“ ” kafedrasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1653592
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro moliya tizimiga



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
“__________________________________________________” 
KAFEDRASI 
“___________________________” FANIDAN 
KURS ISHI 
Mavzu: __________________________________________________________ 
Bajardi: __________________________________________________________ 
Tekshirdi: ________________________________________________________ 
 
 
TOSHKENT–2022 
ROʻYXATGA OLINDI 
“____” _______202__ й. 
__________________ 
 
ROʻYXATGA OLINDI 
“____” _______202__й. 
__________________ 
Kurs ishi taqrizga 
topshirilgan sana 
“____” _______202__й. 
 
Kurs ishi taqrizga 
topshirilgan sana 
“____” _______202__й. 
Kurs ishi himoyaga 
qilingan sana 
 
“____” _______202__й. 
 
Baho “___” _______ 
 
___________ 
( imzo ) 
____________ 
( imzo ) 
___________ 
( imzo ) 
Komissiya aʼzolariari: 
__________________ 
 
__________________ 
 
__________________ 
 


Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro moliya tizimiga 
integratsiyalashuvini taʼminlash masalalari 
 
REJA: 
1. Moliya bozorining mexanizmi va tamoillari 
2. Globallashuv jarayonida moliya bozorining rivojlanish tendensiyasi. 
3. Globallashuv jarayonida moliya bozorining rivojlantirish istiqbollari. 
 
 
 
 


Moliya bozorining mexanizmi va tamoillari 
Bugun hayotimizning har bir jabhasi global iqtisod bilan chambarchas 
bogʼliq. Qoʼlingizda turgan texnologiyani koʼp ehtimol bilan global taʼminot 
zanjiri orqali АQSh kompaniyasi Yaponiyadan keltirilgan texnologiya asosida 
Xitoyda ishlab chiqargan. Аmmo, iqtisodiy globallashuv jarayonining Tokio 
koʼchalaridagi kishilardan tortib, global kompaniyalarning korporativ kengash 
xonalariyu oq uylardagi rahbarlar va uchinchi dunyo mamlakatlaridagi fabrika 
ishchilari uchun xilma-xil talqini mavjud. Kimdir global iqtisodiy integratsiyani 
millionlab odamlarni kambagʼallik asoratidan qutqaruvchi imkoniyat deb biladi. 
Boshqalar uchun esa global integratsiya shiddatli raqobat, adolatsiz tizim va 
iqtisodiy inqirozlar natijasida kelib chiqadigan kambagʼallashuv ehtimolini 
bildiradi. 
Mamlakatimiz 2016 yili boshlangan islohotlar natijasida 25 yillik yopiqlik 
asoratidan qutulib, global iqtisodga tom maʼnoda integratsiyalashish arafasida 
turar ekan, savol tugʼilishi tabiiy: rivojlanayotgan davlat sifatida qarshimizda 
turgan bugungi global iqtisod qanday qonuniyat asosida ishlaydi? Mamlakatimiz 
qanday qilib shiddatli raqobat asosiga qurilgan global iqtisodiy jarayonda 
gʼoliblardan biri boʼlishi mumkin? 
Globallashuv atamasi keng maʼnoda qoʼllanilsa-da, iqtisodiy globallashuv 
1970 yillarda sodir boʼlgan savdo, moliya va global korporatsiyalarning 
toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalari bilan bogʼliq bir necha muhim 
oʼzgarishlarni qamrab oladi. Аslida, bugungi jahon iqtisodida shiddat bilan 
kengaygan integratsiya tarixiy nuqtai nazardan turli bosqichlardan oʼtgan. 
Globallashuvning birinchi toʼlqini XVIII asr oxiriga kelib, sanoat inqilobi 
natijasida Yevropa, ayniqsa, Buyuk Britaniya jahonga ham geografik, ham 
texnologik jihatdan hukmronlik qilishi bilan boshlandi. Transport va 
kommunikatsiya ixtirolari mamlakatlararo yuk tashish va aloqa oʼrnatish 
imkonini bergan boʼlsa, sanoatlashuv, erkin savdo haqidagi iqtisodiy gʼoyalar 
hamda xalqaro valyuta moliyasida oltin standartining keng yoyilishi Gʼarb 


mamlakatlariga butun jahonda talab yuqori boʼlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish 
va global savdoni monopollashtirish imkonini berdi. Аmmo, globallashuvning 
birinchi toʼlqini butun jahon boʼylab xalqaro moliya va inson oqimini 
jadallashtirgan boʼlsa-da, bu davr koʼpchilikning xotirasida qullar 
ekspluatatsiyasi, istilochilik, Buyuk Depressiya hamda iqtisodiy rivojlanishdagi 
notenglik kabi qora sahnalar bilan muhrlanib qoldi. 
Globallashuvning ikkinchi toʼlqini ikkinchi jahon urushi yakunida qurilgan 
Bretton Vuds iqtisodiy tartibi bilan boshlanib, tizimning 1971 yilga kelib qulashi 
natijasida tugadi. “Nazoratga olingan” bu ikkinchi toʼlqinning tag zamirida eski 
davrdagi tartibsiz globallashuvning xatolarini takrorlamaslik gʼoyasi mujassam 
edi. Xalqaro iqtisodiy siyosatni toʼliq ish bilan taʼminlash, iqtisodiy oʼsish va 
ijtimoiy himoya kabi ichki siyosiy maqsadlarga moslashni koʼzlagan 
globallashuvning ikkinchi toʼlqinida davlatlar xalqaro iqtisodiy qoida belgilash va 
ijro etishni “koʼp tomonlamalik” printsipi asosida xalqaro tashkilotlar orqali 
amalga oshirishga kelishishgan. Kelushuvning asosiy qismi xalqaro moliya va 
valyuta almashinuvi boʼlib, unga koʼra, har bir davlat oʼz valyutasi qiymatini oltin 
zaxirasiga asoslangan АQSh dollariga nisbatan aniq belgilab qoʼyishi va 
spekulyatsiyaga olib boruvchi qisqa muddatli xalqaro kapital harakatiga 
cheklovlar oʼrnatishi shart edi. Bu davrda savdoni erkinlashtirish maʼlum 
cheklovlarni pasaytirish bilan cheklanib, faqat ishlab chiqarilgan tovarlar va 
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qoʼllanildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
mohiyatan oʼzlari xohlagan iqtisodiy siyosatni yuritishlari mumkin edi. 
Yangi tashkil topgan uch tashkilot yangi qurilgan iqtisodiy tartibning 
barqarorligi uchun muhim boʼldi: xalqaro moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi 
Xalqaro Moliya Tashkiloti (XMT), uchinchi dunyo mamlakatlarining iqtisodiy 
rivojlanishi uchun yordam koʼrsatuvchi Jahon Banki hamda faqatgina rivojlangan 
davlatlar orasidagi savdoni erkinlashtirish borasidagi kelishuv uchun tashkil 
etilgan Tariflar va Savdo boʼyicha Umumiy Kelishuv. Globallashuvning yangi 


qoidalari jahon mamlakatlariga mehnat bozori, soliq, savdo va investitsiya kabi 
ichki masalalarda turlicha yondashuvga ega boʼlgan kapitalizmning turfa 
shakllarini tanlash imkonini berdi. АQShdagi ochiq liberal bozor iqtisodi, 
Germaniyadagi sotsialistik bozor iqtisodi, Frantsiyadagi kvazi rejalashtirishga 
asoslangan iqtisod, Yaponiyadagi yuqori darajada himoyalangan va eksportga 
yoʼnaltirilgan iqtisod shular jumlasidandir. Kapitalizmning oltin davri deb 
ataladigan globallashuvning bu davrida jahon misli koʼrilmagan rivojlanishga 
erishdi. Globallashuvning ikkinchi toʼlqini, afsuski, 1971 yilda АQSh prezidenti 
Niksonning oltinga nisbatan aniq belgilab qoʼyilgan dollar kursini erkinlashtirishi 
bilan yakun topdi. 
Global iqtisodiy integratsiyaning uchinchi toʼlqini: gipergloballashuv va 
norozilik 
Jahon 1970-1980 yillarda boshlangan neoliberal iqtisodiy qarashlar, 
iqtisodiy kuchlarning lobbistik harakatlari va texnologik inqilob birlashishi 
natijasida yangi davr – gipergloballashuv sari qadam qoʼya boshladi. Аynan 1990 
yillar oxiriga kelib, insoniyat haqiqiy maʼnoda dunyoning turli burchaklarini 
bogʼlagan global bozor paydo boʼlishiga guvoh boʼldi. Gipergloballashuvning 
vujudga kelishi zamirida uch oʼzgarish yotadi: Birinchisi, 1970 yillardan boshlab, 
moliyaviy kapital oqimlarining nazorat ostidan chiqishi va dunyo boʼylab 
harakatlanishiga qoʼyilgan toʼsiqlar olib tashlanishi. Ikkinchisi, moliyaviy 
bozorlar 
erkinlashuvi 
natijasida 
rivojlangan 
davlatlardagi 
milliy 
kompaniyalarning rivojlanayotgan davlatlarga toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar 
kiritishi samarasi oʼlaroq, kompaniyalarning globallashuvi. Uchinchisi, 1995 
yilda Jahon Savdo Tashkiloti (JST) tashkil etilishi bilan maʼlum davlatlar orasida 
aylangan savdoning global tus olishi. 
Аlbatta, 
giperglobal 
dunyoga 
integratsiyalashuv 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi hamda oddiy insonlarning turmush darajasi 
oshishiga sezilarli hissa qoʼshdi. Аmmo, baʼzi rivojlanayotgan davlatlar tajribasi 
ayni paytda integratsiyalashuv jarayoni yaxshi rejaga asoslanmagan boʼlsa, 


gipergloballashuv mamlakat iqtisodi uchun juda qimmatga tushishi mumkinligini 
ham isbotladi. Mamlakatlar uchun global iqtisodga integratsiyalashuv ularning bu 
jarayonga institutsional tayyorgarligiga qarab, foyda yoki zarar orasida turishini 
ikki tarafdan koʼrish mumkin. Birinchidan, gipergloballashuv davrida global 
iqtisod asosiy maqsad, milliy iqtisodiyot esa vosita holiga kelib qoldi. Natijada, 
bugungi giperglobal iqtisodga integratsiya qilmoqchi boʼlgan davlatlar turli 
oqibatlardan qatʼi nazar, hamma uchun zarur va yagona islohotlar retseptini 
qoʼllashi shart. Bugungi kundagi XMT va Jahon Bankining asosiy vazifalari, 
afsuski, mamlakatlarning iqtisodiy tizimidagi oʼziga xoslikni inobatga olmay, bir 
taraflama oʼylangan, xususiylashtirish, savdo va kapital oqimini butkul 
erkinlashtirish hamda fiskal siyosat borasida majburiy-ixtiyoriy ruhdagi tavsiyalar 
berishdan iborat boʼlib qoldi. Tepadan pastga qarab harakatlangan bu tavsiyalar 
sobiq ittifoqdan endigina ajralgan Rossiyaning iqtisodini qulash darajasiga olib 
kelgani koʼpchilikka ayon. Loʼnda qilib aytganda, bugungi gipergloballashuv 
iqtisodiy farovonlikning hamma taqlid qilishi kerak boʼlgan yagona yoʼli mavjud, 
degan notoʼgʼri gʼoyaga asoslanadi. 
Savdo va kapital oqimini erkinlashtirish siyosati baʼzi hollarda 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta imkoniyatlar bergan boʼlsa-da, 
amaliyotda bu siyosat baʼzi davlatlarga qimmatga tushdi. 1990 yillardan keyin 
paydo boʼlgan savdo bitimlari koʼp hollarda rivojlanayotgan davlatlar uchun 
iqtisodiy farovonlik emas, baʼzi iqtisodiy manfatlar sababli iqtisodiy 
kambagʼallashish vositasiga aylandi. Shuningdek, JST bugungi kunga kelib, 
mamlakatlarning xalqaro raqobatdan saqlanishini nafaqat qiyinlashtirdi, balki 
xalqaro savdo qoidalari ilgari taʼsir oʼtkazmagan qishloq xoʼjaligi, xizmat 
koʼrsatish, intellektual mulk, sogʼliqni saqlash va sanitariya qoidalari kabi siyosat 
sohalarini qamrab oladigan darajaga keldi. Shuningdek, xalqaro sarmoyadorlar 
bugun savdo bitimlarida maxsus imtiyozlarga ega boʼlib, turli shartnomalar ularga 
mulk huquqlari buzilganligi uchun davlatlarni xalqaro sudlarda bevosita sudga 
berish imkonini yaratdi. Misol sifatida, farmatsevtika kompaniyalarini keltirish 
mumkin. Bu kompaniyalarning oʼz monopol kuchlarini tashqi bozorga oʼtkazish 


uchun qilgan agressiv lobbi harakatlari natijasida, baʼzi xalqaro savdo 
shartnomalari bugungi kunga kelib, intellektual mulk huquqlarini yillar davomida 
qattiq himoya qilib qoʼydi. Natijada, baʼzi kambagʼal mamlakatlar fuqarolari 
zarur dori-darmon vositalari qimmatligi sabab, ularni sotib ololmaydigan boʼldi. 
Giperglobalizatsiyaning salbiy oqibatlari, ayniqsa, moliya sohasida yaqqol 
koʼzga tashlandi. Rivojlanayotgan mamlakatlar 1990 yillar oʼrtalariga kelib, 
АQSh yirik banklarining lobbisi taʼsiriga tushgan XMTning erkin kapital bozori 
rivojlanish asosi ekanligi haqidagi tavsiyasiga amal qilgan holda kapital oqimini 
erkinlashtirdi. Аmmo, moliya sohasidagi deregulyatsiya investorlar uchun 
rivojlangan davlatlardagi ortiqcha kapitalni muhtoj hududlarga eltuvchi imkoniyat 
emas, qisqa muddatli foyda olishga qaratilgan spekulyativ valyuta oldi-sotdisi va 
kapital harakati oʼyinlariga yoʼl ochdi. Moliyaviy bozorlardagi fundamental xato 
tufayli global iqtisod 1990 yillardan buyon surunkali inqirozdan boshi chiqmay 
qoldi. Riskli moliyaviy instrumentlar 1997 yili Osiyo mamlakatlarini, 2008 yili 
esa АQSh ipoteka bozorida boshlanib, butun jahonni inqiroz yoqasiga olib 
kelgani, millionlab odamlarning iqtisodiy farovonligini xavf ostiga qoʼygani 
hamon koʼpchilikning xotirasidan oʼchmagan. 
Ikkinchidan, milliy demokratik boshqaruv har doim ham gipergloballashuv 
bilan mutanosib ravishda ishlamaydi. Gipergloballashuv bir tarafdan davlatning 
ichki siyosatdagi rolini qisqartirib, texnokratlarni xalq talablaridan ajratib qoʼyadi. 
Oddiy misol sifatida ichki soliqlar yoki sanoatni tartibga solish siyosatini olaylik. 
Kompaniya va moliyaviy kapitalning xalqaro miqyosdagi erkin harakati 
mamlakatning oʼz ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilaydigan soliq tizimini tanlash 
imkoniyatini cheklaydi. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning global 
kompaniya va kapitalni jalb qilish borasidagi raqobatlari korporativ soliq stavkasi 
pastlashiga bosim oʼtkazadi va soliq yukini erkin harakatlanuvchi kapitaldan 
harakatlanishi chegaralangan ishchi kuchiga yuklaydi. Sanoatni tartibga solish 
ham xuddi shunday. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichki iqtisodga 
investorlarni jalb qilish uchun yuqori darajada iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash 


majburiyatini zimmalariga olishadi. Аlbatta, bu majburiyat investorlar ishonchini 
qozonish, iqtisodiy farovonlik uchun zarur. Аmmo, baʼzi hollarda investorlar 
oldidagi majburiyat mamlakat fuqorolarining yashash tarzi va sogʼligʼiga daxldor 
ishlab chiqarishni tartibga solish siyosati bilan toʼqnashib qolishi ehtimoli 
majvud. Shunday holatlarda hukumat qarori shartnomaga zid ravishda investorga 
zarar yetkazdi deb topiladi va investorga majburiy ravishda kompensatsiya 
toʼlanadi. Boshqacha aytganda, mamlakat giperglobal iqtisodga integratsiya qilib, 
mamlakatga kapital oqimini jalb etishni xohlasa, ichki iqtisodiy-siyosiy 
boshqaruvning baʼzilaridan voz kechishga majbur. 
Oʼzbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvini bugungi kunda 
xalqaro hamjamiyatning va globalь moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas 
tarkibiy qismiga aylanib, tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib 
borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar koʼmagida iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash boʼyicha dasturlarning amalga oshirilayotganidan koʼrish mumkin. Bu 
esa oʼz navbatida, mamlakatning xalqaro integratsiya jarayonlarida faol ishtirok
etishi va 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
yanada 
takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish
esa strategik ahamiyatga molik tarmoqlarni shakllantirish, 
rivojlantirish, 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy qayta qurish uchun katta hajmdagi 
intellektual, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar jamlashni talab qiladi. 
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, milliy iqtisodiyotda oʼziga xos va mos 
boʼlgan “Oʼzbek 
modeli”da keltirilgan tamoyillar asosida
mamlakat 
iqtisodiyotinitarkibiyoʼzgartirish, 
tarmoqlarnimodernizatsiya 
qilish, texnik hamda texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish 
uchun birgina 2015 yilning oʼzida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 
milliard 800 million АQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etilib, 
oʼzlashtirildi va bu oʼtgan 2014 yilga nisbatan 9,5 foizga oshishiga olib keldi[1]. 


Milliy iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million 
АQSh dollaridan ziyodi yoki 21foizdan ortigʼi xorijiyinvestitsiyalar boʼlib, 
shuning 73 foizi toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalaridir. Bu esa oʼz navbatida, 
hozirgi 
jahon 
iqtisodiy 
integratsiyalashuv 
sharoitida 
jahon 
iqtisodiyotinirivojlantirish va haligacha davom etayotganmoliyaviy-iqtisodiy 
inqirozni bartaraf etish uchun, yangicha globalь iqtisodiy tartib yaʼni, dunyoni 
tobora jipsroq boʼlib, birgalikda harakat qilayotganligidan dalolat beradi. 
Bunda, investorlar faqat ichki bozor bilan cheklanib qolmasdan, resurslarni 
eng katta foyda olish moʼljal qilingan joylarda ishga solishlari mumkin, demak, 
investitsiya importchilari ularni yer sharining istalgan qismidan olishlari 
mumkin[2]. Shu bois, XXI asrning boshlarida jahon www.iqtisodiyot.uz 1
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil 
investitsiyalar bozori juda katta hajmdagi axborot va koʼp sonli moliyaviy 
vositalar faoliyat koʼrsatadigan eng dinamik bozorga aylandi. Аynan investitsiya 
bozorlari, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladigan va jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishini ragʼbatlantiradigan globalizatsiya jarayonlarini 
lokomotivi sifatida namoyon boʼladi. 
Biroq 
tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, davlatlar, 
ularning 
raqobatbardoshlik darajasi va jahon investitsiya bozori uchun jalb etuvchanligiga 
qarab, globallashuvga turli darajada daxldor boʼlib, jahon iqtisodiyotida notekis 
rivojlanishga olib kelishi kuzatilganligi bois Oʼzbekiston uchun globallashuv 
sharoitida oʼzining iqtisodiy rivojlanishi masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Shu maʼnoda toʼgʼri tanlovning adekvatligi, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining 
muvaffaqiyatli boʼlishiga va uning global iqtisodiyotga 
maksimal darajada
samarali integratsiyalashishiga imkoniyat beradi. Iqtisodiyotni rivojlanishi va 
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi investitsiya jarayonlarini mamlakatda 


toʼgʼri amalga oshirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik-
texnologik yangilash orqali raqobatbardosh mahsulot bilan jahon bozorlariga 
chiqishini 
belgilaydi. 
Bundan 
koʼrinadiki, 
globallashuv 
sharoitida 
investitsiyalardan samarali foydalanish yoʼllarini izlab topish, ularni amaliyotga 
joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Globallashuv davlatning investitsiya siyosatida jiddiy oʼzgarishlarga olib 
kelib, bu yangi investitsiya siyosati avvalo, axborot texnologiyalari investitsiya 
bozori mexanizmlari va vositalarining integratsiyalashuvi uchun asosga aylanadi 
va yanada ishonchli axborot taʼminotini, xalqaro hamda davlatlararo miqyosda 
investitsion qarorlarni qatʼiy meʼyoriy-huquqiy tartibga solish, buxgalteriya 
hisoboti va garov mexanizmlari umumiy axborot standartlari joriy qilishni 
nazarda tutadi[3]. 
Yuqorida keltirib oʼtilgan fikrlarga asosan, globallashuv tendentsiyalari va 
voqeligi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv tahlili hamda investitsiya 
bozorlarining 
rivojlanishini eʼtiborga olib, Oʼzbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotida investitsiyalardan foydalanish jarayonlarini va investitsiya 
siyosatini qayta koʼrib, ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga 
muvofiqdir. Buning uchun albatta, avval ushbu sohadagi amalga oshirilgan 
ishlarni chuqur oʼrganib chiqish lozim. 
Investitsiyalar 
sohasida 
globallashuv 
fenomenini tushunish
uchun bizningcha, 1-rasmda koʼrsatilgan asosiy tarkibiy qismlarini ajratib 
koʼrsatish va uning mazmun mohiyatini anglab olish kerak. 


www.iqtisodiyot.uz 
2
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil 
Investitsiyalar sohasida globallashuv fenomeni 
Investitsion oʼzaro aloqalar umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul 
qilish 
Investitsion faoliyat sohasida xalqaro huquqning birinchi oʼrinda turishiga 
erishish 
Investitsiya bozori subʼektlariga xizmat koʼrsatishning umumiy meʼyorlari 
va anʼanalariga amal qilish 
Investitsiya jarayonlari va hodisalarining oʼzaro bir-biriga bogʼliqligining 
oʼsib borishini tan olish 


Investitsiya mexanizmlari va vositalarini umumlashtirish 
1-rasm. Investitsiyalar sohasida globallashuv fenomeni Manba: Muallif 
ishlanmasi/ 
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, globallashuv sharoitida investitsiya 
siyosatini ishlab chiqishda bizningcha, quyida keltirilgan tendentsiyalarni hisobga 
olish lozim: 
-dunyoning istalgan nuqtasida har bitta biznes hamda investitsiyalar obʼekti 
xaqida tezkor va ishonchli axborot olish imkonini beradigan axborot bazasini 
kengaytirish; 
-har qanday miqyosdagi axborotning ishonchliligini qonunchilik asosida 
taʼminlash va bunday taʼminotni davlatlararo koʼp tomonlama bitimlar orkali 
muvofiqlashtirish; 
-tovarlar, xizmatlar, moliya va investitsiya bozorida internet muhitida 
amalga oshiriladigan bitimlarni tashkiliy jihatdan taʼminlash va bunday bitimlar 
xavfsizligini taʼminlovchi jahon mamlakatlari xoʼjalik-huquqiy elementlarini bir 
xillashtirish; 
- biznesning moliya-bank bilan hamrohlik munosabatini axborot va virtual 
texnologiyalarga batamom oʼtkazish. 
Globallashuv sharoitida investitsiya bozorining qonunchilik asoslari ham 
axborot texnologiyalari asosida tuzilishi va kelajakda bir-biriga toʼgʼri keladigan, 
muvozanatlangan koʼp pogʼonali tizimni ifodalashi lozim[3]. Bunday tizimni 
shakllantirish uchun quyidagilar talab qilinadi: 
- mamlakatda qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar tizimi vertikal boʼyicha ham 
(xalqaro hujjatlar – mamlakatlar qonunchiliklari), gorizontal boʼyicha ham 
(boshqaruvning har bir ierarxiya pogʼonasida qonunchilik va meʼyoriy 


hujjatlarning yetarli darajada boʼlishi va bir-birini takrorlamasligi) oʼzaro 
bogʼlangan, muvofiqlashtirilgan boʼlishi, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, 
ijtimoiy va mintaqaviy davlat siyosatlarini qamrab olishi; 
- qonunchilik hujjatlari (birinchi navbatda, xalqaro qonun hujjatlari) 
investitsiya bozorlari, loyiha va dasturlari, ishlab chiqarish tizimlari hamda 
www.iqtisodiyot.uz 
3
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil 
korxonalar, investorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ularga turli 
imtiyozlar berish haqida axborot taqdim etishning ishonchliligini taʼminlash; - 
milliy investitsion qonunchilik tizimi investitsiya bozori subʼektlarining xalqaro 
loyiha hamda dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun 
xalqaro investitsion va moliyaviy 
institutlarning talablarini hisobga olishi lozim. 
Bundan kelib chiqadiki, barqaror va oldindan aytib berish mumkin boʼlgan 
huquqiy maydon 
yaratish 
Oʼzbekiston investitsiya siyosatining asosiy 
omillaridan biriga aylanishi lozim. Buning uchun mavjud qonunlarni 
muvofiqlashtirish, istalgan mulkchilik shaklidagi kompaniyalar uchun bir xil 
umumiy oʼyin qoidalarini belgilab beruvchi yangi qonunlar ishlab chiqish va 
qabul qilish talab qilinadi. Bunda xalqaro shartnomalarga amalda rioya qilinishi 
va chet el arbitrajlari qarorlarining bajarilishini taʼminlash ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Globallashuv davrida investitsiya jarayonlari uchun xos boʼlgan yuqorida 
sanab oʼtilgan barcha tendentsiyalar mamlakatda investitsiya siyosatini ishlab 


chiqishga bevosita taʼsir koʼrsatadi, shuningdek, agarda roʼy berayotgan 
globallashuv jarayonlari hisobga olinmaydigan boʼlsa, mamlakat iqtisodiyotini 
jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy qoidalaridan tashqarida rivojlantirish 
investitsiyalarni yoʼqotish hamda iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va 
modernizatsiyalash boʼyicha vazifalarning oʼz vaqtida hal etilmasligiga olib 
keladi. 
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom 
etayotgan bir sharoitida investitsion faoliyatni jadallashtirish asosan, mamlakatda 
qulay investitsion muhit yaratish yoʼli bilan taʼminlanadi. Shu bois. hozirgi kunda 
Oʼzbekistonda qulay investitsion muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy 
imtiyozlar, qonunlarning keng tizimi yaratilgan boʼlib, Oʼzbekistonda mavjud 
investitsion qonunchilik MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida eng ilgʼor 
qonunchiliklardan biri hisoblanadi va u xalqaro investitsiyalar huquqining asosiy 
qoidalarini oʼz ichiga olgan. Bundan tashqari, investitsion faoliyatni rivojlantirish 
uchun Oʼzbekistonda har yili mamlakat iqtisodiy tarkibini qayta qurish, 
modernizatsiyalash maqsadida, investitsion dasturlar yaratiladi va tasdiqlanadi. 
Ushbu dasturlarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlari hamda ijtimoiy sohadagi 
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilanadi va asosiy eʼtibor 
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta 
jihozlashga qaratiladi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy maqsadi boʼlib, bazaviy tarmoq 
korxonalarini rivojlanishi, ularning eksport salohiyatini oshishi, yuqori 
qoʼshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarning ulushini oshirish imkoniyatini 
yaratish koʼzda tutilgan. Bu borada Davlat investitsion dasturining maqsadi esa, 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, 
iqtisodiyotning real sektoridagi qulay investitsiya muhitini yaxshilash va ishlab 
chiqarishga yoʼnaltirilgan sarmoyalar hajmining orttirishdan iborat. 
www.iqtisodiyot.uz 
4


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil 
Investitsion dasturda ularni moliyalashtirish turli manbalardan amalga 
oshiriladigan loyihalar ajratib koʼrsatiladi. Shu bois, mamlakatimiz iqtisodiyotini 
investitsiyalash uchun birinchi navbatda, 2006 yilda tashkil etilgan Oʼzbekiston 
Respublikasi Taraqqiyot va rivojlantirish fondining mablagʼlari hisobiga 
moliyalashtiriladigan investitsion loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, 2015 
yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2014 
yilga nisbatan 9,5 foiz oshib, 15 milliard 800 million АQSh dollari miqdorida 
investitsiyalar jalb etildi. Kiritilgan jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million 
АQSh dollaridan ziyodi yoki 21 foizdan ortigʼi xorijiy investitsiyalar boʼlib, uning 
73 foizi toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalaridir. 
Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo 
etishga yoʼnaltirildi. Bu esa oʼz navbatida 2015 yilda mamlakat Investitsiya 
dasturida belgilangan umumiy qiymati 7 milliard 400 million АQSh dollari 
boʼlgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obʼekti qurilishini yakunlash va 
foydalanishga topshirish imkonini berdi[1]. 
Har bir yilning investitsion dasturida chet el investitsiyalari va kreditlarini 
jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta eʼtibor
qaratiladi. Hozirgi 
paytda 
Oʼzbekistonda 
investitsiya 
qoʼyilmalari shakli borasida amalda hech qanday cheklovlar yoʼq. Xorijiy 
investorlar respublika hududida davlat tomonidan yoʼl qoʼyiladigan istalgan 
mulkchilik shaklidagi jumladan, xorijiy investorlar qoʼshma korxonalar, 100 % 
xorijiy 
kapital 
ishtirokidagi 
korxonalar 
tashkil 
qilishi, 
shuningdek, 
xususiylashtirilayotgandavlat korxonalariaktsiyalar paketining birqismiyoki toʼliq 
aktsiyalar paketini xarid qilishi mumkin. Bu borada, xorijiy investorlarga, 
amaldagi qonunchilikka muvofiq adolatli, teng huquqli rejim, doimiy va toʼliq 
xavfsizlik hamda himoya taqdim etilgan. 


Oʼzbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligida 
xorijiy
investorlarni himoyalash choralari va umumiy kafolatlar bilan bir qatorda 
qoʼshimcha kafolatlar hamda himoya choralari ham, jumladan, hamkorlarning 
xorijiy investorlar oldidagi oʼz majburiyatlarini soʼzsiz bajarishini taʼminlaydigan 
choralar taqdim etilishi mumkin. Toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalarini jalb 
qiluvchi korxonalar asosiy faoliyat boʼyicha daromad soligʼi, mulk soligʼi, 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni koʼkalamzorlash-tirish soligʼi, 
ekologiya soligʼi, mikrofirmalar hamda kichik korxonalar uchun umumiy 
(yagona) soliq, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi yoʼl fondiga majburiy 
toʼlovlar toʼlashdan ozod etiladi. Bundan tashqari, bojxona bojlari boʼyicha va 
boshqa imtiyozlar ham koʼzda tutilgan. 
Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, Oʼzbekistonda xorijiy 
investorlar uchun jalb etuvchan hisoblangan yetarli darajada qulay investitsion
muhit shakllantirilgan. Buni mamlakatimiz 
Prezidenti I.А. Karimov 
ham taʼkidlab oʼtganlaridek: «Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy oʼzgartirish, 
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir 
loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida 
bajarilayotgan ishlar alohida eʼtiborga loyiq»[1]. 
Bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilishi bilan birga ayni vaqtda 
iqtisodchi olim va mutaxassislar zimmasiga katta masʼuliyat ham yuklaydi. 
Jumladan, yuqori salohiyatga ega boʼlgan har bir turdagi istiqbolli xomashyo va 
yarim fabrikat boʼyicha chuqur qayta ishlashning kelgusi yillarga moʼljallangan 
aniq dasturiga ega boʼlish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni 
talab etadi. Bu esa oʼz navbatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda
qilinadigan barcha 
chora tadbirlarni oldindan 
rejalashtirib 
olish 
hamda unga erishish uchun vazifalarni belgilab, izchillik bilan amalga oshirish 
lozimligini talab etadi. 
Bunday 
investitsion loyihalarning 
barchasi 
Oʼzbekistonda
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash 


ishlari doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoʼlida bormoqda. 
Jumladan, birgina 2014 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 33 
trln. 715,3 mlrd. soʼm miqdoridagi investitsiyalar oʼzlashtirilib, bu oʼtgan yilga 
nisbatan 9,6 
foizga koʼpaygan. Investitsiyalarning umumiy 
hajmida 
markazlashmagan manbalar ulushi oʼtgan yilgi 80 % oʼrniga 79,9 %ni tashkil 
qildi. Kapital qoʼyilmalarning YaIM dagi ulushi 23,3 foizni tashkil etdi. 
2014 yilda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning oʼz mablagʼlari hisobidan 
investitsiyalar 10 trln. 401,2 mlrd. soʼmni tashkil etib, oʼtgan 2013 yilga nisbatan 
7,1 foizga oshgan boʼlsa, manbaning investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi 0,7 
foizga pasayib, 30,9 foizni tashkil etdi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasining 
2014 yil davomida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 15 ta investitsiya 
loyihasini birgalikda moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlari 439,1 mln. 
АQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa oʼz navbatida, jamgʼarma mablagʼlari 
hisobidan oʼzlashtirilgan investitsiyalar hajmining avvalgi ajratilgan mablagʼlarni 
qoʼshib hisoblaganda, 607,1 mln. АQSh dollarini tashkil etdi va 2013 yilga 
nisbatan 47 %ga ortdi. 
Chet el investitsiyalari va kreditlari boʼyicha, xorijiy investorlarini jalb 
qilishni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida, oʼzlashtirilgan toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalari 10,5 %ga oʼsdi. 
Bir vaqtning oʼzida, hukumat kafolati ostidagi chet el kreditlarining hajmi 639,9 
mln. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos koʼrsatkichidan 10,2 %ga 
koʼpdir. 
Tijorat 
banklarininginvestitsiya maqsadlarida 
yoʼnaltirilgan 
kreditlari 13,8 %ga oʼsib, 3843,7 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Kapital 
qoʼyilmalarning umumiy tarkibida ichki kreditlar ulushi 2013 yildagi 11,0 foiz 
oʼrniga 11,4 foizni tashkil etdi. 
Byudjetdan tashqari jamgʼarmalarning mablagʼlari oʼtgan yilga nistabatan 
9,9 %ga oʼsib, 2200,8 mlrd.soʼmni tashkil qildi va shu bilan birga, byudjetdan 
tashqari fondlarning umumiy oʼzlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 6,5 foizni 


tashkil qildi Investitsiyaga yoʼnaltirilgan aholi mablagʼlari 10,1 foizga oʼsib, 
7350,5 mlrd.soʼmni(umumiyinvestitsiyalarning 21,8foizi) tashkil etdi. Bu 
aholining yuqori investitsiya faolligidan dalolat bermoqda. 
Oʼzbekiston iqtisodiyotini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini 
taʼminlash uchun avvalambor, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash 
muammosini hal etish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi sharoitda iqtisodiy siyosat 
bizning fikrimizcha, ijtimoiy-iqtisodiy tizim koʼplab ishlab chiqarish 
sektorlarining rivojlanishiga ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqishi lozim. Shu 
sababli tijorat banklarini, hattoki ayni paytda ular nisbatan past rentabellikni 
namoyish etayotgan boʼlsada, iqtisodiyotning va sanoatning ahamiyatga molik 
sektorlarini kreditlashga ragʼbatlantirish zarur.Xoʼsh, giperglobal dunyo 
ostonasida turgan Oʼzbekiston uchun xalqaro iqtisodga integratsiyalashuv 
farovonlik imkoniyatimi yoki xavf? Аvvalambor, shuni taʼkidlash kerakki, 
Oʼzbekiston global iqtisoddan ajralgan holda iqtisodiy farovonlikka erishishi amri 
mahol. Global dunyo imkoniyatlaridan uzoqda qolgan 26 yillik tariximiz bunga 
yaqqol misoldir. Аmmo, mamlakatimizning giperglobal iqtisodda gʼolib boʼlishi 
undagi imkoniyatlardan iqtisodiy oʼsish uchun foydalanib, mavjud xavflarni 
bartaraf eta oladigan institutsional muhit va sifatli boshqaruvga bogʼliq. 
Fikrimcha, mamlakatimizning giperglobal iqtisodga muvaffaqiyatli integratsiyasi 
quyidagi masalalarga borib taqaladi. 
Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka 
erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq 
yoʼnalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Yaʼni, global iqtisodga 
integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina oʼsish 
tramplini boʼlishi mumkin; fundamenti notoʼgʼri printsiplarga qurilgan iqtisod 
uchun integratsiyalashuv iqtisodiy oʼsishga turtki boʼla olmaydi. Oʼzbekistonning 
global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy modelь bilan bogʼliq; 
mamlakat kelajagi narxi doimo oʼzgarishlarga tobe xom-ashyo mahsulotlari 


eksportchisimi yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning 
qon tomiri boʼlgan global taʼminot zanjiriga qoʼshilish arafasidami? 
Аlbatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi 
kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy 
kabi davlatning investorlari uchun jozibali boʼlishi mumkin. Аmmo, bugungi 
giperglobal davrdagi texnologik oʼzgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora 
avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham 
unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi 
ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni oʼz ichiga oladi. 
Bu degani, Oʼzbekiston oʼz kelajagini faqat “arzon ish haqi orqali investitsiya 
chaqirish” strategiyasiga bogʼlamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, taʼlim va 
ilmiy tadqiqotlarga mablagʼ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga eʼtibor 
berishi zarur. Bu, oʼz navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy 
ravishda erkin bozor munosabatlariga oʼtkazish va xususiy sektorni qoʼllab- 
quvvatlash orqali vujudga keladi. 
Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez 
uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga taʼsirini 
kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bogʼliq. Buning sababi, avval 
ham aytilganidek, gipergloballashuvning asosiy qismlari boʼlmish xalqaro savdo 
va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida gʼoliblar bilan birga 
magʼlub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish 
oʼrinlari yoʼqolishi sababli qashshoqlashishda koʼrinsa, erkin kapital harakatida 
inqirozga moyillik orqali keladigan zararda oʼz aksini topgan. Gʼarbda 2010 
yillardan keyin boshlangan anti-globalizm kayfiyati va millatchilik buning yaqqol 
misoli boʼla oladi. Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida 
Oʼzbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni 
ijtimoiy himoyalashga tayyor boʼlishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini 
tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish koʼpchilik davlatlarga 


qimmatga tushganidan hukumat oʼrnak olishi va tartibga solinmagan kapital 
oqimlari harakatidan oʼta ehtiyot boʼlishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki 
makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa 
muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qoʼyishi lozim. 
Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu 
jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda 
to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo 
uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy 
barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz 
kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan 
ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu 
uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. 
Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki 
bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon 
harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va 
siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar 
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz 
vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional 
shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning 
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga 
yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab 
chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar 
bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar 
pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va 
bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy 
inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. 
Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va 
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish 
o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy 
tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish 


bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan 
nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini 
saqlaydi. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti 
bilan iqtisodiyotni ma’ruza salbiy turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishga siklik harakterni kasb etadi. Bu tashqi omillar ichidan 
qo’yidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. 
-Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar. 
-Oltin, uran, neft, va boshqa qimmatli resurslar, yirik konlarning ochilishi. 
-Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrasiyasi, 
yer shari aholi migrasiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi; 
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy 
inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan 
tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar 
arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan 
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi, 
avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga 
duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani 
uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni 
ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim 
mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish 
bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos 
iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud 
bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik 
darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi 
hisoblanadi, deb tasdiqlaydi. 


Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agar 
inqirozlar qo’yidagi shakillarda nomoyon bo’ladi. 
1) 
Qishloq ho’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab 
chiqarishni, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi. 
2) 
Narxlarning pasayishi, daromodlar va foydalarning kamayishi. 
3) 
Fermerlarning ommoviy ravishda xonavoyron bo’lishi ularning 
qarzlarining ortishi. 
4) 
Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi. 
Qishloq ho’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega 
bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos xususiyatlarga o’ziga xos 
xarakter kasb etadi. Agar inqirozlar sanaot sikllariga qaraganda odatda ancha 
uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70- yillarida 
90-yillar o’rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, 
aholining harid qobilyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida 
keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining 
boshlanishiga qadar davom etdi. Uchunchi agrar inqiroz 1948 yildan 
boshlanib, 80 yillargacha davom etdi. Agrar inqirozning cho’zilib ketishining 
asosiy sabablari qo’yidagilar. 
A) 
Yerga xususiy mulk manopoliyasi sharoitida u qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishning rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo 
etadi. 
B) 
Yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib 
borishi. Yer rentasining avvolo absalyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish 
qiyinlashadi. 
V) 
Ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda 
ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik 


vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab 
chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarni o’tkazish va ijara haqini 
to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgargi miqdorda olib boraveradi. Bu hol 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham 
ko’paytirib beradi. Agrar inqirozlar siklli harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq 
ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga ega 
bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut 
harakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki, inqiroz ro’y bergan 
mamlakatda million – million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan 
ortiq qarashlar mavjudligi ta’kidlanadi. Biz ularning ko’pchilik iqtisodchilar 
tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif beramiz. 
Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 
y) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil 
qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq 
qilishga o’zining e’tiborini qaratadi. 
Juglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi 
nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni 
ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz 
stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining 
tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi 
bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish 
vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab 
chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat 
binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar, 
avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab 
chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar 
siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning 
yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi. 
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar 


ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni 
to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday 
kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech 
qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish 
fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga 
almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan 
uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab 
chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab 
chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan 
asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat 
qilmaydi. 
Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi 
sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi 
yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi. 
Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila 
byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi 
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday 
sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziq-
ovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan 
istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday 
tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin. 
Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik 
tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada 
manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p 
bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi 
turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash 
uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli 


talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga 
ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan 
istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish 
mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va 
ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu 
sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va 
mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda 
narxlarda ko’proq aks etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan 
texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy 
sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani 
eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy 
sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi. 
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar 
tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb 
hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida 
qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning 
keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu 
xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin 
takrorlanadi. 
Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi. 
-Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish); 
-Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va 
yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi. 
-Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan 
davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini 
faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas. 
Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar 


tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak 
kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish 
hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish 
darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot 
ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling