Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi
Download 138.87 Kb.
|
zich biriktiruvchi to’qima morfo funksiyasi-fayllar.org (1)
Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi. Zich biriktiruvchi to'qima kollagen tolachlarning joylashshiga ko'ra shakllanmagan va shakllanganga bo'linadi.Shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima. To'qimaning bu turini shakllanmagan deyilishiga sabab, kollagen tolachlar tutamlarining tartibsiz joylashgan bo'lishidir. Bu to'qimaga terining to'r qavati, bo'g'imlar va ichki organlar ustini qoplab turuvchi kapsula to'qimalari kiradi. Shakllalnmagan zich biriktiruvchi to'qima har xil yo'nalishda joylashgan kollagen tolachlardan iborat tutamlardan hamda to'rsimon shaklda joylashuvchi elastik tolachalardan tashkil topgan bo'lib ular orasida retikula tolachlari ham uchraydi. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima. Bu to'qimadan kollagen va elastik tolalardan tashkil topgan tutamlar bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashgan bo'lishidir. Tutamlar joylashihsi organlar vazifasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima paylar va boylamlarda fibroz membrana va plastinkasimon biriktiruvchi to'qimalarda uchraydi.Paylar. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda tayanch va harakat organlariga kiruvchi paylarda kollagen tolachalar tutamlari bir-biriga nisbatan zich paralel joylashgan . Tolachlar va tutamlar orasida to'qima hujayralaridan fibrositlar uchraydi. Fibrositlar uzunchoq shaklda bo'lib, plastinkasimon uchlari bilan bir nechta tolachlardan tashkil topgan boylamning atrofidan o'rab olib birlamchi tutam hosil qiladi. Bu fibrisitlar pay hujayralari ham deyiladi. Bir nechta birlamchi boylamlar atrofidan siyrak biriktiruvchi to'qima o'rab olib ikkilamchi tutam hosil qiladi. Ikkilamchi tutamni o'rab to’rgan siyrak biriktiruvchi to'qima endotenoniy deyiladi. Paylarning ustki qavatini o'rab turadigan to'qima peritinoniy deyiladi. Endotenoney orqali qon tomirlar bilan paylarni innervasiya qiladigan nerv tolalar o'tadi. Boylamlar. Ular parallel joylashgan bo’lib elastik tolachalar to`ridan hamda membranalardan tashkil topgan. Masalan, paylarda asosiy va mexaniq vazifasi kollagen tolachalarga yuklangan bo`lsa, bularga elastik tolachalarga yuklangan. Elastik tolachalar kollagen tolachalardek pishiq bo'lmasada ammo egiluvchanligi, cho`ziluvchanligi va elastikligi bilan ustunlik qiladi.Download 138.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling