Zilzilaning yuzaga kelish sabablari
Download 62.53 Kb.
|
HFX Usmonova Yulduz
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 4.1.§. ZILZILA VA UNDAN HIMOYALANISH Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqon va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi, ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,51J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5 % inigina tashkil etadi. Zilzilaning yuzaga kelish sabablari Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra kuyidagi guruhlarga boʻlinadi: •Tektonik zilzilalari; •Vulqon zilzilalari; •Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari; • Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik) zilzilalar. Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kup talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bulaklarini agʻdarilishi, yoki toglarning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi. Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻlik boʻlganligi sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi. Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi. Yer silkinish oʻchogʻi gipotsentrning joylashgan chuqurligi boʻyicha: 1. Yuza — 70 km.gacha 2. Oʻrta — 70-300 km 3. Chuqur — 300 km.dan pastda „mantiya“ qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Zilzila kuchi Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi: • 1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi; • 2 ball - juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi); • 3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi; • 4 ball - oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi; • 5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi; • 6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi. Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi; • 7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqlanadi. • 8 ball - yemiruvchi. Xom gishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi. • 9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin. • 10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temir yoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi. • 11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʻladi, toʻgonlar yorilib ketadi, temir yoʻllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, yer ostidan balchiqdar koʻtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi. • 12 ball - oʻta fojiali. Yerning ustki qismida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron boʻladi, daryolarning oʻzani oʻzgarib sharsharalar paydo boʻladi, tabiiy toʻgʻonlar vujudga keladi. Download 62.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling