕДРАСИ
«ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ» фанидан
КУРС ИШИ

Мавзу: Ишсизлик унинг турлари ва Ўзбекистонда бандлик муаммолари
Бажарди: Менежмент факультети,
МС-61 гуруҳи талабаси Кидирбаева Гулчехра Зокир қизи
Текширди: _______________________________

Курс иши тақризга топширилган сана

«____» _______2020 й.




Курс иши тақриздан қайтарилган сана

«____» _______2020 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана

«____» _______2020 й.
Баҳо «_____» _________


___________

(имзо)

___________

(имзо)

___________

(имзо)

Комиссия аъзолари:

__________________

__________________

__________________

Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammolari

Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Ishsizlik va uning sabablari

  2. Ishsizlik turlari va darajalari

  3. O’zbekistonda bandlik muammolari

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makromiqyosda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin.   Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof  holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo'lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizontal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy hodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur.




Download 61.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling