Zirkdoshlar (berberidaceae) va ayiqtovondoshlar (ranunculaceae) oilalarining turlar biologiyasi, ekologiyasi, areali va xalq xojaligidagi ahamiyati


Download 12.89 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi12.89 Kb.
#208999
Bog'liq
zirk


ZIRKDOSHLAR (BERBERIDACEAE) VA AYIQTOVONDOSHLAR (RANUNCULACEAE) OILALARINING TURLAR BIOLOGIYASI, EKOLOGIYASI, AREALI VA XALQ XOJALIGIDAGI AHAMIYATI. Reja: Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasining turlar biologiyasi, areali va sistematikasi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilalasining turlar biologiyasi, sistematikasi va areali. Zirkdoshlar (Berberidaceae) va Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilalarining xalq xojaligidagi ahamiyati.

ZIRKDOSHLAR OILASI ODDIY ZIRK Osimlikning nomi. Oddiy zirk – Berberis vulgaris L.; Zirkdoshlar - Berberidaceae oilasiga kiradi. Zirk boyi m ga yetadigan tikanli buta. Ildizpoyasi yer ostida gorizontal joylashgan, undan yirik, shoxlangan asosiy ildiz, yer ustida bir qancha poyalar osib chiqadi. Shoxlari 1-2 sm uzunlikdagi va 3 bolakli tikanlar bilan qoplangan. Bargi teskari tuxumsimon, otkir arrasimon qirrali va bandli bolib, qisqargan novdalar bilan birga tikanlar qoltigida top-top joylashgan. Gullari shingilga toplangan. Guli och sariq, hidli, kosacha bargi 6 ta (bazan 9 ta), och sariq, tojsimon, tojbargi 6 ta, sariq, otaligi 6 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – qizil, ellipssimon, juda nordon, 2-3 urugli va kam suvli hol meva. Zirk aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda pishadi.



Geografik tarqalishi. Oddiy zirk Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining ormon–chol va chol xududlarida, toglardagi toshli qoyalarda, daryo va daryochalarning havzalarida, quruq butazorlarda, siyrak, aralash ormonlarda va boshqa yerlarda osadi. Zirkning kop zaxirasi Shimoliy Kavkazortida joylashgan. Kimyoviy tarkibi. Osimlikning hamma qismida protoberberin guruhiga kiradigan alkaloidlar boladi. Alkaloidlar yigindisidan berberin, palmatin, yatrorizin, kolumbamin, oksiakantin, buerbamin, leontidin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. Ishlatilishi. Osimlik bargidan tayyorlangan nastoyka ginekologiyada bachadon muskullari tonusini kotarish, tuqqandan keyingi bazi kasalliklarni (endometritlar) davolash hamda qon ketishini toxtatish uchun va ot xaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Berberin (ildizidan olinadi) alkaloidining tuzi tibbiyotda surunkali gepatit, gepatoxoletsistit, xoletsistit va ot pufagi tosh kasalliklarini davolashda ot xaydovchi vosita sifatida qollaniladi.
Download 12.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling