~ ~ – amaliy mashg’ulot ishi mavzu
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
7-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. LAN xususiyatlari. Lokal tarmoqlar
Turli topologiyalarni solishtirish uchun ma'lum bir tarmoqdagi
ko'plab ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olish kerak va ularni tahlil qilgandan keyingina ma'lum bir tarmoq topologiyasi foydasiga xulosa chiqarish kerak. Yetarlicha katta tarmoqlarni qurishda ko'pincha aralash tarmoq topologiyalari qo'llaniladi, ba'zan esa juda murakkab. 6. LAN xususiyatlari. Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo’lmagan hududda, odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo’lgan kommunikatsiya tizimidir. LANning uchta printsipi mavjud: 1) Ochiqlik - mavjud tarmoq komponentlarining apparat va dasturiy ta'minotini o'zgartirmasdan qo'shimcha kompyuterlar va boshqa qurilmalarni, shuningdek aloqa liniyalarini (kanallarni) ulash imkoniyati. 2) Moslashuvchanlik - har qanday kompyuter yoki aloqa liniyasining ishlamay qolishi natijasida struktura o'zgarganda ishlashning saqlanishi. 3) Samaradorlik - foydalanuvchilarga minimal xarajat evaziga xizmat ko'rsatishning talab qilinadigan sifatini ta'minlash. Mahalliy tarmoq quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: Yuqori ma'lumotlarni uzatish tezligi (10 Gb gacha), yuqori tarmoqli kengligi; Kam uzatish xatolari (yuqori sifatli uzatish kanallari); Yuqori tezlikdagi ma'lumotlar almashinuvini boshqarishning samarali mexanizmi; ~ 12 ~ Tarmoqqa ulangan kompyuterlarning aniq soni. Tarixi. Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo’lmagan dasturiy-apparat vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o’z ma’lumotni taqdim etish usuli, o’ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo’lsa, shu turdagi kompyuterlarni ulashi mumkin bo’lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM 360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari bilan. 80-yillar o’rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o’zgara boshladi. Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi - Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning paydo bo’lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo’ldi. ShK lokal tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari, ya’ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi. 90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o’z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo’ldi. Ma’lumotlar jo‘natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari bo‘yicha ma’lumot jo‘natishning raqamli platformasida o‘tkaziladi. Raqamli kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo‘lgan talablarni o‘zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi texnologiyalari paydo bo‘ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo‘qotish va uni yo‘qotish bilan bog‘liq barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta’minotga qayta topshirish samaraliroqligi tahmin qilinyapti. Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi katta hissa qo‘shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar texnologiyalaridan ustun bo’lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda. Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari, o‘z xizmat to‘plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha ma’lumotlar – surat, videofilm, ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta ~ 13 ~ hajmdagi ma’lumotlarni yetkazib berish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug‘ildi. Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma’lumotlarni jo‘natuvchi bo‘lib qolgan World Wide Web gipertekst ma’lumot xizmatidir. Lokal va global tarmoqlar yaqinlashuvi ko‘rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog‘i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o‘z mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi. Kabel tarmoqlari bo‘yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi, hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda, ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta’minladi. 3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an’anaviy ovoz xizmatlari takliflarini kengaytiradi. Mobil va o‘tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo‘lgan va o‘rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar to‘plamiga ega bo‘lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang‘ich iste’molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi. Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an’anaviy telefoniya bilan raqobatlasha boshladi. Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an’anaviy telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar. Bir nechta kompyuterlarda bir xil ma'lumotlarni qayta ishlash uchun kompyuter tarmog'ini yaratish eng istiqbolli yechim hisoblanadi, chunki u kompyuterlar o'rtasida "shaffof ulanish" ni ta'minlaydi, bu esa foydalanuvchidan ma'lumotlarni almashish uchun qo'shimcha harakatlarni talab qilmaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling