Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi
MATNLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI Reja:
Zamonaviy matn muharrirrlari.
Matn muharrirlari funksiyalari.
Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi.
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlanadi
Matn kiritish dasturlar.
Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini, hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.
Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnni faylga yozish;
qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish;
orfografiyani tekshirish;
matnni turli shriftlarda bezash;
matnni tekislash;
boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash;
so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish;
Do'stlaringiz bilan baham: |