Zo. 4-amaliy mashg’ulot: Bosh suyaksizlarning tuzilishi Darsning maqsadi


Download 273.17 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2020
Hajmi273.17 Kb.
#137008
  1   2
Bog'liq
4-amaliy mashgulot


Zo. 4-amaliy mashg’ulot: Bosh suyaksizlarning tuzilishi
Darsning maqsadi: Lantsetnikning morfo-anatomik tuzilishini va bio-ekologik xususiyatlarini o’rganish orqali bosh suyaksizlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.

Bosh skeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo’lib, ko’pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilarning tuzilish xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan bosh skeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.



Bosh skeletsizlar kenja tipi 30-35 turdan iborat yagona xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfini o’z ichiga oladi. Bu sinf vakillari dengizning tagi qum sayoz yerlarida yarim belidan qumga ko’milib yashaydigan kichkina hayvonlardir.

Bu sinfnipg xarakterli belgilari: gavdasining to’la ravishda segmentlarga bo’linishi va boshining tanasiga qo’shilib ketganligi, xordasining oldinga o’tib miyadan nariga chiqib turishi, jabra yoriqlari ochiladigan maxsus jabra oldi (atrial) bo’shlig’ining borligi, markaziy qon aylanish organi – yurakning yo’qligi, aniq ko’rinib turadigan bosh miya bilan yuqori darajada taraqqiy etgan sezuv organlarining yo’qligi, jinsiy va nefridial sistemaning segmentlarga bo’linganligidir.

Bosh skeletsizlar kenja tipining vakillaridan lantsetniklar Atlantika, Tinch va Hind okeanlari va ular bilan bog’liq bo’lgan tropik va mo’’tadil iqlimli dengizlarda, shu jumladan Qora dengizda ham tarqalgan. Lantsetniklar odatda sohil yaqinida suv tubida hayot kechiradi.
Yozma va rasmli topshiriqlarni bajarish
Quyidagi topshiriqlarni bajaring.

1. Lantsetnikning tashqi tuzilishini o’rganing va raqamlarga mos tana qismlarini belgilang:





1.Paypaslagichlar bn oralgan

og‘iz oldi voronkasi.

2.Dum suzgich qanoti.

3.Orqa suzgichqanoti.

4.

5.Artrial teshigi(artiopor).

6.Anus

7.Xorda

8.Nerv nayi

9.Jinsiybezlar

Download 273.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling