Kompyuter injinering ” fakulteti 103-guruh talabasi eshnazarov Rustam ning dasturlash fanidan mustaqil ishi №8


Download 0.97 Mb.
bet1/7
Sana11.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1189947
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5327958925562086610


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINERING ” FAKULTETI

103-GURUH TALABASI
Eshnazarov Rustam ning
DASTURLASH FANIDAN

Mustaqil ishi №8.

8-HAFTA


MAVZU: Fayllardan o‘qish va fayllarga yozish.



Javoblari:
1.
C++ fayllarga ishlov berish va ularni boshqarish uchun ifstream, ofstream, va fstream sinflarini taqdim etadi. Bu sinflar – kutubxona faylida aniqlangan. ifstream sinfi fayldan o`qish uchun, ofstream sinfi faylga yozish uchun va fstream sinfi faylga yozish va fayldan o`qish maqsadlarida qo`llanilishi mumkin.
C++ ma’lumotlar oqimini ifodalashda stream ifodasini ishlatadi. Agar ma’lumotlar oqimi bizning dasturimizga kirsa, unda oqim kirish oqimi (input stream) deb ataladi. Agar ma’lumotlar oqimi bizning dasturimizdan chiqsa, unda oqim chiqish oqimi (output stream) deb ataladi. C++ ma’lumotlar oqimini o`qish va yozishda ob’yektlardan foydalanadi. Qulaylik uchun, kiruvchi ob’yekt kirish oqimi, chiquvchi ob’yekt esa, chiqish oqimi deyiladi.
Matnli fayldagi ma’lumot matn redaktori tomonidan o`qilishi mumkin.
Bu qismda qanday qilib oddiy matnli faylda kiritish va chiqarish amallarini bajarish mumkinligi bayon qilinadi.
Har bir fayl fayl tizimi tarkibida saqlanadi. Absolyut fayl nomi uning joylashgan o`rni va unga olib boruvchi to`liq yo`lni o`zida mujassamlashtirgan fayl nomidan iborat bo`ladi. Masalan, c:\example\natijalar.txtWindows operatsion tizimida, natijalar.txt fayli uchun basolyut nomdir. Bu yerda c:\example – fayl uchun joylashuv o`rniga havola qilish uchun ishlatiladi. Absolyut fayl nomi mashinaga bog`liq. UNIX da absolyut fayl nomi /home/liang/example/natijalar.txt ko`rinishida bo`lishi mumkin va bu yerda natijalar.txt fayli joylashgan joyni havolalash vazifasida /home/liang/example kelyapti.
Hududiy fayl nomi ishlatilayotgan faylning joriy katalogda joylashganligini ifodalaydi. Hududiy fayl nomida to`liq fayl yo`li tashlab ketiladi. Masalan, natijalar.txt – hududiy fayl nomi. Agar u ishlatilayotgan katalog joylashgan o`rni c:\example bo`lsa, absolyut fayl nomi c:\example\natijalar.txt bo`lishi kerak.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling