[-]


Download 141.93 Kb.
bet3/11
Sana13.09.2020
Hajmi141.93 Kb.
#129533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DIQQAT

БАРҚАРОР ДИҚҚАТ



1- rasm. Diqqat zonasi
Odamga har bir daqiqada tasir qilib turadigan qozgatuvchilar turlicha reflekslarga sabab boladi. CHunki har qanday refleks organizmning tashqi tasirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.

Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga tosatdan birorta yangi narsaning tasiri yoki haddan tashqari kuchli tasirot orqali hosil boladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining postida kuchli qozgalish jarayonidan iborat boladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning tasiridan hosil bolgan qozgalishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogda nisbatan kuchli (yani optimal)

qozgalish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining postida paydo boladigan kuchli qozgalish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qozgalish boladi. Ana shu nuqtai - nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya posti qismidagi optimal qozgalish manbai tashkil qiladi", deb takidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi sozlaridan ochiq oydin korishimiz mumkin.

"Miya yarim sharlarining optimal qozgalishga ega bolgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil boladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boladi. SHunday qilib, optimal qozgalishga ega bolgan joy ayni chogda bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa boladi. Miya yarim sharlarining sust qozgalgan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chogda funksiyasi juda nari borganda tegishli qozgovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir".

I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya postining bir joyida maydonga kelgan qozgalish jarayonlari bosh miya postining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya postining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya postining boshqa joylarida kuchli qozgalish jarayonlarini paydo bolishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya postida qozgalish jarayoni uchun optimal, yani nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qozgalish manbai mavjud boladi.

"Agar bosh suyagiga qarash imkoni bolganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya korinadigan bolsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qozgalish uchun eng yaxshi sharoit tugilgan nuqtasi miltillab korinadigan bolsa, yangi soglom bir narsani oylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda holati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir ozgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yorug narsani u yoqdan

bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini korardik".

A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qozgalishning har doim ustun turadigan hukmron ochogi mavjud boladi, bu hukmron qozgalish ochogi aynan shu damda miyaga tasir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qozgalishlarni qandaydir ravishda oziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qozgalishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qozgalishning hukmron bolishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.2

Bu hol psixologik jihatdan biror qozgatuvchilarga diqqatning qaratilishi va
ayni chogda tasir qilib turgan boshqa qozgatuvchilardan diqqatning chalgishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda oziga xarakterli bolgan tashqi ifodalari bilan bogliq boladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni toxtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bolgan yuz harakatlari bilan bogliq boladi.

Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga oz diqqatini ongli ravishda ozi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor yani bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan obektga yonaltirilishi va toplanishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bolinadi.

Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan
songgi diqqat.
Diqqatning ob’ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.
Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat

Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb korsatiladi.
Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan songgi diqqat turlaridan

2
Download 141.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling