Zoti ahli hunar mubohoti


Download 16.88 Kb.
Sana17.05.2022
Hajmi16.88 Kb.
#676627
Bog'liq
ikkinchi iqlim
10-sinf matematika ochiq dars 27.12, стихи Пушкина по списку dtm, A.A.Berdimurodov (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi), Rizoqulov Erkin тугри, yordamchi, Bank ishi savol-javoblar 2022, Xondamir, operatsion tizimlar va ofis ilovalari 2, 13-maruza, Kom Mat Tiz 8 amaliy (1), Health book

Yakshanba kuni quyosh rang qaasrdaIkkinchi iqlimdan kelgan musofir Rumdagi bir mohir zargar haqidagi hikoyani aytib beradi. O’z hunari bilan ommaningning taqsiniga sazovor bo’lgan bu zotning ismi Zayd Zahhob edi. U muhandis-injener, oltin saralovchi va muhtojlardan bularni ayamaydigan inson edi – saxovatpesha-komil insonga xos xislat hisoblanadi. Zayd Zahhob— Zahhobzargar, Zayd — zargarning nomi, ismi, bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi «ko‘paytirish», «qo‘shish» bo‘lib, hikoya qahramoni fe’l-atvoriga mos keladi:
Zoti ahli hunar mubohoti,
Zayd Zahhob o‘lub aning oti.
Ham hakim erdi, ham muhandisvash,
Goh zarposh ediyu gah zarkash.
Mubohoti- quvonish, faxrlanish
Muhandisvash- muhandisday
Zarposh- zar sochuvchi, saxiy
Zarkash- oltin tusli bezak tortilgan
Shariatga amal qilish- Olloh yagonaligini tan olish: kofirlarning butidan bitta ham qolmasligi u’n kurashish:
Toki kuffor ilohidin bir iloh
Qolmadi «Loiloha illolloh»17
Kuffor-kofir.
Barchadan o’zini past ko’rish Zahhob avlodidan bo’lgan hikoyachining maqsadi shohga kamtarin xizmatchi bo’lish niyyatida ekanligini aytadi:
G‘arazim bo‘lg‘ali bu yon ozim,
Bo‘lmoq erdi sanga kamin xodim.
G‘araz - niyyat
Kamin xodim- eng kichik xodim.
Dushanba kuni yashil saroyda 3-iqlimdan kelgan musofir hikoyasini tinglaydi.
Rahmdillik- Misrda bir boy – g’ani xoja bo’lib, uning eshigi go’yo muhtoj kishilarning o’z joyi kabi edi:
Misrda xojai bor erdi g‘ani,
Eshigi hojat ahlining vatani.
g‘ani-biy, badavlat
hojat ahli- muhtoj xalq
Aqllilik, donolik uning o’g’lining xislatlari: u nihoyatda salohiyatli va xushyor, yuzidan hozirjavobligi sezilib turadi:
Borcha fazlu hunar aro mohir,
Yuzidin hushmandlig‘ zohir.
hushmandlig‘- xushyor, sezgir.
Yana donolik: jahon ilmlarini o’rgangan, ilm-fazilat ahllari uning bilimdonligiga qoyil qolisharkan:
Zohir ahli jahon ulumi anga,
Ilmu fazl ahlining hujumi anga.
Rahmdil va saxovatli: u mehmonxona yasatgan do’st-u begona uning mehmoni ekan
Yasabon turfa mehmonxona,
Yo‘l topib anda xeshu begona.
Xesh-qarindosh
U kelgan mehmonlardan xushfe’llik bilan ahvol so’raydi va ularga qo’lidan kelgancha hurmat izzat ko’rsatadi, tavoze ko’rsatadi, xohishlarini bajaradi. Dunyoda ne umid bilan yurganligi surishtirib donolik bilan bilimlarini egallab oladi:
Mehribonliq bila so‘rub oni,
Aylab ulcha-rioyat imkoni.
Chun uyotliq qilib rioyatdin,
Lutfu ehsoni benihoyatdin.
So‘rubon bilganiyu ko‘rganini,
Ne bilik kasbida yugurganini.
Chun bilib borcha rozi pinhoni,
Ne kiromand o‘rganib oni.
Rioyat-hurmat qilmoq
Lutfu- muloyimlik, muruvvat
Roz-sir
Kiromand-aziz, izzatli
Xushhulq: Sa’d ikki yashil kiyimli musofirga shunday odamgarchilik ko’rsatadiki, bularning ikkisi ham uning odamgarchiligi oldida xuddi qul kabi bo’lib qoladi, iltifoti va xulquni ko’rib lol bo’lishadi va bir og’iz so’z aytolmas darajaga yetadilar:
Oncha mardumliq oshkor etti
Kim, ul ikkini zeri bor etti.
Lutfu xulqidin ikki axzar po‘sh,
Lolliqdin bor erdilar xomo‘sh.
Mardumliq-odamgarchilik
Zeri bor – hijolatda qolmoq
axzar po‘sh-yashil kiyim
xomo‘sh- indamas, jim turuvchi
mehmondo’stlik, ulardan hech ne ayamaslik belgilari- shunday ba’zim qilib beradi, boshqa bundan ziyoda bazm ko’rishmagan edi:

Har nekim tab’ istabon holi,


Bazm andin emas edi xoli.
Tab’ – mijoz, tabiat, ho’nggil
Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling