“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari


Fan/modul uchun mas’ul


Download 235.09 Kb.
bet16/17
Sana11.11.2023
Hajmi235.09 Kb.
#1765734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Hisobot

8.

Fan/modul uchun mas’ul:
S.S. Sobirjonov – TMI, “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti., Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori.




9.

Taqrizchilar:
P.T.Abduraimov - “O’zsavdouskunalari” ilmiy ishlab chiqarish MCHJ raisi (kadrlar buyurtmachisi)
G. Ismoilova - TATU, “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent (turdosh OTM)





Tinglovchi magistrant tahlili
Talabalarning reyting nazorati natijalari bo’yicha fanlarni o’zlashtirish tahlili
Men 2022-2023 o’quv yilining 1-semestrida Menejment va marketing fakulteti -guruhi talabalarining Korrupsion xavfni boshqarish va ungaqarshi xulq atvorni shakllantirish fanidan amaliy mashgulot darsida tinglovchi magistrant sifatida ishtirok etdim.
Darsni “Menejment va Marketing” kafedrasi assistenti Sobirjonov Sanjar olib bordi. Аmaliy mashgʼulot darsi “ Menejment va Marketing” kafedrasida tasdiqlangan kalendar reja va Korrupsion xavfni boshqarish fakultetining o’quv uslubiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Reyting nazoratini baholash rejasi asosida olib borildi. “Korrupsion xavfni boshqarish” fani uchun ajratilgan soat 104 soat ni tashkil etib, maʼruza uchun 26 soat, amaliy mashgʼulot 34 soat, mustaqil taʼlim 44 soat ajratilgan. Аmaliy mashgʼulotda 25 ta mavzu oʼtilib, unda asosan maʼruzada oʼtilgan mavzularni toʼldirish va umumlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. “Korrupsion xavfni boshqarish” fanini oʼzlashtirish uchun kafedrani professor oʼqituvchilari tomonidan maʼruza matnlari va uslubiy qoʼllanmalar ishlab chiqilgan. Ularda mavzular boʼyicha qisqacha maʼlumot va foydalanish uchun adabiyotlar roʼyxati keltirilgan.
“Korrupsion xavfni boshqarish” fani uchun belgilangan maksimal ball-100 ball boʼlib shundan saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Maksimal balli 40 ballik joriy baholashda, 30 balli oraliq baholashda va 30 balli yakuniy baholashda qoʼyiladi. Аmaliy mashgʼulotlarda joriy baholash uchun ajratilgan maksimal ball (40 b) 2 ta joriy baholash (ozaki, test va yozma shakllarda) asosida toʼplanadi. “Qishloq xoʼjaligida menejment” fanidan 85-100 ball toʼplagan talabalar aʼlo (6), 71-85 ball toʼplagan talabalar oʼrtacha (15), 55-70 ball toʼplagan qoniqarli (6) va 55 balldan kam toʼplagan talabalar yoʼq. Guruhda joriy baholashni oʼtkazishda talabalarning mavzuni oʼzlashtirganligi, topshiriqlarni vaqtida bajarishi, intiluvchanligi, tirishqoqligi va intizomiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Guruhda 5ta talaba Аtabaev M, Аbdukarimov E, Rashidov А, Solijonova M, Elomanov А baxolashning aʼlo bahosi yaʼni maksimal ball 40-35 ballgacha boʼlgan ball bilan baholandi. Chunki bu talabalar darsga toʼliq qatnashib berilgan topshiriq va vazifalarni oʼz vaqtida bajarib bordi va darsda faol qatnashdi.
Guruhda 15ta talaba Аʼzamova Sh, Rivochev B, Nurillaev А Sherboʼtaev N, Sherboʼtaev N, Matkarimova X, Ergashov D, Djuraev B, Joʼraev S, Isandarov N, Jumaev M, Choriev Sh, Аsosov K, Xakimov А, А.Boymurodovlar baxolashning oʼrtacha yaxshi 34-29 ballgacha boʼlgan ball bilan baholandi. Ular darsga toʼliq qatnashib vazifalarni oʼrtacha bajarishdi.
Guruhdagi qolgan 9 ta talaba Inogʼomov M, Nishonov M, Аbdulazimov I, Аbduvosiqov J, Meliboev B, Botirov M, Erkinov S, Erkinov S, Xamidov D, B.Shermatovlar berilgan savollarga qoniqarli javob berishdi.Ular 22-28 ball bilan baholandi.
Guruhda oʼtgan amaliy mashgʼulot darslarida tinglovchi sifatida qatnashib, talabalarning fanga boʼlgan qiziqishlarining kattaligiga guvoh boʼldim. Talabalarning fanni yaxshi oʼzlashtirishida reyting tizimi asosida adolatli baholansa, oʼqishning sifat darajasi ortadi va talabalarni malakali kadr qilib tayyolashda bevosita oʼzini taʼsirini koʼrsatadi. Ushbu guruhda olib borilgan amaliy mashgʼulotlar darslarida tinglovchi sifatida ishtirok etib talabalarga dars oʼtish ularni bilimlarini baholash usullarini oʼrganib oldim. Bu mening kelajakdagi pedogogik faoliyatimda va qolaversa shaxsiy hayotimda katta yordam beradi deb hisoblayman.

Download 235.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling