Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 312.94 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2020
Hajmi312.94 Kb.
#104381
  1   2
Bog'liq
Tashqi qarz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti

Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi



Jahon Iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Tashqi qarz inqirozining sabablari, iqtisodiy oqibatlari va yechimlari: Argentina misolida.



Guruh:

Talaba:


T
Ilmiy Rahbar:

Mundarija




Kirish. 2

1-bob. Tashqi qarz tushunchasining nazariy asoslari. 4

1.1.Tashqi qarz tushunchasining mohiyati va yuzaga kelish sabablari. 4

1.2.Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari. 10

2-bob. Davlatlar misolida tashqi qarz tahlillari. 14

2.1. Argentinada tashqi qarz inqirozining paydo bo’lishi va oqibatlari. 14

2.2. Argentina hukumati tomonidan tashqi qarzni tartibga solish uchun amalga oshirilgan choralar. 19

2.3. O’zbekistonning tashqi qarz tahlili. 22

Xulosa. 26

Foydalanilgan adabiyotlar. 27




Kirish.


Kurs ishining dolzarbligi.

Jahon iqtisodiyoti tarixida tashqi qarz sababli sodir bo’lgan inqirozlarga ko’plab misollar topish mumkin, masalan, XXI asr boshlarida sodir bo’lgan Lotin Amerika davlatlarida, XX asr oxirlarida Rossiyadagi inqirozlar. Lekin, so’nggi o’n yillikdagi tendensiyalarga e’tibor bersak, ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy ko’rsatkichlarida nafaqat davlat qarzi balki tashqi qarz ham oshib borayotgani guvohi bo’lishimiz mumkin.

Yurtimizda sodir bo’layotgan islohotlar natijasida milliy iqtisodiyotimizda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda va bu o’zgarishlar aynan tashqi qarzga nisbatan hukumat qarashlari o’zgarayotganini ham ko’rsatib turibdi. Isbot sifatida esa O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti so’zlarini keltirish o’rinli bo’lsa kerak: “Shuni aytish kerakki, ko`plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o`ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida ximoyasiz va nochor ahvolga solib qo`yganligini ko`rish, kuzatish qiyin emas. O`zbekiston o`zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etish tamoyillariga doimo amal qilib kelmoqda”1. Boshqa tomondan esa, shu yilning fevral oyi ohirlarida O’zbekiston hukumati tashqi qarz mablag’larini ko’proq jalb qilish maqsadida, Nyu Yorkninig Citygroup bilan hamkorlikda 300 mln dollar miqdordagi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirayotgani haqida malumotlar tarqatilmoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligini ko’rsatib turibdi.

Kurs ishining maqsadi.

Tashqi qarz inqirozini Argentina misolida atroflicha o’rganish.



Kurs ishining vazifalari.

  1. Tashqi qarz tushunchasining nazariy asoslarini o’rganish;

  2. Argentinada XXI asr boshida ro’y bergan tashqi qarz inqirozining sabablarini, oqibatlarini va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish;

  3. O’zbekistonning joriy tashqi qarz holatin tahlil etish.

Kurs ishining predmeti.

Zayomlar, xalqaro kreditlar, davlat obligatsiyalari.



Kurs ishining obyekti.

Argentina iqtisodiyotida kuzatilgan tashqi qarz inqirozi.



Tadqiqot ishining nazariy va uslubiy asoslari.

Bu tadqiqot ishida umulashtirish, qiyosiy tahlil, tizimli tahlil, detallashtirish kabi ilmiy usullardan foydalanildi. Xalqaro Valyuta Fondi ijrochi director maslahatchisi, Jiri Jonas tomonidan 2005-yilda e’lon qilingan “Argentina: inqiroz anatomiyasi” nomli ilmiy ishi bu tadqiqot ishimning nazariy asosini tashkil etadi.



Tadqiqot ishining tuzilishi.

Mazkur tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 5 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 1-bob tashqi qarz tushunchasi mohiyati, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish usullari haqida nazariy malumotlar berilsa, 2-bobda Argentina misolida bu mavzuga amaliy jihatdan yondashishga harakat qilganman. Shuningdek, 2-bobda, O’zbekistonning hozirgi kundagi tashqi qarz holati bo’yicha ham tahlil o’tkazilgan.


1-bob. Tashqi qarz tushunchasining nazariy asoslari.

    1. Tashqi qarz tushunchasining mohiyati va yuzaga kelish sabablari.


Ma’lumki, davlat qarzi ikkiq qismdan tashkil topgan bo’ladi: tashqi va ichki qarz. Bu yerda ichki qarz deyilganda, davlatning o’z ichki resurslaridan ya’ni o’z fuqarolaridan, kompaniyalaridan qarz bo’lib qolish holati nazarda tutilmoqda. Tashqi qarz esa o’z nomidan ko’rinib turganidek, tashqi kreditorlardan olingan yalpi qarz miqdoridir. Bu kreditorlar xorijiy hukumatlar ham, korporatsiya yoki fuqarolar ham bo’lishi mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) yoki Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar, tijoriy banklardan olingan qarzlar ham tashqi qarz hisobiga kiritiladi. Lekin, shu yerda Buyuk Britaniyaning holatini oydinlashtirib ketish lozim: ma’lumki, London dunyoning moliyaviy markazi hisoblanadi va boshqa davlatlarning moliyaviy resurslari bilan oldi-sotdi jarayonida ishtirok etadi, bu esa uning tashqi qarzini oshirib ko’rsatilishiga sabab bo’ladi.

Endi bevosita davlat tashqi qarzi tushunchasiga ta’rif berar ekanmiz, XVF tomonidan bildirilgan ta’rifni keltirsam:

Yalpi tashqi qarz—bu istalgan vaqtda qarzning asosiy miqdorini foiz to’lovlari bilan yoki foiz to’lovlarisiz yoki foiz to’lovlarini asosiy qarz miqdori bilan yoki asosiy qarz miqdorisiz to’lash nazarda tutilgan, bir davlat fuqarolarining boshqa bir davlat fuqarolariga to’lashi kerak bo’lgan jami sharnomaviy majburiyatlari yig’indisidir2. Bu ta’rifga ko’ra, XVF quyidagi tushunchalarni quyidagicha izohlaydi:

Jami shartnomaviy majburiyatlar—asosiy qarz miqdori va foiz to’lovlarini hisobga olgandagi jami qarz to’lovlari.

Asosiy qarz miqdori va foiz to’lovi—odatda, olingan qarz uchun to’lab boriladigan doimiy to’lov amalga oshirilganda, bu foiz to’lovi deb ataladi. Qarzdorning kreditor oldidagi boshqa barcha qarzlari qarzning asosiy miqdori sifatida qaraladi. Biroq, tashqi qarz tushunchasi asosiy qarz miqdori va foiz to’lovi o’rtasidagi farqlarni aniq ko’rsatib berish uchun emasligi ta’kidlanadi. Shuningdek, tashqi qarz ta’rifi asosiy qarz miqdori uchun to’lanadigan kelajakdagi to’lovlarni qarz sifatida e’tirof etmaydi.

Rezident va norezidentlar—tashqi qarz deb e’tirof etilishi uchun, qarz majburiyatlari norezident tomonidan rezidentga berilishi lozim. Rezidentlik esa qarzdor va kreditorning millatigan qarab emas, balki iqtisodiy faoliyat olib borayotgan joylariga qarab belgilanadi.



1-rasm. Davlatlarning YaIMga nisbatan tashqi qarz miqdori.



Manba: http://gunn.co.nz/map/, muallif Ben Smit

Odatda, tashqi qarz tushunchasi 4 qismga bo’linadi:



  • Davlat tomonidan garantiyalangan qarzlar;

  • Shaxsiy, davlat tomonidan garantiyalanmagan qarzlar:

  • Markaziy bank depozitlari;

  • XVF tomonidan berilgan qarzlar;

Lekin, bu klassifatsiyalash juda nisbiy tushuncha bo’lib, ba’zi davlatlar bunga o’zlarining holatlaridan kelib chiqqan holda yondashishadi. Masalan, Misr3da aynan yuqorida ta’kidlangan guruhlashga ko’ra, qarzlar tasniflansa, Hindistonda bu guruhlash 7ga bo’linib amalga oshiriladi.

Tashqi qarzning yuzaga kelish sabablari.

Iqtisodiyotda soliqni kamaytirish orqali tashqi qarzga ta`sir etishini uzoq muddatli davrda ko`rish uchun an’anaviy qarash bilan yondashib quyidagiga erishish mumkin.

Soliqlarning kamayishi iste’molchilar xarajatlarining oshishi hamda milliy jamg`armaning kamayishiga olib keladi. Jamga`rmaning kamayishi esa investitsiyalarni ushlab turuvchi foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Solou modeliga asosan investitsiyalarning barqaror kamayishi kapital bilan ta’minlanganlik hamda ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir o`tkazadi.4

Qisqa muddatli davrda iqtisodiy siyosatning o`zgarishini ko`rib chiqadigan bo`lsak, IS-LM modeliga murojaat qilish zarur. Soliqlarning kamayishi iste’mol sarf-xarajatlarining o`sishiga turtki beradi va IS egri chizig`i yuqori va o`ngga siljiydi. IS egri chizig`ining siljishi yalpi talab egri chizig`ining siljishiga ham olib keladi. Narxlar egiluvchan bo`lmagan qisqa muddatli davrda yalpi talab darajasining oshishi ishlab chiqarish hajmining oshib, ishsizlik darajasining kamayishiga moyillik tug`diradi.

Shunday holatda vaqt o`tishi bilan narxlar o`zgarishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish tabiiy darajasini qayta tiklaydi, yalpi talabning ortishi esa narxlar darajasining o`sishiga olib keladi.

Xalqaro savdo omillariga ta’sirini tahlil qilishda ochiq iqtisodiyot modeliga murojaat qilish zarur. Bu model shuni ko`rsatadiki, milliy jamg`arma qisqarishining sababi bo`lib, kapitalning ijobiy saldosi hamda to`lov balans hisobining defitsiti hisoblanadi. Byudjet-soliq siyosatining o`zgarishi mamlakat valyuta kursining ko`tarilishiga olib keladi. Bu esa boshqa davlat tovar va xizmatlarining mamlakat ichida arzon bo`lishi, mahalliy mahsulotlarning boshqa davlatlarda qimmat bo`lishini keltirib chiqaradi. Mandella-Flemining modeli valyuta kursining ko`tarilishi hamda sof eksportning kamayishi ishlab chiqarish hajmi va ishsizlikda byudjet defitsiti bilan bog`liq byudjet siyosati ta’sirini qisman neytrallashini ko`rsatadi.

Shunday xulosaga kelish mumkinki, zayomlar hisobiga moliya hukumatining soliqlarni qisqartirishi, iqtisodiyotga ko`plab sohalarda o`z ta’sirini o`tkazadi. Soliqlarning qisqarishi iste’molchilar xarajatiga darhol ta’sir qiladi. Iste’molchilar xarajatlarining ortishi esa qisqa davrda ham, uzoq davrda ham iqtisodiyot rivojiga ta’sir o`tkazadi. Bu esa valyuta kursining nisbatini oshirib, o`sha mamlakatning boshqa davlatlar hududidagi korxona va firmalarining raqobatbardoshliligini sindiradi. Bunday holatda kelajak avlod kapitali kam jamg`arilgan, qarzlari esa ko`p davlatda dunyoda keladi hamda bu qarzlar ular zimmasiga tushadi.

Kelajakni o`ylagan iste’molchi shunday mulohaza qiladi: hozirgi kundagi mavjud tashqi qarz kelajakda soliqlarning ortishiga olib keladi. Soliqlarning kamayishi davlat qarzlarining ortishi hisobiga moliyalashadi. Soliq o`z-o`zidan kamaytirilmaydi: zamon bo`yicha qayta taqsimlanadi. Doimiy iste’mol daromadi ham, iste’mol ham oshmaydi5.

Bu xulosaga boshqacha qilib ham kelish mumkin. Tasavvur qilamiz, davlat o`zining fuqarosiga 1000 AQSH dollarlik qarz berdi hamda 1000 AQSH dollarlik soliq chegirmalari ham taqdim etdi. Boshqacha qilib aytganda davlat fuqaroga 1000 dollarlik obligatsiya sovg`a tariqasida taqdim etdi. Obligatsiyaning bir tarafiga “Davlat sizga, obligatsiya egasiga, 1000 dollar va foiz ulushi majbur” deyilgan, boshqa tarafiga esa “Siz, soliq to`lovchi, davlatga 1000 dollar va foiz ulushi qarzsiz” deb yozilgan. Bu obligatsiya egasi uning orqasidan na boy bo`ladi, na ziyon ko`radi, lekin obligatsiya narxi darajasidagi soliq bu shaxsdan kelajakda undiriladi.

Umumiy prinsip shundan iboratki, davlat qarzlarining yig`indisi bu kelajak soliqlar yig`indisiga teng. Agar iste’molchi keyingi hodisalarni yetarlicha hisobga olsa, kelajak soliqlar hozirgi soliqlari bilan ekvivalentdir. Shundan kelib chiqadiki, qarz hisobiga davlat xarajatlarini moliyalashtirish, soliqlar hisobiga moliyalashtirish bilan teng kuchlidir. Bu qarash XIX asr iqtisodchisi David Rikardo sharafiga qo`yilgan, rikardiancha tenglik deb nomlanadi. U birinchi bo`lib bu nazariy asosga e’tibor qilgan.

Xulosa shuki, davlat byudjet taqchilligi o`tgan byudjet-soliq siyosatining o`zgarishi bu siyosatning kelajakdagi o`zgarishi bilan bog`liqligini aks ettiradi. Agar hukumat I davrda xaridlarni kamaytirmasdan soliqlarni qisqartirsa, II davrda davlat obligatsiyalari bo`yicha qarz bilan chiqadi. Bunday holatda mamlakat ikkita yo`l yoqasida qoladi: yoki soliqlarni oshirishi, yoki xaridlarni qisqartirishi kerak.


    1. Download 312.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling