Zovurlarning asosiy vazifasi


Download 27.11 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1316454
  1   2   3
Bog'liq
Zovurlarning asosiy vazifasi


Zovurlarning asosiy vazifasi:
1.Tuproqdan ortiqcha zararli tuzlarni yuvib chiqarib tashlash.
2.Sizot suvlarini kritik chuqurlikda saqlab turish.




Zovurlarning ahamiyati shundaki, ularni tuproq-gruntdagi ortiqcha minerallashgan sizot suvlarni va sho’r yuvish davomida suvda erigan tuzlarni dalalardan tashqariga chiqarib, tuproqdagi tuz va suv rejimlarini rostlab turadi. Hozirgi paytda respublikamizdagi barcha sho’r yerlar (2,5 mln) zovurlashtirilgan, ularning umumiy uzunligi 120 ming km dan ko’proqni tashkil qiladi yoki har bir gektar yerdagi ularning solishtirish uzunligi 15-30 m tashkil qiladi.
Zovurlashtirilgan yerlarda sho’r yuvishning samaradorligi keskin oshadi, yer zararli tuzlardan tez tozalanadi va qayta sho’rlanishining oldini oladi.
Zovurlar dunyo mamlakatlarida, ya’ni AQSH, Hindiston, Xitoy, Misr, Jazoir, Italiya va boshqa davlatlarda keng qo’llaniladi. O’rta Osiyo respublikalarida zovurlar qadimdan sho’r yerlarda qo’llanilib kelmoqda. Lekin 1911 yildan boshlab zovurlar chuqur ilmiy asosda o’rganila boshlandi. 1940 yildan boshlab esa keng qo’llanilib kelmoqda.
Zovurlar 2 guruhga bo’linadi.
1. Tabiiy zovurlar (daryolarning eski qurigan o’zanlari, jarliklar, qurigan ko’llar va boshqa chuqurliklar)
2. Sun’iy zovurlar.
Sun’iy zovurlar 5 tipga bo’linadi.
1. Ochiq gorizontal zovurlar. 2. Yopiq gorizontal zovurlar. 3. Vertikal (tik) zovurlar. 4. Aralash zovurlar. 5. Vaakumli zovurlar.
Ochiq gorizontal zovurlar.
Ochiq zovurlar asosan, O’zbekistonning eskidan sug’orilib keladigan yerlarida qo’llaniladi (Mirzacho’l, Xorazm, Samarqand, Fargona viloyatlarida). Ochiq zovurlar bir-birlariga tutashgan ma’lum chuqurlikda va ma’lum masofada qazilgan kanal-chuqurlardir.
Bunday zovurlar loyihali va loyihasiz bo’lishi mumkin.
Loyihali zovurlar tekis erlarda, loyihasiz zovurlar esa adir yoki relyefi notekis bo’lgan yerlarda qo’llaniladi.
Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo’ladi.
1.Zovurlar (gruppa) 2.Yig’ish zovurlari. 3.Kollektorlar. 4.Bosh kollektor.
Ochiq zovurlar ekskavatorlarda qaziladi. Kovlashda zovurlar nishabligi 0,001-0,002 (1000 m masofadagi farq 1-2 m) va ularning qiyaligi hamda tuproqning mexanik tarkibi hisobiga olinadi. Agar tuproqning tarkibi og’ir soz bo’lsa 1:0,5, o’rtacha bo’lganda 1:1 va engil tarkibli bo’lganda esa 1:1,5 nisbatda bo’ladi.Shu tarkibda kovlanganda zovurlardan oqayotgan suvning tezligi 0,25-0,40 m/sek bo’lishi kerak.
Ochiq zovurlarning chuqurligi 2 ga bo’linadi: 1.Umumiy chuqurligi - yer yuzasidan zovurning tubigacha bo’lgan masofa. 2.Ish chuqurligi - yer yuzasidan zovurdagi suvning yuzasigacha bo’lgan masofa.
Zovurlarning chuqurligi sizot suvining sathidan pastda turishi kerak, shunday chuqurlikda bo’lgan yerlarda u samarali faoliyat ko’rsatadi. Zovurlarning chuqurligi sizot suvlarining chuqurligiga bog’liq bo’ladi.
Gruppa zovurlar chuqurligi - 2,5-3 m, yig’ish zovurlari - 3-3,5 m. kollektorlar - 4-5 m chuqurlikda kovlanishi maqsadga muvofiqdir.
Zovurlarni rejali joylashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zovurlar yerning asosiy nishabligi bo’ylab ikki sug’orish tarmogini o’rtasiga joylashtirilgani ma’qul. Chunki kanallardan filtrlangan suvlar shu zovurga tushishi kerak. Zovurlar nishablikka nisbatan bo’ylama joylashtirilganda ko’ndalang joylashtirishga nisbatan ancha afzalliklarga ega.
Bo’ylamada sizot suvlari katta tezlikda oqib keladi va zovurdan tez oqib chiqadi, kam loyqa bosadi.
Ochiq zovurlar orasidagi masofa quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: Tuproq-gruntning suv o’tkazmaydigan qatlam chuqurligiga, tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga, hududlarning tabiiy zovurlashganlik darajasiga, sizot suvlarining pasayish tezligiga va qabul qilingan sizot suvlarning maqbul sathiga hamda zovurlarning oqim moduliga.
jadval
Zovurlar orasidagi masofaning kattaligi.

Sizot suv

tuproqning mexanik tarkibi

chuqurligi

og’ir

O’rta

engil

2-3
1-2
0-1

250-300
200-250
100-150

300-400
250-300
150-200

400-600
300-400
200-300

Zovurlarni samarali ishlashini aniqlash uchun zovur oqimi moduli aniqlab boriladi. Zovur oqimi moduli deb - bir gektar yerdan bir sekund davomida zovur orqali chiqib ketayotgan suv miqdoriga aytiladi.
Zovurlarning o’rtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek, sho’r yuvish davomida esa 0,50-0,85 l/sek ga ko’payishi mumkin.
Amaliyotda kuchli sho’rlangan va sho’rxok yerlarni o’zlashtirishda hamda sizot suvlari yer yuzasiga juda yaqin joylashgan yerlarda ochiq muvaqqat (vaqtinchalik) zovurlardan ham keng foydalaniladi.
Ochiq muvaqqat zovurlarning chuqurligi 0,8-1,2 m, tuproqning mexanik tarkibi bo’yicha orasidagi masofa 40-80 m bo’ladi. Ochiq muvaqqat zovurlar S-100 markali ikki traktorga tirkalgan KM-800, KM-1200 markali kanal qazigichlar yordamida olinadi va ular ochiq doimiy chuqur zovurlarga tutashtiriladi.
Sho’rlangan va botqoqlangan yerlarda yopiq va tik (vertikal) zovurlardan ham keng foydalaniladi.
Yopiq zovurlar O’zbekiston sharoitida 1960 yillardan boshlab keng qo’llanila boshlagan, dastlab ular Mirzacho’lda, keyinchalik esa Qarshi, Sherobod, Jizzax cho’llarida, Buxoro, Fargona viloyatlarining yangi o’zlashtirilgan yerlarida keng qo’llanilib kelmoqda.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling