Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlarining hosil qilish usullarini tanishtirish va ko`nikmalarini hosil qilish
Download 392.38 Kb.
|
9-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Har bir kompyuterda tarmoq adapteri o‘rnatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoq hosil qilinadi.
Laboratoriya ishi №9 Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va boshqarish vositalari. Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlarining hosil qilish usullarini tanishtirish va ko`nikmalarini hosil qilishNazariy qismKompyuter tarmog‘i – bu kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan kompyuter va qurilmalar to‘plami. Kompyuter tarmoqlarini hosil qilishning bir necha xil usullari mavjud. Kompyuterlarni birbiriga bog‘lashda Ethernet, HPNA (home phoneline network adapter — telefon kabellari asosida uy tarmog‘i adapteri) va simsiz bog`lanish adapterlaridan foydalanilgan.1) Konsentrator yordamida tarmoq hosil qilish. Bu usulda har bir kompyuter tarmoq konsentratoriga bog`lanadi. Buning uchun har bir kompyuterda tarmoq adapteri mavjud bo‘lishi kerak.2) Har bir kompyuterda tarmoq adapteri o‘rnatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoq hosil qilinadi.3) Har bir kompyuterda simsiz tarmoq adapteri o‘rnatiladi. Tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan signallar orqali ma’lumot almashadi. Tarmoqdagi har bir kompyuter o‘z nomiga ega va u biron bir ishchi guruhga taalluqli. Lokal tarmoqda kompyuterni topish uchun kompyuterning nomini bilish zarur. Ishning bajarish tartibi Tarmoqdagi kompyuter nomi va ishchi guruhni ko‘rish uchun quyidagilarni bajarish zarur: - Мой компьютер kompyuter belgisiga sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, Свойства buyrug`ini tanlang; - Ochilgan oynadan Имя компьютер bo‘limiga o‘ting. Kompyuter ma’lumotlaridan birga foydalanishga ruxsat olish. Tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar sizning kompyuteringizdagi ma’lum bir papkangizdan ma’lumot olishlari uchun, quyidagidarni bajaring: Papkani tanlang, sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyudan Общий доступ безопасность buyrug`ini tanlang. Доступ bo‘limiga o‘ting va Сетевой обший доступ и безапосность guruhidagi Открыть общий доступ к этой папке tugmasiga belgi o‘rnating. Agar siz bu papkadagi fayllarni boshqa foydalanuvchilar o‘zgartira olishini hohlasangiz, ya’ni birga foydalanishga to‘liq ruxsat bermoqchi bo‘lsangiz, u holda Разрешить изменение файлов по сети tugmasiga belgi o‘rnating. Применить tugmasini bosing. Topshiriqlar variant №1. Lokal tarmoqda “comp2” nomli kompyuterni izlang. variant №2. Quyidagi qurilmalardan lokal tarmoq hosil qiling. variant №3. Ishchi stolda joylashgan “Foto” nomli papkaga birga foydalanishga ruxsat olishni o‘rnating. variant №4 Lokal tarmoqdagi kompyuter nomi va ishchi guruhni aniqlang. variant №5. Tarmoqdagi qaysi papkalarga birga foydalanishga ruxsat berilgan. Download 392.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling