Tilshunoslik sohasining o’ziga xos jihati shundaki, unda tushunchalar o’z navbatida bir-biriga ma’no jihatidan juda yaqin va o’z navbatida birini biri o’rnida qo’llab bo’lmaydigan darajada juda farqlidir


Download 5.64 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.64 Kb.
#1595210
Bog'liq
matn va diskursni farqi


Tilshunoslik sohasining o’ziga xos jihati shundaki, unda tushunchalar o’z navbatida bir-biriga ma’no jihatidan juda yaqin va o’z navbatida birini biri o’rnida qo’llab bo’lmaydigan darajada juda farqlidir. Shu sifatlari orqali tilshunoslik sohasi juda ko’plab yangi va yangi izlanishlarni hosil qilmoqda. Tilshunoslikning yana bir dolzarb tushunchalaridan biri “matn” haqida to’xtalib o’tamiz va uning “diskurs” tushunchasi bilan o’zaro farqlik jihatlarini o’rganamiz. Har ikkala tushuncha ham o’rganilish darajasiga ko’ra mohiyatan aktualdir. “Matn” atamasiga ham ta’riflar ko’plab tilshunoslar tomonidan berilgan. Dastavval, uning lug’atda keltirilgan ma’nolarini ko’rib chiqamiz. O’zbek tilining izohli lug’atida matn so’zining arab tilidan kirib kelganligi, eskirgan kitobiy so’z ekanligi va aynan tekst so’zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug’atning 156-betida tekst so’ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1. Yozilgan, ko’chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo’lgan she’r, so’z. 3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bugungi kunga kelib, axborot- kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida matn so’zi anglatadigan ma’no yanada kengaydi. Bunga misol tariqasida kompyuterda terilgan matn formati Word, oddiy matn, gipper matn, formatlangan matn kabilar faol iste’molda ishlatilinmoqda. Tilshunos M.Х.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag’ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: “ Matn so’zining lug’aviy ma’nosida birikish, bog’lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o’zaro qaysidir bog’lovchilar yordamida birikishini o’rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo’lib qoldi.[hakimov] Tilshunos E.Qilichev matnning lingvistik tahlili» deb nomlangan kitobida «Matn – hamma elementlari o’zaro zich aloqada bo’lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan nominativ – estetik aхborotni ifodalovchi murakkab tuzilma» degan ta’rifni keltiradi. Yu.M.Lotman “matn ifodalilik (ma’lum bir fikr ifodalangan bo’lishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi me’yoriylikning bo’lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo’lishi lozim-
ligini ta’kidlaydi”. [Struktura хudоjestvennоgо teksta.]
diskurs va matn bir-biridan farqli tushunchalardir, lekin o’z o’rnida ularning bir-biriga bog’liq tomonlari ham mavjud. Har qanday diskurs matn matn bo’la oladi, lekin har bir matn ham diskurs emas. Misol tariqasida, do’kondagi kitob- o’quvchi qo’liga tushmagungacha matn bo’ladi. Diskurs va matn o‘rtasidagi tub farqlar quyidagicha ko‘rib chiqiladi:1)diskurs pragmatik, matn faqat lingvistik kategoriya; 2)diskurs –bu jarayonning kategoriyasi, matn –natijaning kategoriyasi (u statik “turg‘un”dir); 3)matn –bu mavhum konstruktsiya, diskurs uni aktuallashtirilgani.Bu farqlar yanada batafsilroq quyidagicha shaklda ko‘rinadi: Diskurs so‘zlashning ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi; matn semantik yaxlitlik va grammatik to‘liqlik xususiyatlariga ega bo‘lgan mavhum aqliy konstruktsiyaning bir turi. Diskurs kommunikativ –ijtimoiy sohaning atributidir , matn ongning atributidir.
Download 5.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling