Zbekiston respublikasi toshkent shahar hokimining qarori


Download 26.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.08.2017
Hajmi26.01 Kb.
#13645

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT SHAHAR 

HOKIMINING QARORI 

 

№. 85   


 

 

 



 

 

 



2015 yil 5 fevral 

 

Toshkent shahrida yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni 

oldini olishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida 

 

Toshkent  shahridagi  yoshlar,  ayniqsa  voyaga  yetmaganlar  o’rtasida 



nazoratsizlik  va huquqbuzarliklarni  hamda  jinoyatchilikni  oldini  olinishi  bo’yicha 

barcha  profilaktik  tadbirlar  amalga  oshirib  kelinayotganligiga  qaramasdan,  ushbu 

tadbirlar  Yetarli  samara  bermayotganligi  natijasida  yoshlar,  ayniqsa  voyaga 

yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarlik hamda jinoyatlar sodir etish, 

ular orasida tarbiyasi og’ir, darslarga muntazam ravishda qatnashmaydigan bolalar 

ishtirokida  alohida  guruh  va  to’dalar  tashkil  etish,  ularni  o’zlari  bilan  o’tkir  tig’li 

va  inson  hayotiga  xavf  yetkazishi  mumkin  bo’lgan  buyumlar  (sovuq  qurollar 

tarkibiga  kiruvchi pichoq, xanjar, bigiz va  kastet,  bita,  to’qmoq), inson  sog’ligiga 

qarshi ta`sir etuvchi kimyoviy moddalar (maxsus sachratguvchi gaz va boshqalar) 

hamda  elektr  toki  o’tkazuvchi  jixozlari  (maxsus  elektratok  o’tkazuvchi  moslama) 

va boshqa shu kabi har xil qurollarni yonlarida olib yurish holatlari uchramoqda. 

Amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlarga  qaramasdan  2014  yil  yakunlariga 

ko’ra sodir etilgan qotillik jinoyatlari 18,45 foizga oshgan bo’lib, bu jinoyatlarning 

19,6 foizi yoshlar, 2,4 foizi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan. 

Toshkent  shahrida  huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralar  tomonidan 

jinoyatchilik  va  huquqbuzarliklarni  bartaraf  etish,  shuningdek  “Voyaga 

yetmaganlar  o’rtasida  nazoratsizlik  va  huquqbuzarliklarning  profilaktikasi 

to’g’risida”gi ("O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami", 2010 yil, 39-

son,  341-modda),  “Huquqbuzarliklar  profilaktikasi  to’g’risida”gi  ("O’zbekiston 

Respublikasi  qonun  hujjatlari  to’plami",  2014  yil  19  may,  20-son,  22-modda) 

O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini 

amalga  oshirishga  qaratilgan  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  PQ-2124-

sonli  qarori  talablariga  asosan,  yoshlar,  ayniqsa  voyaga  yetmaganlar  xavfsizligini 

ta`minlash  borasida  olib  borilayotgap  ishlarni  yanada  kuchaytirish  maqsadida, 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining murojaatini inobatga olib, 

 

QAROR QILAMAN: 



 

1.  Toshkent  shahridagi  umumta`lim  va  o’rta  maxsus  ta`lim  muassasalariga 

o’tkir  tig’li  va  inson  hayotiga  havf  yetkazishi  mumkin  bo’lgan  buyumlar  (sovuq 

qurollar  tarkibiga  kiruvchi  pichoq,  xanjar,  bigiz  va  kastet,  bita,  to’qmoq),  inson 

sog’lig’iga qarshi ta`sir etuvchi kimyoviy moddalar (maxsus sachratguvchi gaz va 

boshqalar) hamda elektr toki o’tkazuvchi jixozlari (maxsus elektra tok o’tkazuvchi 

moslama) (keyingi o’rinlarda - “taqiqlangan buyumlar” deb yuritiladi) olib kirishni 

belgilangan tartibda taqiqlash choralari ko’rilsin. 



2.

 

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmasi (F.Inoyatov), Xalq ta`limi 



bosh  boshqarmasi  (I.Akbarov),  Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo’yicha  shahar 

komissiyasi  (A.Yusupov),  tuman  hokimlari,  Toshkent  shahar  IIBB  (M.Adilov) 

bilan birgalikda: 

ta`lim  muassasalarida  yoshlar,  ayniksa  voyaga  yetmaganlar  o’rtasida 

ma`naviy-ahloqiy  xislatlarni  buzuvchi,  zo’ravonlik,  shafqatsizlik  va  pornografik, 

shuningdek,  soxta  diniy  mafkurani  targ’ib  qiluvchi,  o’quvchi  yoshlarni  salbiy 

harakatlarga  undovchi  harakatlarini  oldini  olish  maqsadida,  ta`lim  muassasalari 

binosiga  kirish-chiqish  tartibi  qoidalari  ishlab  chiqilsin  va  ta`lim  muassasasining 

ichki qoidalariga o’zgartirishlar kiritilishini ta`minlansin; 

yoshlar,  ayniqsa  voyaga  yetmaganlarning  hayoti  va  sog’lig’iga  tahdid 

soluvchi  turli  harakatlarni  oldini  olish  va  ularning  xavfsizligini  ta`minlash,  ta`lim 

muassasasining  kirish-chiqish  tartibini  amalda  joriy  qilish  maqsadida,  mas`ul 

xodimlar va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bo’lgan maxsus ishchi 

guruhlar tuzilsin; 

o’quvchilarni  binoga  kirish  joyida  taqiqlangan  buyumlarni  olib  kirilishini 

oldini olish yuzasidan tuzilgan maxsus ishchi guruhlar tomonidan tegishli choralar 

ko’rilsin; 

o’quvchilar  yonida  taqiqlangan  buyumlar  aniqlangan  takdirda,  belgilangan 

tartibda  rasmiylashtirilib,  olib  qo’yish  choralari  ko’rilsin  va  ota-onasi 

xabardorligida  yashash  manzilidagi  voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo’yicha 

komissiyasiga hujjatlar yuborilishi ta`minlansin; 

haftada  kamida  bir  marta  joylarda  maxsus  ishchi  guruh  a`zolari  ishtirokida 

ma`naviy-ahloqiy  xislatlarni  buzuvchi,  zo’ravonlik,  shafqatsizlik  va  pornografik, 

shuningdek reaktsion-sektant, soxta diniy mafkurani targ’ib qiluvchi, atrofdagilarni 

salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo’lgan, ko’rgazma, fon sifatida 

xizmat  qiluvchi  rasmlar,  audio-video  yozuvlar,  chizma  va  suratli  tasvirlar,  ovozli 

video roliklarni namoyish qilinishi va tarqatishini oldini olish bo’yicha targ’ibot va 

tashviqot ishlari olib borilsin; 

tuman  hokimliklari  xuzuridagi  Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo’yicha 

komissiya 

majlislarida 

ta`lim 


muassasalaridagi 

o’quvchilarning  yonidan 

taqiqlangan  buyumlar  hamda  o’quvchilarning  hayoti,  sog’lig’i,  ma`naviyati  va 

xulqiga  xavf  solishi  mumkin  bo’lgan  boshqa  predmetlar  topilganligi  to’g’risidagi 

hujjatlar  favqulodda  hodisa  sifatida  tanqidiy  va  keskin  muhokama  qilinishi 

ta`minlansin; 

ta`lim  muassasasi pedagog xodimlari va o’quvchilarni kiyinish madaniyatiga 

rioya  etilishi,  ta`lim  muassasasining  ichki-tartib  qoidalariga  amal  qilinishi  doimiy 

ravishda o’rganib borilsin. 

3.

 



Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo’yicha  shahar  komissiyasi  (A.Yusupov), 

tuman  hokimlari,  Ichki  ishlar  bosh  boshqarmasi  (M.Adilov),  Sog’liqni  saqlash 

bosh  boshqarmasi  (B.Mamajonov)  “Mahalla”  hayriya  jamoat  fondi  Toshkent 

shahar  bo’limi  (J.Inog’omov),  Kamolot  YOIH  Toshkent  shahar  Kengashi 

(M.Zuparov) bilan hamkorlikda: 

Mazkur  qaror  qonuniy  kuchga  kirgan  kundan  boshlab,  inson  xayotiga  xavf 

Yetkazishi  mumkin  bo’lgan  taqiqlangan  buyumlar,  turli  holatlarda  insonlarga 


qarshi  ishlatilganda  qanday  oqibatlarni  keltirib  chiqqanligi  va  kelib  chikishi 

mumkin  bo’lgan  hodisalar  haqida  aholi,  yoshlar,  ayniqsa  voyaga  yetmaganlar 

o’rtasida,  yashash  va  ish  joylarida  targ’ibot  va  tashviqot  ishlari  olib  borilishi 

kuchaytirilsin. Ichki ishlar bosh boshqarmasi (M.Adilov): 

Yuqoridagi  holatlar  yuzasidan  qonun  buzilish  holatlari  aniqlangan  taqdirda 

qonuniy ta`sir choralarini qo’llash ta`minlansin. 

4.

 

“Toshkent oqshomi” va “Вечерний Ташкент” tahririyati (A.Akromov),  



Axborot xizmati (X.Ermatov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M.Asamov): 

mazkur  qaror  rasmiy  e`lon  qilinsin  hamda 

www.toshkent.uz

  Web-saytiga 

joylashtirilsin. 

5.

 



Mazkur qaror rasmiy e`lon qilingan kundan kuchga kiradi. 

6.

 



Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining 

o’rinbosari  SH.Turdiqulov  va  Ichki  ishlar  bosh  boshqarmasi  boshlig’i  M.Adilov 

zimmasiga yuklatilsin.

 

Toshkent shahar hokimi   



 

 

 



R.Usmanov 

Download 26.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling