[-]


O‘rta asrlarda shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor mudofaa inshooti vazifasini bajarardi. Ushbumudofaa inshooti nima deb nomlanadi?


Download 47.68 Kb.
bet3/4
Sana13.06.2020
Hajmi47.68 Kb.
#118217
1   2   3   4
Bog'liq
O'zbekiston tarixi yakuniy test 1kurs


O‘rta asrlarda shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor mudofaa inshooti vazifasini bajarardi. Ushbumudofaa inshooti nima deb nomlanadi?

xandaq

rabot

qaznoq

band

Arab xalifaligi davlatining birinchi xalifasini aniqlang.

Abu Bakr

Usmon

Ali

Umar

Movarounnhar” so`zi qaysi tildan olingan va uning ma`nosi nima?

arabcha “daryoning narigi tomoni”

turkiycha “ikki daryo oralig`i”

arabcha “ikki daryo oralig`i”

forscha “daryoning quyi qismi”

O‘zbekiston tarixida Hoshim ibn Hakim rahbarlik qilgan qo‘zg‘olon qanday nom bilan ataladi?

“Oq kiyimliklar” qo`zg`oloni

“Sariq ro`mollilar” qo`zg`oloni

“Qizil qoshlilar” qo`zg`oloni

“Qizil boshlilar” qo`zg`oloni

Ma‘lumki, “Oq kiyimliklar”ning qo‘zg‘oloni 776yildan Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Ushbu vohada qaysi qal‘a qo‘zg‘olonchilar qo‘rg‘oniga aylantirilgan edi?

Narshax qal‘asi

Moxuvon qal‘asi

Ishtixon qal‘asi

Som qal‘asi

Qaysi hudud Muqanna qo‘zg‘olonining markazi hisoblangan?

Sug‘d vohasi

Buxoro vohasi

Farg‘ona vodiysi

Marv shahri

Arablar va Muqanna qo‘zg‘olonchilari o‘rtasidagi kurashning oxirgi bosqichi qayerda bo‘lib o‘tadi?

Keshda

Marvda

Nishopurda

Samarqandda

Qachon tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat Safforiylar qo‘liga o‘tadi?

873 yillar

821 yillar

813 yillar

822 yillar

Biror bir xalqning kelib chiqishi va rivojlanishi nima deyiladi?

Etnogenez

Etnografiya

Etnonim

Sivilizatsiya

Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘li ostida birlashtirgandan so‘ng qaysi shaharni poytaxt deb e’lon qildi?

Buxoroni

Xurosonni

Tarozni

Samarqandni

Somoniylar boshqaruvi asosan nechta devon orqali idora qilinardi?

10

8

6

12

Somoniylar davrida ... dan xazinaga tushadigan daromad kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi?

xiroj

ushr

zakot

jiz’ya

Somoniylar davrida qayerda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi?

Samarqand

Buxoro

Marv

Kesh

Qoraxoniylar davlati taxtiga o‘tirgan arslonxon yoki bug‘roxon nima deb atalgan?

“qoraxon”

“tamg`achxon”

“takin”

“eloqxon”

Xorazm davlati 1040-yilda qaysi davlat tomonidan zabt etilgan?

Saljuqiylar davlati

G‘aznaviylar davlati

Qoraxoniylar davlati

Somoniylar davlati

Muso al-Xorazmiy kimning hukmdorligi davrida “Bayt ul-hikmat”da mudir sifatida faoliyat ko`rsatgan?

xalifa Ma’mun davrida

xalifa Mu’tazid davrida

xalifa Mansur davrida

xalifa Abul Abbos Saffoh davrida

Ma’lumki, Muso al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozgan. Ulardan bizgacha nechtasi yetib kelgan?

10 tasi

15 tasi

20 tasi

8 tasi

Muso al-Xorazmiy qaysi fanlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shdi?

matematika, astronomiya va geografiya

Kalom ilmi

tarix va geografiya

matematika, astronomiya va tarix

Muso al-Xorazmiyning quyidagi keltirilgan asarlardan qaysilari matematikaga oid asarlar hisoblanadi?

“Aljabr val muqobala’, “Hind hisobi haqida”

“Aljabr val muqobala’, “Kitob surat ularz”

“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”

“Hind hisobi haqida’, “Kitob surat ularz”

Muso al-Xorazmiy nomi matematika fanida qanday atama shaklida o‘z ifodasini topadi?

Algoritm

Alfraganus

Avitsenna

Alxokrismus

Muso al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asari nechanchi asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjimaqilingan va qayta ishlangan?

XII asrda

XI asrda

X asrda

IX asrda

Al-Farg‘oniyning bizning davrimizgacha nechta asari yetib kelgan?

8 ta

10 ta

20 ta

12 ta

Al-Farg‘oniyning qaysi asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan?

“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”

“Aljabr val muqobala”

“Hind hisobi haqida’

“Kitob surat ularz”

Nechanchi yilda Al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi, Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniynomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi?

1998 yilda

2000 yilda

1997 yilda

2005 yilda

Imom al-Buxoriyning “Al-Jome` as-sahih” asariga nechta hadis kiritilgan?

7275 ta hadis

7572 ta hadis

7273 ta hadis

7585 ta hadis

Buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1998-yil oktabrda necha yilligi nishonlangan?

1225 yilligi

1200 yilligi

1130 yilligi

1000 yilligi

Abu Ali ibn Sino qachon va qayerda tug‘ilgan?

980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan

873-yilda Farob shahrida tug‘ilgan

973-yilda qadimgi Kat shahrida

1074-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida

Sharqda “Shayx urrais’, G`arbda esa “Avisenna” nomlari bilan shuhrat topgan vatandoshimizni aniqlang.

Abu Ali ibn Sino

Abu Rayhon Beruniy

Abu Nasr Farobiy

Al-Xorazmiy

Abu Ali ibn Sino qanday xizmatidan so‘ng somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi?

Amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach

“Shayx ur-rais” unvoniga sazavor bo`lgach

“Dorul hikmat va maorif”ga qabul qilingach

“Al-qonun fit-tib” asarini yozib tugatgach

Abu Ali ibn Sino qaysi asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja ussullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan?

“Al-qonun fittib”

“Qadimgi xalqlarlardan qolgan yodgorliklar”

“Al-Kashshof”

“Tirik mavjudot a’zolari haqida’

Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tug‘ilgan?

Kat shahrida

Forob shahrida

Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida

Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida

Falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yich 160 dan ortiq asarlari bizgacha yetib kelgan alloma kim?

Abu Rayhon Beruniy

Abu Nasr Farobiy

Abu Ali ibn Sino

Ahmad al-Farg‘oniy

Ma’lumki, Forobiy muallim us-soniy nomi bilan ulug‘langan. Birinchi muallim kim hisoblangan?

Aristotel

Gerodot

Strabon

Arrian

Quyidagi ko‘rsatilgan asarlardan qay biri Ahmad Yugnakiyga tegishli?

“Hibat ul-haqoyiq”

“Qutadg‘u bilig”

“Devonu lug‘atitturk”

“Hikmat”

Hikmat” asarining muallifini aniqlang.

Ahmad Yassaviy

Ahmad Yugnakiy

Yusuf Xos Hojib

Mahmud Koshg‘ariy

XIV asrda Buxoroda tasavvufning qanday tariqati vujudga kelgan?

Naqshbandiya

Yassaviya

Kubraviya

Naqshbandiya va Kubraviya

Qaysi daryo bo‘yida Temuchinga “Chingiz” laqabi berilgan?

Onon daryosi

Ili daryosi

Volga

Murg‘ob

Qachon mo‘g‘ullar davlatiga asos solingan?

1206 yilda

1236 yilda

1168 yilda

1195 yilda

Chingizxon Xorazmshohlar davlatining kuch qudratini bilib olish va bu haqda ma’lumotlar to‘plashda kimlardan foydalangan?

musulmon savdogarlardan

musulmon choparlardan

musulmon josuslardan

musulmon elchilardan

Xorazmshoh Sulton Muhammad o‘zini kim deb hisoblardi?

Iskandari Soniy

Amir ulmo‘min

Yetti iqlim sultoni

Shahanshoh

Chingizxonning Xorazmshoh Sulton Muhammadga yuborgan qimmatbaho mollar ortilgan katta karvoni kim tomonidan talangan?

G‘oirxon

Qutlug‘xon

Oloqno‘yon

O‘zloqshoh

Chingizxon qo‘shini Xorazmshohga yurish boshlaganida dastlab qaysi shahar ustiga yurish qildi?

O‘tror

Buxoro

Samarqand

Kesh

Chingizxon qachon Buxoroga yetib keladi?

1220 yilning fevralida

1220 yilning martida

1219 yilning kuzida

1220 yilning yozida

Qachon Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar Samarqandga yetib kelganlar?

1220 yilning martida

1220 yilning yozida

1221 yilning 25noyabrida

1220 yilning kuzida

Muhammad Xorazmshoh kimni taxt vorisi etib tayinlaydi?

Jaloliddin Manguberdi

Qutlug‘xon

Sayfuddin Ag‘roq

Temur Malik

Qaysi yili Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda keng nishonlandi?

1999 yili

1997 yili

1998 yili

2000 yili

Movarounnahrda 1238-yilda …

Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi

Chingizxon vafot etdi

Ma’sudbek pul islohoti o‘tkazdi

Xorazmshohning hukmdorligi tugaydi

O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur nima qilishdan boshlagan?

ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan

otasining qo‘shinida xizmat qilishdan

amakisi Amir Hoji Barlosga xizmat qilishdan

mo‘gul xonlariga xizmat qilishdan

Amir Temur Xorazmga necha marta harbiy yurish qildi?

besh marta

uch marta

ikki marta

to‘rt marta

Temur tuzuklari” — bu …

Amir Temurning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar

Amir Temurning bolaligiga bag‘ishlangan asar

Amir Temurning badiiy asari

Amir Temurning ma’rifiy, ahloqiy asari

Qaysi yil Amir Temur yili deb e’lon qilinidi?

1996 yil

1994 yil

1993 yil

1997 yil

Kim Temurbekning piri bo‘lgan?

Shayx Shamsiddin Kulol

Bahouddin Naqshband

Xoja Ubaydulloh Ahror

Ahmad Yassaviy

Mirzo Ulug‘bek Samarqandning qayerida rasadxona qurdirdi?

Obirahmat anhori bo‘yida

Zarafshon bo‘yida

Sheroz yaqinida

Konigil mavzeyida

Kimning hukmronligi davrida Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi?

Abdullaxon II

Ko’chkunjixon

Shayboniyxon

Iskandarxon

Buxoro xonligida 1601 yildan e’tiboran hokimiyat qaysi sulola qo’liga o’tadi.

Ashtarxoniylar

Mang’itlar

Minglar

Shayboniylar

Download 47.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling