Zinjantrop


Download 11.76 Kb.
Sana30.08.2020
Hajmi11.76 Kb.
#128132
Bog'liq
Zinjantrop


Zinjantrop (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. anthropus — odam) — avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959 y. Oldovay darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga koʻra dastlab Homo urugʻiga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablagʻ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Z.ning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini koʻrsatdi, shuning uchun uni Boysi jan. odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Z.ning bosh skeleti boʻylab pushtacha oʻtgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga bir oz oʻxshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda boʻlgan. Dagʻal oʻsimlik bilan oziklangan. 3. bundan 2 mln. yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.
Download 11.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling