“Zulfiyaxonim izdoshlari” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 25.5 Kb.
Sana10.05.2022
Hajmi25.5 Kb.
#666199
Bog'liq
8-mart
Suv.Xususiyatlari va biologik funksiyasi mustaqil ish, курилиш конструкция, дневник рус, 3. Образцы ходатайств (1), 8-sinf-informatika-1-variant (1), 4-amaliy mashgulot. OITS tarqalishi, 1 mus ish, 1 mus ish, 1 mus ish, 1 mus ish, 2 mus ish, Великий Шелковый путь, 1 - маъруза. Молиянинг моҳияти ва функциялари, Lokalizatsiya, 173 03.04.2017



“Zulfiyaxonim izdoshlari” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.1 Mazkur Nizom “Zulfiyaxonim izdoshlari” milliy tanlovini (bundan buyon matnda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.2 Tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
Birinchi shart – “O‘zini tanishtirish”.
Ushbu shartda ajratilgan vaqt ichida ishtirokchi o‘z faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan o‘rni, hududidagi faolligi haqida o‘zini tanishtirishi zarur.
Ishtirokchining o‘zi haqidagi ma'lumotni yoritishi, libosi, tashqi ko‘rinishi (ma'naviyati, zamonaviy ayolning portreti, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi) baholanadi.
Ikkinchi shart – “Savol va javob”.
Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa xotin-qizlarning oila hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuzasidan 2 ta savol beriladi.
Ishtirokchi belgilangan vaqtdan unumli foydalanishi va berilgan savollar bo‘yicha ma'lumotga ega ekanligiga qarab baholanadi.
Uchinchi shart – “O‘zbek ayoli” mavzusida ishtirokchilarning 5 daqiqali sahna ko’rinishi.
Ushbu shartda yuqoridagi mavzuda o‘z huquqlarini yaxshi bilgan, o‘qimishli va faol inson, u nafaqat bola parvarishi, uy yumushlarini bajarishi, chiroyli kiyinishi, balki biznes, sayohat qilish va o‘z blogini yuritishi ham mumkinligi haqida ishtirokchilar sahna ko’rinishi namoyish etadi.
Tanlangan mavzuni yoritishning o‘ziga xosligi, mavzuga oid materiallardan mahorat bilan foydalana olishi hamda keng dunyoqarashi baholanadi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
2.1 Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va korxonada ibrat timsoli bo‘lish bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan sohalar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish;
ishtirokchilar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish.
3-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi va muddati
“Navro’z umumxalq bayrami”munosabati bilan, bayram arafasida o’tkazish.
4-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash
4.1 Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hay'atining har bir a'zosi tomonidan alohida tarzda 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi.
4.2 Hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda Hakamlar hay'ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
4.3. Tanlovda eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan Hakamlar hay'ati qaroriga asosan tanlovnin 1, 2, 3-o‘rin aniqlanadi va quyidagi nominasiyalar bilan taqdirlanadi:https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdKrpef88Hwg52_UO1_XWZwpBKv8hQXRdwL6AN0ZuDtlxvQwA/viewform?usp=sf_linkhttps://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfTKf2NYqldFStzIbq1bzt--dBwyj7i8pdflwsQ4MZi_4fAtg/viewform?usp=sf_link7. Mehnatni muhofaza qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?
A) Mehnat vazirligi;
B) Kasaba uyishmasi raisi;
S) Mehnat xavfsizligi qo'mitasi;
D) Vazirlar mahkamasi.2. "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 6-may 1998-yil,
B) 3-may 1993-yil,
S) 21-oktyabr 1993-yil,
D) 6-may 1993-yil.3. Navbatdan tashqari yo'riqnoma qachon o'tiladi?
A) Har 3 oyda bir marta, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bilimlarini oshirish uchun;
B) Sohaga doir bo'lmagan boshqa ishni bajarishdan oldin;
S) Bir ishdan boshqa ishga o'tkazilganda, xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilganda;
D) Tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortganda.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling