Zbekiston respublikasi


Elektron ta'lim resurslari


Download 203.4 Kb.
bet8/10
Sana09.03.2020
Hajmi203.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Elektron ta'lim resurslari


  1. http: www.lib.socio.msu.ru

  2. http: www.socioline.ru

  3. http: www.socio.rin.ru

  4. http: www.sociologos.narod.ru

  5. http: www.socionet.narod.ru

  6. http: www.sociograd.ru

Sotsiologiya” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.

“Sotsiologiya” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:



joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;

oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o`tkaziladi. ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash yangi (OO`MTVning 2013 yil 2 avgustdagi 278-sonli buyrug`i) reyting nizomi asosida amalga oshiriladi. “Sotsiologiya” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoatda 40-ball, oraliq nazoratda 30- ball, yakuniy nazoratda 30-ball qilib taqsimlanadi.



Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A`lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo`lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O`/100, bu erda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda); O` -fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).

Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 ball va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.

Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.

ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.

JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.

Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig`indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.



Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul’tet dekani, kafedra muduri, o`quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabalar ON dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko`rsatkichlar

ON ballari

maks

1-ON

1

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma`ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to`liqligi.

9

0-9

2

O‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma nazorat ishi

21

0-21

Jami ON ballari

30

30


Talabalar JN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko`rsatkichlar

JN ballari

maks




1

Darslarga qatnashganlik va o`zlashtirishi darajasi. Amaliy mashg`ulotlardagi faolligi, amaliy mashg`ulot daftarlarining yuritilishi va holati

30




2

Mustaqil ta`lim topshiriqlarining o`z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o`zlashtirishi darajasi.

10




Jami JN ballari

40






Sotsiologiya fani bo`yicha talabalar JN da to`playdigan ballarning dars soatlari bo`yicha reyting ishlanmasi.




Ta`lim y o`nalishi

Seminar mashg`ulotlar soati

Juftliklar soni

Har bir juftlikka ajratilgan maksimal ball

Baholar va o`zgarish oralig`i

Mustaqil ta`lim

Jami

A`lo

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz

1

Babcha

yo`nalashlar



20

10

1-10 juftlikka 3 balldan,

2.6-3


2.3-2.6


1.8-2.2

1.9-2.3


0-1.7

0-1.8


10

40

Seminar mashg`ulotlari jarayonida mustaqil ta`limga alohida e`tibor beriladi va unga maksimal 10 ball ajratildi.

Talabaning mustaqil ishi – Sotsiologiya faninig dolzarb mavzulariga bag`ishlangan bo`lib, berilgan mavzu mustaqil ijodiy ish shaklida tayyorlanadi va baholanishi uchun 10 ball ajratiladi.


        • Mustaqil ijodiy ishda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bor – 8.5-10 ball

        • mavzu mohiyati ochilgan, xulosasi bor – 7-8 ball

        • mavzu mohiyati yoritilgan, ammo xulosa chiqarilmagan va ijodiy fikrlari yo`q – 5.5-6.5 ball

        • mavzu mohiyati to`la yoritilgmagan, ayrim kamchiliklari bor bo`lsa – 0-5 ball beriladi.


Talabalar YnN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari

Yakuniy nazoratni 30 ballik “Yozma ish” yoki “Test” shuningdek “Og`zaki” shakllirda o`tkaziladi.

Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo`lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi





Ko`rsatkichlar

YaN ballari

maks

Savollar soni

Har bir savolga ajratilgan ball

1

Fan bo`yicha yakuniy yozma ish nazorati

30

3

10



Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni

Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi 0-10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Yozma sinov bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo`yilgan o`zlashtirish ballari qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.


Yakuniy nazoratda “Test”larni baholash mezoni

Yakuniy nazorat “Test” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 60 ta test savollaridan iborat. Test savollari fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir test savollariga berilgan tog`ri javovlar uchun 0.5 ball qo`yiladidi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Test savollari bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun har bir berilgan to`g`ri javobga qo`yilgan ballar qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

SOTSIOLOGIYA” FANIDAN


TEST SAVOLLARI
SOTSIOLOGIYA” FANIDAN UMUMIY TEST SAVOLLARI:
Variant - 1

1. Ko‘pchilik sotsiologlar shaxsning birlamchi ijtimoiylashuvini qaerda boshlanadi deb hisoblaydilar?

А.maktab


В.oila

С. do‘stlar davrasida

D.mehnat jamoasida

2. Intervyu usulining turlarini aniqlang:

A. ochiq, yopiq, yarim ochiq

B.erkin, standart, yarim standart

C. og‘zaki va yozma

D.nazoratli, nazoratsiz va erkin

3. O.Kontning “3 stadiya qonuni” asaridagi bosqichlar nomi:

A.fetishizm, monoteizm va politeizm

B. teologik, metafizik va pozitiv

C. teologik, monoteizm va pozitiv

D.teologik, pozitiv va negativ

4. Sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishi jarayoni qanday nomlanadi?

A.sotsial integrasiya

B.sotsial adaptasiya

C.sotsial interpretasiya

D.sotsial interiorizasiya

5. Shaxs yoki sotsial guruhning ijtimoiy tizimda egallagan mavqeidan kelib chiqib amalga oshiruvchi faoliyatini ifodalovchi tushuncha – bu:

A.sotsial status

B.sotsial rol

C.sotsial harakat

C.sotsial munosabat

6. Sotsiometriya – bu:

A.katta va kichik guruhlar a’zolarini va ularning munosabatlarini miqdoriy jihatdan tahlil qilish

B.kichik ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo munosabatlarni miqdoriy o‘lchovlar asosida o‘rganish

C.kichik guruhlardagi muammoli vaziyatlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilish

D.katta guruhlarda simpatiya va antipatiya munosabatlarini aniqlash

7. Sotsial statika nimani o‘rganadi?

A.ijtimoiy voqelikning tabiiy qonunlarini

B.voqea va hodisalarning o‘sish va rivojlanishini

C.ijtimoiy elementlarning muvozanatini, mavjudlik qonunlarini

D.ijtimoiy tanazzulni

8. Kontent-analiz metodi-bu

A.so‘rovning bir turi

B.kuzatish usuli metodlaridan biri

C.hujjatlarni tahlil qilish metodlaridan biri

D.eksperimentning bir turi.

9. Sotsiologiya dastlab qanday nom bilan atalgan?

A.siyosiy arifmetika

B.tarixiy tahlil

C.sotsial falsafa

D.sotsial fizika

10. Shaxs strukturasining asosiy elementlarini ko‘rsating:

A.bilim, madaniyat va faollik

B.xotira, madaniyat va faoliyat

C.dunyoqarash, xotira va madaniyat

D.madaniyat, bilim va dunyoqarash

11. Sotsiologiya fani qaysi fan negizida shakllandi?

A.psixologiya

B.matematika

C.biologiya

D. falsafa

12. Sotsiologik monitoring bu:

A.birlamchi sotsiologik ma’lumotlarni yig‘uvchi, tahlil qiluvchi va axborotlarni tarqatuvchi tizim

B.jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi, tahlil qiluvchi, yechimini va nazoratini ta’minlovchi tizim

C. sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish, sotsiologik jarayonlar haqidagi axborotlardan doimiy foydalanishni ta’minlovchi tizim

D.sotsiologik tadqiqotlarni doimiy kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va baholovchi tizim

13. XIX asr yarmida sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv sababini aytib bering?

A.texnika va ishlab chiqarishning taraqqiyoti

B.insonning absolyut ozodlikka intilishi

C. ijtimoiy tartibni tashkil etishning zaruriyligi

D.ijtimoiy inqilob

14. Individ xatti-harakati uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan guruh – bu:

A.birlamchi guruh

B.kvaziguruh

C. referent guruh

D. ideal guruh

15. Sotsiologik tadqiqot dasturida gipoteza (faraz)ning turlarini ko‘rsating:

A.namunaviy va ishchi

B.pozitiv va negativ

C. an’anaviy va zamonaviy

D.ilmiy va ishchi

16. Hujjatlarni o‘rganish metodlarining turlarini aniqlang:

A.an’anaviy va zamonaviy

B.an’anaviy va formallashtirilgan

C. ierarxiyaviy va tarixiy

D.umumiy va xususiy

17. Sotsiometriya metodining asoschilarini aniqlang:

A.Kont va Spenser

B.Gurvich va Moreno

C. Dyurkgeym va Veber

D. Veber va Zimmel

18. Kvaziguruhlarga quyidagilardan qaysi biri kiradi?

A. jamoa


B. elat va millat

C. olomon

D. urug‘ va qabila

19. Sotsiologiya fani qachon va qaerda vujudga kelgan?

A.QShda 19-asrda

B. Sharqiy Yevropada 19-asrda

C. Janubiy Amerikada 18-asrda

D. G‘arbiy Yevropada 19-asrda

20. E. Dyurkgeym fikricha sotsial faktlarning asosiy xususiyatlari:

A. ob’ektiv mavjud, ochiq va moslashuvchan

B. ob’ektiv majud, individdan mustaqil, individ xatti-harakatini boshqarish va ta’sir etish

D. ochiqlik, o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik, funksional va rivojlanish

C. ijtimoiylashuv, tartibni saqlash, ishlab chiqarish va qayta tiklash

21. Ilk bor sotsiologik muammolar qaysi fan tizimida o‘rganilgan?

A. biologiya

B. iqtisodiyot

D. tarix


C. falsafa

22. Kontent – analiz hujjatlarni tahlil qilish metodlarining qay biriga kiradi?

A. an’anaviy

B. umumilmiy

D.formallashtirilgan

C.xususiy ilmiy

23. Gipoteza sotsiologik tadqiqot dasturining qaysi qismida beriladi?

A. amaliy qismida

B. nazariy qismida

D. xulosa qismida

C. kirish qismida

24. Pilotaj tadqiqot empirik sotsiologik tadqiqotning qaysi bosqichida o‘tkaziladi?

A. ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichida

B . yakunlovchi bosqichda

D. tayyorgarlik bosqichida

C.asosiy amaliy bosqichda

25. Monitoring atamasi ilk marotaba qaysi fanda qo‘llanilgan?

A . huquqshunoslik

B. kriminalistika

D. ekologiya

C. politologiya

26. Shaxs manfaati turlarini aniqlang:

A. maqsadli, qadriyatli, an’anaviy va madaniy

B. maqsadli-rasional, qadriyatli-rasional, affektiv va an’anaviy

D. munosabat, harakat, tayanch va yo‘nalish

C. maqsadli, maqsadsiz, asosiy va ikkinchi darajali

27. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga qaysi fanlar faol ta’sir ko‘rsatgan?

A. tabiatshunoslik fanlari

B. aniq fanlar

D. ijtimoiy fanlar

C. gumanitar fanlar

28. Empirik sotsiologik tadqiqot qanday yakunlanadi?

A. xulosalar ishlab chiqish

B. xisobot tayyorlash

D. taklif va tavsiyalar berish

C. natijalarni tahlil qilish

29. Sotsial dinamika nimani o‘rganadi?

A. Jamiyatning o‘sish, o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini

B. Jamiyat faoliyatining qonunlarini

D. Sotsial qonunlarning o‘zaro aloqasini

C. Sotsial voqeylikning ustuvor yo‘nalishlarini

30. O.Kont “sotsiologiya” terminini ilk bora qaerda ishlatgan?

A. “Pozitiv falsafa kursi” asrining 1-tomida

B. “Pozitiv falsafa kursi” asrining 2-tomida

D. “Pozitiv falsafa kursi” asrining 3-tomida

C. “Pozitiv falsafa kursi” asrining 4-tomida

31. Sotsiologiyada G. Spenser qanday konsepsiyani yaratgan?

A. formal sotsiologiya

B. noorganik sotsiologiya

D. noformal sotsiologiya

C. organik sotsiologiya

32. Shaxsning ijtimoiylashuvi bosqichlarini aniqlang:

A.sotsial integrasiya va differensiasiya

B. sotsial adaptasiya va sotsial interpretasiya

D. sotsial adaptasiya va sotsial interiorizasiya

C. sotsial integrasiya va modernizasiya


Download 203.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling