Òzbekistonda charm sanoatidagi muammolarni bartaraf etish


Download 26.22 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi26.22 Kb.
#1684733
Bog'liq
resurs


Òzbekistonda charm sanoatidagi muammolarni bartaraf etish
SHerifboyev Siroj
O‘rinov Dilshod
Mirobidov Mirjasur

Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekistondagi charm sanoati va charm sanoatini rivojlantirish maqsadida Respublikamiz tomonidan yaratilayotgan katta imtiyozlar va shart-sharoitlar va shu bilan birgalikda charm ishlab chiqarish hajmining o’rni va import eksportlar bilan birgalikda hozirda vujudga kelayotgan sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari keltirilgan.


Kalit so’zlar:
O’zbekistonda charm ishlab chiqarish qadimdan hunarmandchilikning bir turi hisoblanib Toshkent, Qo’qon, Buxoro, Xorazm va Samarqandda keng tarqalgan. Dastlab O’zbekistonga charm mahsulotlari XIX asrning so’nggi choragidan echki, qo’y, quyon kabi hayvonlarning terilaridan yasalgan har xil turdagi kiyimlar, poyabzallar bizning mahalliy bozorlarga Yevropa mamlakatlaridan keltirib sotila boshlangan .
Respublikamizda dastlabki eng yirik charm sanoatiga asoslangan korxona 1928-yilda “Toshkent ko’n zavodi” ishga tushurilgan. Keyinchalik 1941-1945-yillarda Andijon vilyatida teri oshlash zavodi, po’stin uchun qo’y terisini oshlaydigan ikki korxona ishga tushgan. 1966-yilda Toshkentda yangi ko’n zavodi, 1968-yilda sun’iy cgarm va parda materiallari ishlab chiqaradigan zavodlar foydalanishga topshirilagan [1].
Charm sanoati sohasidagi barcha zavodlar negizida Toshkentda 1966, 1994-yildan “Charm” korparatsiyasi, 2000-yildan “Charmpoyabzal” uyushmasi, “O’zbekiston” charm va sun’iy charm ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi [2].
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan charm va charm mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, chunki O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan charm va charm mahsulotlari juda yuqori sifatga ega bo’lib bizning mahsulotlarimizga bo’lgan talab jahon davlatlarida ham kun sayin ortmoqda. Albatta bunday talablar eksport darajasini oshiradi va bu albatta davlatimiz iqtisodiyotiga ham ijobiy tasir ko’rsatadi shuning uchun ham hozirgi kunda charm sanoatiga katta qulayliklar, yengilliklar va imtiyozlar davlat tomonidan keng ko’lamli amalga oshrilmoqda.
Bu borada Respublikamizda “O’zcharmsanoat” uyushmasi tashkil etilgan bo’lib bu uyushma O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo’ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3693-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib “O’zbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi [3]. Bugungi kunda uyushma atrkibida 600dan ortiq korxonalar faoliyat yuritayotgan bo’lib bulardan 55tasi charm mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, 332ta tasi poyabzal ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi vas hu bilan birgalikda 60ta charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarish korxonasi va 64ta charm kiyim ishlab chiqarish korxonasi, 90ta zamonaviy kushxonalar ham charm sanoatiga kiradi.
Charm-poyabzal sanoati O’zbekistonda katta e’tibor qaratilayotgan sohalardan biri hisoblanib, 2017-yilda sanoat korxonalari tomonidan 18 million dollarlik 17 ta loyihalar amalga oshirilgan bo’lsa, 800 ta bo’sh ish o’rnlari yaratilgan 2021-yilda esa 202 million dollarlik 112ta loyihalar amalga oshirilgan va 12 mingga yaqin bo’sh ish o’rinlari yaratilgan. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi tomonidan charm va charm mahsulotlari sohalariqa qaratilayotgan katta e’tiborlar sabab 2026-yilgacha Respublikamizda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo’lgan 555 tadab ziyod loyihalarni amalga oshirish, buning natijasida esa 50 mingtadan ziyod yangi bo’sh ish o’rnlarini yaratish rejalashtirilgan. Davaltimiz tomonidan charm mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni eksport qilish, eksport hajmini yanada kengaytirish bo’yicha olib borilayotgan sayi harakatlar orqali Respublikamzda katta hajmda dinamik o’sishni ishlab chiqarish hajmida ham o’z aksini topgan bo’lib, 2017-yilda 760 milliard so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2021-yilda 4 trillion 400 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Endilikda esa bu tarmoqni yanada rivojlantirib kengaytirish va albatta 2026-yilga qadar Respublikamiz tomonidan 18 trillion 6 milliard so’mdan ortiq miqdordagi charm va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish ejalari amalga oshirilmoqda. Bu yillar davomida albatta eksportimizdan ham katta o’zgarishlar kuzatilmoqda 2017-yilda tashqi bozorga 105 millon dollarlik mahsulotlar yetkazib berilgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkichlar 421 million dollarni tashkil etadi va kelajakda davlatimiz tomonidan bu ko’rsatkichlarni 1 milliard 200 million dollargacha yetkazib charm va charm mahsulotlari bo’yicha eksport salohiyatini yanda oshirish rejalashtirilgan [4].
O’zbekistonda charm sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida ko’plab chet el investitsiyalari jalb etilmoqda va chet el hamkorligida qo’shma korxonalar ham tashkil etilmoqda. Bulardan O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda O’zbekistonda qo’shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini ko’rib chiqib hozirgi vaqtda qo’shma korxona tashkil etish borasida uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. Jumladan “ “O’zbekcharmsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi savdo vakolatxonasi ko’magida Rossiyaning “Avanti” MCHJ kompaniyasi rahbariyati bulan onlayn uchrasguv bo’lib o’tdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor O’zbekiston korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilish masalasiga qaratildi”, “Rossiya korxonasi mahalliy iishlab chiqaruvchilar, uning ishlab chiqarish salohiati bilan yaqindan tanishtirildi. Zarur mahsulotlarni O’zbekistondan import qilish bo’yicha takliflar ilgari suruldi. Ular orasida poyabzal ustki qismi uchun blankalar, kanvas kabi to’qimachilik mahsulotlari mavjud” [5]. Shu bilan birgalikda yana Koreya Respublikasining “Sang Won Hi Tech Co., LTD” kompaniyasi rahbari Kisung Leye va Keun Soo bilan ham charm-poyabzal va mo’ynachilik sohasida savdo-iqtisodiy munosabatlarini bugungi holatini ko’rib chiqish va O’zbekistonda gradual bilan jun mahsulotlarini qo’shib sintetika tola ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish va Respublikamizdagi junni qayta ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar bilan hamkorlikda sintetika tola ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadlarida mitinglar amalga oshirilmoqda. Albatta bular davlatimizning charm va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirishga katta hissasini qo’shadi. Bu borada yana Turkmanistonning “Maksad deri” kompaniyasi rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya bilan ham charm mahasulotlari sanoatida ikkala tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yib yangi qo’shma loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuvlar bo’lib o’tgan [6].
Hozirgi kunda bu tarmoqda ham bir qancha xomashyo hisobini yuritish tizimi mavjud emasligi, bazi hududlarda avtomatlashgan kushxonalar yetarli emasligi, viloyatlarda ko’plab mahallalarda charm hom ashyosini qabul qiluvchi joylar yo’qligi, dizayner, texnolog va malakali tikuvchilar, zamonaviy uskuna, kimyoviy vosita va butlovchi qisimlar yetarli emasligi va ko’plab hududlarda mayda shoxli chorva terisi umuman qayta ishlanmasligi, mahallalarning kushxonalar bilan bog’liq emasligi kabi muammolar vujudga kelmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida bugungi kunda jami 421 million dollarga mo’jallangan 248 ta loyiha tuzulgan va yana shu bilan birgalikda viloyatladagi ko’plab shaharlarda shu tarmoqlaga mo’ljallangan 16ta kichik sanoat zonalarini tashkil etish belgilangan va Respublikamizning Nurafshon, Qarshi, Jizzax, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan shaharlari va Angor, Samarqand, Urgut, Jondor, Shahrixon, Oltinko’l, Nukus, Ohangaron va Hazroasp tumanlarida quyidagi tarmoqqa asoslashgan 16ta kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun davlat budjetidan 90 milliard so’m miqdoridagi pul ajratildi. Bundan tashqari Respublikamizning bir nechta viloyatlarining qadimdan an’analarga aylangan odatlariga asoslanib, shu viloyatlar hududlarida kosibchilik rivojlangan mahallalarni tanlab, hunarmandlarni qo’llab -quvvatlash bo’yicha alohida dasturlar ishlab chiqarish vazifalari qo’yildi va ularga oilaviy tadbirkorlikni va uy-joy dasturlsri doirasida imtiyozli kreditlar hamda soliq imtiyozlari ham jorey etildi. Shu bilan birgalikda chet eldan kiritiladigan kimyoviy charm tozalash mahsulotlari hamda charini qayta ishlash texnologiyalariga beriladigan katta imtiyozlar muddati 2026-yilgacha uzaytirilgan [7]. Chorva mollarini so’yish va terilarini yig’ib olish bo’yicha ham kichik mobil xizmatlarni yo’lga qo’yish, buning uchun imtiyozli kreditlar ham ajratilgan bu bilan esa har yili Buxoro va Xorazmda 2 million, Qashqadaryoda 1 million 800ming, Navoiyda 700ming va Toshkent viloyatida 500 ming dona qora mol terilarini sanoat usulida yig’ib olib uni qayta ishlash yo’lga qo’yilishi imkoniyatlarini yaratib beradi va yan a bu tarmoqdagi muammolarga Prezident shularni qo’shimcha qilib ham o’tgan: “Eng katta masala esa mutaxassis yetishmasligi. Shuning uchun barcha hududlar bu borada aniq reja qilib, yoylarda kadrlarni o’qitish tizimini yo’lga qo’yish kerak”. Bu masalani hal qilish uchun esa Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida zamonaviy o’quv-ishlab chiqarish labaratoriyasi tashkil etish, xorijda mutaxassislar malakasini oshirish, o’rta bo’g’in ishchilarini tayyorlash bo’yicha vazifalar belgilangan.
Hulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki hozirgi kunda charm sanoatidagi eng katta muammolardan biri bu raqamlashtirilgan kushxonalardan uzoqda joylashgan mahallalar va ko’p qishloqlarda mahalliy aholi tomonidan so’yilayotgan qora mollar va boshqa terisi charm sanoatida keng foydalaniladigan hayvonlarning terilarini katta miqdorda chiqindiga chiqayotgani bo’ladi misol uchun shuni aytishim mumkinki o’zim yashaydigan qishloqda ham qoramollar, qo’ylar va quyon terilari hech qanday qayta ishlashga topshirilmaydi chunki hayvonlar moy’yna va terilarini qayta ishlaydigan joylar uzoqdaligi sabab bo’ladi. Bu bilan xozirgi kunda ro’yxat va statistikalarda mavjud bo’lmagan katta miqdordagi charm mahsulotlari yaroqsiz ahvolga kelmoqda. Yuqorida aytganimizdek charm teri mahsulotlarini qabul qiluvchi kichik mobil xizmatlarini yo’ga qo’yilishi juda muhim omil hisobladi va bu bilan hayvonlar terilarini chiqindiga chiqishini oldi olinib katta miqdorda qayta ishlanadigan mahsulotlar zaxirlari ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


[1] “Charm va mo’yna texnologiyasi” kitobi. M. Temirova, T.Qodirov
[2] CHARMSANOAT.UZ
[3] O’ZBEKCHARMPOYABZALI.UZ
[4] STAT.UZ
[5] SPUTNIK.RU
[6] INVEST.UZ
[7] “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali.
Download 26.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling