maʼlumotnoma vujudga kelgan, ularda hamma mashhur sahobalar, ularning
shogirdlari, Muhammad payg‘ambar zamondoshlari va boshqa hadis to‘plab
yetkazuvchilar tarjimai holi alifbo tartibida turkumiga qarab keltirilgan edi.
Bular jumlasiga Ibn Sadning “Taboqat”, sahoba Ibn al-Asirning alifbo tartibidagi
lug‘ati, shuningdek uning mashhur tarixiy «Al-Komil fit-tarix» degan asari kirardi.
Adabiyotning shu uslubiga “ojizlar”, yaʼni hadis keltiruvchilar
ishonchini
qozonmaganlar haqida maʼlumot beruvchi maʼlumotnomalar ham kirardi.
Ishonchliligiga qarab hadislar uch guruhga ajratilgan edi.
Hikoya qiluvchilar ro‘yhati hech qanday shubha tug‘dirmasa, bunday hadis
sahih
(arabacha so‘z bo‘lib ishonchli, to‘g‘ri) deyilgan.
Agar hikoya qiluvchilar ro‘yhatida ayrim muhaddislar uni benuqson deb topmagan
bo‘lsa, yoki ro‘yhatda biron xalqa, bo‘lim uzilib qolgan bo‘lsa, hadis to‘la
qimmatga
ega deb tan olinmasa-da, baribir, qabul qilingan; bunday hadis
hasan
(arabcha so‘z bo‘lib yaxshi, marhamatli) deb nomlangan.
Nihoyat, agar hikoya qiluvchilar ro‘yhatida taqvodorligi yoki axloqiy obro‘-
eʼtibori nuqtai nazaridan muvofiq kelmaydigan kishilar bo‘lsa, hadis ishonchsiz
hisoblangan va
za‘if (arabcha so‘z bo‘lib zaif) deb nomlangan.
Hikoya qiluvchilar ro‘yhati muntazam bayon etilgan bo‘lsa, bu hadis
mutassil
deyilgan. Bironta nom, ayniqsa ikkinchi nom, yaʼni sahoba shogird nomi tushirib
qoldirilgan bo‘lsa,
munqati (uzilgan) deyilgan. Hadis isnodida shogird-tabiʼ
ko‘rsatilgan bo‘lib, hadis qaysi sahobadan eshitilganligi nomaʼlum bo‘lsa, unda
Do'stlaringiz bilan baham: