Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining


Download 132.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2017
Hajmi132.65 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY 

ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING

 

QARORI


 

ILMIY UNVONLAR BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH 

HAQIDA

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 13-son, 170-modda)

 

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 25 martda ro‘yxatdan 

o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2444]

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  24  iyuldagi  PF–4456-son  «Oliy 



malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada 

takomillashtirish  to‘g‘risida»gi 

Farmoniga

 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami, 

2012  y.,  30-son,  346-modda)  va  2011  yil  20  maydagi  PQ–1533-son  «Oliy  ta’lim 

muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  va  yuqori  malakali  mutaxassislar 

tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  qaroriga  hamda  Vazirlar 

Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy 

malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  takomillashtirish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi 

qaroriga

 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami, 

2013  y.,  1-son,  5-modda)  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:

 

1. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 



ilovaga

 muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 

Rayosatining  1996  yil  25  yanvardagi  34/2-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Ilmiy  unvonlar  berish 

to‘g‘risida 

nizom

 (ro‘yxat raqami 262, 1996 yil 10 iyul);



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 

Rayosatining  2003  yil  17  iyuldagi  96/5-son  «Ilmiy  unvonlar  berish  to‘g‘risida  nizomga 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida»gi 

qarori

 (ro‘yxat  raqami  262-1,  2003  yil  12 



avgust)  (O‘zbekiston  Respublikasi  vazirliklari,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralarining  me’yoriy 

hujjatlari axborotnomasi, 2003 y., 15-son);

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 



Rayosatining  2009  yil  24  dekabrdagi  160/13-son  «Ilmiy  unvonlar  berish  to‘g‘risidagi  nizomga 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida»gi 

qarori

 (ro‘yxat  raqami  262-2,  2010  yil  23 



yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 3-4-son, 28-modda).

 

3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



 

Rais G. BAXADIROV

 

Toshkent sh.,



 

2013 yil 31 yanvar,

 

195/4-son



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 

2013 yil 31 yanvardagi 195/4-son

 qaroriga

  

ILOVA


 

Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi

 

NIZOM

 

Mazkur  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasining  «



Ta’lim  to‘g‘risida

»gi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda), «

Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi  to‘g‘risida

»gi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1997 

y.,  11-12-son,  295-modda)  qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  20 

maydagi PQ–1533-son «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va 

yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  qaroriga,  2012  yil  24  iyuldagi  PF–4456-son  «Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-

pedagog  kadrlar  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  yanada  takomillashtirish 

to‘g‘risida»gi 

Farmoniga

 (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami,  2012  y.,  30-son, 

346-modda) va Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil 28 dekabrdagi 365-son  «Oliy o‘quv  yurtidan 


keyingi  ta’lim  hamda  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish 

tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi 

qaroriga

 (O‘zbekiston  Respublikasi 

qonun  hujjatlari  to‘plami,  2013  y.,  1-son,  5-modda)  muvofiq  ilmiy  unvonlar  berish  tartibini 

belgilaydi.

 

I bob. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



 

ilmiy unvon — professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy maqomi;

 

talabgor —  ilmiy  va  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  hamda  ilmiy  unvon  olishga 

da’vogar shaxs;

 

attestatsiya — talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;

 

attestatsiya ishi — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari to‘plami;

 

ilmiy  ish  staji —  shaxsning  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  asosida  ilmiy  xodim 

lavozimida ishlagan hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida o‘qigan muddati;

 

pedagogik  ish  staji —  shaxsning  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  asosida  oliy  ta’lim, 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimida 

ishlagan muddati;

 

o‘quv  adabiyoti —  muayyan  ta’lim  turi,  yo‘nalishi  yoki  mutaxassisligining  o‘quv 

rejasida  belgilangan  fanlar  bo‘yicha  tegishli  o‘quv  dasturlari  asosida  zarur  bilimlar  majmuasi 

keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;

 

professor —  tegishli  malakaviy  va  attestatsiya  talablarini  bajargan  hamda  professor 

ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;

 

dotsent —  tegishli  malakaviy  va  attestatsiya  talablarini  bajargan  hamda  dotsent  ilmiy 

unvoniga ega bo‘lgan shaxs;

 

katta ilmiy xodim — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta 

ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;

 

professor,  dotsent  yoki  katta  ilmiy  xodim  attestati (keyingi  o‘rinlarda  Attestat  deb 

yuritiladi)  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya 

komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki 

katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;

 

apellyatsiya —  ilmiy  unvon  berish  yoki  ilmiy  unvon  berishni  rad  qilish  yoxud  undan 

mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.

 

2.  Professor  va  dotsent  ilmiy  unvonlari  kafedra  yoki  ixtisoslik  bo‘yicha,  katta  ilmiy 



xodim ilmiy unvoni faqat ixtisoslik bo‘yicha beriladi.

 

3.  Kafedra  bo‘yicha  professor  va  dotsent  ilmiy  unvonlari  oliy  ta’lim  yoki  kadrlar 



malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  ta’lim  muassasalarida  (keyingi  o‘rinlarda  OTM 

deb  yuritiladi)  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan,  chuqur  kasbiy  bilim  hamda  ilmiy  va 

pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.

 

4.  Ixtisoslik  bo‘yicha  ilmiy  unvonlar  OTM  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  yoki  unga 



tenglashtirilgan  muassasa  yoxud  OTMning  ilmiy-tadqiqot  tuzilmasida  (keyingi  o‘rinlarda  ITM 

deb  yuritiladi)  ilmiy  faoliyat  olib  borayotgan,  fanning  muayyan  sohasida  chuqur  kasbiy  bilim 

hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.

 

5. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni o‘z maqomiga ko‘ra ixtisoslik bo‘yicha dotsent ilmiy 



unvoniga tenglashtiriladi.

 

6. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga 



qadar olingan oliy ma’lumot yoki oliy harbiy ta’lim diplomiga yoki oliy ma’lumotli mutaxassis 

diplomiga  ega  bo‘lgan  shaxslarga  mazkur  Nizomga  muvofiq  ilmiy  unvon  beruvchi  OTM 

kengashlari  yoki  ITM  ilmiy  (ilmiy-texnikaviy)  kengashlari  (keyingi  o‘rinlarda  Kengash  deb 

yuritiladi)  taqdimnomasiga  asosan,  OAK  Rayosati  qarori  bilan  OAK  tomonidan  beriladi. 

Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi.

 

7. Ilmiy unvon berilgan shaxslarga Attestat beriladi.



 

II bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar

 

1-§. Umumiy talablar

 


8. Ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot fanlari sohalari bo‘yicha ilmiy unvonlarga talabgorlar 

tomonidan  mustaqillik  mafkurasi  hamda  demokratik  jamiyat  qurishning  iqtisodiy,  ijtimoiy-

siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari bo‘yicha maxsus imtihon topshiriladi.

 

9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar 



unvon berish so‘ralayotgan kafedra yoki ixtisoslik yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim.

 

10.  Talabgor  nashr  ettirgan  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalar  OTMning  ilmiy-uslubiy 



kengashi  hamda  tegishli  vazirlik  va  idoralar  tomonidan,  boshqa  o‘quv  adabiyotlari  esa, 

OTMning  ilmiy-uslubiy  kengashi  tomonidan  pedagogik  amaliyotda  foydalanishga  tavsiya 

etilgan bo‘lishi kerak.

 

Professor  ilmiy  unvoniga  talabgorning  dotsent  yoki  katta  ilmiy  xodim  ilmiy  unvonini 



olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘lishi shart.

 

11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 



fuqarolari,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  va  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashab  va 

ishlab  turgan  chet  el  fuqarolariga  berilgan  ilmiy  unvonlar  haqidagi  hujjatlar  nostrifikatsiya 

qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida mazkur 

Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.

 

2-§. OTM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish

 

12. Professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:



 

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;

 

b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;



 

v)  kamida  o‘n  yillik  ilmiy  va  pedagogik,  jumladan  OTMda  besh  yillik  pedagogik  ish 

stajiga ega bo‘lgan;

 

g) kamida bir o‘quv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, 



oliy  harbiy  ta’lim  muassasalarida  kafedra  boshlig‘i  o‘rinbosari  yoki  kafedra  boshlig‘i 

lavozimlarida  ishlab  kelayotgan  yoki  bir  o‘quv  yili  davomida  kamida  0,25  stavka  o‘quv 

yuklamasini  bajargan  holda  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  muassasa  rektori  (direktori, 

boshlig‘i),  prorektori  (direktor  o‘rinbosari,  boshliq  o‘rinbosari),  ilmiy  kotibi  yoki  OTMning 

o‘quv-tashkiliy  tuzilmasi  (fakultet,  bo‘lim)  rahbari  lavozimlarida  muvaffaqiyatli  ishlab 

kelayotgan;

 

d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan;



 

ye) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin 

OTM  o‘quv  dasturlariga  mos  keladigan  darslik  yoki  o‘quv  qo‘llanmalar  va  boshqa  o‘quv 

adabiyotlar nashr ettirgan;

 

j)  dissertatsiya  himoyasidan  keyin  ilmiy  ishlar,  jumladan  ilmiy  jurnallarda  kamida 



beshta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola 

chop ettirgan;

 

z)  zamonaviy  o‘qitish  usullarini  egallagan,  zamonaviy  pedagogik  va  axborot-



kommunikatsiya  texnologiyalaridan hamda multimediya  ta’lim  resurslaridan  foydalangan holda 

yuqori ilmiy va o‘quv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini o‘qiyotgan;

 

i)  davlat  grantlari  yoki  boshqa  ilmiy  loyihalar  yoxud  xo‘jalik  shartnomalari  asosidagi 



ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

 

k) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va o‘quv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;



 

l) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori 

ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).

 

13.  Professor  ilmiy  unvoni  mazkur  Nizomning  12-bandi 



«b»

«g»



«j–l»  kichik 

bandlari

 talablarini  bajargan  va  fan  nomzodi, xorijiy  davlatlarda  berilgan  falsafa  doktori (Ph.D) 

yoki  unga  tenglashtirilgan  boshqa  ilmiy  darajalarga  ega  bo‘lgan  shaxslarga,  istisno  tariqasida, 

quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

 

OTMda  o‘n  besh  yillik  pedagogik  ish  stajiga  ega,  pedagogik  amaliyotda 



foydalanilayotgan  yakka  mualliflikda  chop  etilgan  darslik  va  kamida  ikkita  o‘quv  qo‘llanma 

muallifi  bo‘lgan,  kasbiy  va  pedagogik  faoliyatida  salmoqli  yutuqlarga  erishgan,  shuningdek 

ixtisoslik  kafedralarida  ishlayotgan  talabgorlar  bir  nafar  ilmiy  daraja  olgan  oliy  malakali 


mutaxassis va kamida ikki nafar magistr  yoki to‘rt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan  yoki 

davlat  (nomdor)  stipendiati  yoxud  xalqaro,  respublika  olimpiadalari  yoki  tanlovlari  g‘olibini 

tayyorlagan  yoxud  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  salmoqli  hissa  qo‘shgan  yuqori  malakali 

mutaxassislarga;

 

madaniyat,  san’at,  arxitektura  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ixtisoslashgan  (ijodiy,  ijrochilik) 



kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kafedra sohasi bo‘yicha 

fan  nomzodi,  xorijiy  davlatlarda  berilgan  falsafa  doktori  (Ph.D)  yoki  unga  tenglashtirilgan 

boshqa  ilmiy  darajalarga, kamida  o‘n  besh  yil ilmiy va  pedagogik,  jumladan  OTMda  o‘n  yillik 

pedagogik  ish  stajiga  ega,  dissertatsiya  himoyasidan  keyin  oliy  ta’lim,  oliy  o‘quv  yurtidan 

keyingi  ta’lim  pedagogik  amaliyotida  foydalanilayotgan  o‘quv  adabiyotlari,  jumladan  OTM 

o‘quv  dasturlariga  mos  keladigan  yakka  mualliflikda  chop  etilgan  darslik  yoki  o‘quv 

qo‘llanmalari  hamda  ilmiy-tadqiqot  va  ijodiy  ishlariga  ega  bo‘lgan,  kasbiy  va  pedagogik 

faoliyatida  salmoqli  yutuqlarga  erishgan  va  xalqaro  yoki  respublika  tanlovlari  g‘oliblarini 

tayyorlagan,  kafedra  sohasi  mutaxassisliklari  bo‘yicha  ijodiy  xodimlarni,  ijrochilik 

mutaxassislarini bevosita o‘z rahbarligida tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga;

 

jismoniy  tarbiya,  sport  va  muhandislik  grafikasi  (chizma  geometriya)  yo‘nalishlari 



bo‘yicha ixtisoslashgan kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, 

kafedra  sohasi  bo‘yicha  fan  nomzodi,  xorijiy  davlatlarda  berilgan  falsafa  doktori  (Ph.D)  yoki 

unga  tenglashtirilgan  boshqa  ilmiy  darajalarga,  kamida  o‘n  besh  yil  ilmiy  va  pedagogik, 

jumladan  OTMda  o‘n  yillik  pedagogik  ish  stajiga  ega,  dissertatsiya  himoyasidan  keyin 

pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop 

etilgan  darslik  yoki  o‘quv  qo‘llanmalari  hamda  ilmiy-tadqiqot  ishlari  bo‘lgan,  kasbiy  va 

pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va xalqaro yoki respublika musobaqalarining 

g‘oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.

 

14.  Professor  ilmiy  unvoni  mazkur  Nizomning  12-bandi 



«b»

«g»



«z–k»  kichik 

bandlari

 talablarini  bajargan  va  ilmiy  darajaga  ega  bo‘lmagan  shaxslarga,  istisno  tariqasida, 

quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

 

tegishli  oliy  ma’lumotga,  kamida  o‘n  yil  ilmiy  va  pedagogik,  jumladan  OTMda  besh 



yillik pedagogik ish stajiga ega, ikki o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, oliy 

ta’lim,  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  pedagogik  amaliyotida  foydalanilayotgan  o‘quv 

adabiyotlari,  jumladan  OTM  o‘quv  dasturlariga  mos  keladigan  yakka  mualliflikda  chop  etilgan 

darslik  va  kamida  ikkita  o‘quv  qo‘llanmasi  hamda  ilmiy-tadqiqot  va  ijodiy  ishlari  bo‘lgan  va 

xalqaro  yoki  respublika  tanlovlari  yoki  musobaqalarining  g‘oliblari  yoki  jamoa  (jamoalari)ni 

tayyorlagan  O‘zbekiston  Respublikasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  xalq  artistlari,  hofizlari, 

rassomlari, me’morlari, o‘qituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, O‘zbekiston Respublikasining 

fan  va  san’at  arboblari,  O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  artist,  rassom,  me’mor, 

trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga;

 

madaniyat,  san’at,  arxitektura  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ixtisoslashgan  (ijodiy,  ijrochilik) 



kafedralarida  kamida  ikki  yil  davomida  muvaffaqiyatli  ishlab  kelayotgan,  tegishli  oliy 

ma’lumotga, kamida o‘n besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda o‘n yillik pedagogik 

ish  stajiga  ega,  pedagogik  amaliyotda  foydalanilayotgan  o‘quv  adabiyotlari,  shundan  OTM 

o‘quv  dasturlariga  mos  keladigan  yakka  mualliflikda  chop  etilgan  darsligi  va  kamida  ikkita 

o‘quv  qo‘llanmasi,  ilmiy-tadqiqot  va  ijodiy  ishlari  bo‘lgan,  kafedra  sohasi  mutaxassisliklari 

bo‘yicha  amaliy  mashg‘ulotlarni  yuqori  kasbiy  darajada  olib  borayotgan,  shuningdek  xalqaro 

yoki respublika tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.

 

Madaniyat  va  san’at  nazariyasi  hamda  tarixi  bo‘yicha  mutaxassislar  professor  ilmiy 



unvonini olish uchun fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lishlari shart.

 

3-§. ITM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish

 

15.  Ixtisoslik  bo‘yicha  professor  ilmiy  unvoni  quyidagi  talablarni  bajargan  shaxslarga 



beriladi:

 

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;



 

b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;

 


v) kamida o‘n  yillik  ilmiy  va  pedagogik, jumladan  ITMda  besh  yillik ilmiy  ish  stajiga 

ega bo‘lgan;

 

g)  kamida  bir  yil  davomida  davlat  granti  rahbari  yoki  ilmiy-tashkiliy  tuzilma  rahbari 



yoxud  bosh  ilmiy  xodim,  yetakchi  ilmiy  xodim  yoxud  kamida  bir  yil  davomida  ITM  rahbari, 

rahbar  o‘rinbosari  yoki  ilmiy  kotibi  lavozimlarida  muvaffaqiyatli  ishlab  kelayotgan  va  ilmiy 

faoliyat olib borayotgan;

 

d)  kamida  ikki  nafar  ilmiy  daraja  olgan  mutaxassisni  tayyorlagan  yoki  bir  nafar  ilmiy 



daraja  olgan  mutaxassis  va  kamida  besh  nafar  magistrga  ilmiy  rahbarlik  qilgan  yoki  davlat 

(nomdor)  stipendiati  yoxud  xalqaro  yoki  respublika  olimpiadalari  yoki  tanlovlari  g‘oliblarini 

tayyorlagan;

 

ye)  salmoqli  ilmiy  va  ilmiy-texnik  natijalarga  erishgan  (monografiya  yoki  risolalar 



nashr ettirgan yoxud ixtirolarga ega bo‘lgan) hamda dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, 

jumladan  ilmiy  jurnallarda  kamida  o‘nta  ilmiy  maqola,  shundan  nufuzli  xorijiy  yoki  xalqaro 

ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;

 

j) ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan;



 

z)  davlat  grantlari  yoki  boshqa  ilmiy  loyihalar  yoxud  xo‘jalik  shartnomalari  asosidagi 

ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

 

i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;



 

k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori 

ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).

 

16. Ixtisoslik bo‘yicha professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, mazkur Nizomning 15-



bandi 

«b–g»


 va 

«ye–k»  kichik  bandlari

 talablarini  bajargan  va  fan  nomzodi,  xorijiy  davlatlarda 

berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan, 

pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop 

etilgan  darslik  va  kamida  ikkita  o‘quv  qo‘llanmalari  bo‘lgan,  kasbiy  va  ilmiy-pedagogik 

faoliyatida  salmoqli  yutuqlarga  erishgan,  ilmiy  daraja  olgan  mutaxassis  tayyorlagan  ITM 

mutaxassislariga berilishi mumkin.

 

4-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish

 

17. Dotsent ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:



 

a)  fan  doktori  (fan  nomzodi,  xorijiy  davlatlarda  berilgan  falsafa  doktori  (Ph.D)  yoki 

unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;

 

b)  kamida  besh  yillik  ilmiy  va  pedagogik,  jumladan  OTMda  uch  yillik  pedagogik  ish 



stajiga ega bo‘lgan;

 

v) kamida bir o‘quv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, 



dotsent  yoki  oliy  harbiy  ta’lim  muassasalarida  katta  o‘qituvchi,  kafedra  boshlig‘i  o‘rinbosari 

yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 

stavka  o‘quv  yuklamasini  bajargan  holda  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  muassasa  rektori 

(direktori,  boshlig‘i),  prorektori  (direktor  o‘rinbosari,  boshliq  o‘rinbosari),  ilmiy  kotibi  yoki 

OTMning  o‘quv-tashkiliy  tuzilmasi  (fakultet,  bo‘lim)  rahbari  lavozimlarida  muvafaqqiyatli 

ishlab kelayotgan;

 

g)  pedagogik  amaliyotda  foydalanilayotgan,  jumladan  dissertatsiya  himoyasidan  keyin 



OTM  o‘quv  dasturlariga  mos  keladigan  o‘quv-uslubiy  qo‘llanma  va  boshqa  o‘quv  adabiyotlar 

nashr ettirgan;

 

d) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy nashrlarda kamida uchta 



ilmiy maqola chop ettirgan;

 

ye)  zamonaviy  o‘qitish  usullarini  egallagan,  zamonaviy  pedagogik  va  axborot-



kommunikatsiya  texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda 

yuqori ilmiy va o‘quv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini o‘qiyotgan, seminar mashg‘ulotlarini 

olib borayotgan;

 

j) ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgor kamida ikki nafar magistr yoki to‘rt nafar 



bakalavrga  ilmiy  rahbarlik  qilgan  yoki  davlat  (nomdor)  stipendiati  yoxud  xalqaro,  respublika 

olimpiadalari  yoki  tanlovlari  g‘olibini  tayyorlagan  yoxud  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  salmoqli 

hissa qo‘shgan;

 

z)  davlat  grantlari  yoki  boshqa  ilmiy  loyihalar  yoxud  xo‘jalik  shartnomalari  asosidagi 



ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

 

i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va o‘quv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;



 

k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori 

ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).

 

18.  Dotsent  ilmiy  unvoni  mazkur  Nizomning  17-bandi 



«v»

«ye–i»  kichik 



bandlari

 talablarini  bajargan  va  ilmiy  darajaga  ega  bo‘lmagan  shaxslarga,  istisno  tariqasida, 

quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

 

tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh 



yillik  pedagogik  ish  stajiga,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga,  pedagogik  amaliyotda  foydalanilayotgan 

o‘quv  adabiyotlariga  ega  bo‘lgan,  jumladan  darslik  yoki  kamida  ikkita  o‘quv  qo‘llanmaning 

yakka muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarga;

 

tegishli oliy ma’lumotga, kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch 



yillik pedagogik ish stajiga, pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy-tadqiqot, 

ijodiy  ishlari  va  o‘quv  adabiyotlari,  jumladan  o‘quv  qo‘llanmaning  yakka  muallifi  bo‘lgan 

hamda  xalqaro  yoki  respublika  tanlovlari  yoki  musobaqalarining  g‘oliblari  yoki  jamoa 

(jamoalari)ni  tayyorlagan  O‘zbekiston  Respublikasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  xalq 

artistlari,  hofizlari,  rassomlari,  me’morlari,  o‘qituvchilari,  yozuvchilari  yoki  shoirlari, 

O‘zbekiston  Respublikasining  fan  va  san’at  arboblari,  O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat 

ko‘rsatgan artist, rassom, me’mor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga;

 

madaniyat,  san’at,  arxitektura  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ixtisoslashgan  (ijodiy,  ijrochilik) 



kafedralarida  kamida  ikki  yil  davomida  muvaffaqiyatli  ishlab  kelayotgan,  tegishli  oliy 

ma’lumotga, kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish 

stajiga  ega,  ilmiy-tadqiqot,  ijodiy  ishlari  va  o‘quv  adabiyotlari,  jumladan  o‘quv  qo‘llanmaning 

yakka  muallifi  bo‘lgan,  shuningdek  xalqaro  yoki  respublika  tanlovlari  g‘oliblarini  tayyorlagan 

yuqori  malakali  mutaxassislarga,  madaniyat  va  san’at  nazariyasi  hamda  tarixi  bo‘yicha 

mutaxassislar bundan mustasno;

 

jismoniy  tarbiya  va  sport  yo‘nalishi  bo‘yicha  OTMning  ixtisoslashgan  kafedralarida 



kamida  ikki  yil  davomida  muvaffaqiyatli  ishlab  kelayotgan,  tegishli  oliy  ma’lumotga,  kamida 

o‘n  yil  ilmiy  va  pedagogik,  jumladan  OTMda  besh  yillik  pedagogik  ish  stajiga  ega,  ilmiy-

tadqiqot  ishlari  va  o‘quv  adabiyotlari,  jumladan  o‘quv  qo‘llanmaning  yakka  muallifi  bo‘lgan, 

shuningdek  xalqaro  yoki  respublika  musobaqalarining  g‘oliblarini  yoki  jamoa  (jamoalari)ni 

tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.

 

5-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish

 

19. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:



 

a) ilmiy darajaga ega bo‘lgan;

 

b) kamida besh  yillik ilmiy va pedagogik, jumladan  ITMda uch  yillik ilmiy ish stajiga 



ega bo‘lgan;

 

v)  kamida  bir  yil  davomida  grant  rahbari  yoki  ilmiy-tashkiliy  tuzilma  boshlig‘i  yoxud 



bosh (yetakchi, katta) ilmiy xodim yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari, uning o‘rinbosari 

yoki  ilmiy  kotibi  lavozimlarida  muvaffaqiyatli  ishlab  kelayotgan  va  ilmiy  faoliyat  olib 

borayotgan;

 

g)  dissertatsiya  himoyasidan  keyin  ilmiy  ishlar,  jumladan  ilmiy  jurnallarda  kamida 



uchta  ilmiy  maqola,  shundan  nufuzli  xorijiy  yoki  xalqaro  ilmiy  jurnalda  ilmiy  maqola  chop 

ettirgan;

 

d)  davlat  grantlari  yoki  boshqa  ilmiy  loyihalar  yoxud  xo‘jalik  shartnomalari  asosidagi 



ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

 

ye) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;



 

j) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori 

ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).

 


20. Ilmiy darajasiz shaxslarga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilmaydi.

 

6-§. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish

 

21.  Ilmiy  unvonlar  mazkur  bobning 



2—5-paragraflarida

 nazarda  tutilgan  tegishli 

lavozimlarda  kamida  0,25  stavka  o‘rindoshlik  yoki  240  soatdan  kam  bo‘lmagan  mehnatga 

soatbay  haq  to‘lash  asosida  ishlayotgan  iqtisodiyot  tarmoqlarining  yuqori  malakali 

mutaxassislariga  mazkur  bobning 

1—5-paragraflarida

 belgilangan  talablarga  rioya  qilingan 

holda  beriladi.  Mazkur  qoida  asosiy  ish  joyi  OTM  va  ITM  bo‘lgan  mutaxassislarga  nisbatan 

tatbiq etilmaydi.

 

22. Taqdimnoma talabgorning o‘rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.



 

III bob. Ilmiy unvonga taqdim etish

 

23. Ilmiy unvonga taqdim etish bo‘yicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:



 

dotsent  va  katta  ilmiy  xodim  ilmiy  unvonlariga  –  talabgorga  ilmiy  daraja  berish 

to‘g‘risidagi  qaror  tasdiqlangan  yoki  talabgorning  ilmiy  daraja  olganligi  to‘g‘risidagi  diplomi 

nostrifikatsiya qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach;

 

professor  ilmiy  unvoniga  –  talabgor  dotsent  yoki  katta  ilmiy  xodim  ilmiy  unvonini 



olgan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach.

 

24. Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli 



tuzilmasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

 

25.  Talabgorning  hujjatlari  Kengash  tomonidan  ikki  oy  ichida  mazkur  Nizom  II 



bobining 

1—5-paragraflari

 talablariga  asosan  ko‘rib  chiqiladi  va  tegishli  qaror  qabul  qilinadi. 

Ko‘rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.

 

26.  Ilmiy unvonga taqdim etish to‘g‘risidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish  yo‘li 



bilan qabul qilinadi.

 

Kengash majlisi, unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda 



vakolatli  hisoblanadi.  Kengashning  ilmiy  unvonga  taqdim  etish  to‘g‘risidagi  qarori  majlisda 

ishtirok  etgan  Kengash  a’zolarining  kamida  uchdan  ikki  qismi  yoqlab  ovoz  bergan  taqdirda, 

qabul qilingan hisoblanadi.

 

27.  Talabgorning  attestatsiya  ishi  Kengash  tomonidan  ilmiy  unvonga  taqdim  etish 



to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida OAKga yuboriladi.

 

28.  Yilning  eng  yaxshi  darsligi  va  o‘quv  adabiyoti  muallifi»  tanlovida  g‘olib  chiqqan 



darslik  muallifiga  ilmiy  unvon  berish  masalasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2001  yil  6  iyuldagi  290-son  «Yilning  eng  yaxshi  darsligi  va  o‘quv  adabiyoti 

muallifi» 

tanlovi 


g‘oliblariga 

ilmiy 


daraja 

va 


ilmiy 

unvon 


berish 

to‘g‘risida»gi 

qaroriga

 (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001 y., 13-son, 87-

modda) asosan ko‘rib chiqiladi.

 

IV bob. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish

 

29.  Attestatsiya  ishi  OAK  tomonidan  uch  oy  ichida  ko‘rib  chiqiladi.  Ko‘rib  chiqish 



muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.

 

30. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda ro‘yxatga olinadi va uch 



kun ichida normativ-texnik ekspertizadan, uch oy ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkazilib, yakuniy 

qaror  qabul  qilinadi.  Ekspertiza  jarayonida  OAKning  tegishli  bo‘limlari  va  ekspert  kengashlari 

tomonidan  attestatsiya  ishining  mazmun-mohiyati  va  uning  mazkur  Nizom  talablariga 

muvofiqligi tekshiriladi.

 

31.  Normativ-texnik  ekspertizadan  o‘tkazish  jarayonida  attestatsiya  ishida  mazkur 



Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori 

bilan  attestatsiya  ishini  ko‘rib  chiqish  to‘xtatiladi  va  attestatsiya  ishi  rasmiy  xat  bilan  tegishli 

Kengashga  qaytarib  yuboriladi.  Kengash  tomonidan  tegishli  kamchiliklar  bartaraf  etilgandan 

so‘ng,  attestatsiya  ishi  qaytadan  rasmiylashtirilib,  kuzatuv  xati  orqali  OAKga  qayta  taqdim 

etiladi.

 

32.  Attestatsiya  ishi  normativ-texnik  ekspertizadan  o‘tkazilgandan  so‘ng,  uni  tegishli 



ekspert  kengashi  ko‘rib  chiqadi  va  OAK  Rayosatiga  o‘zining  xulosasini  tavsiya  etadi.  OAK 

Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni 

rad qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qiladi.

 

33.  Talabgor  attestatsiya  ishini  ko‘rib  chiqish  jarayonining  har  qanday  bosqichida, 



Kengashda yashirin ovoz berish o‘tkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul 

qilingunga  qadar  ishni  muhokamadan  olishga  haqlidir.  Attestatsiya  ishi  talabgorning  yozma 

arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganda, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli 

qaror qabul qilinishi lozim.

 

V bob. Ilmiy unvonga qayta taqdim etish

 

34. OAKda ko‘rib chiqilgan va rad javobi berilgan yoki ko‘rish jarayonidan to‘xtatilgan 



attestatsiya  ishlari  Kengash  tomonidan  quyidagi  muddatlarda  OAKga  qayta  taqdim  etilishi 

mumkin:


 

OAK  Rayosatining  attestatsiya  ishiga  rad  javobini  berish  to‘g‘risidagi  qarori  u  qabul 

qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach;

 

OAK Rayosatining  qarori  yuzasidan berilgan  apellyatsiya bo‘yicha  rad  javobini  berish 



to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida uch yil o‘tgach;

 

talabgorning  arizasiga  asosan muhokamadan  olinib,  ko‘rishdan to‘xtatilgan  attestatsiya 



ishi bo‘yicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng.

 

35. Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari 



bajarilgan hamda talabgor yangi o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar nashr ettirgan bo‘lishi shart.

 

VI bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish

 

36.  OAK  Rayosatining  ilmiy  unvon  berish  to‘g‘risidagi  qarori  qabul  qilingan  kundan 



e’tiboran kuchga kiradi va bir oy ichida Attestat rasmiylashtiriladi.

 

37.  Attestat  yo‘qolgan  yoki  yaroqsiz  holga  kelgan  taqdirda,  manfaatdor  shaxslarning 



arizasiga muvofiq OAK tomonidan uning dublikati beriladi.

 

Talabgorning  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi  o‘zgargan  taqdirda,  Attestat  yangisiga 



almashtirib berilmaydi.

 

VII bob. Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash

 

38.  Shaxs  attestatsiya  ishi  ekspertizadan  noxolis  o‘tkazilganligi  natijasida  shaxsga 



berilgan ilmiy unvondan OAK Rayosatining qarori asosida mahrum etilishi mumkin.

 

39.  Shaxsni  ilmiy  unvondan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  bo‘yicha  OAKga  yoki 



tegishli  Kengashga  murojaat  qilinadi.  Bunda  manfaatdor  shaxslar  tegishli  dalillar  (hujjatlar)ni 

o‘z murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart.

 

Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganda, taqdim etilgan dalillar OAK ekspert 



kengashi  tomonidan  muhokama  qilinib,  masalani  ko‘rib  chiqish  uchun  tegishli  Kengashga 

yuboriladi.

 

40.  Kengash  tomonidan  Kengash  a’zolari  orasidan  uch  kishilik  tarkibda  komissiya 



tuziladi.  Ushbu  masala  bir  oy  ichida  komissiya  tomonidan  o‘rganib  chiqiladi  va  Kengashning 

tegishli qarori loyihasi tayyorlanib, masala kengash majlisida ko‘rib chiqiladi.

 

Kengash  majlisi  unda  Kengash  a’zolarining  kamida  uchdan  ikki  qismi  ishtirok  etgan 



taqdirda,  vakolatli  hisoblanadi.  Kengash  majlisi  ilmiy  unvondan  mahrum  etilayotgan  shaxs 

ishtirokida  o‘tkaziladi.  Shaxs  bu  haqda  majlis  o‘tkazilishidan  kamida  o‘n  kun  oldin 

ogohlantirilishi  shart.  Agar  shaxs  majlisga  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmasa  yoki  majlisga 

kelishdan  bosh  tortsa,  Kengash  tomonidan  uning  ishtirokisiz  majlis  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror 

qabul  qilinadi.  Mazkur  shaxs  uzrli  sabablarga  ko‘ra  majlisga  kelaolmasligi  haqida  oldindan 

xabar  qilganda,  Kengash  majlisi  boshqa  kunga  yoki  boshqa  vaqtga  qoldiriladi.  Zarur  hollarda, 

boshqa mutaxassislar Kengash majlisiga taklif etilishi mumkin.

 

41.  Kengashning  ilmiy  unvondan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  to‘g‘risidagi  qarori 



yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan 

yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.

 

Kengash  tomonidan  Kengash  qarori,  Kengash  majlisi  bayonnomasi  hamda  tegishli 



hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘n kun ichida OAKga yuboriladi.

 


42.  Kengash  tomonidan  taqdim  etilgan  hujjatlar  OAK  ekspert  kengashida  muhokama 

qilinadi  va tegishli  tavsiya  qabul  qilinadi. Kengashning  ilmiy  unvondan  mahrum  etish  yoki  uni 

tiklash to‘g‘risidagi  qarori  hamda  OAK  ekspert  kengashining  tavsiyasi  OAK Rayosatida ko‘rib 

chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.

 

43.  OAK  Rayosatining  ilmiy  unvon  berish  to‘g‘risidagi  qarori  o‘n  yil  oldin  qabul 



qilingan bo‘lsa, ilmiy unvondan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

 

44. Kengash murojaatnomasiga asosan ilmiy unvondan mahrum etilgan shaxsning ilmiy 



unvoni  ushbu  Kengashning  murojaatnomasiga  muvofiq  OAK  Rayosati  qarori  bilan  tiklanishi 

mumkin.


 

VIII bob. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish

 

45.  Manfaatdor  shaxslar  ilmiy  unvon  berish  yoki  ilmiy  unvon  berishni  rad  qilish 



to‘g‘risidagi  OAK  Rayosati  yoki  Kengash  qarori  yuzasidan  u  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran 

ikki oy ichida OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.

 

46. Apellyatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:



 

mazkur Nizomning 

45-bandida

 belgilangan muddat o‘tganda;

 

apellyatsiya aynan bir masala bo‘yicha takroran berilganda.



 

47.  OAK  Rayosati  qarori  yuzasidan  berilgan  apellyatsiya,  shuningdek  Kengash  qarori 

yuzasidan berilgan apellyatsiya OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK 

Tartib-qoida  komissiyasi  apellyatsiyani  ko‘rib  chiqishni  tegishli  ekspert  kengashiga  topshirishi 

mumkin.  Zarur  hollarda,  mazkur  masalani  ko‘rib  chiqishning  avvalgi  bosqichlarida  ishtirok 

etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

 

48.  OAK Rayosati  tomonidan  Tartib-qoida  komissiyasi,  tegishli  ekspert  kengashi  yoki 



Apellyatsiya  komissiyasi  xulosasi  ko‘rib  chiqiladi  va  apellyatsiya  bo‘yicha  ilmiy  unvon  berish 

yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.

 

49.  Apellyatsiya  bo‘yicha  qabul  qilingan  OAK  Rayosatining  yakuniy  qarori  besh  ish 



kuni ichida apellyatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Kengashga taqdim qilinadi.

 

IX bob. Yakuniy qoida

 

50. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy 



va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Qishloq  va 

suv  xo‘jaligi  vazirligi,  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.

 

Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIEV

 

2013 yil 14 yanvar



 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIEV

 

2013 yil 28 yanvar



 

Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV

 

2013 yil 17 yanvar



 

Xalq ta’limi vaziri T. ShIRINOV

 

2013 yil 18 yanvar



 

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RUZIEV

 

2013 yil 23 yanvar



 

Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV

 

2013 yil 22 yanvar



 

Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV

 

2013 yil 15 yanvar



 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish 

qo‘mitasi ijroiya apparati rahbari O. PARPIEV

 

2013 yil 16 yanvar



 

 

Katalog: darsjadval
darsjadval -> Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
darsjadval -> Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
darsjadval -> Fan doktorlari tomonidan doktorlik dissertatsiya mavzularini taqdim qilish namunasi Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi
darsjadval -> Toshkent arxitektura qurilish institutida, 2012-2016 yillarga mo’ljallangan fundamental, 2015-2017 yillarga mo’ljallangan amaliy, 2015—2016 yillarga mo’ljallangan innovatsion loyixalar ro’yxati
darsjadval -> Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
darsjadval -> Katta ilmiy xodim-izlanuvchilik institutiga kirish uchun xujjatlar
darsjadval -> Toshkent arxitektura qurilish instituti
darsjadval -> Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
darsjadval -> Toshkent arxitektura qurilish instituti
darsjadval -> Ohirgi 3 yil davomida olingan patentlar, lisenziyalar va ihtirolar: 2013-yil

Download 132.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling