O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
__________N.X.Raxmankulova
2020 yil «___» ______________
KOMPYUTER GRAFIKASI
fanining ishchi o‘quv dasturi
(II-kurs uchun)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yoʻnalishi: 5110700 – Informatika oʻqitish
metodikasi
-
№
|
Mashgʻulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
IV
|
V
|
1.
|
Nazariy (ma’ruza)
|
28
|
12
|
16
|
2.
|
Amaliy mashgʻulot
|
28
|
12
|
16
|
3.
|
Laboratoriya mashgʻuloti
|
46
|
22
|
24
|
4.
|
Mustaqil ta’lim
|
96
|
44
|
52
|
5.
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
-
|
Jami auditoriya soati
|
102
|
46
|
56
|
Umumiy oʻquv soati
|
198
|
90
|
108
|
TOSHKENT 2020
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 202__ yil «___» ________ dagi ____-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning __-ilovasi) tasdiqlangan «Kompyuter grafikasi» fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
S.Q.Tursunov – «Informatika va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar:
F.M.Zakirova – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori.
D.Toshtemirov – Guliston davlat universiteti «Amaliy matematika va informatika»
kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
TDPU fizika-matematika
fakulteti dekani:
2020 yil «_____» ______________ _______________________ G‘.F.Djabbarov
(imzo)
Informatika va uni o‘qitish metodikasi
kafedrasi mudiri:
2020 yil «_____»________________ ____________________ S.Q.Tursunov
(imzo)
Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 202__ yil «___» ________ dagi ____-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy koʻrsatmalar
«Kompyuter grafikasi» fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kompyuter grafikasi turlari, grafik muharrirlarda ishlay olish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- kompyuter grafikasi va turlari, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi, grafik axborotlarni kiritish, rang modeli va uning turlari, tahrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari, internetda dizayn, Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari, saytda ma’lumotlarni joylashtirish arxitekturasi, saytni testlash va baholashga doir tasavvurga ega boʻlishi;
- rastrli, fraktal, vektorli, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasini, grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari, tasvirlarga ishlov berish, 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash, ob'ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar bilan ishlash, turli ob’yektlar va jarayonlarni modellashtirish, yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash, materiallar va ular bilan ishlash, teksturali kartalar va ular bilan ishlash, animatsiya hosil qilish, vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish, 3DS MAXda klaviaturadan foydalanish bilishi va ulardan foydalana olishi;
- grafik axborotlar bilan ishlash, grafik axbortlarni kiritish, tahrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari bilan ishlash, 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash, ob'ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va buyruqlar bilan ishlash, turli ob’yektlar va jarayonlarni modellashtirish, yoritgichlar va kameralarni oʻrnatish va ular bilan ishlash, materiallar va ular bilan ishlash, teksturali kartalar va ular bilan ishlash, animatsiya hosil qilish, vizuallashtirish va maxsus effektlar oʻrnatish, 3DS MAXda klaviaturadan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |