‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet25/36
Sana15.02.2017
Hajmi
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
aylandi.  B. 
Franklinning  shaxsiy obro‘si  ham  oshib  ketdi.  Bir yil  o ‘ta r-o ‘tmas  u shahar 
subsidiyasi  bo'yicha  shartnomani  yutib  oldi.  B undan  tashqari,  bir  paytiar 
«PensiJvaniya  gazett»ga  Kaymer  bilan  birga  ulush  qo‘shgan  Meridit 
(M eredith)  ismli  shaxsdan  bosmaxonani  ham   sotib  oldi.  Shunday  qilib, 
Benyamin  Franklin  24  yoshida  Pensüvaniya  mustamlakasidagi eng  yirik va 
eng  baquw at  nashrning yagona egasiga  aylandi.
U   erishilgan  natijalardan  sarxush  bo‘lmadi  va  shu  bilan  kifoyalanib 
ham  qolmadi.  U   1732-yili  nafaqat  Pensilvaniya,  balki  butun  Amerikada 
katta obro‘  qozongan  «Bechora  Richard  almanaxi»ni  chop  etishga  kirishdi. 
Uning  butun  biznesidan  keladigan  darom adning  40  foizini  aynan 
almanaxdan  tushadigan  mablag'lar tashkil etardi.
1741-yili  B.  Franklin  o ‘z  jumalini  ham  nashr  etdi.  42  yoshida  Pen- 
silvaniyadagi  ko'p  sonli  nemiszabon  aholi  uchun  u   «Saytung»  («Zeitung») 
gazetasi  nashrini  yo'lga  qo‘ydi.  Noshirlik  ishlari  mustahkam  oyoqqa  turgach, 
boshqa  mustamlaka  hududlarda  ham  yangi  gazetalami  tashkil  etdi. 
Britaniyaning  Nyu  York,  Janubiy  Karolina,  Road  Aylend  va  Antigua  kabi  so- 
biq  mustamlakalarida  bosmaxonalar  tashkil  etib,  yirik  noshirlik  tizimini 
yaratdi.  Pirovardida,  «Пенселвания газетг»  bare ha  mustamlakalar uchun  eng 
yirik nasltr va ishonchli yangilik manbayiga aylandi.
Benyamin  Franklin  Amerikaning  m ustam laka  davri  matbuoti  tari- 
xidagi  yorqin  yulduzdir.  Amerika jumalistikasi  u ch u n   qilgan  katta  xizmati 
bilan  umuman  jurnalistikani  obro'li  faoJiyat  turlaridan  biriga  aylantirdi. 
Gazetachilik  sifat  jihatdan  yaxshilandi.  Reklama  ishi  barq  urib  rivojlandi. 
Franklin  o ‘z  tajribasi  misolida  yaxshi jurnalist  va  tadbirkor  inson  noshirlik 
sohasida  katta  biznes qilishi  mumkinligini isbotladi.
Bundan  tashqari,  Benyamin  Franklin  birinchilar  qatort  Amerika 
jumalchiligini  ham   boshlab  berdi.  Lekin  u  ju m a l  chiqarishda  o ‘z  raqo- 
batchisi  Endiyu  Bredforddan bor-yo‘g‘i  uch  kun  kech  qolgan  edi.
Garchand  jum allar  Amerika  inqilobiga  q ad ar  katta  muvaffaqiyat 
qozonmagan  bo‘lsa-da,  maktab  sifatida  shakllana  boshlagan  edi.  Inqilob 
davrida  Shimoüy  Amerika  hududida  beshta ju m a l  c h o p   etilardi.  Shulardan 
Robert  Aytkenning  Filadelfiyada  nashr  etilgan  «П енселвания  магазине» 
(Пенселвания  магазин)  jum ali  jamoatchilikka  kengroq  tanildi.  Ushbu 
nashr  orqali  Shimoliy  Amerikadagi  mustam lakalar  jamoatchiligi  m ashhur 
pamfletnavis Tom   Peynni tanidi.  Bu  haqda  keyinroq yana to‘xtalamiz.

Britaniyaning  Shim oliy  Amerikadagi  mustamlakalari  hududida  siyosiy 
partiyalar  faoliyatining  kuchayishi  va  tijoratning  avj  olishi  matbuotning 
rivojlanishiga  ham   katta  ta ’sir  ko‘rsatdi.  Xususan,  partizan  matbuoti  ana 
shu  davrda  tug‘ildi  va  shakllandi.  Uning m ustam lakachi  matbuotdan  asosiy 
farqi  mavjud  hokim iyatga  nisbatan  muxolif  mavqeda  turganligida  edi. 
Partizan  m atbuoti  siyosiy  matbuot  b o iib ,  biron-bir dunyoqarashni  astoydU 
himoya  qilar  y o k i-m a ’Ium  bir  siyosiy  guruh  yoxud  partiya  manfaatlarini 
qo‘Uab-quwatlab  turardi.  Partizan  matbuoti  odatda,  ana  shunday  guruhlar 
tom onidan  moliyaviy ta ’m inlanar edi.
Bu  m atbuotning  maqsadi  va  yo'nalishi  asosan  hurriyat  va  erkinlik 
g‘oyaiarini  m adh  etishdan,  xususan,  Shimoliy Amerika  mustamlakalarining 
ozodlik  uchun  kurashini  targ'ib  qilishdan  iborat  edi.  Umuman,  o ‘z 
mohiyati  bilan  B ritaniya  tojining  Shimoliy  Amerikadagi  mustamlakachilik 
siyosatiga  qarshi  qaratilganligi  bois  uning  faoiiyati  mustamlaka  hokimiyati 
uchun  o ‘ta  noqulay  edi.  Partizan  matbuoti  AQSH  mustaqillikka  erish- 
ganidan  keyin  ham   XIX  asrning  30-yillariga  qadar  davom  etdi.  Faqat  bu 
davrda  ushbu  m atbuot  mustaqil  davlatdagi  o'zaro  qarama-qarshi  siyosiy 
partiyalaming  quroU  sifatida  gavdalandi.
Turli  siyosiy  va  o ‘zaro  muxolif  guruhlar  orasidagi  tortishuvlar  ayrim 
paytlar  sud  ishlari  bilan  yakunlanardi.  Agar  ziddiyat  matbuotda  o ‘z 
ifodasini  topsa,  k o ‘pincha jumalist  yoki  noshir javobgar  bo‘lardi.  Shuning 
uchun  ham  m atbuot  organi  ko‘pincha  tuhm at  qilganlikda  ayblanardi. 
Ammo  gazetalar  bilan  bog‘liq  sud  ishlarining  ijobiy  tomoni  shunda  ediki, 
ular  tufayli  sohaga  o id   qonunchilik  asta-sekin  shakllanib  bordi.  Jum ladan, 
Shimoliy  A m erikaning  mustamlaka  davrida  m ashhur bo'lgan  «Zenger  ishi» 
keyinchalik jurnalistikaning  rivoji  va  erkinligini  himoya  qilish  uchun  katta 
ahamiyatga ega  b o ‘ldi.
Zenger  ishi  va  m atbuot  erkinliginiog  himoyasi.  Mustamlaka  davrida 
Amerikaning  bunday  hududlarida  matbuot  erkinligi  bo‘yicha  nishonlangan 
eng  katta bayram   -   b u ,  shubhasiz,  1734— 1735-yillardagi  Piter Zenger  ishi- 
d a  jurnalistika  m anfaatlarining  himoyalanishi  bo'ldi.  Garchand,  Zenger 
o ‘rnak  bo'ladigan  voqeaga  aylanmagan  e sa-d a1,  uning  jurnalistikada 
erkinlik  ruhini  ko‘tarish  borasidagi  ta ’siri beqiyos  bo‘ldi.
Jon  Piter  Z enger  1733-yil  5-noyabrda  «Nyu  York  Uikli  Jornal» 
(«New  York  weekly  journal»)  gazetasi  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yganda  sha- 
harda  yana  bir  gazeta-U ilyam   Bredfordga  (Endryu  Bredfordning  otasi) 
tegishli  «Nyu-York  G azett»  («New  York  gazette»)  nashr  etilar  edi.  Shun­
day  qilib,  aslida,  U .  Bredfordning  shogirdi  bo'lgan  P.  Zenger  ustozi  bilan 
raqobatga  kirishdi.  Bu  oddiy  raqobat  emas,  balki  shahardagi  ikki  yirik 
siyosiy guruhning  o ‘zaro  kurashi edi.

Prcsendent  huquqi  ingliz-sakson  huquqiy  tizimi  uchun  xos  bo‘lib,  unga  ko‘ra, 
qabul  qilingan  m uayyan  sud  qarori  kcyinchalik  shu  sudda  yoki  u  bilan  teng  bo‘lgan 
yoki  quyi  instansiya  sudlari  tom onidan  ko‘riladigan  boshqa  o'xshash  ishlar  uchun 
huquqiy 
m e ’y o r g a  
aylanadi.

Zenger  gazeta  muharriri  bo'lishi  arafasida  N yu-Y orkda  katta  ta ’sir 
kuchiga  .ega  siyosiy  guruhlar  o ‘zaro  kelishlnay  qotishdi.  . Kuchlaming 
bo'íinishi  Londondan  Nyu-York  koioniyasiga ser  ü ily am   Kosbi gabem ator 
qilíb  jo'natilganidan  keyin  boshlandi.  Kosbi  ish  boshlaguniga  qadar 
gubem ator  vazifasini  Rip  Van  D am   ismli  kishi  vaqtinchalik  bajarib  turdi. 
Shaharga  kelgach,  Kosbi  Van  Dam dan  muvaqqat  gubem atorlígi  davrída 
oigan  maoshining  yarmini  berishni  talab  qildi.  Van  D am   bu  talabni  rad 
etdi,  Nyu-York  Oliy  sudi  ham  Kosbini  qo‘üab-quw atlam adi.  Bundan 
darg'azab  bo‘lgan  yangi  gubem ator  koloniya  Oliy  sudi  raisini  o'zi  uchun 
qulay  boigan  kishi  bilan  almashtirdi.  Shunday  qilib,  m ashhur  huquq- 
shunos  Jeyms  Aleksandr,  sobiq  Oliy  sud  raisi  Luis  M orís  (bu  paytda  u 
Nyu-York  assambleyasida  o 'rin  egallashga  ulgurgan  edi)  sobiq  gubem ator 
Rip  Van  Dam  gubem ator  Kosbi  m a’muríyatiga qarshi  kuchlarga  boshchilik 
qilishdi.  Kosbi  va  uning  tarafdorlari  manfaatini  yarim  rasmiy  hisoblangan 
«Nyu-York  gazett»  himoya  qilar  edi.  Shuning  uchun  h am   gubernatoming 
muxoliftari  o ‘z  mavqelaríni  himoya  qiladigan  nashrga  ehtiyoj  seza 
boshlashdi.  Ular  Zengeming gazeta  chiqaríshidan  m anfaatdor bo‘lish  bilan 
birga,  uni  har  tom onlam a  qo'llab-quw atlab  turdilar.  N atijada,  «Nyu-York 
Uikli Jornal»  shahardagi  muxolif nashrga aylandi.
Gazeta  gubemator  Kosbini  tanqid  qila  boshladi.  Ayniqsa,  fransuz 
harbiy josus  kemasining  mustamlaka-koloniyaning  Iiududiy  suvlariga  kiri- 
shiga  shaxsan  gubemator  tom onidan  ruxsat  berilganiga  keskin  munosabat 
bildirildi.  G ubem ator m a’muriyati  Zengerni  «mojarolar  keltiríb  chiqarishda 
va  qo‘zg‘olonga  da’vat  etishda»  ayblay  boshladi.  N ihoyat,  1734-yil  17- 
noyabrda  Zenger hibsga  olindi.  Sud  ish  ko‘rilgunga  qadar  400  funt  sterling 
miqdoridagi  garov  evaziga  Zengerni  vaqtinchalik  ozod  qilishga  qaror qildi. 
Ammo  hech  kimda  garov  uchun  to'lashga  pul  topilm adi.  Natijada,  Zenger 
keyingi  to ‘qqiz  oy  umrini  qam oqda  o'tkazisliga  m ajbur  b o ‘ldi.  Qizig'i 
shundaki,  u  hibsdalik  chog‘ida  ham  gazeta  chiqishdan  to'xtam adi.  Piter 
Zengeming  xotini  Anna  uning  nashrini  davom  ettirdi.  «Jornal»  uzilishsiz 
chiqib turdi.
Zenger^a  tuhmat  qilingan  sud  ishi  1735-yil  avgustda  boshlandi.  Kosbi 
ishning  ko'rilishi o ‘zi  xohlaganchalik borishi  uchun  hakam lar qatoriga  yana 
ikki  kishini  kiritdi. 
0
‘sha  paytdagi  inglíz  qonunlariga  ko‘ra,  sud  qonun 
buzilganligini  isbotlashi  yetarli  edi.  Buning  uchun  sudyalam ing  ko'pchiligi 
haqiqatan  ham  qo‘zg‘olonga  d a ’vat  qilishni  taqiqlovchi  qonunga  xilof  ish 
tutilganligini  tasdiqlashi  kifoya  qilardi.  Mazkur  voqeagacha  barcha  sud 
ishlari  shu  tartibda  olib  borilardi.  Ishda  haqiqat,  ya’ui,  e ’lon  qiliiigan 
materíallaming  haqiqatga  to 'g 'ri  kelishi  mutlaqo  inobatga  oíinm as va  sudda 
himoya  vazifasini  o'tam as  edi.  Qonun  buzilish  fakti  sud  qarori  uchun 
yagona asos  hisoblanardi.
Biroq,  Zenger  ishi  Kosbi  o ‘ylaganchalik  oson  kechm adi  va  qolaversa, 
jazolanishi  kutilgan  odam  ishni  yutib  chiqdi.  Bunda  birinchi  marta 
«haqiqat»  prínsipi  sudda  ayblanuvchining  himoyasi  sifatida*  qoilandi. 
Qisqacha aytganda,  adolat g'alaba qozondi va Zenger aybsiz deb topildi.

Ish  m atbuot  erkinligi  foydasiga  ha!  bo‘lishining  yana  bir sababi  bor edi. 
Sudda  filadelfiyaiik  obro'li  advokat  Ejidryu  Hamilton  Zengeming  himoya- 
chisi  sifatida  ishtirok  etdi.  Keksa  oqlovchi  haqiqatning  fakt  sifatida  ko‘rilishi 
lozimligini  astoydil  talab  qildi  va  hakamlaidan  o ‘z  vijdonlariga  quloq 
solishlarini  so'radi.  Hamiltonning  xatti-harakatlari  qonunga  bo‘ysunmaslikka 
o'xshab  ketsa-da,  sud  raisi  Oelansi  bunga  urg'u  berib,  qattiq  turib  olmadi. 
Birinchidan,  u   ayblaiiuvchiga  nisbatan  haqiqat  va  adolat  prinsiplarini 
qo'llashni  talab  qilishni  advokatning  huquqi  deb  bildi  va  bag'rikenglikni 
nam oyon  etdi.  Ikkinchidan,  bu  paytga  kelib  shahardagi  ijtimoiy  va  siyosiy 
vaziyat  o'zgaigan,  jamoatchilik  fikri  Zenger  tom on  og‘ib  ulgurgandi.  Sudya 
gubem ator  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  birga,  yuzaga  kelgan  ijtimoiy 
vaziyatni  ham   hisobga  olmasdan  iloji  yo'q  edi.  Haqiqat  ana  shunday  qaror 
topdi va  pirovardida  matbuot erkinligi g‘alaba qozondi.
Ilgari  t a ’kidlanganidek,  Zenger  ishi  o ‘z  zamonida  o ‘niak  namunasiga 
aylanmadi.  Bunga  Britaniya  hukumati  va  toji  yo‘l  ham  qo‘ymas  edi.  Lekin 
yarim  asr  o ‘tgach,  Zenger  ishiga  qaytadan  murojaat  qilindi.  M azkur  sud 
ishining  aks-sadosi  mustaqillikka  erishgan  Amerika  Qo'shma  Shtatlarida 
eshitila  boshladi.  Pensilvaniya shtati  birinchi  bo‘lib  haqiqat  prinsipini  himoya 
vositasi  sifatida  ta n  oldi va bu  1790-yili  qabul qilingan shtat  Konstitutsiyasiga 
kiritildi.  N yu-Y ork  shtatining  o ‘zi  esa  haqiqat  prinsipini  1805-yilda  e ’tirof 
etdi.  Xullas,  Zenger ishi AQSH tarixida izsiz yo'qolib  ketmadi.
M atb u o t  inqilob  arafasida.  Shimoliy  Amerika  mustamlaka  hudud- 
larida  B ritaniya  hukmronligiga  qarshi  norozilik  xatti-harakatlari  tobora 
kuchayib  borardi.  Angliya  hukumati  mustamlaka  hududlarini  boshqarishda 
qiyinchiliklarga  duch  kela  boshladi.  Bunday  hukmronlik  tarafdorlari  va 
unga  qarshilar  yaqqol  ko‘rinib  qoldi.  Tarafdorlar  Tori  partiyasi  a ’zolari, 
qarshilar  esa  radikal  hamda  vatanparvar  kuchlar  edi.  Hatto  Tori  partiya- 
sining  o ‘zida  ham   ichki  bo‘linish  yuz  berdi.  Tori  loyalistlariga  (Britaniya 
tojiga  sodiq  kishilar)  qarshi  tadbirkorlar (kapitalistlar)  fraksiyasining  «M us­
tam laka  qanoti»  (kolonial  vig)  q a t’iy  qarshi  turdi.  Hali  mustaqil  partiya 
darajasiga  yetm agan  bo‘lsa-da,  sezilarli  ta ’sir  kuchiga  ega  bo‘lgan  viglar 
iqtisodiy  erkinlik  tarafdori  edilar.  H ar  bir  partiya  va  guruh  o ‘z  matbuot 
nashriga  ega  edi.
Inqilobiy  nashrlar.  Amerika  inqilobi  mamlakat  jumalistikasi  rivojini 
tezlashtirib  yubordi.  G azetalar  nafaqat  son,  balki  sifat jihatidan  ham  o ‘sdi. 
K o'pgina  haftalik  nashrlar  haftada  ikki-uch  marotaba  chiqa  boshladi. 
Bundan  tashqari,  Buyuk  Britaniyaga  qarshi  olti  yillik  qurolli  kurash 
davom ida  sobiq  shimoliy  mustamlakalar  hududida  (AQSHning  hozirgi 
shim oli-sharqiy  hududidagi  shtatlarda)  35  ta  yangi  gazetaga  asos  solindi. 
U lam ing  barchasi  vatanparvarlik  ruhi  bilan  sug‘orilgan  haftalik  inqilobiy 
nashrlar edi.  U rush  yakuniga  kelib  ulardan  faqatgina  20 tasi  qoldi.  40  ming 
xonadonga  yetib  boradigan  bu  inqilobiy  gazetalaming  doimiy  o ‘quvchilari 
soni  kam ida 
100
  ming  kishini tashkil etardi.
«New  Y ork  G azette  and  Mercury*  (Nyu-York  gazett  end  merkyuri), 
«The  H artfort  Post*  (Xartfort  post),  «Connecticut  Courant*  (Konnektikat 
kurant)  kabi  gazetalar  inqilobiy  nashrlarning  eng  ommaviylari  edi.  «Con­

necticut  CouranU  o'sha  davr uchun  eng  katta  ko‘rsatkich  —  8  ming  obu- 
nachiga ega edi.
Inqilob  namoyandalari.  Amerika  inqilobi  arafasidagi  vaziyat  va  mus- 
tamlaka  hududlar-koloniyalarda  komil  jumalistlar  hamda  ozodlik  kurashi 
namoyandalari  yetishib  chiqishiga  zamin  yaratdi.  Tori  partiyasining  vakili, 
«Rivingtons  Nyu-York  gazetter»ning  muharriri  Jeyms  Rivington,  viglaming 
mafkurachisi,  jurnalist  va  biznesmen  Jon  Dikkinson,  radikallar  tarafdori  va 
targ'ibotchisi  Samyuel  Adams,  vatanparvarlaming  otashin  publitsisti  va 
muharriri  Isiya Tomas o 'z  davrining eng  ko'zga  ko‘ringan  vakillari edi.
Amerika  inqilobi  arafasida  shim oliy  mustamlakalardagi  siyosiy  vaziyat 
tobora  taranglashib  borardi.  M ustaqillik  urushida  ishtirok  etishdan  bosh 
tortganligi  uchun  amerikaliklar  Tori  partiyasi  vakiliarini  sotqinlikda 
ayblashdi.  Aslida  esa,  ular  sotqin  em as,  balki  o ‘z  mamlakati  —  Buyuk 
Britaniyaning  eng  sodiq  fuqarolari,  qolganlar  esa,  qo'zg'olonchilar  edi. 
Faqatgina  urushdagi  mag'lubiyat  torichilarni  sotqinga  chiqardi.
Vaholanki,  qurolli  to ‘qnashuvlar  avjiga  chiqqan  bir  paytda,  1776-yili 
20  foiz  aholining  bosh  g‘oyasi  m ustam laka  jamiyatining  asosiy  tizim ini 
saqlab  qolishdan  iborat  bo'lgan  torichilarni  qo ilab -q u w atla r  edi.  Tori 
firqasi  mustamlaka  hududlarini  mulkchilik  huquqi,  merosxo'rlik  va  ingliz 
a n ’analarini  saqlab  qolgan  holda  boshqarish  tarafdori  edilar.  1773-yili 
tashkil  etilgan  «Rivingtons  Nyu-York  gazetter*  gazetasi  Torining  asosiy 
mafkuraviy  quroli  bo‘lib,  unga 
1762-yili  Amerikaga  kelgan  Jeyms 
Rivington  asos  soldi.  Gazeta  ancha  ommaviylashgan  bo‘Isa-da,  inqilob 
arafasida  va  inqilob  davrida  qiyinchiliklarga  duch  kela  boshladi.  Endi  bu 
paytga  kelib  vaziyat  o'zgargan,  ya’ni,  qirollikni  tanqid  qilish  qoralanm as, 
mustamlaka  assambleyalari  yoki  vatanparvarlarga  til  tekkizish  esa, 
aksincha,  tuhm at  sifatida  qabul  qilina  boshlagan  edi.  Rivingtonning 
gazetasi  uchun  erkinJJk  chegaralari  toraya  boshladi.  o ‘sha  davrdagi  fikr, 
so‘z  erkinligi  tushunchasi jurnalistning  qaysi  tarafda  turib  ijod  qilishi  bilan 
bog'liq  edi  —  Tori  esa  yutqazayotgan  tom on  edi.  Urush  tugagandan  keyin 
Jeyms  Rivington  Torining  boshqa  a ’zolari  kabi  Angliyaga  qaytib  ketmadi. 
U  shu  zaminda  qoldi.  1802-yili  Rivington  Nyu-Yorkda  vafot  etdi.
Jon  Dikinson  viglarning  vakili  edi.  AQSH  matbuoti  tarixidan  o ‘z 
zamonasining  buyuk  jumaiisti  sifatida  joy  olgan  Dikinson  iqtisodiy 
mustaqillik  tarafdori  bo‘lib,  soliqlar  asosan  Amerikadagi  mustamlakalar 
hududida  sarflanishini  talab  qilar  edi.  Uning  maqolalari  «rieHCHJiBaHH» 
K poH H K Ji* 
(«Pennsylvania  Chronicle»)  gazetasida  m untazam  chop  etilib 
turildi.  G archand  Viglar  firqasi  Britaniyaga  qarshi  qurolli  kurash  tarafdori 
bo‘Imasalar-da,  ularning  falsafasi  m ustamlaka  aholisi  mustaqillik  uchun 
kurashga  ruh^n tayyorlanishiga  ko 'm ak   berdi.
Inqilob  boshlangan  paytda  eng  zaif bo'lgan,  lekin  qurolli  to'qnashuvlar 
so'ngida  eng  muhim  kuchga  aylangan  siyosiy  guruh  —  bu  radikallar  yoki 
vatanparvarlar  edi.  Radikallaming  Tori  va  Vigdan  asosiy  farqi  shunda  ediki, 
ular  mustamlaka  hududidagi  ijtimoiy  o'zgarishlarning  qat’iy  tarafdorlari 
hisoblanardilar.  0 ‘z  davrining  m ashhur  jum aiisti  Samyuel  Adams  radikal­
laming  eng  yorqin vakili  va  rahbari  edi.  Targ‘ibotchi sifatida  ham  unga  hech

kim  teng  kelolmasdi.  O 'z   faoliyatini  1748-yili  Bostonning  radikal  ruhdagi 
«Independent  Advertiser»  (Independent  edvertayzer)  gazetasida  boshlagan 
Sem  Adams  26  yoshida  ushbu  nashming  bosh  muharririga  ayiandi. 
Keyinclialik  u  «Boston  gazett»da  o ‘z  maqolalari  bilan  qatnaslub  turdi. 
Amerika  xalqining  Britaniya  hukmronligiga  qarshi  mardonavor  kurashida 
Sem  Adamsning o ‘m i beqiyos.
Vatanparvarlarning  yana  bir  yorqin  namoyandasi-jurnalist  Isia  Tomas
1770-yili  Bostonda  «M assachusetts  spy*  (Masschusetts  spy)  gazetasiga  asos 
soldi  va  uni  Britaniyaga  qarshi  kurashda  qurol  sifatida  q o ‘lladi.  Gazeta 
1904-yilgacha  chiqishda  davom   etdi.  «Boston  gazett*  va  «Spay»  o ‘z 
davrining  eng  ashaddiy  partizan  gazetalari  edi.  Isia  Tomas  muharrirlikdan 
tashqari,  bevosita  urush  bo'layotgan  joylardagi  jangohlardan  reportajlar 
tayyorlab  bordi.  U  harbiy jurnalist  sifatida ham  katta obro‘  qozondi.
M atbuotning  inqilob  davridagi  roli.  1776-yilning  4-iyulida  Tomas 
Jefferson  rahbarligidagi  q o ‘m ita  tayyorlagan  Mustaqillik  Dekiaratsiyasi 
qabul  qilindi.  Shunday  qilib,  yer  yuzida  yangi,  vaqti  kelib  eng  qudratli 
davlat  paydo  bo‘lishi  e ’lon  qilindi.  Matbuot  Amerika  inqilobi  davrida 
uchta  m uhim   vazifani  bajardi:
-   mustamlaka  hududlar-(koloniya)lam i  o ‘zaro  birlashtirdi;
-   yillar  davomida  Britaniya  hukumatiga  nisbatan  to ‘planib  qolgan 
g 'azab va  alam lar ovoziga ayiandi;
-   mustamlaka  aholisi  yangi  qiyofani-mustaqil  davlatning  fuqarosi 
qiyofasini  o ‘zIashtirib  olishiga  ko'm ak  berdi.
Birinchi  vazifa  eng  qiyini  bo'ldi,  chunki  har bir  mustamlaka  o ‘zining 
m adaniy  xususiyatlariga  ega  edi.  Ulardagi  boshqamv  ham  bir-biridan 
farqlanardi.  Lekin,  shunga  qaram ay,  matbuot  inqilob  davrida  bunday 
tarqoq  m ustam lakalam ing  o ‘zaro  birlashuvi  va  bir-biriga  ko‘maklashuviga 
katta  hissa  qo'shdi.  Inqilob  rahnam olari  Britaniyaning  soliqlari,  qonunlari 
va  qudratli  qurolli  kuchlariga  qarshi  turishga  ko‘mak  beradigan  eng  kuchli 
vosita  m atbuot  ekaniga  ishonar edilar.  Prezident  Tomas Jefferson o ‘z d o ‘sti 
Karringtonga  yozgan  m aktubida  m atbuot  haqida  shunday  degan  edi:  «Agar 
m enga  hukum at  bo‘lsin-u  gazetaiar  bo‘lmasin  yoki  gazetalar  b o isin u   hu- 
kum at  b o ‘lmasin,  birini  tanlang,  deyishsa,  men  hech  ikkilanmasdan 
keyingisini  tanlagan  bo‘Iar  edim *1.  Prezident  Jeyms  Medison  esa,  mat- 
buotni  «ozodlik  qal’asi»,  «xalqning  imtiyozi»  deb atagan edi.
U m um an,  Amerika  inqilobi  o ’zining  mazmun  va  mohiyatiga  ko‘ra 
takrorlanmas  hodisa  boMdi.  Chunki  tarixda  hali  bironta  mustamlaka  hududi 
o ‘z   ona  vatanining  roziligisiz  undan  ajralib  chiqmagandi.  Ushbu  inqilobning 
boshqalaridan  farqi  shundaki,  Britaniya  zulmi  ostida  ezilayotgan  Shimoliy 
Amerika  mustamlakalarining  aholisi  begona  xalqlar  emas,  balki  Britaniya 
fuqarolari edi.  Shuning  uchun  ham   Amerikaning  Mustaqillik  Deklarasiyasi  shu 
paytgacha  insoniyat  tarixida  mayjud  bolmagan,  qiyosi  yo‘q  hujjat  sifatida 
m aydonga  chiqdi.  U  yangi  tarixni  boshlab  berdi.  Natijada,  yangi  millat  -
*  amerikalikiar millatining davlati dunyoga keldi.
1 T he  Press and America.

Tomas  Peyn  —  inqilob  kuychist.  Asii  angliyalik  bo‘!ib,  o ‘z  m am - 
lakatidan  majburligi  sababli  bosh  olib  chiqib  ketgan  Tomas  Peyn  Amerika 
zamiiiiga  inqilob  arafasida  qadam  qo'ydi.  Qachonlardir  Amerika  inqUobi 
davrining  eng  obro‘li  kishil&ridan  biriga  aylanislii,  ehtimoi,  uning  o ‘z 
hayoliga  kelmagandir.  Peyn  o‘z  Vatanida  ming  bir  ishga  bosh  urdi,  lekin 
omadi  yurishavermagach,  bir  tiyin  pulsiz  ne  umidlar  bilan  1774-yilning 
oxirida  Amerikaga  kelib  qoldi.  Uning  bu  m am lakat  tomon  intilishiga  yana 
bir  sabab  Benyamin  Franklin  edi.  Britaniyaga  tashrifi  chog‘ida  u  tasodifan 
Tomas  Peynni  uchratib, Amerikaga  borishni  maslahat  berdi.
Tomas  Peyn  Amerikada  m atbuotdan  inqilob  liarakatining  norasm iy 
ovozi  sifatida  foydalandi.  Ehtimoi,  u  Britaniya  hukumatidan  norozi 
alamzada  sifatida  shunday  yo'l  tutgandir.  Lekin  nim a  bo'lganida  ham  
uning  ishi  pirovardida  ezgulikka  xizmat  qildi.  U   inqilobning  eng  buyuk 
kuychisiga aylandi.
Tomas  Peyn  o ‘zining  qator  pamiletlari  orqali  amerikaliklami  yanada 
mardotiavor jang  qilishga  va  yangi  millatni  yaratishga  undadi.  1776-yil  9-yan- 
varda  u o'zining eng  birinchi pamfleti  bolgan  «Sogiom   fikr»ni  chop etdi.  Uni 
mustamlakalardagi  o ‘nlab  gazetalar  ko‘chirib  bosishdi.  Qirol  Joq  (Georg)  III 
ga  qarshi  qaratilgan  ushbu  asar  monarxiyaga  nisbatan  isyon  edi.  Chunki  u 
daviila hali  ko'pchilik  monarxiyani eng odil va eng to ‘g‘ri boshqaruv  usuli deb 
hisoblab  kelardi.  Hatto  Amerikadagi  Kontinental  Kongress  —  mustamlakalar 
parlamenti  ham  urush  harakatlarini  o ‘rtamiyona  bir  hoida  qo‘llab-quwatlab 
turgan  edi.  Kongressmenlar  hamon  tomonlaming  o ‘zaro  kelishuviga  umid 
bog‘lashardi.  Shunday  bir  vaziyatda  Peynning  pamfletlari  qo‘zg'olonchUami 
shiddat bilan olg‘a borishga undadi.
«SogMom  fikr»  pamfleti  o ‘z  davrida  rekord  nusxada  sotilgan  asar 
hisoblanadi.  Agar  o ‘sha  davrdagi  Shimoliy  Amerika  mustamlakalari  ah o - 
lisining  soni  2,5  million  bo‘lganini  hisobga  olsak,  uning  250  ming  nusxada 
tarqalganidan  qanchalik  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo'lganini  anglash  qiyin 
emas.  Buning  ustiga  qanchadan-qancha  oiialar  va  do'stlar  bitta  nusxani 
o ‘zaro birlashib o'qishgan.
Tomas  Peyn  1776-yili  «Amerika  inqirozi*  pamfletlar  turkum ining 
birinchisini  e ’lon  qildi.  Ushbu  pamflet  yangi  davIat-Amerika  Q o‘shm a 
Shtatlari  fuqarolarini  o ‘z  tanlagan  yo'llaridan  og'ishmaslikka  d a’vat  etdi. 
Inqilobiy  kuchlar  bosh  qo'mondoni  Joij  Vashington  Britaniya  qo‘shiniga 
qarshi  bo'Iajak  eng  muhim  Kujum  oldidan  o ‘z  askarlariga  mazkur  pam f- 
letni  o ‘qib  chiqishni  buyurdi.  Yetti  kundan  so‘ng  Vashington  qo“shinla[i 
aw al  Nyu-Jersining  Trenton  va  bir  haftadan  keyin  esa  Prinston  viloyat- 
larida  m uhim  zafar quchishdi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling