Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 28.93 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi28.93 Kb.
#117404
Bog'liq
Konsullik


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

Kafedra: Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy fanlari

ILMIY MAQOLA

Konsullik masalalarida xalqaro-huquqiy hujjatlarning tutgan o’rni

Bajardi: To’raboyev D.

Guruh: 1-2a-16

Tekshirdi: Kadirova N.

TOSHKENT – 2020

Reja:


  • Konsullik munosabatlarining mohiyati

  • Konsullik munosabatlari to’g’risidagi 1963 yilda tuzilgan Vena konvensiyasi

  • Konsullik munosabatlarida xalqaro huquqiy bitimlarning tabiati

- Dunyo XXI asrga qadam qo'yarkan – kompyuter texnologiyalari va Internet asriga ham qadam qo'ydi, buning natijasida davlatlar orasidagi masofalar sezilarli darajada qisqardi, fuqarolar orasidagi aloqalar esa boshqa davlatlarning fuqarolari bilan ham bog’lanishni boshladi, fuqarolarning chet elda sayohatlari, boshqa xalqlarning madaniyati va urf-odatlari bilan aloqada bo’lishlari ham boshqa boshqa davlat fuqarolarining munosabatlarida yaqinlashuvga olib keldi. Kundalik hayotning bunday globallashuvi sharoitida konsullik xizmati alohida ahamiyat kasb etadi, chunki u turli davlatlar bilan keng qamrovli munosabatlarga xizmat qiladi.

Konsullik aloqalari va konsullik xizmati barcha davlatlar fuqarolarining hayotida muhim o’rin tutadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Konsullik xizmatining tezkorligi, avvalo, fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, davlatlar o'rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlashga va xalqaro iqtisodiy, gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishga yordam berib kelmoqda.

Konsullik huquqining huquqiy tabiatiga to’xtaladigan bo’lsak, Konsullik huquqi diplomatik huquq bilan bevosita bog’liq hisoblanadi, chunki davlatlar o’rtasidagi konsullik aloqalari, soxaning mustaqil xususiyatlarini saqlab qolgan holda, ko’p hollarda diplomatik munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanadi, ammo bu shu bilan konsullik va diplomatik huquq o’rtasidagi tafovut bir tekisdir degani emas albatta. Ular alohida xalqaro huquq sohalari hisoblanadi.

Konsullik aloqalarini huquqiy tartibga soluvchi normalar hususiga to’xtaladigan bo’lsak, konsullik munosabatlarining asosiy normalari bu alohida davlatlar tomonidan tuzilgan ko’plab konsullik konvensiyalari bo’lib, ular konsullarning huquqiy maqomi va o’z vazifalarini amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. Konsullarning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar savdo va yuk tashish, huquqiy yordam to’g’risida, ijtimoiy ta’minot va hokazo bitimlarda ham mavjud. Ularning tarixiga nazar solsak, 20 - asrda bir nechta ko’p tomonlama konvensiyalar tuzilgan bo’lib, ular konsullik masalalari bo’yicha turli davlatlarning shartnoma amaliyotini shakllantiradi. Masalan, 1911 yilda tuzilgan Karakas konvensiyasi; Konsullik muassasalari hodimlari to’g’risidagi 1928 yilda tuzilgan Gavana konvensiyasi; Ammo, Konsullik huquqining asosiy tartibga solivchi normasi bu Konsullik munosabatlari to’g’risidagi 1963 yilda tuzilgan Vena konvensiyasi bo’lib, u xodimlarning, konsullarining imtiyozlari, immunitetlari va asosiy funksiyalari, shuningdek shtatdan tashqari konsullarning huquqiy maqomini ham belgilab beradi. Ushbu hujjatning muhim jihati shundan iboratki, undagi qoidalar konsullik masalalari bo’yicha boshqa xalqaro shartnomalarga ta’sir qilmaydi, davlatlararo ikki yoki ko’p tomonlama shartnomalar tuzilishiga to’sqinlik qilmaydi va konsullik munosabatlarini tartibga solishga doir huquqiy normalarni to’ldiradi.

- Biz yuqorida keltirib o’tgan hujjat ya’ni, 1963 yilda tuzilgan Konsullik aloqalari to’g’risidagi Vena Konvensiyasining 5-moddasida konsullik muassasalari hodimlarining konsullik vazifalari belgilangan bolib, ular quyidagilardan iborat:

Yuboruvchi davlatning mansabdor shaxslari va lozim holda fuqarolarini ham mamlakatning, qo’shimcha tarzda qabul qilingan hududning iqtisodiy, tijorat, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va siyosiy hayoti to’g’risida xabardor qilish;

Konsullik okrugi hududida joylashgan yuboruvchi davlat fuqarolarini qabul qiluvchi davlatning qonunlari va urf-odatlari to’g’risida xabardor qilish;

Konsullik okrugi hududida joylashgan yuboruvchi mamlakat fuqarolarini ro’yxatdan o’tkazish;

Konsullik okrugida joylashgan yuboruvchi davlat fuqarolariga, uning organlari va tashkilotlari, shuningdek, dengiz va havo kemalari hamda ularning ekipaj a’zolariga maslahat va amaliy yordam ko’rsatish;

Pasport-viza ishlari, ya’ni yuboruvchi mamlakat fuqarolarining pasportlarini berish, yangilash, bekor qilish va yuboruvchi davlatga borgan shaxslarga vizalar berish;

FHDYo organlari funksiyalarini, shuningdek o’z navbatida notarial harakatlarni ham bajarish;

Konsullik legallashtirish ishlari, ya’ni qabul qiluvchi davlat hokimiyat organlaridan olinuvchi hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini va ushbu hujjatlarning qonunlar va qoidalar muvofiqligini belgilash va tasdiqlash;

Hujjatlarni olish uchun tegishli harakatlarni bajarish;

Qabul qiluvchi davlatda voyaga etmaganlar yoki to’liq huquqiy layoqatga ega bo’lmagan shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;

Qabul qiluvchi davlatning sud yoki boshqa muassasalarida yuboruvchi mamlakat fuqarolarining qonuniy va ishonchli vakili yoki vakolatini ta’minlash uchun zarur choralarni ko'rish;

Yuboruvchi davlatning tergov yoki sud organlarining ko'rsatmalarini bajarish kabi vazifalar belgilab o’tilgan hisoblanadi.



Konsullik munosabatlarida xalqaro huquqiy hujjatlarning mohiyatida chuqurroq to’xtaladigan bo’lsak, Aslida ushbu munosabatlarini tartibga soluvchi normalar ikkiga bo’linib, ular xalqaro shartnomalar va xalqaro odatlar yig’indisi hisoblanadi.

- Xozirgi kunda davlatlar o’rtasidagi kelishuv va bitimlar davlatlar o’rtasidagi konsullik munosabatlarining huquqiy asoslari bo’lmagan taqdirda ularni huquqiy tartibga solishning asosi bo’lib qolmoqda. Shuningdek har bir davlatning milliy qonunchiligida konsullik ustavi ham o’rin olgan hisoblanadi. So’zimiz boshida keltirib o’tgan davlatlar orasidagi kelishuv va bitimlar sifatida konsullik shartnomalari ikkitomonlama va ko’p tomonlama tuzilgan bo’ladi. Konsullik munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalar orasida uchta ko’p tomonlama konsullik konvensiyalarini uchratdik! Ulardan ikkitasi mintaqaviy xarakterga ega hisoblanar ekan: Ular 1911 - yildagi Konsullik vazifalari to’g’risidagi Karakas konvensiyasi va 1928 - yildagi konsullik xizmatchilari to’g’risidagi Gavana konvensiyasi. 1963 - yildagi Konsullik munosabatlari to’g’risidagi Vena konvensiyasi universal esa xarakterga ega hisoblanadi. Mazkur konvensiya 1967 - yil 18 - martda kuchga kirgan. Sobiq SSSR esa uni 1989 - yil 16 - fevralda ratifikatsiya qilgan. Sobiq Sovet Ittifoqida 1976 - yilda SSSRning Konsullik Xartiyasi qabul qilinadi (u hozir ham amal qiladi). Uning mohiyati esa quyidagicha: Konsullik huquqi manbalariga faqatgina konsullik masalalariga bag’ishlanmagan ayrim xalqaro shartnomalarning qoidalari ham kiradi. Bu, birinchi navbatda, 1961 - yilgi Diplomatik munosabatlar to’g’risidagi Vena konvensiyasi hisoblanadi. Ualr esa diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarini bajarish imkoniyatini nazarda tutadi. Boshqa shartnomalarning qoidalari va huquqiy yordam sifatida esa, ikki fuqarolik masalalarini hal qilish to’g’risidagi xalqaro shartnomalar, savdo va yuk tashish bo’yicha shartnomalar va bitimlar va boshqa qator bitim va kelishuvlar kiradi. Bugungi kunda konsullik huquqi keng rivojlanganiga qaramay, davlatlar o’rtasidagi munosabatlar odatiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Masalan, agar davlat konsullik huquqi bo’yicha ko’p tomonlama konvensiyalarda qatnashmasa ham, mazkur konvensiya munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalariga rioya qilishi kerak, chunki ular allaqachon xalqaro huquqning odatiy qoidalari sifatida e’tirof etib bo’lingan hisoblanadi. Hozirgi kunda zamonaviy xalqaro huquqiy amaliyot konsullik xizmatlarini ikki turga ajratib ko’rsatadi, bular: diplomatik vakolatxonalardagi konsullik bo'linmalari va mustaqil (alohida) holdagi konsullik muassasalari.
Download 28.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling