Mavzu: hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari. Mundarija kirish I. Bob hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi


Download 157.5 Kb.
bet1/6
Sana13.12.2022
Hajmi157.5 Kb.
#999327
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HAMKORLIKDA OʻQITISH TEXNOLOGIYALARI.


Mavzu:HAMKORLIKDA OʻQITISH TEXNOLOGIYALARI.
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. HAMKORLIKDA OʻQITISH TEXNOLOGIYASI.
1.1. Hamkorlikda о ‘qilish texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g'oyasi
1.2. Hamkorlikda o’qitishning turlari.
II.BOB.TA’LIM TARBIYA TIZIMINI SIFAT JIHATDAN BUYUNLAY YANGI BOSQICHGA KO’TARISH YO’LLARI.
2.1. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi boʻyicha talabaning oʻz-oʻzini nazorat qilishiga moʻljallangan oʻquv topshiriqlari
2.2. . Modul taʼlim texnologiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-iyul kuni uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 


Bugungi kunda barcha soha va tarmoqlarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi korxonalar ishga tushirilib, ijtimoiy infratuzilma rivojlantirilmoqda. Oldinda yana katta reja va maqsadlar bor.
Bularning barchasi malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Chunki har bir sohaning rivoji, loyihalarning ijrosi yetuk kadrlarga bog‘liq.
Shu bois keyingi yillarda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinib, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari joriy etilmoqda. Hududlarda yangi, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalari tashkil etilib, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga sharoit yaratilmoqda. Yangi tizim uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari, ochiq elektron resurslar tarmog‘i, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish, qayta ishlash, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari, kelajak auditoriyalarini yaratish jarayonlarida shu kabi muhim vazifalar doimiy diqqat markazimizda bo‘ladi.
Professional ta’limning yangi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadigan direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini rag‘batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqiladi.
Professional ta’lim jarayoniga so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish natijasida O‘zbekistonda ishga tushirilgan innovatsion ishlab chiqarish quvvatlari, sanoat, ishlab chiqarish, agrar sohalaridagi yirik korxonalar, innovatsion biznes va tadbirkorlik sub’yektlari, AKT, turizm va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida zamonaviy texnologik liniyalarni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronomlar va masterlar jalb etiladi.
Aytish kerakki, umuman, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni yangilash uchun yana bir muhim omil yuzaga keldi. Bu — pandemiya. Endi biz ana shu sharoitda ta’lim tizimini masofaviy shaklga o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Chunki yaqin kelajakda onlayn ta’lim nafaqat uzoq muddatli tendensiyaga, balki hayotimizning muhim qismiga aylanadi.O'qitishni demokratizatsiyalashtirish talablariga muvofiq o'quvchilarga o'quv topshiriqlarini tanlash huquqi beriladi. Shu tariqa har bir o'quvchining o'z imkoniyati va qobiliyatiga yarasha rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Mazkur texnologiyada bilimlarni nazorat qilish va baholash individual tarzda bajarilgan o'quv topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling