FORISH TUMAN HOKIMLIGI
MADANIYAT BO‘LIMI
B U Y R U Q
№
“ ” noyabr 2023 yil
Madaniyat bo‘limida mavjud tovar – moddiy boyliklarni
xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohatlar doirasida madaniyat va turizm sojasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida ” 1999-yil 19-oktyabrdagi 19-sonli BNMSga hamda jizzax viloyati madaniyat boshqarmasining 2023-yil 20-noyabrdagi 103-AF-son buyrug‘ga asosan Madaniyat bo‘limi va tizimi madaniyat markazlaridagi mavjud bino-inshootlar va barcha turdagi avtotransport vositalari hamda bo‘lim balansidagi asosiy vositalar (Tovar-moddiy boyliklar) ni xatlovdan o’tkazish maqsadida
BUYURAMAN:
1. Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasining 2023- yil 20-noyabrdagi № 103 A/F-sonli buyrug‘I ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Madaniyat bo‘limi balansidagi asosiy vositalarni (tovar-moddiy boyliklarini) va mavjud bino-inshootlarni hamda avtotransport vositalarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha alohida Ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tuzilib tasdiqlansin.
3.Madaniyat bo‘limi mavjud tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar xatlovdan (inventarizatsiya) o‘tkazilishi ta’minlansin.
-joriy yilning 27-noyabr kunidan boshlab 2 (ikki) kun muddat ichida asosiy vositalar (tovar-moddiy boyliklar) va bino-inshootlar hamda avtotransport vositalari xatlovdan o‘tkazilsin;
4.Bo‘lim bosh xisobchisi (B.Davronov)ga:
xatlov yakunidan so‘ng xatlov natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni (dalolatnoma) nusxasini 1 (bir) ish kun maboynida madaniyat boshqarmasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
5.Mazkur buyruq ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Bo‘lim mudiri M.Narkazakov
Madaniyat bo‘limining
2023-yil ” ” noyabrdagi
“ ”- sonli buyrug‘iga
1-ilova.
Forish tuman Madaniyat bo‘limi balansidagi asosiy vositalarni (tovar-moddiy boyliklarini) va mavjud bino-inshootlarni hamda avtotransport vositalarini xatlovdan o‘tkazish ISHCHI GURUHI
T A R K I B I
Qo‘nishev Sh: - 30-son madaniyat markazi badiiy rahbari: - Komissiya raisi
Xakimova L: - Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxasss: - A’zosi.
Keldiyev Anvar: - “Bog‘don” folklore ansambl badiiy rahbari - A’zosi
Qudratov Jasur: - 30-son madaniyat markazi to‘garak rahbari: - A’zosi.
Ismoilov B: - Markaz rahbari - A’zosi
Do'stlaringiz bilan baham: |