“ ” sinf rahbari to‘G‘risida umumiy ma’lumot


MAKTAB MIQYOSIDA DOIMIY OLIB BORILADIGAN ISHLAR


Download 0.6 Mb.
bet7/30
Sana28.09.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1688751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
SINF RAHBARLIK DAFTARI 202-2024

MAKTAB MIQYOSIDA DOIMIY OLIB BORILADIGAN ISHLAR

34.

O‘quvchilarga davlat ramzlariga hurmat, qonunlarga itoatkorlik, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, ta’lim tizimidagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyatini singdirib borish.

O‘quv yili davomida
(har hafta ma’naviyat kunida muhokama qilish)

Sinf rahbari , fan o‘qituvchilari.

35.

Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilar haqidagi ma’lumot bankini yangilab borish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va tizimli rag‘batlantirish.

O‘quv yili davomida

Sinf rahbari,
bilan hamkorlikda

36.

Ochiq darslar, madaniyat maskanlari hamda mustaqillik yillari barpo etilgan va muqaddas qadamjolarga sayohatlar uyushtirish.

O‘quv yili
davomida
reja asosida

Sinf rahbari,
maktab ma’muriyati, ota-onalar bilan hamkorlikda

37.

Sinfda ogohlik, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, o‘quvchilarning sog‘ligini muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish.

O‘quv yili davomida

38.

Sinfda, qolaversa, ko‘cha-ko‘yda o‘quvchilar tomonidan taqiqlangan buyumlar (pichoq, xanjar, pakki, bita, dubinka, bigiz, kastet, o‘yin kartasi hamda o‘quvchilarning hayoti, sog‘ligiga ta’sir etuvchi kimyoviy va pirotexnik moddalar, maxsus sachratguvchi gaz, elektr toki o‘tkazuvchi jihozlar, ma’naviyati va xulqiga xavf solishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlar)ni olib yurilishi mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish.

O‘quv yili davomida
(sinf soati kunlari)

39.

Har bir o‘quvchini fan va qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga to'liq jalb etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, oyda bitta badiiy kitob o‘qishi, sportning biror turi bilan shug‘ullanishi va oilaviy madaniyat maskanlariga tashriflari bo‘yicha targ'ibot ishlarini olib borish, monitoring yuritish, olgan taassurotlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etish.

Har oyning oxirgi juma kuni

Sinf rahbari,
kutubxonachi, fan o‘qituvchilari, to‘garak rahbarlari va ota-onalar qo‘mitasi bilan
hamkorlikda

40.

“Sinf soati” ni rejaga muvofiq tashkil etish

Har haftaning juma kunida

Sinf rahbari

41.

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus bo‘yicha sinfda doimiy tadbirlar o‘tkazib borish.

Belgilangan reja asosida

Sinf rahbari,
fan o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlari bilan hamkorlikda

42.

“Ertalabki saflanish” tadbirini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, uning tarkibida “Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar” mavzusida dunyodagi va yurtimiz hayotiga oid eng muhim ma’lumotlar berib borilishida sinf o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash.

Har hafta dushanba (shanba-ehtiyojdan kelib chiqib)

Sinf rahbari va sinf rahbari yordamchilari



43.

O‘quvchilar davomatini, ayniqsa, maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilarning nazorat qilish, sababsiz dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan yaqindan ishlash, darsga kelmaslik sabablarini o‘rganib, ularga faol o‘quvchi, to‘garak rahbari, mahalla faoli va profilaktika inspektorini biriktirish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirlarga keng jalb etish, yakka tartibda ishlash, qo'llab-quvvatlash, monitoring yuritish.
“Davomat” va “O‘quvchi” reydlarida faol ishtirok etish va hafta yakunida maktab rahbariyatiga ma’lumot kiritish.

Har kuni



Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari,
ota-onalar bilan hamkorlikda

44.

O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni shahardan tashqari va maktab qoshidagi oromgohlarga va maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga jalb etish.

Yoz davomida

Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari,
ota-onalar bilan hamkorlikda

Sinf rahbari: _________ _______________________



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling