Zumrad bahor


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#131033
  1   2
Bog'liq
ochilova


 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIM XODIMLARINI QAYTA  

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY 

MARKAZI  

 

 

ERGASHEVA G.A. 

 

 

O`QISH DARSLARIDA “ZUMRAD BAHOR” 



MAVZUSINI O`RGANISH

 

 



 

 

 

 

 

Samarqand – 2020 

 

Ergasheva  G



  - 

SamVXTXQTMOHM  Maktabgacha,  boshlang‘ich  va  maxsus 

ta’lim  kafedrasi  o‘qituvchisi  “O`qish  darslarida  “Zumrad  bahor”  mavzusini 

o`rganish”SamVXTXQTMOHM, 2020-yil, 20 bet.



 

 

   



  Muharrir:          J.Eshquvvatov  -  SamDU  huzuridagi    XTXQTMOHM    Ilg‘or 

tajriba  va  xalqaro  hamkorlik  ilmiy-axborot  tadqiqotlar  bo‘limi 

boshlig‘i 

 

    Taqrizchilar:   M.Rahimqulova – SamVXTXQTMOHM 

Maktabgacha,  boshlang‘ich  va  maxsus  ta’lim  kafedrasi 

mudiri.,dots                                                                                                              

                              

                             T.Tolipova – SamVXTXQTMOHM 

  Maktabgacha,  boshlang‘ich  va  maxsus  ta’lim  kafedrasi                                                                                     

o’qituvchisi 

            

 

  



 

 

 

Ushbu uslubiy ko’rsatmada boshlang’ich sinf o`qish darslarida tabiat 

mavzusini o`rganishning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati, boshlang’ich sinflarda 

tabiat mavzusidagi asarlarni  o’rganish usullari, 4-sinfda “Zumrad bahor” 

mavzusini o`rganishda interfaol usullardan foydalanish xususiyatlari o’z 

aksini topgan

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Uslubiy ko`rsatma hududiy markaz Ilmiy-uslubiy kengashining 2020 yil ___ 

iyundagi  ___  sonli yig’ilish qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan. 

 



 



KIRISH 

 

       


XXI asrning ikkinchi 10 yilligida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari kabi ta`lim-

tarbiya  sohasiga  ham  davlat  ahamiyatiga  molik  masala  sifatida  alohida  ahamiyat 

qaratildi.  Insoniyatning  ehtiyoj  va  talablari,  jismoniy  va  ma`naviy  yuksalishi 

respublikamiz  davlat  siyosatning  markaziga  chiqarilgan  bo`lib,  hozirgi  kunda 

davlatimiz  rahbari  Sh.M.Mirziyoyevning  ta`lim-tarbiya  borasida  olib  borayotgan 

ishlarida 

yaqqol 

namoyon 


bo`lmoqda. 

Muhtaram 

Prezidentimiz 

Sh.M. 


Mirziyoyevning  2017-yil  7-fevraldagi  PF-4947-  sonli  “O`zbekiston  Respublikasini 

yanada  rivojlantirish  bo`yicha  Harakatlar  strategiyasi  to`g`risida”gi  farmonida 

uzluksiz  ta`lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  yo`lini  davom  ettirish,  mehnat 

bozorining  zamonaviy  ehtiyojlariga  muvofiq  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash, 

ilmiy va innovatsiyon yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini 

yaratish  ta`lim  tizimi  sohasidagi  ustivor  yo`nalishlar  sifatida  belgilandi.    Davlatimiz 

tomonidan    ta`lim-tarbiya  ishlari  sifatini  ko‘tarish  ishlari  amalga  oshirila  boshlandi. 

“Ta`lim  to`g`risida“gi  Qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi“,  ular  asosida 

“Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti”larini, darsliklarni takomillashtirish 

ishlari boshlab yuborildi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunda “Davlat ta`lim standartlarini  

bajarish 

O`zbekiston 

Respublikasining 

barcha 


ta`lim 

muassasalari 

uchun 

majburiydir”



1

,- ekanligi ta`kidlab ko‘rsatilgan.  

 Boshlang‘ich  sinflarda  o`qish  darslari  o’z  vazifalarini  belgilab  olishda  ta’lim 

sohasidagi  davlat  hujjatlariga  tayanadi.  Keyingi  yillarda  mustaqillik  sharofati  bilan 

ta’limni  tubdan  isloh  qilish  davlat  siyosatining  asosiy  yo’nalishiga  aylandi.  “Ta’lim 

to‘g‘risida”gi  qonun  va  shu  asosda  yaratilgan  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi” 

buning yorqin dalilidir. 

Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosati  insonni  intellektual  va  ma’naviy-

axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali 

har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. 

                                                 

1

«Tа`lim   to`g`risidа»gi qоnun



 

\\O`quvchi mа`nаviyatini shаkllаntirish.-T., Shаrq. 2000.9 –bеt.

 


 

 “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish, 



rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  talablarga 

javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy  tizimini  yaratish  asosiy 

maqsad qilingan

2



Ta’lim sohasidagi  o‘zgarishlar  o`qish darslarining sifatini ko`tarishda bir qator 

imkoniyatlarni  yuzaga  keltirdi.  Bu  yangiliklardan  ko’plari  maktablarda  amaliyotga 

tatbiq  qilinmoqda,  ba’zilari  hozircha  sinovdan  o’tkazilmoqda.  O`qish  darslari 

jarayonida  bolaning  fikrlash  qobiliyatini  o’stirish,  mustaqilligini  va  o’quv  ishlari 

jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda.  

Respublikamizda umumiy o’rta ta’limning davlat ta`lim standartida boshlang`ich 

sinf  o‘quvchilarining  o‘qish  predmetidan  o‘qish  texnikasi,  matn  mazmunini  va 

o’zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo’yicha 

bilim,  ko’nikma  va  malakalarning  minimal  darajasi  belgilab  berildi

3

.  Bu  talablarni 



amalda  bajarish  ta’lim  jarayoniga  yangicha  o’qitish  texnologiyalarini  tatbiq  etishni 

taqozo qildi. 

Hozirda  o‘quvchilarga  o`qish  darslarida  bilim  berish,  bilimlarni  oshirishda 

o`quvchilarni  mustaqil  faoliyatga  yo`llash  bo`yicha  metodik  tavsiyalar  tizimi  ishlab 

chiqilmoqda,  texnik  vositalardan  unumli  foydalanish,  ta’limiy  o’yinlarni  joriy  etish 

keng  tus  olmoqda,  ta’lim  jarayonida  test  topshiriqlaridan,  turli  boshqotirma  va 

jadvallardan  foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda. 

O‘qish darslarida badiiy asar tahlilida adabiyot nazariyasiga asoslaniladi, chunki 

o‘quvchilar  badiiy  asarni  amaliy  tarzda  tahlil  qiladilar,  ularga  adabiyotshunoslikdan 

nazariy  ma’lumot  berilmaydi,  ammo  metodika  adabiy  asarning  yaratilish 

qonuniyatlarini,  ularning  o‘quvchilarga  ta’sirini,  ayniqsa,  adabiyotshunoslikka  oid 

mavzulardan  asarning  g’oyaviy  mazmuni,  uning  mavzusi  va  syujeti,  kompozitsiyasi, 

janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur. 

                                                 

2

 

Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”. //Баркамол авлод-



Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 39-бет. 

3

 



Umumiy  O`rta  ta`limning  davlat  ta`lim  standarti  va  o`quv  dasturi.  “Boshlang`ich  ta`lim“ 

jurnali. 2005. 5-soni. 5-bet. 

 


 



Boshlang’ich sinf o`qish darslarida tabiat mavzusini o`rganishning 



ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati 

Boshlang’ich  sinf  o’qish  darslarida  o’rganiladigan  asarlar  kichik  yoshdagi 

o’quvchilarda  imon-e’tiqod  tuyg’ularini  shakllantirish,  vatanga  muhabbat 

uyg’otish,  o’zligini  tanish  orqali  olamni  tanishga  yo’llash  maqsadlariga  xizmat 

qiladi. O’qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol 

toptirish,  mustaqil  fikrlashga  o’rgatishning  muhim  omilidir.  Shuning  uchun  ham 

o’qish  boshlang’ich  ta’lim  tizimida  muhim  o’quv  predmeti,  ta’lim  berish,  kamol 

toptirish  va  tarbiyalash,  o’qish  ko’nikmalarini  bilan  qurollantirish  vositasi 

hisoblanadi. 

Boshlang’ich  ta’lim  davlat  ta’lim  standartining  ”Boshlang’ich  ta’lim 

sohalarining  maqsad va  vazifalari”da  “Ona  tili ta’limi  bolalarning  tafakkur qilish 

faoliyatlarini  kengaytirishga,    erkin  fikrlay  olishi,  o‘zgalar  fikrini  anglashi,  o‘z 

fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan 

erkin  muloqotda  bo‘la  olish  ko‘nikma  va  malakalarini  rivojlantirishga  xizmat 

qiladi.  Bu  o‘rinda ona  tili  ta’limiga  o‘quv  fani  emas,  balki,  butun  ta’lim  tizimini 

uyushtiruvchi  ta’lim  jarayoni  sifatida  qaraladi”

4

,-  deyilgan.    Boshlang’ich  ta’lim 



ona tili ta’limi doirasiga o’qish predmeti ham kiritiladi. Demak, bu vazifa  ta’lim 

tizimini uyushtiruvchi o’qish darslariga ham taalluqlidir.   

O’qishga  o’rgatishning  muhim  vazifalari  sifatida  dasturda  quyidagilar 

ko’rsatilgan: 

-  o’quvchilarning    boshlang’ich  o’qish  malakalarini  (to’g’ri,  tez,  ongli  va 

ifodali o’qishni) takomillashtirish

-  bolalarni  o’qigan  asarlarining  adabiy-estetik  xususiyatlarini  chuqur  idrok 

etish, ularni        tasvirlangan voqea-hodisalar  mag’zini  chaqish, muayyan  xulosalar 

chiqarishga tayyorlash; 

- bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash; 

                                                 

4

 Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti. Boshlang`ich ta`lim.|| Ta`lim taraqqiyoti. –T.: Sharq.1999. 75-bet. 



 

 

        -o’quvchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish; 



- o’quvchilarning  atrof-muhit  haqidagi  bilimlarini  boyitish.  Bu  vazifalarni 

amalga  oshirishda  ilg’or  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanishga  o’z-o’zidan  

zarurat seziladi. 

Boshlang’ich  sinflarda  mavsumiy  mavzularni  o’rganishning  hozirgi  holatini 

o’rganish bevosita shu mavzudagi o’quv materiallarining sifati,  o’quvchilar yoshi 

va  saviyasiga  mosligi,  o’rganish  metodikasining  qaydarajada  yaratilganligi  va 

uning tatbiqi bilan asoslanadi. 

Boshlang’ich sinf o’qish dasturida o’qish mavzularini berishda mavsumiy va 

tadrijiylik tamoyili hisobga olingan. Dasturda “1-sinfning o’quv yili oxirida bolalar 

vatan  va  uning  tabiati,  insoniy  qadriyatlari  haqida  kichik-kichik  asarlarni 

o’qiydilar. 2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo’lmagan vatan, 

ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati,  ahloqiy munosabatlar haqidagi 

asarlar bilan tanishadilar. 3 va 4-sinflar o’qish mavzulari ko’lami ancha kengaydi... 

O’qish  darslari  oldiga  qo’yilgan  tarbiyaviy  vazifaning  muvaffaqiyatli  hal  etilishi 

darsda  badiiy  asar  matni  ustida  ishlash  bilangina  bog’liq  bo’lib  qolmay,  balki 

bolalarni  qurshab  olgan  hayot,  tabiatdagi  turfa  o’zgarishlar,  ekologik  vaziyat, 

ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o’zaro bog’liq bo’lishi lozim”ligi ta’kidlanadi. 

Boshlang’ich  sinf  o’qish  dasturi  talabidan  kelib  chiqqan  holda  “O’qish 

kitobi“dagi  o’rganiladigan  asarlarning  mavzu  doirasi  ancha  keng bo’lib,  ular  ona 

tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, 

milliy  istiqlol  va  ma’naviyat  kabi  umumiy  mavzular  doirasida  birlashtirilgan. 

“O’qish kitobi“dagi  mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar sinfdan 

sinfga  o’tgan  sari  murakkablashtirilib  boriladi.  Bir  mavzu  doirasida  asarlar  ham 

hajm  jihatdan,  ham  syujetining  murakkablashib  borishi  bilan  ajralib  turadi. 

Mavsumiy  mavzudagi  asarlarni  o’rganish  jarayonida  o’quvchilar  ona  tabiat, 

atrofimizni o’rab turgan olam, uning inson salomatligiga ta’sirini bilib boradilar. 



 

1-sinf  “O’qish  kitobi“da



5

  bittagina  tabiat  mavzuga  doir  bo’lim  bo’lib,  u 

”Ko’klam  –  yashardi  olam”  deb  nomlangan.  Unda    9  ta  asar  berilgan  va  bitta 

bo’lim  yuzasidan  umumlashtiruvchi-takrorlash  darsi  ajratilgan.  “Ko’klam  – 

yashnaydi  olam”  bo’limida  dastur  talabiga  ko’ra  fasllar  kelinchagi,  yashash-

yasharish faslining o’ziga hos xususiyatlari, inson hayoti va butun tabiatga ta’siri 

haqida hikoya qilingan  asarlar o’rin olgan. 

 Bu  sinfda  mavsumiy  mavzular  boshqa  bo`limlarda  ham  o`rganiladi. 

Masalan, vatan mavzusi o`rganilayotganda, qish haqoda, Vatan himoyachilari 

haqida asarlar o`qiydilar.  

 2-sinf “O’qish kitobi“ga

6

 ”Oltin kuz – hosiling yuz”, ”Kumush qish – misoli 



oqqush”,  ”Zumrad  bahor  –  bahri-diling  ochar”,  ”Yoz  –  o’tadi  soz”        bo’limlari 

kiritilgan.      Bu  sinfda  mavsumiy  mavzularga  jami    soat  ajratilgan.  ”Oltin  kuz  – 

hosiling yuz” bo’limida dastur talabiga ko’ra kuz tabiatiga doir asarlar yordamida  

kuzda insonlar mehnati, ularning tabiatga  munosabatlari haqida  ma’lumot berish, 

tabiatga  sayr  va  sayohatlar  asosida  insho  yozish  rejalashtirilgan.  Dastur  talabiga 

ko’ra      ”Kumush  qish  –  misoli  oqqush”  bo’limi  orqali  qish  tabiati,  dala  va 

bog’larning qishki ko’rinishi, o’quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o’yinlar 

haqida ma’lumot beriladi. 

3-sinf  “O’qish  kitobi“ga

7

  ”Kuz  manzarasi  va  mehnat”,  “Kumush  qish“, 



“Bahor  manzarasi  va  mehnat“,  “Yoz  manzarasi  va  mehnat”,  “Tabiatni  seving  va 

asrang” bo’limlari kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami  soat ajratilgan.  

4-sinfda  ”Oltin  kuz”

8

  bo’limida    ”Saxovatli  fasl”  (Matn),  ”Kuz” 



(SH.Sa’dulla)  she’ri,  ”Qovun  sayli”  (SH.  Sa’dulla)  hikoyasi,  ”Dehqon” 

(S.Rahmon)  she’ri;    ”Kumush  qish”  bo’limida  ”Qish  to’zg’itar  momiq  par” 

(Q.Hikmat)  she’ri,  ”Rangin  qorlar”  (Olloyor)  ertagi,    ”Qish”  (T.Adashboev) 

                                                 

5

 

G’afforova T.. va b. O’qish kitobi. 1- sinf uchun.. T.: SHarq. 2017.  



6

  

G’afforova T.. va b.



. O’qish kitobi. 2- sinf uchun.. T.: Sharq. 2018. 

7

 Umarova M. va b O’qish kitobi. . 3- sinf uchun.  T.: O’zbekiston. 2017. 



8

 

Matchonov S. va b. O’qish kitobi. 4- sinf uchun. T.: Yangiyo’l poligraf servis. 2017. 



 

 

she’ri,    ”Qor  odamning  sovg’asi”  (O.Husanov)  hikoyasi;    “Zumrad  bahor“ 



bo’limida  Xudoyberdi      To’xtaboevning  “Erkacholning  o’rigi  ”  hikoyalari, 

Yusuf Xos Hojib “Bahor ta’rifida”, G’ayratiyning “Buzilmagan uya“,  Qudrat 

Hikmatning  “Bahor“ she’ri, “Bayram urf-odatlari“, F.Musajonovning “Saxiy 

bog’bon“ hikoyasi; “Yoz – o’tadi soz” bo’limida  ”Yoz” (SH.Sa’dulla) she’ri, 

”Oydin kecha” (Murod Xidir) hikoyasi, ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev)  

hikoyasi,  ”Suv  bilan  suhbati”  (Z.Diyor)  she’ri,  ”Quyosh  sevgan  yurt” 

(R.Tolib) ertagi o’qib o’rganiladi. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami  soat 

ajratilgan.  

Tabiat  mavzular  sinfdan  sinfga  o’tgan  sari    murakkablashib  borilishini 

yuqorida ta’kidlab o’tdik. Lekin bo’limlarning nomlanishiga e’tibor qaratsak, 

bo’lim  nomlarining  bir  xil  ifoda  etilganini  ko’ramiz.  Bu,  bir  tomondan,  

mavzuni  ifodalashda  tasvirlashni,  ifodalashni  qashshoq  holatga  keltirib 

qo’ygan,  ikkinchidan,  o’quvchilarda  ”Nima  uchun  bo’limlar  bir  xil 

nomlangan?  Demak,  oldingi  sinfda  o’tilganlarni  o’rganar  ekanmiz”  fikrni 

tug’diradi.    Nomlar  ham  bolalar  yoshiga va idrok  eta olish  qobiliyatiga  mos 

bo’lishi, sinfdan sinfga murakkablashtirib borilishi lozim. kerak. Masalan,  2-

sinfda ham 4-sinfda ”Yoz – o’tadi soz”, 3-sinfda “Kumush qish“ va 4-sinfda 

ham  “Kumush  qish“  kabi  bir  xil  nomlangan.  Aslida  qo’yilgan  mavzu  nomi 

ham o’quvchini o’ylatishi, o’zi tortishi, hayajonlantirishi lozim. SHuningdek, 

mavsumiy  mavzudagi  ba’zi  asarlar  hajmi  1-2-sinfda  katta  bo’lgani  holda  3-

sinfda  kichik.  Masalan,  3-sinfda  “Kuz  kelganda”  she’ri  6  misradan  iborat 

bo’lsa, 1- sinf “Lola”  va “Navro’z” she’rlari 12 misradan iborat. Darsliklarda 

o’quvchilar  uchun  qiyinlik  qiladigan  asarlar  ham  bor.  Masalan,3-sinfda 

Abdulla  Avloniyning  “Yoz”  she’ri  biroz  murakkab  va  hozirgi  zamon  nuqtai 

nazaridan  jo’nroq.(205-  bet).  3-sinfning  “Yoz  manzarasi  va  mehnat” 

bo’limlarda  “Yettinchi  olimpiya  sport  maktab-internati”  (Mirzo  Ahad) 

hikoyasi,  Anvar  Obidjonning  “O‘ktam  avlod”  she`ri    mavzu  bilan  bog‘liq 

emas.  “Kuz  manzarasi  va  mehnat”  bo’limida  kirish  darsi  uchun  ikkita  matn 



 

berilgan.  Biri  nasriy  “Oltin  kuz”  va  she’riy  matn  “Kuz  kelganda”  berilgan. 



O’quvchi  mavzu  bir  xilligini  anglaydi,  lekin  matn  tahlili  ularga  qiyinchilik 

tug’diradi.    

2-sinf  “O’qish  kitobi”da  “Oltin  kuz  –  hosiling  yuz”  bo’limidagi  asar  2-

sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga mos emas, kishini hayajonga soladigan 

badiiy  matnlar  tanlanmagan.  Masalan,  “Kuz”,  ”Kuz  tabiati”,  ”Kuz 

ne’matlari”, ”Hosil bayrami” matnlari mualliflar tomonidan yaratilgan, badiiy 

asarlar  emas.  ”Kuz  tabiati”  matnida  “Sovuq  kun  sayin  kuchayib,  iliq  kunlar 

sekin  sovib  boradi.  To’satdan  bir  daraja  sovuq  bo’ladi”  jumlasining  o’zida 

uch marta sovuq so’zi qo’llangan.  

Mavsumiy  mavzudagi  asarlarning  hammasini  badiiy  jhatdan  yuqori 

saviyada  yozilgan  deb  bo’lmaydi.  Ularni  tanlaydigan  olim  asarlarning 

mavzusi bilan birga shakl tomoniga diqqatini qaratishi zarur. 

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  sinf  o’qish  dasturi  va  darsliklarida 

mavsumiy  mavzularga  katta  e’tibor  qaratilgan  va  yaxshigina  o’rin  berilgan. 

Mavzuga  doir  tanlangan  asarlar  ham  o’quvchilarga  yetarli  bilim  beradi, 

tabiatga mehr  va uni asrash hissini uyg’otadi. Tanlangan asar badiiy jihatdan 

ham  yuqori  savida  bo’lib,  ular  o’quvchilar  hissiyotiga  kuchli  ta’sir  qiladi, 

ularni  hayajonga  soladi.  Masalan,  Anvar  Obidjonning  “So’nggi  axborot” 

she’ri  (3-sinf),  ”Nihollarning  nolasi”  (X.To’xtaboev)    hikoyasi  (4-sinf) 

o’quvchi  ruhiyatiga  kuchli  ta’sir  ko’rsatadi.  Matnlarda  qo’llangan      badiiy 

vositalar o’quvchilar nutqini boyitadi va bog’lanishli nutqini o’stiradi. 

Boshlang’ich  ta’limda  mavsumiy  mavzularni  o’rganishda  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanish  o’quvchilarning  mustaqil  fikrlashlariga,  ijodiy 

qobiliyatlarining  o’sishiga,  nutqini  o’stirishga,  o’qish  ko’nikmalarini 

takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. 

Maktabda  mavsumiy  mavzularni  o`rganish  darslarini  kuzatdik. 

O`qituvchilar  o`quvchilarning  tasavvurini  kengaytirish  maqsadida  tabiat 

tasvirlangan  rasmlardan,  turli  o`simliklar,gullar,  bog  va  dala  mahsulotlari 


 

10 


rasmlaridan  foydalandilar.  Topishmoqlar,  maqollar  aytdilar.  O`quvchilarni 

ham  izlanishga  undadilar.  O`quvchilar  tabiat  tasvirini  chizib,  uning 

mazmunini  kitobdagi  materiallardan  foydalanib  so`zlab  berdilar.  Ltrby  biror 

marta ham tabiatga ekskursiya uyushtirilmadi.  

Qish  fasli  haqidagi  bo`limlar  o`rganilganda  ko`proq  qishki  ta’til, 

bolalarning qishki o`yinlari, yangi yil, qorbobo, hayvon va qushlarni qishdagi 

hayoti haqida suhbatlar uyushtirildi. 

2-sinf  dasturida  kuzda,  qishda,  bahorda,  yozda  tabiatga  sayr  va  sayohat 

uyushtirish  haqida  tavsiya  berilgan,  lekin  dars  jarayonida,  undan  keyin  

o`quvchilar  sayohatga  olib  chiqilmadi.  Dasturda  insho,  bayon  yozish  haqida 

topshiriq berilishi ko`zda tutilgan. O`quvchilar inshosi ko`zdan kechirilganda, 

ijodiy ishda har doimgi gaplar ifoda etilgan. Ishda badiiylik yetishmaydi. 

O`quvchilarning  tabiat  haqidagi  bilimlarini  aniqlash  maqsadida  og`zaki 

suhbat  o`tkazildi,  test  olindi,  yozma  ishlar  uyushtirildi.  Nazorat  natijalari 

shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`rtacha o`zlashtiruvchilari 60 foizni tashkil 

etdi.  Biz  uyushtirgan  noan’anaviy  darsdan  so`ng  natijalar  ancha  yuqori 

ko`rsankichni ko`rsatdi. Xulosa qilib, aytish mumkinki, mavsumiy mavzularni 

o`tish usullari takomillshtirishni taqozo etadi. 



Boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusidagi asarlarni  o’rganish 

usullari 

Bolalarga  maktabga  kelgan  kunidan  boshlab,  bilim  olishga  havas  tuyg’usi 

shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali 

o’quvchilar  ma’naviy  ozuqa  ola  boshlaydilar.  Bolalarda  kelajakka  intilish,  orzu-

havas,  mehnatga  va  bilim  olishga  chanqoqlik,  xayr-u  ehsonda  sofdillik,  ona-

Vatanga  mehr-muhabbat,  fidoyilik,  milliy  g’urur,  matonat,  mehr-oqibat,  do’stlik, 

ezgulik  kabi  yuksak hislar  paydo  bo’ladi.  Badiiy  asarlar shunday  yuksak hislarni 

tarkib toptiruvchi asosiy omil sanaladi. 

Ma’lumki, badiiy asar  matni ustida qilinadigan tahlil ishlari asar  mazmunini 

to’liq  o’zlashtirishga  qaratiladi.  Ular  o’quvchilarning  jamiyat  va  borliq  haqidagi 



 

11 


bilimlarini  boyitib,  o’qish  ko’nikmalarini  takomillashtiradi.  Asar    tili,  badiiy 

vositalari  ustida  ishlash  o’quvchilarning  nutqini  o’stiradi,  asar  qahramonlariga 

tavsif berish o’quvchi shaxsini tarbiyalaydi. Demak,  o’qish darslarida badiiy asar 

ustida ishlashning har bir yo’nalishi va bosqichi ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb 

etadi.  

Boshlang’ich  sinflar  kesimida  mavsumiy  mavzularni  o’rganishga  katta  o’rin 

berilgan. O`qish darslarida tabiat mavzusidagi badiiy asar matnida ustida ishlashda 

o’quvchi  va  o’qituvchi  faoliyatini  to’g’ri  tashkil  etilishi,  o’qitish  usullari  to`g`ri 

tanlanishi taqozo etiladi.  

O’qish  darslarida  mavsumiy  mavzudagi  asarlarni  o’rganish  o’quvchilarni 

tabiat  hodisalari  bilan  tanishtiribgina  qolmay,  ularning  o`qish  ko`nikmalarini 

o`stiradi,  lug`atini  boyitadi,  nutqini  rivojlantiradi,  tabiat  uning  uyi  ekanligini,  uni 

muhofaza qilish burchi ekanligini anglashlariga yordam beradi. 

Hozirgi kunda o’qish darslarida har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va 

ilmiy  metodik  usullari  ishlab  chiqilgan  bo`lib,  ular  zamonaviy  o’qitish  usullari 

bilan boyitib borilmoqda. 

Darsda  o’quvchilarning  faolligini  oshiradigan,  tasavvurlarini  boyitadigan 

usullar  asarlarni  janr  tabiatidan  kelib  chiqib  tanlanadi.  Asarni  o’qib  tanishtirish, 

o’quvchilarning o’zlariga ketma-ketlikda o’qitish,  rollarga bo’lib o’qitish, asar tili 

ustida ishlash,  qahramonlarga tavsif berish, asarni qayta hikoya qildirish, ta’limiy 

va tarbiyaviy xudlosa chiqarish ishlari hozirgi kunda maktablarda an`anaviy tarzda 

amalga  oshirilmoqda.  Lekin  ularni  tashkil  etishda  ilg’or  innovatsion 

texnologiyalardan  foydalanish  ishlari  ishlab  chiqilishni  davr  talabi  deb 

hisoblaymiz. 

Boshlang’ich  sinfda  mavsumiy  mavzudagi  asarlardagi  yozuvchi  ilgari 

surayotgan g’oyani bolalar to’g’ri anglashlari uchun qo’yidagi tamoyillarga to’liq 

amal qilinishi zarur: 

1.  O’qishni  tabiatda  yuz    beradigan  jarayonlar  bilan  bog’liq  holda  tashkil 

etish. 


 

12 


2.  O’qishning  ongli  va  ta’sirchan  bo’lishi  uchun  o’quvchilarning  tabiat 

haqidagi hayotiy tajribalariga, taassurotlariga tayanish. 

3.  Tabiat  mavzusidagi  asarlarni  o’qishni  ko’rgazmali  tashkil  qilish,  tabiatga 

ekskursiyalar  uyushtirish,  hayvonot  olami  va  o’simliklar  dunyosini  kuzatish, 

rasmlar, jadvallar, predmetlar foydalanish lozim. 

Mavsumiy  mavzudagi  asarlarning  har  biri  o’ziga  xos  shakl,  uslub  va 

mazmunda  bo’lgani  uchun  o’ziga  xos  usulda  o’qib-o’rganishni  taqozo  qiladi. 

Ma’lumki,  mavsumiy  mavzudagi  asarlar  ham  bir  dars  davomida  bosqichma-

bosqich o’rganiladi. Bilamizki, avvalo o’quvchi asarni o’qishga tayyorlab olinishi 

kerak. Tabiat mavzusidagi asarlarni o’rganishda tabiat tasviriga doir rasmlar ustida 

ishlash, tabiat bag’riga sayohat, tabiat va kuzdagi bayramlar haqidagi kinofilmlar 

namoyishi  bolalarni  kuzatuvchanlikka  o’rgatadi.  Televizorda  fasllar  boshlanishi 

bilan “Tabiat manzaralari” ko`rsatiladi. SHulardan foydalanish mumkin. Masalan, 

“Oltin  kuz”,  “Mehrjon  sayli”  “Olma”,  “Xazonchinak”  ilmiy-ommabop  va  badiiy 

asarlarni o’rganishda slaydlardan foydalanish mumkin. 

Badiiy  asarni  o’rganishning  har  bir  bosqichida  o’quvchilarni 

faollashtiradigan, 

mustaqil 

fikrlashini 

ta’minlaydigan 

innovatsion 

texnologiyalardan foydalaniladi. 

4-sinfda    “Yoz  o’tadi  –soz“  bo’limida  “Yoz“  she’ri,  “Bobomning  sovg’asi“ 

hikoyasi  ,“Non  qayerdan  keladi?“,  “Oydin  kecha“,  “Nihollarning  nolasi“,  “Suv 

bilan suhbat“,  “Quyosh sevgan yurt“ asarlari o’rganiladi. Asar bilan tanishtirish va 

o’quvchilarga  ifodali  o’qish  namunasini  ko’rsatish  uchun  aktyorlarning  audio-

video  tasmalarga  yozilgan  ijrolaridan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  X. 

To’xtaboevning  “Nihollarning  nolasi“  hikoyasi  badiiy  o’qish  metodida  audio-

video tasmalar orqali eshittirilsa, o’quvchilarga voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi, 

ular emotsional zavq oladilar, o’qiganda eshitganlariga taqlid qiladilar. Mavsumiy 

mavzudagi asarlarni o’rganishda asosiy diqqat badiiy tasvirlarga qaratilishi lozim. 

Badiiy  tasvir  joy  tasviri,  tabiat  tasviri,  inson  tasviri,  qush  va  parrandalar  tasviri, 

hayvonlar tasviri bo’lishi mumkin. 


 

13 


 4-sinfda  “Zumrad  bahor“  bo’limida  berilgan  asarlar  matnida  tabiat  tasviriga 

bag’ishlangan  o’rinlar,    badiiy  tasvir  vositalari    ko’p  qo’llangan.  Ular 

o’quvchilarning  bahor  fasli  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytiradi.  4-sinfda 

o’quvchilari  tasviriy  vositalar  ustida  mustaqil  ish  metodida  ishlashlari  mumkin. 

Ya’ni ular badiiy matndan  mustaqil ravishda badiiy vositalarni topadilar, ularning 

vazifasini,  ular  ifodalagan  ma’noni  izohlaydilar.  Badiiy  vositalardan  qayta 

hikoyalash  jarayonida    o’z  nutqlarida  foydalanadilar.  O’quvchilarning  badiiy 

matndagi    tasviriy  vositalarni  aniqlashlari  va  izohlashlari  uchun  o’qituvchi 

yo’llovchi  savollar  berib  boradi.  Agar  o’qituvchi  1-3-sinflarda  jonlantirish, 

o’xshatish,  mubolag’a,  tabiat  tasviri,    insonlar  tasviri    ustida  ishlagan  bo’lsa, 

o’quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo’lsa, o’quvchilar qiynalmay 

topa oladilar. 

Farhod 

Musajonovning 



“Sahiy 

bog’bon” 

hikoyasi, 

Xudoyberdi   

To’xtaboyevning  “Erkacholning  o’rigi  ”  hikoyalari  o’quvchilarda  katta  qiziqish 

o’yg’otadi.  Farhod Musajonovning “Sahiy bog’bon” hikoyasida gulning ochilishi 

tasviri  berilgan:  “Ko’chat  gurkirab  o’sa  boshladi.  Ko’p  o’tmay  g’unchaning  uchi 

yorilib, qip-qizil gul ko’rina boshladi. Oldiniga  u kichkina  edi,  uch kundan  keyin 

esa piyoladek keladigan qip-qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli ediki, 

Odiljon qarab to’ymasdi“

9



Xudoyberdi      To’xtaboevning  “Erkacholning  o’rigi  ”  hikoyasi  matnida  holat 



tasviri: 

Yuragim 


hapriqib 

ketdi. 


SHirin-shirin 

entika 


boshladim. 

Suhbatdoshlarimga 

qayta-qayta 

tikilaman, 

yuz-u 

ko’zlarida  yeyayotgan 



o’riklaridan  olayotgan  huzurdan  o’zga  ifodani  sezmayman“,    xalq  hikmati:  “mol 

yotganda emas, yeganda semiradi“, o’xshatish: “Sutga to’ymagan qo’zi onasining 

orqasidan  qolmagandek,  erta-yu  kech  bobomning  ortidan  ergashib  yurardim“, 

tabiat tasviri: “Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ulgurmagan, tuproq 

ham  xamirdek  ko’pchib  turibdi.  Tepalikning  kungay  tomonida  chuchmomalar 

                                                 

9

 S.Matchonov va . O’qish kitobi. 4-sinf uchun. _T., Yangiyul poligraf servis. 2009, 199-bet. 



 

14 


yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla edi.“,  erkalash: “Yo’q, 

bo’talog’im,  hammasini  ekib  ketganimiz  yaxshi“,  ko’chma  ma’noli  so’zlar: 

“Rahmatli  bobom  o’sha  yili  ham,  keyingi  paytlarda  ham  hurjunning  ikki  ko’ziga 

ikki ko’zani solib, tepalikka suv tashigani tashigan edi“, qahramon tasviri: “Yoshi 

yetmishlarga  borib  qolgan,  baland  bo’yli,  tik  qomatli,  tarashadek  qotma,  cho’ziq 

yuzli,  serzarda  va  eng  muhimi,  tinib-tinchimas  kishi  edi“

10

  kabilar  qo’llangan. 



Yuqoridagi  badiiy  vositalar  ustida  ishlashda    samarali  usullar  qo’llansa, 

o’quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlari  o’sadi.  Birinchi  navbatda,  hikoya 

mazmuni, voqealar rivoji, qatnashuvchilarning xatti-harakati tahlil qilinadi. Bunda 

qahramonlarning  xatti-harakati  va  xarakteriga  xos  xususiyatlari  ularning  yashash 

sharoitlari bilan bog’liq holda qaraladi. Bunday hikoyadagi badiiy tasvirga alohida 

e’tibor bilan qaralib, savol va topshiriqlar asosida tahlil qilinadi. 

X.To’xtaboyevning  “Erkacholning  o’rigi”  hikoyasi  ustida  ishlashda 

“Qoraqandak”  o’rigiga,  Erkacholga  berilgan  tasvirning  badiiy  jihatlarini  tahlil 

qilish  asosiy  o’rinni  egallaydi.  O’qituvchi  o’quvchilar  diqqatini  “fikrlarning 

mazasini”  shimayotgandek,  “tik  qomatli,  tarashadek  qotma,  cho’ziq  yuzli, 

serzarda,  tinib-tinchimas”  kabi  so’z  va  iboralarga  qaratishi  lozim.  Bunda 

X.To’xtaboyevning  “Erkacholning  o’rigi  ”  hikoyasi  matni  qismlarga  bo’linadi 

o’quvchilar  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Har  bir  guruhga  alohida  savol  va 

topshiriqlar beriladi. Badiiy asar matnidan kelib chiqib, tahlil usullari tanlanadi. 

Tabiat mavzusidagi asarlarni o`qishda o`quvchilarni jonli tabiat bilan bog`lash 

lozim.  Shunday  o`quv  topshiriqlari  ishlab  chiqish  kerakki,  o`quvchi  tabiatdan, 

hayotdan  shunday holatlarni topsin va kuzatsin, o`zi muayyan xulosalar chiqarsin. 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling