Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-jadval Ishlab chiqarish uchun qabul qilingan buyumlarning asosiy ko‘rsatkichlari
3
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ АРХИТЕКТУРА ВА ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ МУХАНДИСЛИК ҚУРИЛИШ ИНФРАСТРУКТУРАСИ ФАКУЛТЕТИ “Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкциялари технологияси” кафедраси Ҳимояга МҚИФ декани Тошпулатов С.А._____ “____” ________2013й.
5140900 – Касб таълими (5580500 - Қурилиш материаллари ва буюмларини ишлаб чиқариш технологияси) таълим йўналиши бўйича бакалавр даражасини олиш учун бажарилган диплом лойиҳасининг (ишининг)
ТУШУНТИРИШ ХАТИ Лойиҳа (иш) мавзуси: Куп каватли бинолар учун ораѐпма плиталар ишлаб чикариш корхонасини лойихалаш, махс. 40 минг.м 3 , “Шагал ишлаб чикариш технологияси” мавзусини укитишда инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш.
Лойиха муаллифи: Абдуллаев Миржалол Зоир угли Рахбар: Комилов Х.Х.
Тушунтириш хати________ Чизма _____ варақада
Ҳимояга “РУХСАТ ЭТИЛГАН” “ҚМБ ва КТ” кафедраси мудири___________ доц. Н.А.Махмудова
Тошкент-2013 й. 4
Mamlakatimizning 2012 – yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti jami xarajatlarining 60 foizdan ortig„ini sosial soha va aholini ijtimoiy qo„llab- quvvatlashga yo„naltirish ko„zda tutilmoqda. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o„zlashtirish bo„yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora – tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012 – 2016 –yillarda hisob – kitoblar bo„yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo„lgan 270 dan ziyod investisiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo„yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko„zda tutilmoqda. Joriy 2012 – yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o„ta muhim ahamiyatga ega bo„lgan loyihalarni amalga oshirish mo„ljallanmoqda. Jumladan, Surg„il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o„g„itlar va Qo„ng„irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg„i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi. Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug„ – gaz qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish, to„qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo„yicha loyihalarni amalga oshirish ko„zda tutilmoqda. Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg„arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi. 2012 – yilda Jamg„arma mablag„lari hisobidan sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investisiya loyihasini birgalikda moliyalash mo„ljallanmoqda, bu o„tgan yilga nisbatan 38,2 foizga ko„p demakdir. 2012 – yilda va undan keyingi yillarda diqqatimiz markazida turishi lozim bo„lgan ustuvor vazifalar haqida so„z borar ekan, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy – joylarni qurish bo„yicha dasturni amalga oshirish masalalariga alohida to„xtalmoqchiman.
5
Qishloq joylarda xususiy uy – joylarni qurish bo„yicha keng ko„lamli dastur amalga oshirila boshlaganidan buyon, ya‟ni so„nggi ikki yil davomida 15 mingdan ziyod oila har tomonlama qulay yangi uy – joylarga ega bo„ldi. Faqat o„tgan yilning o„zida namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1 million 100 ming kvadrat metrga teng bo„lgan 7 ming 400 ta xususiy uy – joy qurib bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 milliard so„mlikdan ortiq investisiyalar yo„naltirildi, ularning 63 foizidan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va “Qishloq qurilish bank” mablag„lari tashkil etadi. Joriy yilda umumiy turar – joy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq bo„lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy – joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o„tgan yilga nisbatan 15 foiz ko„pdir. Ijtimoiy infratuzilma ob‟ektlarini barpo etish hisobidan kompleks qurilish joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta‟lim maktabi va 680 tadan ziyod xizmat ko„rsatish va servis ob‟ekti foydalanishga topshiriladi. Qurilish xalq xo„jaligining muhim tarmog„i bo„lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo„ljallangan asosiy fondlarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishni ta‟minlaydi. Kapital qurilishning asosia vazifasi fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish hamda uy - joy binolari, kommunal maishiy va sotsial madaniy maqsadlarga mo„ljallangan ob‟ektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishdan iborat. Mustaqillikning 21 yili davomida demokratik jamiyat va bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo„naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O„zbekiston aholisi
farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy
ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o„z mavqeiga ega bo„ldi. Bunda faol investision siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni import o„rnini bosuvchi va eksportga yo„naltirilgan, hom – ashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo„naltirish katta rol o„ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investision loyihalarni amalga oshirish hamda O„zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni 6
jalb etish, bugungi kunda xalq xo„jaligida tarkibiy o„zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Respublika xalq xo„jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati yetakchi rol o„ynaydi. Bu o„z xom ashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bo„lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi. Beton va temir beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qurilish ishlarini samaradorligi va sifati bo„yicha talablar qo„yiladi. Bularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, asosan material va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, sermetall, qurilish qiymati va sermehnatliligini, bino va inshootlarni og„irligini pasaytirishni ta‟minlovchi hamda ularni qurilish va ekspluatatsiya qilishdagi jami energetik mablag„lar sarfini kamaytirishga erishish kerak. Bunday vazifalarni hal etishda asosiy qurilish materiali hisoblangan beton va temir-betonga katta ahamiyat beriladi. Beton texnologiyasi va temir-beton sohasini rivojlanishini, uni ishlab chiqarish va ishlatilishini o„sishi, bu sohadagi ilm-fan va texnikada erishilgan yutuqlar va qurilishni quvvatli industrial bazasini barpo etilishi bilan uzliksiz bog„liq. Keyingi yillarda beton ishlarini bajarishning hamma bosqichlari: betonqorishmalarining tarkibini tanlashdan tortib, monolit konstruksiyalar sifatini nazorat qilishgacha mukammalashtirilgan. Kapital qurilishda material resurslarining umumiy narxini 25%ga yaqini beton va temir-beton konstruksiyalariga to„g„ri keladi. Bu boshqa qurilish konstruksiyalarining narhi va hajmidan ancha yuqoridir. Beton va temir-beton o„zining fizik-mexanik hususiyatlari, chidamliligi va ishlab chiqarishda texnik- iqtisodiy samaradorligi hamda hom ashyo resurslarining yetarli darajada ekanligi bilan hozir va kelajakda kapital qurilishda eng yuqori potensialga ega bo„lgan qurilish materiali bo„lib qoladi. 7
Yig„ma temir – beton sanoati eski korxonalarni qayta ta‟mirlash va yangi zamonaviy samarador korxonalarni loyihalash, korxonalarda yuqori sifatli ko„p miqdorda mahsulotlarni ritmik tayyorlashni tashkil qilish bo„yicha korxona bo„limlarida muvaffaqiyatli rahbarlikni amalga oshiradigan mutaxassis kadrlarga muhtoj.
Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma‟lumot. Beton – eng qadimiy qurilish material-laridan biri hisoblanadi. Eramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug„ Xitoy devorining bir qismi (eramiz-dan 3 asr ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va inshootlarda beton ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruksiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu esa beton va temir-beton uchun asosiy ashyo bo„lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni yulga qo„yilaboshlagan davrga to„g„ri keladi. 30 yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgan-dan so„ng betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikir hamda kam hara- katlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta‟minlash amalga oshdi. Yig„ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, ma- shinasozlik sanoatlarini rivojlanishi sabab
bo„ldi, hamda
uning texnologiyasini rivojlanishi sement va betonlar haqidagi fanga mustahkam ilmiy asoslangan. Hozirgi vaqtda Respublikamizda temir – beton konstruksiyalarini to„ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Masalan, armotsement konstruksiyalari, g„ovak va gazobeton. Bular ma‟lum miqdorda konstruksiyalarni yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko„ndalang kesimini kamayishiga va ularni proletini uzaytirishga olib keladi. Beton texnologiyasi va yig„ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo„llanmalar quyida-gilar bo„lishi kerak:
8
yig„ma temir-beton konstruksiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sar-fini va metall sarfini kamaytirish; bog„lovchi moddalarning samarali turlari, armatura po„latlari, yuqori sifatli to„ldiruv-chilar va kompleks ximik qo„shimchalarni ko„plab ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlabchiqarish, konstruksiyalarni og„irligini kamaytirish va o„lchamlarini kattalashtirish; beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshi -lash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng qo„lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni, robotlarni, manipulyatorlarni ishlatish; betonlarning xossalarini aniqlashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo„llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va
resurslarni tejamlash texnologiyasini qo„llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko„lamda qo„llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton va temir-beton asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin o„sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu yig„ma temir beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish va qo„llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo„llash. Bu masalalarni hal qilishda beton texnologiyasini takomillashtirish, uning hossalarini yaxshilash, yangi samaradorligi yuqori bo„lgan betonlarni tayyorlash va tadbiq etish, asosan yengil, yuqori mustahkamlikka ega bo„lgan, ximik qo„shilmali betonlar olish, mahsulotni sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni betonshunoslik asoslari, temir-beton konstruksiyalarining ishlab chiqarish hamda texnologik hisoblar asoslari bilan chuqur tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi.
9
Texnologik qism 1.1 Mahsulot nomenklaturasi
Orayopma plitalar – eng keng tarqalgan temir – beton konstruksiyalari bo„lib, kam qavatli va ko„p qavatli binolar qurilishida qavatlararo orayopmalar sifatida qo„llaniladi. Orayopma plitalarni tayyorlashda ko‟pgina xollarda og„ir betondan foydalaniladi. Egilishga ishlaydigan orayopma plitalari oldindan zo„riqtirilgan temir – betondan ham tayyorlash mumkin. Materiallar sarfini kamaytirish, tovushizolyatsion xususiyatini oshirish va ularning xususiy vaznini yengillashtirish maqsadida orayopma temir – beton plitalari tekis, bo„shliqli yoki qovurg„ali qilib tayyorlanadi. Tekis plitalarning uzunligi 6,6 m, eni 3 m, qalinligi 120 – 160 mm, vazni 7 tonnagacha; bo„shliqli plitalarning uzunligi 6 m, eni 2,4 m va qalinligi 220 mm yoki uzunligi 9 – 12 m, eni 1,5 m, qalinligi 300 mm, vazni 4 tonnagacha; kesimi P shaklidagi qovurg„ali plitalarning uzunligi esa 8,8 m, eni 1,5 m va balandligi 400 mmgacha hamda vazni 4 tonnagacha bo„ladi. Katta oraliqlarda 2T turdagi qovurg„ali plitalar qo„llaniladi. Ularning uzunligi 15 m, eni 3 m gacha, balandligi 600 mmgacha, vazni 11 tonnagacha bo„ladi. Plitalarni tayyorlashda og„ir beton hamda yengil konstruksion betondan foydalaniladi. Yengil konstruksion betondan tayyorlangan orayopma plitaning vazni og„ir betondan tayyorlangan panellarga nisbatan 20 % yengilroq bo„ladi. Plitalar A-III sinfli armatura va Bp-I simli armatura va karkaslar bilan armaturalanadi. Oraliqlari 3 m dan katta bo„lganda plitalarni oldindan zo„riqtirilgan yuqori mustahkam armaturalar bilan armaturalash maqsadga muvofiq. Plitalarni konveyer, agregat – potok usullari bilan tayyorlash mumkin. Quyidagi diplom loyihada dumaloq bo„shliqli plitani tayyorlash texnologiyasi ko‟rib chiqilgan. Plita markasining shartli belgilanishi: 10
PK 58-12-8 A - III bunda: PK – dumaloq bo„shliqli plita; 58 – uzunligi (dm); 12 – eni (dm); 8 – hisobiy yuk (xususiy vaznini hisobisiz) ya‟ni, 800 kg/kv.m.; A – III – foydalanilgan armatura sinfi.
Ishlab chiqarish uchun qabul qilingan buyumlarning asosiy ko‘rsatkichlari № Buyum markasi Buyum
eskizi O„lchov
birliklari, mm
Bitta mahsulot uchun beton sarfi, V m , m 3 Bitta mahsulot uchun
armatura po„latini sarfi, kg
1m 3
beton uchun
po„latning solishtirma sarfi, kg/m
3 uzun
lig i
eni
baland lig i 1 Dumaloq bo„shliqli plita PK 58.12.8 5860
1190
220
0,825
35,79 44,2
1.2 Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash
Yig„ma beton va temir – beton buyumlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar qator mustaqil operatsiyalardan tashkil topib, alohida jarayonlarga birikadi. Operatsiyalar shartli ravishda: asosiy, yordamchi va transportli turlarga bo„linadi. Asosiy operatsiyalar beton qorishmani tashkil qiluvchi materiallarni tayyorlash; armatura mahsulotlari va tayyor karkaslarning tayyorlanishi, mahsulotlarni armaturalash va qoliplash; qoliplangan mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish; tayyor mahsulotni qolipdan ko„chirish va qoliplarni keyingi siklga
11
tayyorlash, ba‟zi bir mahsulotlrning yuza qismini pardozlashdan iborat. Asosiy texnologik operatsiyalardan tashqari har bir bosqichda yordamchi operatsiyalar ham bajariladi: suv va bug„larning, siqilgan havo, elektr energiyasining olinishi va uzatilishi, xom-ashyo va yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning saqlanishi, operatsiyalar va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va boshqa asosiy operatsiyalarni bajarish uchun zarur etaplar olib boriladi. Zavod sharoitida dumaloq bo„shliqli plitalarni har xil usulda ishlab chiqarish mumkin: stend, konveyer va agregat – potok. Stend texnologiyasida materiallar, mahsulotlar va ishchi bo„g„inlar, texnologik uskunalar bir stendli shakldan boshqasiga ko„chiriladi, shu sababli bu jarayon uzoq muddat davom etishi, stendli shakllarni joylashtirish esa katta ishlab chiqarish maydonlarini talab etishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bularning hammasi konstruksiyalarni ishlab chiqarishda katta mehnat sarfini talab qiladi. Stend ishlab
chiqarishni tashkil
etish texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta‟minlamaydi. Stend usuli kam ish unumdorligiga ega va past hamda o„rta quvvatli korxona yoki poligonlarda qo„llaniladi. Konveyer usulida butun texnologik jarayon alohida postlarda, bir – biridan mustaqil, baravariga bajariladigan operatsiyalarga bo„linadi. Konveyer usulida qoliplar bir postdan boshqasiga maxsus transport moslamalari orqali o„tkaziladi. Liniyadagi har bir postga unga biriktirilgan bo„g„in (zveno) xizmat ko„rsatadi. Ammo, konveyer usuli qator kamchiliklarga ega: mexanizmlar, transport va texnologik uskunalarga xizmat ko„rsatish uchun katta mablag„ sarflanishi; boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish ehtiyoji tug„ilganda uskunalarni qayta sozlashga katta sarf – harajat talab qilinishidir. Shuning uchun konveyer texnologik liniyasini loyihalash maqsadga muvofiq emas.
Agregat – potok usulida qoliplash, qotirish, qolipdan yechish jarayonlari texnologik oqim tarkibiga kiruvchi maxsus postlarda bajariladi. Har bir post mos
12
mashina va mexanizmlar bilan jihozlangan, qolip va mahsulotlar bir postdan ikkinchisiga ko„prikli kran orqali ko„chiriladi. Bu usulda mahsulotlar qolip bilan birgalikda oqim bo„yicha harakatlanish vaqtida hamma ishchi postlarida emas, balki berilgan turdagi mahsulotlar uchun zarur postlarda to„xtaydi. Bunda har bir postdagi to„xtash muddati turlichadir. Bu muddat berilgan texnologik jarayon bajarilishi uchun sarflanadigan vaqtga bog„liq. Bunday vaziyat bitta liniyada turli texnologik uskunalar joylashgan postlarni yaratish, bir vaqtning o„zida turlicha mahsulotlar ishlab chiqarish, bitta turdagi mahsulotni tayyorlashdan ikkinchi turdagi mahsulotni tayyorlashga nisbatan oson o„tish imkonini beradi. Qoliplar majburiy harakatlantirilmaganligi sababli, bitta postda bir necha jarayonni bajarish mumkin, texnologik postlar yiriklashtiriladi, uskunalar agregatlanadi, qoliplarni joydan joyga ko„chish soni esa qisqaradi. Qoliplash postlari mavjud agregat – potok liniyalarida qoliplarni vibromaydonlariga qolip o„zatgichlar yordamida uzatiladi. Texnologik liniya tarkibiga: beton yotqizgich, armaturani mexanik taranglash qurilmasi, qolip uzatgich, qotish kamerasi, mahsulotni qolipdan chiqarish, mahsulotlarni sovushi, ularni maromiga yetkazish yoki ishlov berish, texnik nazorat kiradi. Agregat – potok texnologik liniyasi unumdorligi mahsulotlarni qoliplash davri muddati bilan belgilanadi, bu muddat (5 – 20 minut) keng chegarada qoliplanadigan mahsulot turi va o„lchamlariga ko„ra o„zgarib turishi mumkin. Ishlab chiqarishni bu usulda tashkil qilish nihoyatda samaralidir. Yuqorida sanab o„tilgan xususiyatlarni inobatga olib, qoliplash sexini ishlab chiqishda agregat – potok texnologiyani qo„llash maqsadga muvofiqdir.
13
Sexning ish rejimi Katalog: uploads -> books -> 49959 49959 -> Tuman rejalshtirish tizimi asoslari 49959 -> O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti 49959 -> Meva sabzavotchilik va qayta ishlash 49959 -> Tayyorladi: “O`zbekiston tarixi” kafedrasi katta o`qituvchisi S. To`lyaganova 49959 -> 1-ma‘ruza. Mavzu: Haqiqiy sonlar. Koordinatalar usuli 49959 -> O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling