‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet22/36
Sana15.02.2017
Hajmi
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
o 'z   oldiga 
maqsad  qilib  qo‘ygan  m azkur  gazeta  1790-yilning  1-yanvaridan  1791-yil- 
ning  iyul  oyiga  qadar  haftasiga  bir  martadan  nashr  etib  turiigan.  «Ijtimoiy 
to ‘garak»  bir vaqtning  o ‘zida  «Xalq jarchisi»,  «Byulleten»  gazetalarini  ham 
chiqarardi.
Buyuk  fransuz  inqilobi  jumalistika  sohasida  yangi  davmi-siyosiy 
matbuot  davrini  boshlab  berdi.  M atbuot  tarixchisi  Aten  o 'z   asarida 
«Kitoblaming  roli  tugadi,  endi  gazetalarning  navbati  keldi»,  deb  yozgan 
edi.  Siyosiy  gazetaga  P.  Brisso  asos  soldi.  U  fransuz  inqilobi  tarixidagi 
dastlabki  gazetalardan  b in   bo‘lgan  «Fransuz  vatanparvari»ning  prospektini 
bosib  chiqararkan,  ingliz  publitsisti  Djebbning  «Erkin  gazeta-bu  hamisha 
xalq  manfaatlarini  qo'riqlab  turuvchi  posbondir»,  degan  so'zlarini  o ‘z 
gazetasiga  epigraf  qilib  olganligini  xabar  berdi.  Shuningdek,  gazetada 
beriladigan  axborot  uchun  biroz  haq  to‘lashni  ham   va’da  qildi.  Ammo 
uning  bu  rejasi  amalga  oshmay  qoldi,  chunki  senzura  gazetaning  chiqishini 
taqiqlab qo‘ydi.
Brissoning  nashri  bilan  bir  vaqtda  M iraboning  «Bosh  shtablar*  nomli 
gazetasi  ham  maydonga  keldi.  U  o 'z   gazetasining  yo‘nalishini  belgilab: 
«Konstitutsiya,  vatan,  erkinlik,  huquq  —  m ana  shular  bizning  ilohlari- 
mizdir»,  deb  yozgan  edi.  Navbatdagi  sonida  m oliya  vaziri  Nekkeming 
nutqini tanqid qilib  chiqishi bilanoq gazeta yopib  q o ‘yildi.
Hukumatning  bu  tadbiriga  javoban  1789-yilning  10-may  kuni  «Graf 
Miraboning o ‘z saylovchilariga yo‘llagan  maktublari»  nomli  yangi gazetaning 
birinchi soni bosmadan  chiqdi.  U nda  Mirabo, jum ladan,  quyidagilami yozdi: 
«Siz  meni  Bosh  shtabga  o ‘z  vakilingiz  qilib  ko‘rsatgansiz,  shu  boisdan  men 
sizga jamoat  ishlariga  aloqador barcha  narsalar  xususida  hisob  berib  turishim 
кегак».  Mirabo  hukmdorlaming  ushbu  gazetani  taqiqlash  to‘g‘risidagi 
qaroriiii  keskin  tanqid  qilib:  «Xalq  vakillari  ko‘z  o ‘ngida  qirolning  mana 
shunday  dekretlarini  chiqarishga  ju r’at  qilinmoqda.  Bu  dekretlar  insonning 
muqaddas  huquqlariga  tajovuz  qilish  demakdir.  25  million  ovoz  matbuot 
erkinligini  talab qilmoqda», deb yozdi.
Ozodlik  uchun  q o ‘zg‘olon  ko‘targan  xalq  1789-yil  14-iyul  kuni 
Bastiiiyani  zabt  etgach,  erkin siyosiy  matbuot  yo‘lidagi  so‘nggi g ‘ovJar ham 
barham  topdi.  Birin-ketin  yangi  gazetalar  paydo  b o ‘la  boshladi.
Odatda,  gazetaning  har  bir  soni  4 0 -6 4   sahifada  bosilar,  biroq  Milliy 
majlis  ishi  to ‘g*risidagi  hisobotlar  uchun  atigi 
6—8
  sahifa  joy  ajratilar  edi. 
Mamlakatning  um um iy  kundalik  ahvoli,  shu  jum ladan  Parij  voqeaiariga 
bag‘ishlangan  sharhlar  14—20  sahifani  tashkil  qilardi.  Shuningdek, 
viloyatlardagi  inqilobiy  harakatlarning  yutuqlari  to ‘g ‘risida  xabarlar,  siyosiy 
va  iqtisodiy  masalalarga  taalluqli  maqolalar,  te a tr  hayoti  keng  yoritllardi, 
gazetxonlar  adabiy  yangiliklardan  doimiy  ravishda  xabardor  qilib  turilardi. 
Bundan  tashqari,  ingliz gazetalaridan ko‘chirm alaiga  ham  o ‘rin berilardi.
«Революцион  де  Париж»  (Parij  inqilobi);  gazetasi  poytaxt  m ehnat- 
kash  tabaqalarining  ahvoli  bilan  qjziqqan,  ishchilar  to “g ‘risida  yozgan  kam 
sonli  nashrlar  qatoriga  kiradi.  Gazetaning  qariyb  h ar  sonida  u  yoki  bu

voqeaga  bag'ishlangan,  lekin  texnik  jihatdan  uncha  mukammal  ishlan- 
magan  gravyuralar  bosilib  turardi.  M asalan,  birinchi sonidayoq  inqilobning 
boshlanishini  m ajoziy  gavdalantiruvchi  bir  nechta  rasm  berildi.  Ular 
orasida  Bastiliyaning  zabt  etiiishi,  istibdod  belgisi  va  boshqa  voqea-hodi- 
salarni tasviriovchi  rasmlami  ham  ko'rish  m um kin cdi.
Buyuk  fransuz  inqilobining  m ashhur publitsisti,  gaze ta  m uham ri  Eliza 
Lustalo  o 'z in in g   qisqa  umri  davomida  eng  yaxshi  demokratik  ju m a - 
listlardan  biri,  buyuk  targ'ibotchi  darajasiga  ko‘tarila  oldi.  Garchi  u  zehni 
o ‘tkirlikda  va  notiqlikda  K.  Deraulen  bilan,  achchiq istehzo  bobida  Freron 
bilan,  g azabnoklikda  M arat  bilan  bellasha  olmasa  ham,  maqolalari 
hamisha  aniq,  ravshan,  rad  etib  bo‘lmaydigan  dalillaiga  boyligi  bilan 
doimo  gazetxonlar  e ’tiborini  toitardi.  U ning  ajoyib  iste’dodi  tufayli 
gazetaning  ayrim   sonlari  200  ming  nusxada  taiqalardi.  Babyof  fitnasining 
ishtirokchisi  Silven  M arshel  Eliza  Lustalo  haqida shunday yozgandi:  «Yana 
biroz  o ‘ylagach,  Fransuz  Respublikasi  qadimgilaming  asarlaridan  o ‘zi 
axtarayotgan  yog‘d u n i  Lustalo asarlaridan  topishga  muyassar bo'ladi*1.
Silven  M arshel  «Parij  inqilobi*  gazetasining  asosiy m uhaniri  bo'lgach, 
Eliza  Lustaloning  ishini davom ettirdi.  U ning  qalamiga  mansub pamfletlar,’ 
ko‘pdan-ko‘p   boshqa  dahriylik  asarían  hukm ron  diniy  xurofotlaiga  qaishi 
dadillik  bilan  kurash  olib  bordi  va  XVIII  asrdagi  shu  yo‘na!ish  pub- 
litsistikasida  k o ‘zga  ko‘rinarli  o ‘rin  egalladi.  Bu  davrda  gazetaning  bosh 
g‘oyasi  inqilobni  rivojlantirish  va  qirol  hokimiyatini  ag'darib  tashlash 
uchun  kurashga  qaratilgan  edi.  Gazeta  M illat  majlisini  qat’iyatsizlikda 
ayblab:  «Yirik  buijuaziya  vakillari  inqilobni  davom  ettirishdan,  xalq 
ommasining  inqilobiy tashabbusidan  cho'chidilar!*,  deya yozdi.
1789-jdl  12-sentabrdan  Ja n   Pol  M arat  Parijda  «Publiciste  de  Paris* 
(Parij  publitsisti)  gazetasjni  chiqara  boshladi.  Gazetaning  nomi  ostida 
«Vatanparvarlar  uyushmasi  tom onidan  M arat  muharrirligida  chiqarilgan 
siyosiy  erkin  gazeta*  degan  so‘zlar  yozilgan  edi.  «Ummi  haqiqatga 
bag ishlash  kerak*  degan  shiorni  epigraf  qilib  oigan  bu  gazeta  oltinchi 
sonidan  «Xalq  d o ‘sti*  nom i  bilan  chop  etila  boshladi  va  tarixga  shu  nom  
bilan  kirdi.  A w aliga  gazeta  «Vatanparvarlar  uyushmasi*  nomidan,  29-so- 
nidan esa,  faqat  M arat  nom idan  kundaiik gazeta  sifatida chiqib tuidi.
M arat  ko‘pin ch a  bir  vaqtning  o ‘zida  ham   muxarrir,  ham  harf 
teruvchi,  ham   noshir  vazifasini  bajarardi.  U   gazetani  chiqarish  sababini 
quyidagicha  tushuntiigan:  «Fransuzlar  q o ‘lda  qurol  bilan  jang  qilib, 
ozodlikka  m uyassar  b o ‘lgan,  yanchilgan  istibdod  qayta  bosh  ko‘tarishga 
ju r’at  qila  olm aydigan,  davlat  a ’yonlari  tum taraqay  bo‘lishib,  saxovat 
niqobini  toitishga  uringan,  hijolat  bo‘Iayotgan  izzat-nafsi  o ‘zini  nam oyon 
etishga  botinolm ayotgan,  bid’at,  xurofot  oqim i  ham m a  tom ondan  haqiqat 
sadolari  ustiga  yopirilgan,  inson  va  fuqaro  huquqi  muqaddas  hisoblanishi 
lozim  bo'lgan  va  Fransiya  erkin  Konstitutsiya  bilan  saodat  sari  odim - 
layotgan  bugungi  kunda  hech  narsa  millat  xohish-istagiga  qarehi  chiqa
1  Кунов  Г.  Борьба  классов  и  партий в  Великой  Французской  революции. 
М.:  1919, 206-е.

olmaydi,  umuminsoniy  sifat  asoslarini  qaror  toptirm oq  u chun  qiroilikni 
adol?t  va  hurriyatga  eltuvchi  buyuk  haqiqat  zafariy?tini  hozirlashga 
monelik  qila olmaydi»1.
1789-yil  18-sentabrda  M arat  «Xalqqa  murojaat»  nom li  m aqola  e ’lon 
qilib,  ham  unda  ilgari  surgan  prinsiplariga  butun  um ri  davom ida  sodiq 
qoldi.
Publitsist  Kamil  Demulen  M aratning  gazetasini  «xalqniiig  kundalik 
rizqi»  deb  atadi.  Uning  o ‘zi  esa,  noyabr  oyida  «Fransiya  va  Brabantning 
inqiloblari»  nomli  gazetasini  chiqarishga  kirishdi.  Haftasiga  b ir  martadan 
chiqa  boshlagan  gazetaning  uch  qismdan  iborat  b o ‘lib,  birinchi  qismi 
butkul  Fransiyaga,  ikkinchi  qismi  Brabant  va  inqilob  yuz  berishi  ko'zda 
tutilayotgan  boshqa  hududlardagi  voqealarga  bag'ishlanardi.  Gazetxonlami 
qiziqtiruvchi  turli-tum an  m ateriallar  chop  etiladigan  uchinchi  qismida 
yangi  kitoblar  va  yangi  sahna  asarlari  to'g'risidagi  xabarlar  berilardi. 
Gazeta  ayniqsa,  ziyolilar orasida  m ashhur edi.
K. Demulen  otasiga  yo'llagan  xatlaridan  birida  basharti  gazeta 
mushtariylarining  soni  3000  ga  etsa,  noshir  uning  m aoshini  ikkl  hissaga 
oshirishga  va’da  berganligini  m a iu m   qilgandi.  Biroq  bu  D em ulenga  nasib 
boMmadi.  Aksincha,  mushtariylar  sonining  kamayishi  oqibatida  yuz  bergan 
moliyaviy  qiyinchiliklar  gazeta  faoliyatining  to'xtashiga  olib  kelgan  asosiy 
sabablardan  bo‘ldi.
Va  nihoyat,  1791 -yilning  boshida  Parijda  «Dyushen  ota»  nomli  yangi 
kundalik  gazeta  paydo  bo‘ldi.  Iste’dodli  jurnalist  Jak  R ene  Eber  nashr 
qilgan  bu  gazeta  darhol o'quvchilar  e ’tibormi  qozondi.  A ka-uka  Gonkurlar 
«Dyushen  ota»  gazetasini  «tili  biyron,  o'ziga  xos  m a’noli,  ta ’sirli,  ehtimol, 
inqilob  davridagi  birdan-bir  chinakam   ma’noli  nashrdir*,  deb  baho- 
lashgan2.  Eber  1790-yilda  gazetada  uchta  pamfiet  e ’lon  qildi,  shulardan 
biri-«Abbat  Morining  shaxsiy  hayoti»  sarlavhali  pamfiet  muailifga  shuhrat 
keltirdi.
O 'z  uslubi  haqida  Eber m ana shunday  yozgan  edi:  «Agar  m en o'zimni 
biyronlikka  da’vogar  qilib  ko‘rsatishni  istasam,  boshqalar  qatori  bundan 
osongina  xalos  b o la r  edim,  kezi  kelganda,  shuni  aytm og'im   kerakki,  men 
lotincha  gaplasha  olaman,  am m o  mening  tilim  xuddi  sankiyutlarnikiga 
o'xshash  oddiy  va  tabiiydir.  M azlum lar  meni  o ‘qishlarini  yoqtiraman, 
ularga  yangi  haqiqatlami  etkazishni  va  ularni  sotqinlam ing  kirdikorlaridan 
ogoh  qilishni  xush  ko‘raman.  So‘kishadiganlar bilan so‘kishm oq  darkor!»3.
Gazetada  shahar  atrofida  yashovchi  kishilar tiliga  xos  s o 'z   va  iboralar 
ko‘p  uchrardi.  Hazil  —  mutoyibalardan  va  dashnom so‘zlardan  ham  foyda- 
lanilishiga  qaramasdan,  aniq  flkrlar  ravon  ifoda  etilardi.  Eber  kundalik 
siyosiy turmushiiing  dolzarb  masalalariga  hoziijavoblik  bilan  aks-sado  berib 
turdi.  U   xalq  ommasining  ehtiyojlariga  katta  e ’ttbor  bilan  qarar,  uning
1  ( t a in t Histoirt  politique et  litteroire  de  pressen  en  France. 
1 861,6-
*c., 
28-6ct.
2 Gonconrt  E 
et 
JF   Histfoire  de  Sjcietif Fransairc  hendant  la  Rivolutionh.  1889, 
197-6er.
3  Pere  Duchesne.  1793

kayfiyati,  talablarm i  yaxshi  bilâr,  gazetxonlarni qiziqtira olar,  ular e ’tiborini 
u  yoki  bu  m asalaga  ustallk bilan  qarçta  bilar edi.
S hunisi  shubhasizki,  Eber  o ‘zi  murojaat  qilayotgan  ko‘psonli  gazet- 
xonlar  om m asining  turli  xil  va  ko'pincha  noaniq  tusdagi  orzu-umidlariga 
ustalik  bilan  aks-sado  bera  olgan.  U ning  demokratik  m atbuot  oldidagi 
katta  xizm ati  ham   shundadir.  Biroq jum alist  va  inson sifatida Eberning  zaif 
tom onlari  h a m   b o lg a n .  Jan  Jores  u lam i  ziyraklik  bilan  fahmlab,  shunday 
degan  edi:  «U   to r  yo'ldan  yurishni  va  o'zini  qandaydir  favquiodda 
sistemaga  bogMab  q o ‘yishni  istamas  edi.  Eber,  to'lqinlarda  o ‘ynayotgan  va 
ko‘zga  yaqqol  tashlanuvclii  bo'yoqlar bilan  bo'yalgan  kemada  suzar  ekan, 
o ‘zini  butkul  bepoyon  oqim  ixtiyoriga  topshifib  qo'ygandi»1.  Bu  Ebeming 
yuz  berayotgan  hodisalarda  hakam  rolini  o ‘ynamoqchi  bo‘lganligi  bilan 
izohlanadi.  U ning  chiqishlari  safsatadan  xoli  bo‘lib,  unga  maslakdosh 
kishilarning  inqilobiy  hukumatga  nisbatan  munosabatini,  ijtimoiy-siyosiy 
qiyofasini  yan ad a  ravshanroq  anglatardi.  1794-yilning  4-m art  kuni  Eber 
qo‘zg‘o lo n   k o ‘tarm o q  uchun  muvaffaqiyatsiz urinish qildi va  yengildi.
Aksilinqilobiy  matbuot.  Birin-ketin  paydo  bo'layotgan  gazetalarga  qirol 
saroyi  aw aiiga  xotiijam  munosabatda  bo‘ldi,  go‘yo  u  yuz  berayotgan 
voqealaming  butun  xavfmi  anglagandek  edi.  Bee’tiborlik  faqat  ommaviy- 
siyosiy  m atbuotning  paydo  bo‘lishigagina  emas,  balki  Buyuk  fransuz  inqilobi 
bilan  bog‘liq  boshqa  voqealaiga  ham   daxl  qilardi.  Rasmiy  mahkama  ko‘p 
sonli  j o ‘shqin  gazetalaiga  «Gazette  de  ahranc»  gazetasini  qarama-qarshi 
qo‘ydi.  Bu  gazeta  xukumat  farmonlarini  bosib  chiqarish  bilan  cheklanar, 
ko‘z  o'n g id a yuz berayotgan  inqilob to ‘g ‘risida lom-lim demas edi.
1789-yil  sentabr  oyi  oxirlarida  kutilmaganda  qirol  saroyi  inqilobga 
qarshi  yurish  boshladi.  Toju  taxtni  birinchi  bo‘lib  «Saroy  va  shahar 
gazetasi»  nom lî  (ko‘proq  «Kichik  Gojte*  nomi  bilan  tanilgan)  gazeta 
himoya  ostiga  oldi.  U  darhol  inqilob  va  demokratik  matbuotga  qarshi 
hujumga  o ‘td i.  Keyinroq  unga  «Kirol  d o ‘sti»,  «Havoriy  yumushi»  gazetasi 
ham da g ‘ayri  dem okratik yo'nalishdagi  boshqa  nashrlar ham  qo‘shildi.  Shu 
yilning  5—
6
-oktabrida  ro‘y  bergan  voqealar  zodagonlarni  inqilobga  qarshi 
kurash  m aqsadida  yangi  gazetalar tashldl  qilishga  undadi.
D em okratik  m atbuot  turli  vositalardan  foydalandi.  Royalist-zodagon 
yo‘nalishiga  m ansub  jurnalisitlarning  m ashhur  namoyandalaridan  A.  Ri- 
varol  feodal-patriarxal  tartiblami  qayta  tiklash  maqsadida  darhol  aksilin­
qilobiy  k u ch lar  xizmatiga  o ‘tib  olib,  «Havoriy  yumushi»  gazetasi  bilan 
ham koriik  q ila  boshladi.  U  hech  qachon  Lyudovik  XVI  ni  o ‘z  qo‘lida 
hokim iyatni  m ahkam   ushlab  turishga  va  saroy  ig‘volaridan  o ‘zini  yuqori 
qo'yishga  q o d ir  bo‘lgan  haqiqiy  hukm dor  deb  hisoblamagan.  Uning 
fikricha,  qirolning  burchi  armiya  tepasida  turish  va  inqilobni  shafqatsiz 
bostirishdan  iborat.  Rivarol  millat  majlisining tadbirlarini  masxara  qilarkan, 
nazariy  m unozaralarga  berilmadi  va  o ‘zini  ularga  aralashishdan  chetga 
tortdi,  dem okratiya  rahbarlarining  hayajonli  nutqlarini  pisand  qilmadi,

Жорес  Ж.  Социалистическая  история  Французской  революции.  М.: 
1983, 5-ж., 223-е.

hatto  ulardan  nafratlandi.  Notiqlaming  ezgulik  va  saxovatga  undovchi 
chaqiriqlariga  ularnipg shaxsiy turmushini  qaram a-qarshi qo'ydi  va om ilkor 
buijuaziyaning siyosiy jo'shqinligidan  kuldi.
A.  Rivarol  v%  uning  safdoshlari  aw alig a  inqilobga  va  dem okratik 
matbuotga  qarshi  siyosiy  hamda  faisafiy  yo'sinda  kurash  olib  bordilar, 
biroq  1789-yitning  oktabr  voqealaridan  so‘ng  o “z  yo‘nalishini 
0
‘zgartirib, 
inqilob  yoiboshchilarini  fosh  qilish  yo‘li  bilan  um um an  inqilobiy jarayonga 
ta ’sir  o'tkazm oqqa  urindilar.  Inqilobga  o ‘ta   dushman  jum alistlardan 
G .  Peleti  «Bizga  e ’ion  qilingan  kurashda  biz  ishlatishimiz  lozim  b o lg a n  
birdan-bir  qurol  —  kulgi,  mazah  va  masxaralashdan  iborat  bo‘lmog‘i  lo ­
zim»1,  degan  edi.  zodagonlaming  ro‘znom alari  shu  ko‘rsatmaga  amal  qilib, 
vatanparvarlarga qarshi kurashni  avj  oldirdilar.
Inqilobni  masxaralash,  kulgili  qilib  ko'rsatish,  Millat  majlisining  b a ’zi 
deputatiariga  andishasizlik  bilan  munosabatâa  bo'lish,  uchinchi  tabaqa 
deputatlari  va  demokratik jumalistlaming  shaxsiy  hayoti  to ‘g‘risida  g'iybat 
gaplar  tarqatish,  inqilobiy  asarlarga  turli-tum an  parodiyalar  yozish,  klublar 
tom onidan  qabul  qilingan  qarorlami  m azah  qilish,  xalq  yo‘lboshchilarini 
hajviy  she’r,  pamfletlar  vositasida  badnom   etish,  plebeylami  zodagonlar 
«tilga  olishi  m umkin  bo‘lmagan»  dashnom   so'zlar  bilan  beboshlik  va 
axloqsizlikda  ayblash  —  bu  usullaming  ham m asi  1792-yilning  10-avgus- 
tigacha,  ya’ni,  monarxiya  ag‘darilgunga  q ad ar  gazeta  sahifalaridan  tush- 
madi.
«Havoriy yumushi» gazetasi  poytaxt  atrofida  istiqomat  qiluvchi aholini 
ochiqdan-ochiq  «murtad»,  «to'ng'iz»,  «fohisha  bolalari»  deb  atashdan  h am  
toymadi.  Ayni  vaziyatda  gazetalar  generallar  va  armiyaga  qaratilgan 
muFojaatnomalar  e ’ion  qilib,  «inqilobiy  telbalikka»  barham  berishni  talab 
etdilar.  Shunday  talabnomalardan  birida  «Barcha  safsatabozlami  qo'lga 
tushirmoq  va  qonun  asosida  boplab  ta ’zirini  bermoq  darkor.  Biz  ular 
ko‘rsichqoular  qismatiga  yo‘liqqanini  ko‘rib,  xushnud  bo'lmaylik.  Biz 
ulami  nayzador  qoziqqa  o'tqazib,  Bastiliya  xarobalari  ustida  o'iim   azobini 
tortishga  m ajbur qilamiz»2, deyilgandi.
«Havoriy  yumushi»,  «Qirol  do‘sti»  gazetalari  birinchi  bo‘lib  «F ran- 
siyani  qonli  jom da  cho'miltirib  poklash»,  «isyonkorlar»ning  ham m asini 
kalia  kesiladigan  kundaga  jo'natish»  d a ’vati  bilan  chiqishdi.  Absolut 
tuzumning  barcha  raqiblari  «isyonkor»  deb  hisoblandilar.  «Havoriy 
yumushi»  gazetasining  (uni  qiro)  oilasining  a ’zolari  ham  o ‘qishardi)  faol 
xodimlaridan  bo'lgan  Syullo  Koblens  saroy  bilan  aloqasi  borligidan 
oshkora  ravishda  maqtangan  edi.  Shaharda  shahzoda  Konde  boshchiligida 
aksilinqilobiy armiya  ham tuzila  boshlagandi.
Bo'hton  aksilinqilobiy  matbuotning  eng  samarali  quroli  ekanini  ju d a  
yaxshi  bilgan  Robesper  o ‘z  nutqlaridan  birida  shunday  degan  edi:  «Xuddi 
mana  shu  bo‘hton juda  ko‘p  voqealarga  sababchi  bo'ldi.  Xuddi  m ana  shu 
bo‘hton  fransuz  millatini  muttasil  odam xo'rlar  to ‘dasi  tarzida  ko‘rsatib,
1 Kunov G.  O lsha manbaa,  U4-bet.
2  Kunov G .  O lsha manbaa,  114-bet.

bizning  inqilobimiz  bilan  Yevropadagi  boshqa  xalqlar  o ‘rtasida  g‘ov  paydo 
qildi.  Fitnachi  g'alam islar  johil  olomon  bilan  siyosiy  prinsiplar  asosida 
uzviy  bog lanishga  h arakat  qildilar.  Ular,  ayniqsa,  xalq  ishining  eng 
sobitqadam  him oyachilarini  badnom   qilishga  intildilar»1.
Vatanpaivarlarga  qarshi  muntazam  bo'hton  kampaniyasini  olib  borgan 
aksilinqilobiy  gazetalar  raqiblari  îxtiyoridagi  nashrlaiga  qaraganda  yaxshi 
moliyaviy  ahvolda  edilar.  Ulaming  yuksalishi  qariyb  monarxiya  qulagunga 
qadar  davora  etdi.  1789-yilning  iyulida  bunday  yo'nalishdagi  gayptafar  atigi 
uchta  bo'lsa,  yil  oxirida  ular  soni  24  taga  yetdi,  kelgusi  yili  yana  40  taga 
ko'paydi.  1791-yilda  16  ta   yangi  nashr  paydo  bo‘ldi.  Ulaming  o'quvchilar 
doirasi,  ayniqsa,  inqilobning  birinchi  yilida  ancha  keng  bo'kii.  Robesper  bu 
hodisaning  sababini  ifodalab  shunday  degan  edi:  «Tentak,  irodasi  sust  yoki 
beadab  odamlar  bor  joyda  bo‘hton  va  ig‘vo  osongina  o'ziga  muxlislar  topa 
oladi*2.
«Men  yer  yuzida  faqat  haqiqat  va  adolatgagina  ta ’zim   qilaman»,  deb 
yozgan  edi  Jan  Pol  M arat  o ‘z  gazetasi  sonlaridan  birida.  Gazetada 
tekshirib  ko'rilm agan  m ish-m ishlam ing  tarqatilishiga  Lustalo  ham  keskin 
qarshi  chiqdi.  U   sh u n d ay   yozdi:  «Ko‘pchilik  jum alistlar,  gazetxonlar 
orasida  go‘yo  biz  d u c h o r  bo‘Iayotgan  xavf-xatarlar  haqida  vahimali  mish- 
m ishlar  tarqatishayapti.  Biz  bu  mish-mishlar  haqida  komil  ishonch  bilan 
gapirishdan  a w al  to ‘plangan  faktlar  yetarli  dalil-isbotga  egami  yoki  ega 
emasligini  aniqlab  k o ‘rish  zarur,  deb  hisoblaymiz».  «Parij  inqilobi*  gazetasi 
esa:  «Siyosiy  yozuvchining  birinchi  burchi  fuqarolarning  huquqini  himoya 
qilishdan  iborat  b o ‘lm og‘i  kerak.  Basharti  u  o ‘z  qalamini  shaxsiy 
xusumatga  tobe  etsa,  u n d an   shaxsiy  manfaat  yo‘lida  foydalansa,  u   holda 
m atbuot  erkinligi  h ar  b ir  kishida  vahima  paydo  qilishgagina  qodir  bo‘lib 
qoladi»,  deb e ’tiro f etgan  edi3.
G azeta  m uharririning  roli  to ‘g‘risida  J.  P.  M arat  shunday  degan  edi: 
«M en  insonlami  faqat  shaxsiy  fazilatlariga  qarabgina  faïqlayman.  Baxtga 
ko‘r-ko‘rona  sajda  qiluvchilam i  hamisha  pisand  etmayman  va  hech 
qachon  hokimiyatga  sajda  qiluvchilarga  nisbatan  tilyog‘lamalik qilmayman. 
M ening  qalamim  q anchalik  qahrli  boMmasin,  faqat  illatga  nisbatan 
xavotirlidir,  hatto  ablahiar  haqida  gap  ketgan  chog‘da  ham  u  masalaga 
haqiqat  nuqtayi  nazaridan  yondashadi,  haqiqatni  hurmatlaydi;  basharti 
aybsizükni  haqorat  qilm oq  uchun  hatto  bir  zumgina  bo‘lsa  ham 
haqiqatdan  chekinsa,  u n d a   eng  og‘ir jazoga  giriftor  bo'lsin,  axir  u  qonxo‘r 
ixtiyorida-ku!*4.
Inqilobning  dastlabki  kunlaridanoq  qizg‘in  bahsga  sababchi  bo‘lgan 
masalalardan  biri  m atbuot  erkinligi  muammosi  edi.  Bu  narsa  «Inson  va 
fuqaro  huquqlari deklaratsiyasi»  muhokamasi chog‘ida  o ‘z  ifodasini  topdi.
1  Roberpierre  M  Deuvres comlites Nancy.  1939,  4 -x .  44-c.
2 Robesiere M   op cit. 
45-6eT.
3  Revolutions de  Paris.  1789,  №   6.
4  Rebolutions de  Paris.  1789.  № 2.  70-79-6eniap.

Ayrim  mulohaza  va  qo'shim chaiardan  so ‘ng  millat  majlisi  1789-yil 
26-avgustda  «Inson  va  fuqaro  huquqlari  deklaratsiyasi» tarkibidan joy oigan 
matbuot  to'g'risidagi  moddani  yoqlab  ovoz  berdi.  M azkur  m oddada 
shunday deyilgandi:
«
0
‘z  fikr  va  mulohazalarini  bayon  qilish  h ar  bir  kishining  bebaho 
huquqlaridandir,  H ar  kim  o ‘z fikrini  erkin  gapirishi,  yozishi  va  matbuotda 
bosib  chiqarishi  m umkin.  Shuningdek,  bu  erkinlikni  su’iistemol  qilsa, 
qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  buning  uchun  javobgar  hisoblanadi»1. 
Hukumatning  t a ’sis  majlisi  siyosiy  m atbuot  rivojlanishini  to'xtatm adi. 
Aksincha,  u  m atbuot  erkinligi  insonning  tabiiy  huquqi  ekanligini  tantanali 
e ’lon qildi va  bu  huquq  uchun  qonun  yo‘li  bilan  kafolat  berdi.
Monarxiya  va  aksilinqilobchilarga  qarshi  kurashning  butun  og'irligi 
Marat,  Lustalo,  Dem ulen,  Marshel,  Eber va  boshqalar muharrirlik qilayot- 
gan  demokratik  nashrlar  zimmasiga  tuslidi.  H ukum atning  ta ’qib  choralari 
birinchi  navbatda  m ana  shu  nashrlarga  qaratildi.  Masalan,  Marat  1790-yil 
26-iyulda  bosib  chiqargan  «Bizni  yo‘q  qildilar!»  nom li  pamfletida  aksilin- 
qilobchilaming  rejalarini,  shahar boshqarmasining jinoyatkorona  xafsalasiz- 
ligini  keskin  fosh qildi va qurolli qo‘zg‘olonga  undadi.
Pamflet  gazetaga  ilova  tarzida  nashr  qilinib,  butun  Parij  bo‘ylab 
devorlarga  yopishtirib  chiqildi.  Pamflet  kutilm aganda  paydo  bfe'ldi  va  shu 
bois  ham m ani  esankiratib  qo'ydi.  M arat  bu  pamfletida  shivir-shivir 
gaplarni,  sir,  bo'hton  va  sotqinlik  pardasiga  yashiringan  fisqu  fasodlarni 
o'ziga  xos  dadillik  va  sezgirlik  bilan  ochib  tashladi.  Uning  pamfleti 
qanchalik ta ’sirga  ega boMganini  shundan  ham   bilish  mumkinki,  ms elchisi 
Smolin  qirolichaga  yo‘llagan  ma’lum otnom asiga  pamflet  matnini  ham  
qo‘shib jo ‘natgan  edi.
M arat  asarlari  hatto  vatanparvarlar  orasida  ham   ixtiloflarga  sabab 
bo'lardi.  D em ulen  Maratning  diktatura  o ‘m atish,  terror joriy  etish  to ‘g ‘- 
risidagi  talablaridan  vahimaga  tushib,  bunday  qilish  demokratiya  saflarida 
bo'linishga  olib  kelishini  bildtnb  shunday  yozgandi:  «Janob  Marat,  siz 
qiziq-qiziq  narsalarni  to'qib  chiqaryapsiz.  T anasidan  judo  qilingan  besh 
yoki  olti  yuz  kallalarmi?  Siz,  jumalistiar,  xalq  orasidagi  dramaturglarsiz. 
Siz  bitta  suflyorni  mustasno  qilgan  holda,  pesadagi  boshqa  ham m a 
ishtirokchilarni  yo‘q   qilmoqchisiz.  bizni  haddan  ziyod  fojiaviylik  hayratda 
qoldirajagini  siz  mutlaqo  unutibsiz!  Siz  o ‘z   d o ‘stlaringizdan  ajrab  q o l- 
moqdasiz va  ulam i siz bilan aloqani  uzishga  m ajbur etyapsiz!»2.
M arat  esa  shunday  yozdi:  «Men  bilam an,  hukum atni  boshqarayotgan 
ablahlar  mening  boshim  uchun  muayyan  m iqdorda  pul  to ‘lashni  va’da 
qilganlar.  Besh  yuzta  josus  meni  kecha-kunduz  axtaryapti,  axtarishsa 
axtaraverishsin!  Basharti  topib  olsalar  yoki  q o ig a   tushirsaiar,  ular  m eni 
tilka-pora qilishadi,  men erkinlik uchun jo n   beram an. 
0
‘shanda vatan  y o ‘q 
bo‘ldi,  xalq  do‘sti  esa  qo'rqoqlik  qilib,  churq  etmayapti,  deyish  m um kin 
bo'lm ay  qoladi.  Fuqarolarf  —  deb  m urojaat  qildi  u  vatanparvarlarga.-
1  Déclaration des Drats 


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling