“ ” 2023-yil Berdiyeva Sabrina Shuhrat qizining 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) ixtisosligi bo’yicha magistrlik ilmiy
Download 15.13 Kb.
|
dalolatnoma Sabrina 20MTT
“TASDIQLAYMAN” Surxondaryo viloyati Termiz shahri 20-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori G.P.Safarova “___”___________2023-yil Berdiyeva Sabrina Shuhrat qizining 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) ixtisosligi bo’yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan ”Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari” mavzusidagi tadqiqot ishi natijalarini amaliyotga tatbig’i yuzasidan DALOLATNOMA Ushbu dalolatnoma shu haqda tuzildiki, Berdiyeva Sabrina Shuhrat qizining “Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari” mavzusidagi 70110201 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) ixtisosligi bo’yicha magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan tajriba-sinov ishlari Surxondaryo viloyati Termiz shahar 20-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirildi. Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv metodlarni guruhlarda tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonlarida qo’llash maqsadida alohida mashg’ulot darsi tashkil etilib, tadqiqot mavzusi bo’yicha tajriba sinov ishlari Termiz shahar 20-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida 2 ta tayyorlov guruhi mavjud bo’lib, jami 55 nafar bola ta’lim oladi. Tajriba-sinov ishlariga jami 50 nafar tarbiyalanuvchi respondent sifatida ishtirok etdi. Birinchi bosqich, tadqiqotning muammosi, uning nazariy tushunchasi bo’yicha, psixologik va pedagogik adabiyotlar o’rganildi va tahlil qilindi. Bu tadqiqotning maqsadi, predmeti, vazifalari, metodologik asosini aniqlashga yordam berdi. Ikkinchi bosqich davomida tadqiqot materiallarini tizimlashtirish va tahlil qilish amalga oshirildi. Uchinchi bosqich jarayonida olingan natijalarning matematik-statistik metodlar yordamida yakuniy tahlili chiqarildi. Tahlil natijalariga asosan, umumiy xulosa hamda Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantiruvchi didaktik o’yinlar, psixologik mashg’ulotlar, qiziqarli topshiriqlar hamda markazlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tajriba – sinov ishlari natijasida olingan ma’lumotlarning matematik-statistik tahlili o’ta aniqlik va o’zaro bog’likni talab etadi. Shunday ekan, mazkur bosqich yordamida tadqiqot ishidan kutilgan natijalar va ularning ko’rsatkichlari yaqqol namoyon etildi. Tajriba-sinov ishlarining olib borilishi ko’zlangan maqsadga erishishda olingan natijalarning qanchalar samaradorligiga bog’liq. O’z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kommunikativ va ijodkorlik kompetensiyasini rivojlantirish yo’llarini sifatli tashkil etilishiga yordam berishini ham alohida qayd etish zarur. Olib borilgan tajribada ko’rgazmali hamda so’rov metodlaridan foydalanildi. Birinchisi, Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlari tushunchalari hamda ularni rivojlantirish darajasi aniqlandi va tadqiqotchi tomonidan bir qancha yangi ko’rgazmali metodlar amalga oshirildi. Ikkinchi turda so’rovnoma yordamida, tarbiyachilarni markazlar faoliyati va didaktik o’yinlar jarayonini qay darajada tashkil eta olishi va unda bolalarni jalb eta olishi, ta’limda qay darajada o’z ta’sirini o’tkazganligini aniqlash uchun qo’llanildi. Ushbu so’rovnoma maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining pedagogik mahoratini rivojlantirish yo’llarini ochib berish maqsadida tuzilgan. O’tkazilgangan tajribalardan quyidagi xulosalarga erishildi: Birinchidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari markazlar faoliyatida faol ishtirok etmaydilar hamda didkatik o’yinlarda jamoaviy tarzda ishtirok etish haqida yetarlicha tushunchaga ega emaslar. Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarda intellectual qobilyatlarini rivojlantirishda hamda ta’lim jaraayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarda, ota-onalar bilan hamkorlikda qo’llay olishni bilishlari pedagogic mahorati hisoblanadi. Termiz shahar 20- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori G.P.Safarova ____________ Download 15.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling